Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
الذهاب إلى القناة على Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
4 737
المشتركون
-1324 ساعات
-757 أيام
-1 73430 أيام
أرشيف المشاركات
❗️ Hurmatli Yangihayot tumani fuqarolari!
📌 Har hafta belgilangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida Yangihayot tumani hokimi hamda tuman hokimi o'rinbosarlarining fuqarolar qabullari o'tkaziladi.
👇🏻Quyida ularning qabul kunlari bilan tanishishingiz mumkin:
https://gov.uz/uz/yangihayot/news/view/169713
_____________
❗️ Уважаемые жители Янгихаётского района!
📌 Еженедельно, согласно утверждённому плану-графику, в Народной приёмной проходят приёмы граждан хокимом Янгихаётского района и его заместителями.
👇🏻 Ниже вы можете ознакомиться с днями их приёма:
https://gov.uz/ru/yangihayot/news/view/169713
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.
—
Отдана дань уважения памяти Первого Президента нашей страны.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил венок к подножию памятника Первому Президенту.
#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Rasmiy axborot
📈 O‘zbekistonda xalqaro mehmonxona brendlari tarmog‘i yetti oyda qariyb 28 foizga kengaydi
O‘zbekistonda xalqaro mehmonxona brendlarining ishtiroki tez sur’atlarda ortib bormoqda. 2025-yil oxiridan 2026-yil 1-avgustgacha — atigi yetti oyda — xalqaro tarmoqlarga tegishli mehmonxonalar soni 27,5 foizga, xona fondi 28,4 foizga, o‘rinlar soni esa 29,5 foizga oshdi.
2025-yil 31-dekabr holatida mamlakatda 25 ta xalqaro brendga tegishli 40 ta mehmonxona, jami 5 191 ta xona va 9 340 ta o‘rin mavjud edi. 2026-yil 1-avgustga kelib bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 31 ta brend, 51 ta mehmonxona, 6 664 ta xona va 12 096 ta o‘rinni tashkil etdi. Joriy yilning o‘tgan davrida 11 ta yangi xalqaro brendli mehmonxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2020–2025-yillarda O‘zbekistonda xalqaro brendli mehmonxonalar xona fondi 272 foizga oshgan. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkich: shu davrda Qozog‘istonda o‘sish 52 foiz, Qirg‘izistonda 38 foiz, Tojikistonda esa 33 foizni tashkil etgan. Tadqiqot prognozlariga ko‘ra, yangi loyihalar hisobiga O‘zbekiston yaqin yillarda xalqaro brendlar xona fondi bo‘yicha mintaqada yetakchi pozisiyaga chiqishi mumkin.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Repost from Rasmiy axborot
O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. 2026-yil 1-sentabr.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🎊 Yangihayot tumanidagi maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi
🔸 Avvalroq xabar qilganimizdek, bugun Yangihayot tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
📍Xususan, 8-sonli umumta’lim maktabida ham “Bilimlar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari, mas’ul rahbarlar ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar, ustoz va ota-onalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi hamda yoshlarga ilm yo‘lida yutuqlar tiladi.
📎 Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shundan so‘ng, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari va mas’ul rahbarlar birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan jajji og‘il-qizlarning dars jarayonlarini ko‘zdan kechirib, ular bilan suhbatlashdi.
📹 Jarayonlar videomizda
+5
🎊 Yangihayot maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadosi yangradi
🇺🇿 Bugun Yangihayot tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
👍 Xususan, 8-sonli umumta’lim maktabida ham “Bilimlar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda mas’ul rahbarlar ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar, ustoz va ota-onalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi hamda yoshlarga ilm yo‘lida yutuqlar tiladi.
👍 Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
🇺🇿 Qadrli ustozlar, aziz o‘quvchilar va hurmatli ota-onalar!
👍 Barchangizni yangi o‘quv yilining boshlanishi va Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
👍 Har bir yangi o‘quv yili — bu yangi maqsadlar, yangi orzular va katta imkoniyatlar sari qo‘yilgan muhim qadamdir. Bugun maktablarimiz yana bolajonlarning quvnoq ovozlariga, ustozlarning mehrli nasihatlariga va ilm olishga bo‘lgan intilishlarga to‘lmoqda.
👍 Ayniqsa, ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan aziz farzandlarimizni bugungi unutilmas kun bilan alohida tabriklayman. Sizlar hayotingizdagi yangi va muhim bosqichni boshlayapsiz. Maktab sizlarga nafaqat bilim, balki do‘stlik, mehr-oqibat, Vatanga muhabbat va katta hayot sari yo‘l ko‘rsatadigan maskan bo‘lsin.
🎉 Aziz o‘quvchilar!
👍 Sizlarning bugungi izlanishingiz va olgan bilimingiz — ertangi kelajagingizning poydevoridir. Orzu qilishdan, izlanishdan va o‘rganishdan hech qachon to‘xtamang. Oldingizga katta maqsadlar qo‘yib, ularga ishonch va qat’iyat bilan intiling.
👍 Muhtaram ustoz va murabbiylar!
👍 Sizlarning zahmatli va sharafli mehnatingiz jamiyatimiz kelajagini bunyod etadi. Har bir bolaning qalbiga ilmga muhabbat uyg‘otish, uning iste’dodini kashf etish va hayot yo‘lini topishiga ko‘maklashish — ulkan mas’uliyatdir. Ana shunday fidokorona mehnatingiz uchun sizlarga chuqur hurmat va minnatdorlik bildiraman.
👍 Hurmatli ota-onalar!
👍 Farzandlarimizning kelajagi yo‘lida ustoz va ota-onaning hamjihatligi eng katta kuchdir. Ishonamanki, birgalikdagi e’tibor va g‘amxo‘rlik orqali farzandlarimizni bilimli, odobli va Vatanga sadoqatli insonlar etib tarbiyalaymiz.
👍 Yangi o‘quv yili Yangihayot tumanidagi barcha maktablar uchun yangi yutuqlar, o‘quvchilarimiz uchun ulkan muvaffaqiyatlar, ustozlarimiz uchun esa mehnatlarining munosib samaralarini olib kelsin!
👍 Barchangizni Bilimlar kuni va yangi o‘quv yili bilan yana bir bor muborakbod etaman!
✍🏻 Hurmat bilan,
Yangihayot tumani hokimi Xayot Inogamov
Repost from Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента
+8
➡️ Yangi o‘quv yili: poytaxt transport tizimi yuqori yuklamaga tayyor
🔺 Ertaga, 2-sentabr kuni, umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yili boshlanadi. Shu munosabat bilan Toshkent ko‘chalarida, ayniqsa, ta’lim muassasalari atrofida piyodalar va transport vositalari oqimi ortishi kutilmoqda.
🚸 Yangi o‘quv yili oldidan Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan maktablar atrofida xavfsizlikni oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi. Piyodalar o‘tish joylaridagi “zebra” chiziqlari yangilandi, svetofor obyektlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning ishlash rejimlari tartibga keltirildi.
🚌 Poytaxtda 170 ta avtobus yo‘nalishi bo‘yicha har kuni 24 mingdan ortiq rejali qatnov amalga oshiriladi. Yoz mavsumida avtobus jadvallari soni o‘rtacha 1 622 ta bo‘lgan bo‘lsa, yangi o‘quv yilidan ular 1 707 taga yetkaziladi.
🚇 Metropolitenda ham tig‘iz vaqtlarda poyezdlar oralig‘i qisqartiriladi: Chilonzor yo‘nalishida 1,5–2 daqiqa, O‘zbekiston yo‘nalishida 3–3,5 daqiqa, Yunusobod yo‘nalishida 4–4,5 daqiqa, yerusti halqa yo‘nalishida 7–8 daqiqa. Joriy yilda keltirilishi ko‘zda tutilgan 14 ta yangi tarkibning 11 tasi liniyalarda ishlamoqda, yana 3 tasi ishga tushirilishi kutilmoqda.
❗️ Hurmatli haydovchilar va ota-onalar!
Maktablar yaqinida tezlikni pasaytiring, piyodalar o‘tish joylarida bolalarga yo‘l bering. Avtobus bekatlarini band qilmang, ta’lim muassasalari oldida va piyodalar yo‘laklarida harakatga xalaqit beradigan tarzda to‘xtamang, jamoat transporti uchun ajratilgan maxsus yo‘laklarga chiqmang.
🚍 Imkon qadar jamoat transportidan foydalaning. Bu ko‘chalardagi yuklamani kamaytirish, jamoat transportining barqaror harakatini ta’minlash va maktablar atrofidagi tirbandliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Yangi o‘quv yilini yo‘llarda tartib, e’tibor va o‘zaro hurmat bilan boshlaylik.
___
➡️ Новый учебный год: транспортная система столицы готова к повышенной нагрузке
🔺 Завтра, 2 сентября, в общеобразовательных школах начинается 2026/2027 учебный год. В связи с этим на улицах Ташкента, особенно вблизи образовательных учреждений, ожидается увеличение потока пешеходов и транспорта.
🚸 В преддверии нового учебного года Центром организации дорожного движения проведены работы по повышению безопасности возле школ. Обновлена разметка на пешеходных переходах — «зебрах», светофорные объекты прошли технический осмотр, а режимы их работы приведены в соответствие.
🚌 В столице по 170 автобусным маршрутам ежедневно выполняется более 24 тысяч плановых рейсов. Если летом количество автобусных графиков в среднем составляло 1 622, то с началом нового учебного года их число будет увеличено до 1 707.
🚇 В метро в часы пик также будут сокращены интервалы движения поездов: на Чиланзарской линии — до 1,5–2 минут, Узбекистанской — 3–3,5 минуты, Юнусабадской — 4–4,5 минуты, на наземной кольцевой линии — 7–8 минут. Из 14 новых составов, запланированных к поставке в этом году, 11 уже работают на линиях, ещё 3 планируется ввести в эксплуатацию.
❗️Уважаемые водители и родители!
Снижайте скорость вблизи школ, уступайте дорогу детям на пешеходных переходах. Не занимайте автобусные остановки, не останавливайтесь с помехой для движения возле образовательных учреждений и на пешеходных путях, не выезжайте на полосы, предназначенные для общественного транспорта.
🚍 По возможности пользуйтесь общественным транспортом. Это поможет снизить нагрузку на улицы, обеспечить стабильную работу общественного транспорта и уменьшить заторы вблизи школ.
Начнём новый учебный год с порядка, внимательности и взаимного уважения на дорогах.
Repost from Ziroat Mirziyoyeva
+5
O‘zbekiston Birinchi xonimi ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Qirg‘iz Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi Birinchi xonimlari bilan birgalikda Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.
Birinchi xonimlar qirg‘iz xalq amaliy bezak san’ati ustalarining ijodiy ishlari namoyish etilgan ko‘rgazma bilan tanishdilar.
"Salbuurun" milliy federatsiyasi vakillari mehmonlarga qirg‘iz tayganlari va qo‘lga o‘rgatilgan burgutlarni namoyish etib, qadimiy ovchilik an’analari haqida ma’lumot berishdi.
Dastur yakunida "Enesay" qabul uyida oliy martabali mehmonlar e’tiboriga Qirg‘iziston bolalar musiqa va raqs jamoalarining konserti tomosha qilindi.
—
Первая леди Узбекистана приняла участие в культурных мероприятиях в рамках саммита ШОС
Первая леди Республики Узбекистан Зироат Мирзиёева совместно с первыми леди Кыргызской Республики, Азербайджанcкой Республики, Турецкой Республики и Китайской Народной Республики приняла участие в культурных мероприятиях, организованных в Бишкеке в рамках саммита Шанхайской организации сотрудничества.
Первые леди ознакомились с выставкой творческих работ мастеров кыргызского народного декоративно-прикладного искусства.
Далее представители Национальной федерации «Салбуурун» продемонстрировали гостям кыргызских тайганов и приручённых беркутов, а также рассказали о древних традициях охоты.
В завершение программы в доме приёмов «Энесай» вниманию высоких гостей был представлен концерт детских музыкальных и танцевальных коллективов Кыргызстана.
Facebook | Instagram
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌O‘tgan 25 yil davomida ShHT teng huquqli muloqotni ta’minladi, mintaqaviy barqarorlik va mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashdi;
📌Hamkorligimiz markazida ShHTning geografik va strategik o‘zagi bo‘lgan Markaziy Osiyo turganini alohida qadrlaymiz;
📌Yaqin Sharqda muloqotni qayta tiklash va keskinlikni yumshatishning qat’iy tarafdorimiz;
📌ShHT mamlakatlarining ulkan insoniy, tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual resurslari, eng avvalo, xalqlarimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak;
📌“ShHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni” konseptual qarashini ishlab chiqishga kirishishni taklif etaman. Uning asosiy maqsadi o‘zaro bog‘liq va barqaror makonni shakllantirishdan iborat bo‘lishi lozim;
📌Maxsus iqtisodiy zonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, sotuv bozorlari va logistikani birlashtiradigan ShHT Sanoat kooperatsiyasi xaritasini ishlab chiqishni taklif etamiz;
📌Hozirning o‘zidayoq umumiy tamoyillarni kelishish bosqichidan ShHT Taraqqiyot bankini amaliy ishga tushirishga o‘tishni zarur deb hisoblaymiz;
📌Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha Butunjahon tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusni olqishlaymiz;
📌Kelgusi yili Toshkent shahrida ShHTning sun’iy intellekt va yangi raqamli yechimlar bo‘yicha forumini o‘tkazishga tayyormiz;
📌Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar mamlakatlarimizning oziq-ovqat, suv va energetik xavfsizligiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ShHT doirasida ushbu masalalar bo‘yicha yagona kun tartibini shakllantirish zaruratini taqozo etmoqda;
📌ShHTga a’zo davlatlarning temir yo‘l makonlari integratsiyasi bo‘yicha kengash ta’sis etishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman;
📌Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilish uchun ShHTning Afg‘oniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklash vaqti keldi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Meeting of the Council of Heads of State of the Shanghai Cooperation Organization
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining yubiley yigʻilishida ishtirok etdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в юбилейном заседании Совета глав государств-членов ШОС в городе Бишкеке.
#Mirziyoyev #sammit #ShHT #yigilish
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Mustaqilligimizning35Yilligi
#XalqlarDoʻstligi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangihayot tumani fuqarosi, koreys millati vakili Xan Em Antonovna barcha yangihayotliklar va yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#Mustaqilligimizning35Yilligi
#XalqlarDoʻstligi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami bilan Misr davlati vakili Ismaeel Elnagdy barcha yangihayotliklar va yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#Mustaqilligimizning35Yilligi
#XalqlarDoʻstligi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tojik millati vakili Dilshoda Xursandova barcha yangihayotliklar va yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#Mustaqilligimizning35Yilligi
#XalqlarDoʻstligi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Filippin davlati vakili Kristel Jean Beruan barcha yangihayotliklar va yurtdoshlarimizni bayram bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarini bildirdi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#Mustaqilligimizning35Yilligi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangihayot tumani fuqarosi, qozoq millati vakili Gulbahor Nishonboyeva barcha yangihayotliklar va yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 35 yil to‘ldi
🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz.
📌 35-fakt. Bilasizmi? 1991-yil 31-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
👍 Sessiyada “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaror hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
👍 Mazkur hujjatlar bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi huquqiy jihatdan belgilab berildi. Shuningdek, 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni etib belgilandi.
👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
