uk
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

Відкрити в Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
577
Підписники
+2124 години
+2647 днів
+27230 днів
Архів дописів
Repost from Edu.uz
#Olimlar_minbari #27.04-10.05.2026 📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda “O‘sish, integratsiya va imkoniyatlar. Oliy ta’lim sohasidagi aloqalar rivojlanib bormoqda” Farhod AHROROV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i; “Ta’lim auditoriya bilan chegaralanmasligi, ilmiy ishlanmalar qiymatga aylanishi kerak” Abduvali XOLIQOV, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori, professor; “Marg‘ilonda yana bir ma’rifat quyoshi charaqladi”Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor; “Navoiy dahosi sahnada” Nodirbek SAYFULLAYEV, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor; “Buxoro ilm-fan maktabining jahonga ta’siri” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor; Komiljon RAHIMOV, Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, professor; “Intellektual rivojlanish poydevori” — Dilshodbek RUSTAMOV, Andijon davlat chet tillari instituti rektori; “Ilm-fan, ta’lim, sanoat va investitsiyani birlashtiruvchi maydon” Botir USMONOV, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor; “O‘zbekiston va Chexiya: ikki mintaqani bog‘lovchi strategik ko‘prik” — To‘lqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor; “Istiqbolli loyiha va investitsiyalar – yuksalish poydevori’ — Rustambek TOJIYEV, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor; “Samarqand tashabbuslari mintaqamiz qiyofasini o‘zgartiradi”Muhiddin PO‘LATOV, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori; “Adolatli, talabchan va halol” Turg‘un ZIYAYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faxriy doktori; “Ilm bilan yashagan umr” Bahrom ABDULLAYEV, Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi, professor; Bakriddin ZARIPOV, O‘zbekiston milliy universieti professori; «Поэт, переводчик, драматург, творивший на благо народа» — Насиба НИЯЗОВА, профессор Ташкентского государственного юридического университета; “Yangi qaror: Unda Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotini yuksaltirishga qaratilgan vazifalar ko‘p” — Gʻulom UZOQOV, Qarshi davlat texnika universiteti prorektori; “Millat ma’naviyatining tirik manbai” Zebo QOBILOVA, Qo‘qon universiteti prorektori; “Inson salomatligi – davlat taraqqiyotining strategik poydevori” — Nargiza ABDULLAYEVA, Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori; “O‘zbekiston iqtisodiyoti yuqori o‘sish denamikasini saqlab qolmoqda”Munis ABDULLAYEV, Xalqaro nordik universiteti kafedra mudiri, professor; “Qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar mutaxassislardan yuqori malaka talab etadi” Sayyora XOLMIRZAYEVA, Toshkent davlat agrar universiteti kafedra mudiri, professor; “Adolatli va shiddatli islohotlar har bir ayolning yuragi orqali o‘tadi” Sayyora TO‘YCHIYEVA, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori; «Образование как старт карьеры: узбекистан создает новые возможности для молодого поколения» — Умида ТУРСУНОВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;   “Orzusi baland, yuragida mas’uliyat tuyg‘usi uyg‘oq avlod”Xurshida TILLAXODJAYEVA, Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti; «Это надо живым!» — Мадина Мухаммаджанова, докторант Ташкентского государственного медицинского университета;
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Jarayon Farg‘ona davlat texnika universitetida boshqaruv samaradorligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash masalalar
+6
#Jarayon
Farg‘ona davlat texnika universitetida boshqaruv samaradorligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi operativ yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
🔹Yig'ilishda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev, soha prorektorlari, fakultet dekanlari va bo'lim boshliqlari ishtirok etdi. Kun tartibiga muvofiq quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
— talabalar davomat holatini fakultetlar kesimida tahlil qilish; — universitetni 2026-yilda rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosi; — 2026–2027 o‘quv yili qabuli uchun targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi
🖇Shuningdek, yig‘ilish davomida universitetda ijro intizomi holati, topshiriq va vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat mexanizmlarining samaradorligi muhokama qilindi. Ushbu yig’ilish yakunida barcha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Выбери_ФГТУ
Ферганский государственный технический университет — университет международных возможностей!
✨Сегодня здесь обучаются более 19 000 студентов по 71 направлению бакалавриата и 44 направлениям магистратуры. Университет активно сотрудничает с вузами Италии, России, Китая, Беларуси и Турции, реализуя международные образовательные программы. Студенты могут обучаться по программам: "2+2" — бакалавриат "1+1" — магистратура Ферганский государственный технический университет — шаг к мировому образованию и успешному будущему. Подробная информация — на официальных страницах университета #Выбери_ФГТУ
Ферганский государственный технический университет — университет международных возможностей!
✨Сегодня здесь обучаются более 19 000 студентов по 71 направлению бакалавриата и 44 направлениям магистратуры. Университет активно сотрудничает с вузами Италии, России, Китая, Беларуси и Турции, реализуя международные образовательные программы. Студенты могут обучаться по программам: "2+2" — бакалавриат "1+1" — магистратура Ферганский государственный технический университет — шаг к мировому образованию и успешному будущему. Подробная информация — на официальных страницах университета
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Xalqaro_hamkorlik Farg‘ona davlat texnika universitetida Xitoyning “Speed-Fit Technology Co., Ltd” kompaniyasi delegatsiyasi
+9
#Xalqaro_hamkorlik
Farg‘ona davlat texnika universitetida Xitoyning “Speed-Fit Technology Co., Ltd” kompaniyasi delegatsiyasi bilan istiqbolli uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🔹Delegatsiyani universitet rektori, professor Rustam Tojiyev kutib olib, mehmonlarni universitet faoliyati, amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Dastlab delegatsiya vakillari universitet qoshida Xitoy investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan, qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan “Aeroinjiniring Texnoparki”dagi qurilish va jihozlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar. 🖇Shundan so‘ng mehmonlarga universitet huzuridagi ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish markazlari, turli sohalarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan markazlar hamda spin-off korxonalar faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Bundan tashqari, mehmonlarga universitetdagi “Ilmiy-tadqiqot va o‘quv ishlab chiqarish kompleksi” faoliyati haqida ham to‘liq ma’lumot taqdim etildi. “Speed-Fit Technology Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Lence Wan boshchiligidagi delegatsiya vakillariga kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ham ma’lumot berildi. Mazkur kompaniya zamonaviy sanoat uskunalari, xususan, plastik mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Injection machine” uskunalari, ekologik texnologiyalar hamda innovatsion muhandislik yechimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. ✨ Uchrashuv davomida universitet bilan hamkorlikda spin-off kompaniya tashkil etish orqali “Injection” uskunalarini bosqichma-bosqich ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sanoat va ta’lim integratsiyasiga asoslangan dual ta’lim tizimini joriy etish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, malaka oshirish dasturlari hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning "Farg'onaliklar mehnati- xalqar
+1
#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning "Farg'onaliklar mehnati- xalqaro reytinglar e'tirofida" nomli maqolasi "Yangi Farg'ona" gazetasining bugungi sonida chop etildi. Maqolani o'qish
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Xalqaro_hamkorlik Kuni kecha Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Universiti Teknologi Malaysia o‘rtasida hamkorlik me
+6
#Xalqaro_hamkorlik
Kuni kecha Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Universiti Teknologi Malaysia o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🔹Mazkur universitet QS World University Rankings xalqaro reytingida 158-o‘rinni egallab kelmoqda. 📌Hamkorlik doirasida:
ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda tashkil etish; innovatsion loyihalarni amalga oshirish; spin-off kompaniyalar tashkil etish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish; xalqaro ilmiy maqolalarni hamkorlikda chop etish;
Mazkur memorandum universitetning xalqaro ilmiy aloqalarini kengaytirish hamda innovatsion faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Tabrik Hurmatli ustozlar, faxriylar va aziz yurtdoshlar! 🔹Sizlarni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod
#Tabrik
Hurmatli ustozlar, faxriylar va aziz yurtdoshlar!
🔹Sizlarni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Bu muqaddas sana xalqimizning mardlik, fidoyilik va insoniy qadriyatlariga bo‘lgan yuksak hurmatining yorqin ifodasidir. Yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida xizmat qilgan barcha insonlar xotirasi qalbimizda mangu yashaydi. ✨Barchangizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringizda muvaffaqiyat tilayman. Xotira abadiy, inson qadri ulug‘ bo‘lsin! Hurmat bilan, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori,professor Tojiyev Rustam Rasulovich!
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

#Xotira_va_qadrlash_kuni #Sharaf_lentalari Sharaf lentasi — bu ajdodlar xotirasiga bo‘lgan yuksak hurmat, mardlik va fidoyili
+4
#Xotira_va_qadrlash_kuni #Sharaf_lentalari
Sharaf lentasi — bu ajdodlar xotirasiga bo‘lgan yuksak hurmat, mardlik va fidoyilik timsolidir.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu sana doirasida universitet hududida sharaf lentalari taqdim etish jarayoni amalga oshirilmoqda. Sharaf lentalari xalqimizning jasorati, matonati va ajdodlar xotirasiga bo‘lgan yuksak hurmat ramzi sifatida ulashilmoqda. Tadbir orqali Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, yurt tinchligi va osoyishtaligining qadriga yetish g‘oyalari ilgari surilmoqda. Xotira va qadrlash kuni – bu fidokor insonlarni yod etish, ularning mardlik va sabr-toqatini e’tirof etish kunidir. Ajdodlar xotirasini e’zozlash va ularga hurmat ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#9_May #Xotira_va_qadrlash_kuni #Sport_musobaqalari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitetda sport muso
+6
#9_May #Xotira_va_qadrlash_kuni #Sport_musobaqalari
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitetda sport musobaqalari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbirda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev ishtirok etib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi hamda sport orqali yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 🖇Shuningdek, rektor musobaqalarda faol qatnashib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritganprofessor-o‘qituvchi va ishchi xodimlarni munosib e’tirof etdi va ularga diplom hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi. Tadbir barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurot ulashdi.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
#Mirziyoyev #marosim #Xotiravaqadrlashkuni #ehtirom Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘a
+9
#Mirziyoyev #marosim #Xotiravaqadrlashkuni #ehtirom Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” va "Millat fidoyilari" yodgorliklari poyiga gulchambar qo‘ydi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Xotira_va_qadrlash_kuni #Xotira_maydoni Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir davomida faxriy ustozlar uchun unutil
+4
#Xotira_va_qadrlash_kuni #Xotira_maydoni
Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir davomida faxriy ustozlar uchun unutilmas va samimiy lahzalar yaratildi
🔹Faxriy ustozlar universitet hududida barpo etilgan “Xotira maydoni”ni ziyorat qildilar. Mazkur maydon urush va mehnat faxriylarining mardligi, fidoyiligi hamda yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini yod etish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, nuroniylar ushbu maskan bilan katta qiziqish bilan tanishdilar hamda iliq taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. ✨Tadbirda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev ham ishtirok etib, ustoz va murabbiylarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning fidokorona mehnati hamda yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos hissasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Rektor tomonidan faxriy ustozlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va ehtirom barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir davomida ustozlarga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, ularning hayot yo‘li hamda mehnat faoliyati yoshlarga ibrat ekani yana bir bor ta’kidlandi.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Shukronalik_tadbiri Oliygoh Kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan Fargʻona davlat texnika universitetida 9-may — “Xotira
+6
#Shukronalik_tadbiri
Oliygoh Kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan Fargʻona davlat texnika universitetida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🔹 Mazkur tadbirda universitetimizda ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat qilgan, bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan 400 nafarga yaqin mehnat faxriylari ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori, professor Rustam Tojiyev ochib berib, faxriy ustozlarimiz doimo e’zoz va ehtiromda ekanligini alohida ta’kidladi. 🖇 Tadbir davomida ulug‘ nuroniylarimiz Qur’on tilovatlari ostida bir piyola choy ustida diydorlashib, samimiy suhbat qurishdi.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Bugun_yoshlar_kuni #Fakultet_faoliyatidan Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida amalga oshirilayotgan ishlar, istiqbold
+9
#Bugun_yoshlar_kuni #Fakultet_faoliyatidan
Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar hamda jamoa faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida universitet rektori professor Rustam Tojiyev fakultetga tashrif buyurdi
🔹Tashrif davomida dastlab mehnat yarmarkasi va “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari bilan tanishilib, ish beruvchi korxonalar vakillari hamda bitiruvchi talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Shuningdek, fakultet hududida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi, ipakchilik va pillachilik ishlab chiqarish ilmiy laboratoriyasi faoliyati, intensiv tutzor hamda tut ipak qurti parvarishlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Paxta tolasi, texnologik jarayonlar va tikuv-trikotaj ishlab chiqarishiga oid laboratoriya uskunalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. 🖇Talaba-yoshlar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar doirasida yaratilgan mualliflik kiyimlari kolleksiyasi podium namoyishi tarzida taqdim etildi. Shuningdek, 7 ta yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan dekan maslahatchilari va iqtidorli talabalar ishtirokida “Rektor va talabalar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi innovatsion g‘oyalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. ✨Shundan so‘ng fakultet professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekani B. Abduxalilov tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ustuvor vazifalar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan taqdimot qilindi. Taqdimotda 5T tamoyili — ta’lim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Shu bilan birga, spin-off korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, fakultet targ‘ibotini kuchaytirish hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Uchrashuv yakunida universitet professor-o‘qituvchilari uchun zamonaviy va namunaviy kiyinish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan loyiha hamda takliflar yuzasidan fikr almashildi
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Bugun_yoshlar_kuni #Mehnat_yarmarkasi Yengil sanoat va to'qimachilik fakultetida "Career day - kelajagingni bugundan tanla"
+6
#Bugun_yoshlar_kuni #Mehnat_yarmarkasi
Yengil sanoat va to'qimachilik fakultetida "Career day - kelajagingni bugundan tanla" va "Hayotingni biz bilan bog'la" shiori ostida mehnat yarmarkasi hamda ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi
🔹 Tadbirda universitet rektori,professor Rustam Tojiyev bevosita ishtirok etib, so‘nggi yillarda har bir oliy taʼlim muassasasi bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash bo‘yicha alohida tizim shakllantirilayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, mazkur tadbir orqali talabalar, bitiruvchilar, ish beruvchilar va kadrlar agentliklari o‘rtasida ochiq muloqot maydoni yaratilganini ham qayd etib o‘tdi. 🖇Mazkur tadbirda 130 nafarga yaqin bitiruvchi va yuqori bosqich talabalari ishtirok etdi 100 nafardan ortiq talaba-yoshlar suhbatlarda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tkazildi. 15 dan ortiq korxona, tashkilot va tadbirkorlik subyektlari o‘zlaridagi mavjud 200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. ✨Ushbu tadbirlar bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ish beruvchilar bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish maqsadida universitet miqyosida tasdiqlangan grafik asosida boshqa fakultetlar kesimida ham izchil davom ettirilmoqda. Yarmarkaning oʻzida 10 nafar talaba ishga joylashdi va 20 nafardan ortig‘iga ishga joylashish uchun suhbatga yoʻllanma berildi.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
#startap #yigilish Oliygohlarda startap ekotizimini rivojlantirish masalalari muhokama etildi 2026-yil 6-may kuni Oliy taʼlim
+9
#startap #yigilish Oliygohlarda startap ekotizimini rivojlantirish masalalari muhokama etildi 2026-yil 6-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari B. Xodjayev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipov, kengash aʼzolari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda vazirlikning masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 11-fevraldagi “Startaplarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida oliy taʼlim muassasalarida startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks tizimini shakllantirish, “Oliygohlar — startaplar generatori” dasturini amalga oshirish hamda mazkur yoʻnalishda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Yigʻilish yakunida qator amaliy takliflar ilgari surildi. Jumladan, “Inno” texnoparki bilan hamkorlikda mentor va trekerlar tayyorlash dasturlarini yoʻlga qoʻyish, oliy taʼlim muassasalarida startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha bir yillik “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, startap markazlarini tashkil etish hamda talabalar gʻoyalarini dastlabki bosqichda moliyalashtirish uchun maxsus fond yaratish taklif etildi. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/162478 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Xotira_va_qadrlash_kuni #Videolavha
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev boshchiligida universitetda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, ta’lim va tarbiya rivojiga munosib hissa qo‘shgan ustozlar holidan xabar olindi.
✨ Universitet Oliy matematika kafedrasi katta o’qituvchisi Xokimjon Tilavoldiyevning xonadoniga borib, ular bilan samimiy va dildan suhbat qurildi. Ustozlarning hayot yo‘li, ko‘p yillik mehnat faoliyati, bugungi kun yoshlari tarbiyasiga oid fikrlari katta qiziqish bilan tinglandi. Jarayonlar haqida batafsil videolavhada tanishishingiz mumkin!
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
#IslomSivilizatsiyasi_markazi Fargʻona davlat texnika universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida Farg‘ona davlat
+6
#IslomSivilizatsiyasi_markazi Fargʻona davlat texnika universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qilishib, yurtimizning boy tarixi va beqiyos ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
Markazda ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning bebaho merosi bilan yaqindan tanishdim. Ayniqsa, qadimiy qo‘lyozmalar va interaktiv ko‘rgazmalar meni chuqur o‘ylantirdi. Shunday buyuk ajdodlarimiz borligi bizga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Kelajakda ularga munosib bo‘lish uchun yanada ko‘proq o‘qib, izlanishga intilaman,— deydi universitet talabasi Abdulhamid Muqimov.
Mazkur tashrif talaba-yoshlar ongida milliy tariximizga hurmat, davlatchilik an’analariga sadoqat, buyuk ajdodlarimiz merosiga e’tibor va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan e’tibor va ehtirom 🔹9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Farg‘o
+5
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan e’tibor va ehtirom
🔹9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev boshchiligida universitetda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, ta’lim va tarbiya rivojiga munosib hissa qo‘shgan ustozlar holidan xabar olindi. 🖇️Universitet Oliy matematika kafedrasi katta o’qituvchisi Xokimjon Tilavoldiyev hamda Kimyo muhandisligi kafedrasi katta o’qituvchisi Faridaxon Yuldashevalarning xonadoniga borilib, ular bilan samimiy va dildan suhbat qurildi. Ustozlarning hayot yo‘li, ko‘p yillik mehnat faoliyati, bugungi kun yoshlari tarbiyasiga oid fikrlari katta qiziqish bilan tinglandi. ✨Suhbat jarayonida ustozlarga chuqur hurmat va ehtirom bildirilib, bayram munosabati bilan ezgu tilaklar yo‘llandi. Ularning fidokorona mehnati, ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi. Ustozlar tomonidan bildirilgan samimiy fikrlar, duolar va hayotiy tajribalar bugungi avlod uchun bebaho saboq bo‘lib xizmat qiladi. Bunday e’tibor va qadrlash ishlari kelgusida ham davom ettiriladi.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Jarayon Farg‘ona davlat texnika universitetida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi 🔹2026-yil 5-may kuni Farg‘ona davlat tex
+3
#Jarayon
Farg‘ona davlat texnika universitetida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi
🔹2026-yil 5-may kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida boshqaruv samaradorligini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini tizimli muvofiqlashtirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev, soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etib, kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 🖇️Yig‘ilish davomida, avvalo, universitetda ijro intizomi holati, berilgan topshiriq va vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat mexanizmlarining samaradorligi muhokama qilindi. Shu bilan birga, strukturaviy bo‘linmalar, fakultetlar va kafedralar faoliyatida ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, talabalarning dars mashg‘ulotlariga qatnashish davomat holati fakultetlar, ta’lim yo‘nalishlari va kurslar kesimida tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida fanlardan qarzdorlik holati hamda to‘lov-kontrakt shartlarini bajarish darajasi ko‘rib chiqildi. ✨Bundan tashqari, 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlarini yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda va mazmunan boy dastur asosida tashkil etish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi. Yig‘ilish yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijro uchun mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt