Rustam Tojiyev Blog
Відкрити в Telegram
Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
577
Підписники
+2124 години
+2647 днів
+27230 днів
Архів дописів
Repost from Edu.uz
2026-yilda oliygohlarini 320 ming nafar talaba bitirishi kutilmoqdaPrezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda 2026-yilda 8 mingdan ziyod loyihalarni moliyalashtirish uchun 500 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirish, 10 mingga yaqin yoshlarni band qilish rejalashtirilgani maʼlum qilindi. “TalabaExpo-2026” kasb koʻrgazmalarini ish beruvchi tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini faol jalb etgan holda respublikaning boshqa hududlarida ham samarali tashkil etish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Barcha jarayonlar bandlikka koʻmaklashuvchi “career.edu.uz” platformasi orqali monitoring qilinib, bandlikni taʼminlash masalasi mahalliy hokimliklar darajasigacha tushiriladi. Barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyilib, natijadorligiga qarab ragʻbatlantirib boriladi. Markazlar faoliyati “Bitiruvchi sifati indeksi” orqali baholanib, eng yuqori natija koʻrsatgan 20 ta oliygohning karyera markazlariga 500 million soʻmdan ajratiladi. Joriy yilda oliygoh miqyosida 360 ta, fakultetlar miqyosida 750 ta mehnat yarmarkalari hamda har bir yoʻnalish kesimida mingdan ortiq ish beruvchilar bilan uchrashuvlar (vorkshoplar) tashkil etiladi. 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab barcha oliygohlarda talabalarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, ularni biznes yuritish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida “Tadbirkorlik asoslari” fanini oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi. Aniq buyurtma, moslashuvchan dasturlar asosida kadrlar tayyorlashga qaratilgan maqsadli dual taʼlim shaklini ham yoʻlga qoʻyish tashabbusi bildirildi. #Prezident #taqdimot #taʼlim #bandlik
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#FDTU_OAV_nigohida
Farg'ona 24 | Fargʻona davlat texnika universitetida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik soati” oʻtkazildi.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
+6
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida global iqtisodiy jarayonlar, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, ta’lim sohasida erishilayotgan natijalar haqida so‘z yuritilib, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi oliy ta’lim hamkorligi izchil rivojlanayotgani, filiallar faoliyati va kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlik aloqalari tobora kengayib borayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekistonda xorijiy oliygohlarning 32 ta, jumladan, Rossiya oliy taʼlim muassasalarining 15 ta filiali faoliyat yuritmoqda. Bu Rossiyaning xorijdagi eng yirik universitetlar tarmog‘i hisoblanadi. Shu bilan birga, kasbiy taʼlim, ayniqsa, amaliyotga yo‘naltirilgan kadrlar tayyorlash dasturlarini joriy etish muhim ahamiyatga ega. Onlayn taʼlim servislari mazkur sohadagi samarali hamkorlik mexanizmi boʻlishi mumkin. Bunday servislarning ishga tushirilishi yoshlarga hatto eng chekka hududlarda ham zarur bilimlarni olish imkonini beradi. Bu mehnat mobilligi modelini tubdan o‘zgartiradi va uni tashkil etishni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadi. Shu munosabat bilan Prezidentimiz Inson kapitalini rivojlantirish qo‘shma onlayn-platformasini yaratishni taklif etdi. Uning vazifasi – taʼlim, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozorini o‘zaro bog‘lashdan iborat. Ushbu tizimda taʼlim dasturlari, til o‘rgatish va axborot texnologiyalari kurslari, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ish beruvchilar bilan bog‘lanish imkoniyatlari birlashtirilishi mumkin. Yoshlar uchun bu yangi iqtisodiyot sari aniq-ravshan yo‘nalish boʻladi. Biznes uchun tayyor kadrlar bazasidan foydalanish imkoniyatidir. Universitetlar va kollejlar uchun bozorning real talabi bilan aloqa vositasidir. Oʻzbekiston va Rossiya uchun esa eng oliy qadriyat bo‘lgan insonlarga uzoq muddatli sarmoyadir,– dedi Prezidentimiz.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+3
#KimyoSanoati #Hamkorlik
Farg‘ona viloyatida kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda🔹Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2-iyun kuni “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga tashrif buyurib, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi hamda kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa investitsiyalarni keng jalb etish va hududlarda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda sohani yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. 🖇️Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi mutasaddi rahbarlar “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida bo‘lib, u yerda faoliyat yuritayotgan korxonalar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev boshchiligidagi universitet vakillari ham ishtirok etib, kimyo sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish hamda sanoat korxonalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Tashrif yakunida Farg‘ona viloyatida kimyo sanoatini rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish va ilm-fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
#Talaba_muvaffaqiyati
Farg‘onalik talaba yaratgan platforma dunyoning 226 mamlakatiga yetib bordi
Farg‘ona davlat texnika universiteti 4-bosqich talabasi Qobiljon Boltaboyev akasining oddiy bir taklifini global loyihaga aylantirdi. Bugun uning EduGames.uz platformasidan nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning 226 ta nuqtasida ham foydalanilmoqda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
+9
Farg‘ona viloyatida kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2-iyun kuni “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga tashrif buyurib, bir qator zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi hamda kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa investitsiyalarni keng jalb etish va hududlarda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda sohani yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamda mutasaddi rahbarlar “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida bo‘lib, u yerdagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
___
В Ферганской области прорабатываются новые проекты по развитию химической промышленности
___
New Projects for the Development of the Chemical Industry Are Being Developed in Fergana Region
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
#Talaba_muvaffaqiyati
Farg‘onalik talaba yaratgan platforma dunyoning ko’plab mamlakatlariga yetib bordi
🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti 4-bosqich talabasi Qobiljon Boltaboyev akasining oddiy bir taklifini global loyihaga aylantirdi. Bugun uning EduGames.uz platformasi nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning 226 ta nuqtalarida ham foydalanilayotgan zamonaviy ta’lim ekotizimiga aylandi.
Natijalar esa e’tiborga loyiq:
— 5 oyda 620 mingdan ortiq foydalanuvchi
— Xorijiy investorlarning qiziqishi
— “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi g‘olibi
“Akam uchun yaratgan platformam bu qadar globallashishini tasavvur ham qilmagandim. Endi uni 5 ta tilda ishga tushirishni rejalashtiryapman”, — deydi Qobiljon Boltaboyev.Sun’iy intellekt integratsiya qilingan platforma nafaqat boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darslarga qiziqishini oshirishiga balki yuqori sinf vakillari va talabalar uchun ham qulay ekotizimga aylandi. Interaktiv o‘yinlar orqali ta’lim jarayoni yanada qiziqarli va samarali tus olmoqda.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Kimyo sohasida taʼlim, tadqiqot, laboratoriya, startaplarni o‘z ichiga olgan yaxlit tizim yaratiladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Edu.uz
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari bilan uchrashuvida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi 10 ta oliygoh rektori har bir talaba bilan ishlab, ularning shaxsiy brendini yaratish, ijodiy mahsulotini sotish, hamkor topishga jiddiy e’tibor qaratishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga yangi o‘quv yilidan har bir talabaga taniqli ijodkorlarni biriktirib, dual ta’limni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bunda ustoz ijodkorlar yoshlarni o‘zining konsert, teatr va tomoshalarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratib, ularni katta sahnada tayyorlab boradi.
Buning uchun ushbu ustozlarga oliygoh professor-o‘qituvchisiga teng miqdorda haq to‘lanadi. Taniqli ijodkorlar oliygohda dars beradigan bo‘lsa, oyligiga 50 foiz ustama to‘lanadi.
Yangi o‘quv yilidan ta’lim dasturlariga “Art-menejment”, “Kreativ industriya”, “Loyihalarni tijoratlashtirish” singari zamonaviy mavzular kiritiladi. Kinoindustriya, moda va dizayn, madaniyat menejmenti kabi yo‘nalishlarda xorijdan 50 nafar tajribali mutaxassis-o‘qituvchi olib kelinadi.
Talabalarning startap loyihalari uchun 10 ta oliygohga 50 milliard so‘m beriladi.
Hozir madaniyat va san’at sohasi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha yaxlit tizim yo‘qligi bois, Konservatoriya huzuridagi markaz hamda San’at va madaniyat institutidagi markaz negizida Madaniyat vazirligida soha xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil qilinadi.
Ayni paytda davlatimiz rahbari uchrashuvda ishtirok etayotgan soha namoyandalari bilan muloqot qilmoqda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+5
#Jarayon
Farg‘ona davlat texnika universitetida 2025–2026 o‘quv yilini yakunlash, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.🔹Yig‘ilish davomida universitetda ijro intizomi holati, topshiriq va vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat mexanizmlarining samaradorligi muhokama qilindi. Shuningdek, tarkibiy bo‘linmalar, fakultetlar va kafedralar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. 🖇️Shu bilan birgalikda, kun tartibidan bitiruvchi kurs talabalarining yakuniy attestatsiya hamda bitiruv malakaviy ishlari himoyalarida shaffoflik va xolislikni ta’minlash masalalari ham o‘rin oldi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlash, bitiruv jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+6
#Shukronalik_tadbiri
"Airoinjinering" texnoparkida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari yakuniga yaqinlashayotgani munosabati bilan universitet tashabbusi bilan ehsonlik tadbiri tashkil etildi.🔹Tadbirda oliygoh universitet rektori, professor Rustam Tojiyev, universitetda uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan faxriy o'qituvchilar hamda qurilish jarayonida faol ishtirok etayotgan tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Ushbu tadbir davomida ulug‘ nuroniylarimiz Qur’on tilovatlari ostida bir piyola choy ustida diydorlashib, samimiy suhbat qurishdi. Faxriy ustozlar va soha vakillari o'rtasida samimiy muloqot bo'lib o'tdi — universitetning kelajagi, rivojlanish yo'llari va keng ko'lamli loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Tadbir iliq suhbatlar, ezgu tilaklar va birlik ruhi bilan yakunlandi.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
⚽️ Oʻzbegim oʻgʻlonlari, sizlarga Jahon chempionatida ulkan zafarlar tilaymiz!
🇺🇿 Millionlab yurtdoshlarimizning ishonchi va duolari sizlar bilan. Har bir oʻyin, har bir gʻalaba Vatanimiz sharafini yanada yuksaltirsin.
🔥 Maydonda matonat, ishonch va gʻalaba ruhi sizlarni tark etmasin!
🏆 Oʻzbekiston terma jamoasiga Jahon chempionatida omad yor boʻlsin!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
#Axborot24
Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
+3
#Xalqaro_hamkorlik
Farg‘ona davlat texnika universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda🔹Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahri xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Shi Hongping boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi. 🖇️Mazkur uchrashuvda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev ham ishtirok etib, ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordi. ✨Uchrashuv doirasida Chengdu Texnika universiteti vakillari bilan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuvlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Muloqotlar yakunida Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari uchun yozgi maktab dasturlari, ilmiy almashinuv loyihalari va grantlar ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#Tabrik
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar va qadrli hamkasblar!Sizlarni insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat va bag‘rikenglik timsoli bo‘lgan muborak Qurbon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman! ✨ Ushbu qutlug‘ ayyom xonadonlaringizga fayzu baraka, oilalaringizga osoyishtalik va farovonlik olib kelsin. Qalblarimizni ezgu niyatlar, shukronalik va hamjihatlik tuyg‘ulari bilan boyitsin. Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi hamda yoshlar kamoloti yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlarimizga ulkan muvaffaqiyat va baraka yor bo‘lsin! Hurmat bilan, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Tojiyev Rustam Rasulovich
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
+3
Farg‘onalik yoshlar uchun Yaponiyada o‘qish va ishlash imkoniyatlari kengaymoqda
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyada davom etayotgan xizmat safari doirasida “Willtec Co., Ltd.” kompaniyasi vitse-prezidenti Mizutani Tatso bilan uchrashdi. Unda zamonaviy kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Kompaniya bugungi kunda Farg‘ona davlat texnika universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, qurilish sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga hissa qo‘shmoqda.
—
Возможности для обучения и трудоустройства молодежи Ферганы в Японии расширяются
—
Opportunities for Fergana’s Youth to Study and Work in Japan Are Expanding
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
+6
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Marg‘ilon shahridagi 6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi🔹“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida tashkil etilgan tadbir davomida bitiruvchilarning yutuqlari, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ustozga hurmat, vatanparvarlik va ma’rifatning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Tadbirda universitet rektori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bitiruvchilarga yo‘llangan samimiy tabrik va ezgu tilaklarni o‘qib eshittirdi hamda yoshlarni bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, yuksak maqsadlar sari dadil intilishga chorladi. 🖇Shuningdek, Farg‘ona davlat texnika universitetida yoshlarga yaratilgan keng ta’lim imkoniyatlari, zamonaviy yo‘nalishlar, xalqaro hamkorlik dasturlari hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Tadbir yakunida bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, qat’iyat, shijoat va porloq kelajak tilandi va universitet tomonidan esdalik sovg'alari berildi.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#Tabrik
Hurmatli maktab bitiruvchilari!Sizlarni hayotingizdagi unutilmas va mas’uliyatli bosqich — maktabni muvaffaqiyatli tamomlaganingiz bilan samimiy muborakbod etaman! 🔹Bugun sizlar katta orzu va maqsadlar sari dadil qadam qo‘yayotgan yosh avlod vakillaridirsiz. Yangi davr esa keng fikrlaydigan, bilimli, tashabbuskor hamda zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan yoshlarni talab etmoqda. Ishonamanki, sizlarning intilishlaringiz, izlanishlaringiz va mehnatingiz yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi. ✨ Farg‘ona davlat texnika universiteti siz kabi iqtidorli va salohiyatli yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratishga doimo tayyor. Bu yerda siz nafaqat puxta bilim, balki zamonaviy kasb va katta hayot tajribasiga ega bo‘lish imkoniyatini ham qo‘lga kiritasiz. Aziz bitiruvchilar, oldingizga qo‘ygan ulkan maqsadlaringiz sari hech qachon to‘xtamang. Kelajak aynan sizning qo‘lingizda! Barchangizga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat-shijoat, omad va ulkan zafarlar tilayman! Hurmat bilan, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Tojiyev Rustam Rasulovich
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
Talabalar diplom ishlarini real muammolar asosida olib bormoqda
Bugungi kunda Farg‘ona davlat texnika universitetining 300 dan ortiq talabalari Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida dual ta’lim asosida tahsil olmoqda. Korxona hududida universitet kafedra filialining faoliyat yuritayotgani ta’lim jarayonini bevosita ishlab chiqarish ehtiyojlariga moslashtirish imkonini bermoqda. So‘nggi uch yil davomida 50 dan ortiq universitet bitiruvchilari korxonaga ishga qabul qilingan.
Talabalarning ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlari shunchaki tanishuv xarakterida bo‘lmay, ularning bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari to‘g‘ridan-to‘g‘ri zavoddagi real muammolar yechimiga yo‘naltirilmoqda. Bu esa bitiruvchilarning kasbiy moslashuv davrini qisqartirib, ularni diplom olayotgan paytidayoq tayyor mutaxassis sifatida shakllantirmoqda.
Batafsil
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#FDTU_OAV_nigohida
Farg'ona 24 | Fargʻona davlat texnika universiteti bilan yana bir yirik ishlab chiqaruvchi zavod oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
