ru
Feedback
Dawletbay Bazarbaev

Dawletbay Bazarbaev

Открыть в Telegram

💼 CEO @matonat_loyihasi 💼 Work @yoshlaragentligi - SMM | Kopirayter | AI mutaxassisi - Shaxsiy rivojlanish marafoni asoschisi 10+ bitiruvchi Murojaat uchun: @bazarbaev_d

Больше
Ibrat FarzandlariСеть:Ibrat FarzandlariУзбекистан48 944Категория не указана
585
Подписчики
-224 часа
+117 дней
+1230 день
Архив постов
Story

Sizda qanday motivatsiya bor? Motivatsiya bu — biror-bir xatti-harakatning boshlash, davom ettirishning sababi. Biz har doim turli koʻrinishdagi motivatsiya bilan yashaymiz. Shu sababli oʻzimiz uchun muhim boʻlgan motivatsiyalarni aniqlab olishimiz kerak. 🗣️ Umman olganda, motivatsiya 2 turga boʻlinadi, ya'ni tashqi va ichki motivatsiyaga. 🔼Tashqi motivatsiya — atrofimizdagi kimningdir ta’siri orqali bizda paydo boʻladi. Bu motivatsiya biror narsani boshlashimizga yordam berishi mumkin, lekin doimiy davom ettirishga yordam bermaydi. Masalan, sport bilan shugʻullanmoqchimiz. Tashqi motivatsiya sport zalga yozilish uchun yordam beradi, lekin doimiy borishga emas. 🔽Ichki motivatsiya — bizning oʻzimizda, ya'ni boshqalar ta’sirisiz zehnimizda paydo boʻladigan motivatsiya. Bu yillar davomida shakllangan fikrlarimiz asosida paydo boʻladi. Ya’ni yangi uy, mashina yoki biror sohaning professional mutaxasissi boʻlishga boʻlgan ichki xohish. Ichki motivatsiya bizni kechalari uxlamasdan bilim olishimizga, qattiqroq mehnat qilishimizga doimiy ta’sir qiladi (yana kimdir boʻlishi shart emas). ⚠️ Tashqi motivatsiya vaqtincha, ya’ni esimizdan chiqquncha boʻladi. Shu sababli ham bunday motivatsiya bilan boshlangan ish uzoq davom etmaydi. Shunday ekan haqiqiy motivatsiyani tashqaridan emas oʻzingizdan qidiring! ▪️ Telegram | ▪️ Instagram

Motivatsiya haqida yaxshi post tayyorladim. Hozir tahrir qilib kanalga yuklayman. Bu siz eshitadigan motivatsiya emas bu ilmiy tomondan motivatisiya qanday boʻlishi haqida. ▪️ Telegram | ▪️ Instagram

Surxondaryo viloyati. ▪️ Telegram | ▪️ Instagram
+5
Surxondaryo viloyati. ▪️ Telegram | ▪️ Instagram

Surxondaryo viloyati. ▪️ Telegram | ▪️ Instagram
+6
Surxondaryo viloyati. ▪️ Telegram | ▪️ Instagram

photo content
+6

Yoshlar ishlari agentligining Instagram sahifasida 200 ming obunachidan oshdik 🚀⚡️ ▪️ Telegram | ▪️ Instagram
Yoshlar ishlari agentligining Instagram sahifasida 200 ming obunachidan oshdik 🚀⚡️ ▪️ Telegram | ▪️ Instagram

⚡️“Yoshlar tashabbuslari marafoni” Surxondaryoga yetib keldi! Yirik marafon estafetasi o‘zining oltinchi manzili — quyoshli S
⚡️“Yoshlar tashabbuslari marafoni” Surxondaryoga yetib keldi! Yirik marafon estafetasi o‘zining oltinchi manzili — quyoshli Surxondaryo viloyatida boshlanmoqda. Barcha qiziqarli loyihalar va amaliy maydonchalar allaqachon Termiz shahriga yetib kelgan. Ertaga San’at saroyi maydonida vohaning barcha shijoatli yigit-qizlarini kutib qolamiz. Katta harakatga tayyor turing. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 👉 yoshlar.gov.uz

⚡️Zo‘r g‘oyangiz bormi? Uni yoshlar.gov.uz orqali butun O‘zbekistonga taniting! Endilikda faol yoshlar hamda mahallalardagi y
⚡️Zo‘r g‘oyangiz bormi? Uni yoshlar.gov.uz orqali butun O‘zbekistonga taniting! Endilikda faol yoshlar hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari “Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasidagi o‘z loyiha va tashabbuslarini bevosita yoshlar.gov.uz platformasi orqali taqdim etishlari mumkin. Yangi imkoniyatning asosiy afzalliklari: 🟢Tashabbuslar barcha uchun ochiq tarzda e’lon qilinadi; 🟢Foydalanuvchilar o‘zlariga manzur bo‘lgan g‘oyalarni “Like” orqali qo‘llab-quvvatlaydi; 🟢Eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar maxsus “TOP” ro‘yxatdan joy oladi. “Yoshlar tashabbuslari marafoni”da faol ishtirok eting va o‘z g‘oyalaringizni hayotga tatbiq qiling! 👉 yoshlar.gov.uz

“Tashabbuslar marafoni”ning navbatdagi manzili — Samarqand! Ayni vaqtda qadimiy va navqiron Samarqand shahridagi “Yoshlar kre
+4
“Tashabbuslar marafoni”ning navbatdagi manzili — Samarqand! Ayni vaqtda qadimiy va navqiron Samarqand shahridagi “Yoshlar kreativ shaharchasi”da yoshlar oyligi doirasidagi navbatdagi katta harakat rasman start oldi. Hozirning o‘zida ushbu maskan intiluvchan va shijoatli samarqandlik yoshlar bilan juda gavjum. Minglab yigit-qizlar o‘zlarining yorqin g‘oyalari, zamonaviy loyihalari va yangi tashabbuslari bilan marafondagi qaynoq jarayonlarni boshlab berishdi. Samarqand yoshlarining kayfiyati a’lo darajada. Qizg‘in jarayonlarni biz bilan birga kuzatib boring! ▪️ Telegram | ▪️ Instagram

Navoiylik yoshlar “Tashabbuslar marafoni”da birlashdi ⚡️ “Yoshlar oyligi” doirasida respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan yir
+5
Navoiylik yoshlar “Tashabbuslar marafoni”da birlashdi ⚡️ “Yoshlar oyligi” doirasida respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan yirik loyiha — “Tashabbuslar marafoni” Navoiy viloyatida yuqori ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Navoiy shahridagi “Yoshlar saylgohi”da tashkil etilgan ushbu marafonda viloyatning minglab shijoatli yigit-qizlari jam bo‘ldi. Tadbir doirasida AT, startap, tadbirkorlik, madaniyat va kitobxonlik kabi ko‘plab zamonaviy yo‘nalishlarni o‘zida qamrab olgan loyihalar yoshlar e’tiboriga havola etildi. Jarayonlar davomida navoiylik yoshlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, aniq amaliy takliflar va yangi g‘oyalarni ilgari surdilar. Mazkur marafon intiluvchan yoshlar uchun chinakam o‘zaro muloqot, tajriba almashish va shaxsiy rivojlanish maydoniga aylandi.

Yosh kitobxon" 2026! tanlovi haqida👇 Dastlab, @yoshkitobxon_bot orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tish mahalla bosqichi boshlangunga qadar davom etadi. Tanlovda yoshlar o‘zlari yashayotgan yoki o‘zlari o‘qiyotgan (ishlayotgan) muassasasi joylashgan hududdan ishtirok etadi Tanlov 3-ta yosh toifasida, o'tkaziladi 10-14 yosh (2012–2016-yillar) 15-19 yosh (2007–2011-yillar) 20-30 yosh (1996–2006 yillar) Tanlov 5-bosqichdan iborat bo‘ladi: 1. Mahalla bosqichi (25 ta test sharti); 2. Sektor bosqichi (25 ta test sharti); 3. Tuman (shahar) bosqichi (Tezkor savol-javob sharti, Badiiy asarlar bilimdoni); 4. Hududiy bosqich (Badiiy asarlar bilimdoni, tezkor savol-javob shartlari); 5. Respublika bosqichi (Badiiy asarlar bilimdoni, tezkor savol-javob, buyuk mutafakkir va adib, she'riyat, insho yozish shartlari). Kitobxonlik tanlovlarimiz haqida barcha yangiliklarni rasmiy sahifamizda kuzatib boring 👉 @yoshkitobxonuz https://t.me/alisher_sadullaev/5576 ▪️ Telegram | ▪️ Instagram

Repost from N/a
"Matonat" loyihasi: Imkoniyatlar va ko'mak Loyiha nogironligi bo‘lgan yoshlarning ta’lim olishi va kasb-hunar egallashini qo‘
+8
"Matonat" loyihasi: Imkoniyatlar va ko'mak Loyiha nogironligi bo‘lgan yoshlarning ta’lim olishi va kasb-hunar egallashini qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy subsidiyalar: ◾️Ta’lim: Til, IT va boshqa fanlar bo‘yicha o‘qish xarajatlari uchun (50 BHM gacha). ◾️Kasb-hunar: Tadbirkorlik yoki o‘zini band qilish uchun uskunalar xaridiga (50 BHM gacha). ◾️Mobil xarajatlar: O‘qish davridagi turar-joy va transport xarajatlari qoplanadi. Kvota: Yiliga 500 nafar yosh. Murojaat: my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali. ▪️ Telegram | ▪️ Instagram

Alhamdulillah loyihani boshladik, sizlardan qo'llab quvvatlash kutaman, loyihaning telegram va instagram sahifalariga obuna bo‘ling.

Repost from N/a
Assalamu aleykum. Xush kelibsiz! Ushbu kanal nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar va imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan "Matonat" loyihasining rasmiy telegram kanali Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qarori asosida amalga oshiriladi.
Kanalimiz a’zosi bo‘lib siz quyidagilarga ega bo‘lasiz: 🔺 Ta'lim, kasb-hunar va yashash xarajatlari uchun subsidiyalar olish tartibi. 🔺 Loyiha doirasidagi o‘zgarishlar va eng so‘nggi yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish. 🔺 Loyihadan foydalangan yoshlarning yutuqlari va kelgusi rejalar haqida ma'lumotlar.
Har yili respublika bo‘ylab 500 nafar yoshga subsidiyalar ajratilishi belgilangan. Arizalarni my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn yuborish mumkin. "Matonatli yoshlar — Yangi O‘zbekistonning irodali va qat’iyatli bunyodkorlaridir". ▪️ Telegram | ▪️ Instagram

⚡️Navoiy yoshlar shu yerdamisiz? ⚡️ Katta harakatning navbatdagi bekati Navoiy viloyati bo‘ldi. Bugun “Yoshlar saylgohi”da in
⚡️Navoiy yoshlar shu yerdamisiz? ⚡️ Katta harakatning navbatdagi bekati Navoiy viloyati bo‘ldi. Bugun “Yoshlar saylgohi”da intiluvchan yoshlarni o‘z atrofida jamlaydigan “Tashabbuslar marafoni” rasman start olmoqda. Yangi loyihalar, o‘zaro tajriba almashinuvi va foydali muloqotlar maydonida o‘z o‘rningizni toping. Barcha g‘oya egalarini ushbu qizg‘in jarayonlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz. 📍Manzil: Navoiy shahri, Yoshlar saylgohi

⚡️ Buxoroda yoshlar bayrami Yoshlar oyligi doirasida butun respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan “Tashabbuslar marafoni”ning
+4
⚡️ Buxoroda yoshlar bayrami Yoshlar oyligi doirasida butun respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan “Tashabbuslar marafoni”ning navbatdagi yorqin manzili ko‘hna va navqiron Buxoro bo‘ldi. Kun davomida minglab yigit-qizlarni turli foydali loyihalar atrofida jamlagan qizg‘in marafon o‘z o‘rnini kechki payt Buxoro shahridagi Ark qo‘rg‘oni “Shahriston” maydonida tashkil etilgan muhtasham gala-konsertga bo‘shatib berdi. “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida o‘tgan dasturda el ardog‘idagi yorqin san’atkorlar ishtirok etib, o‘zlarining jo‘shqin kuy-qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga a’lo kayfiyat ulashdi. Katta harakatning bugungi manzili Navoiyda davom etadi! ▪️ Telegram | ▪️ Instagram

Assalamu aleykum. Do'stlar, bugun qancha kundan beri rejalashtirib yurgan loyihamizga start beramiz. Alloh yuzimizni yorug' qilsin 🤲🏻 Qanday loyiha deb o'ylaysiz? Fikrlaringizni izohlarga yozib qoldiring. ▪️ Telegram | ▪️ Instagram

“Tashabbuslar marafoni” Buxoroda Katta harakatning navbatdagi manzili ko‘hna Buxoro shahrida joylashgan Somoniylar istirohat
+9
“Tashabbuslar marafoni” Buxoroda Katta harakatning navbatdagi manzili ko‘hna Buxoro shahrida joylashgan Somoniylar istirohat bog‘ida shijoatli yoshlarni o‘z atrofida jamladi. Ayni damda marafonda 15 mingdan ortiq yigit-qizlar ishtirok etib, o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari va yangi tashabbuslari bilan faol o‘rtoqlashmoqda. “Tashabbuslar marafoni” doirasida tashkil etilgan AT, tadbirkorlik, kitobxonlik, volontyorlik va madaniyat yo‘nalishlaridagi maxsus maydonchalar buxorolik yoshlar uchun chinakam tajriba almashish makoniga aylandi. Yoshlarimizning g‘ayrati va o‘z maqsadlari sari intilishi juda yuqori. Buxorodagi qaynoq jarayonlar davom etmoqda!

⚡️“Tashabbuslar marafoni” bugun Buxoroda! Katta harakatning navbatdagi manzili — ko‘hna va navqiron Buxoro! Bugun Somoniylar
⚡️“Tashabbuslar marafoni” bugun Buxoroda! Katta harakatning navbatdagi manzili — ko‘hna va navqiron Buxoro! Bugun Somoniylar istirohat bog‘ida shijoatli yigit-qizlar yangi g‘oyalar va aniq maqsadlar atrofida jam bo‘lmoqda. Ayni damda marafondagi qizg‘in jarayonlar boshlanish arafasida. Turli yo‘nalishdagi zamonaviy loyihalar, o‘zaro tajriba almashinuvi va samimiy muloqot maydonining bir qismiga aylaning! Barcha intiluvchan yoshlarni kutib qolamiz. 📍Manzil: Buxoro shahri, Somoniylar bog‘i.