Dawletbay Bazarbaev
前往频道在 Telegram
💼 @yoshlaragentligi Employee of the central office of the Agency for Youth Affairs of the Republic of Uzbekistan. 🇺🇿 🏅"Úmit ushqin" 2026 | SMM | AI mutaxassisi | Kopirayter | Targetolog | Community manager. Murojaat uchun: @bazarbaev_d
显示更多665
订阅者
+424 小时
+27 天
-1730 天
帖子存档
Yoshlarning xalqaro imtihon xarajatlari uchun 151 mlrd so‘m qoplab berildi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bugungi kunga qadar xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan 74 102 nafar yoshga 151 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berildi.
O‘sish sur’ati ancha yuqori. 2025-yili 17 261 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplangan bo‘lsa, 2026-yil yakunigacha 25 850 nafarlik marrani ko‘zlab turibmiz. Bir yilning o‘zida yana 8 589 nafar yosh. Bu, albatta, sezilarli sakrash.
🔺 Xo‘sh, imkoniyatdan kimlar ko‘proq foydalanyapti
Eng katta ulush 18–23 yoshli yigit-qizlarga (33 317 nafar) tegishli. 14–17 yoshli 25 112 nafar yosh ham xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan. Demak, jami kompensatsiya olganlarning 79 foizi 14–23 yoshdagilar. Bu esa bolalar maktab davridayoq xalqaro sertifikatlar va xorijiy ta’lim imkoniyatlariga jiddiy tayyorlanayotganini bildiradi. Umumiy hisobda imkoniyatdan 38 503 nafar qiz va 35 599 nafar yigit foydalangan.
🔺 Qaysi yo‘nalishlarga talab yuqori
IELTS bo‘yicha hozirgacha 54 048 nafar yoshga 125 mlrd so‘m kompensatsiya to‘langan. SAT bo‘yicha ham raqamlar chakki emas: 9 082 nafar. Demak, yoshlarimiz mo‘ljalni tobora baland olyapti.
Yana bir yaxshi tendensiya, tanlov kengaymoqda: koreys tilidan TOPIK, xitoy tilidan HSK, nemis tilidan TestDAF, Goethe-Zertifikat kabi xalqaro imtihonlar ham kompensatsiya tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib boryapti.
Qoraqalpog‘istonning shimolida bu imkoniyatga yetish uchun IELTS’dan 6 ball kifoya. Davlatimiz rahbari qaroriga ko‘ra, 12 ta hududda doimiy yashovchi yoshlar IELTS’dan 6 va undan yuqori yoki TOEFL’dan 60 va undan yuqori ball olsa, imtihon xarajatlari qoplab beriladi.
Bu raqamlarni ko‘rish, albatta, quvonarli. Bir necha yil oldin minglab yoshlar foydalangan imkoniyat bugun o‘n minglab yoshlarni qamrab olyapti.
▪️ Telegram | ▪️ Instagram
Prezident farmoniga muvofiq, Erkinjon Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida yangi lavozim joriy etilib, Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.
Mazkur yo‘nalishlardagi vazifalar ijrosini tashkil etish va nazorat qilish Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
Insonlar hamma narsaga erishyapti, go‘yoki faqat men orqada qolib ketdim-mi?
Siz ham o‘zingizga har kuni shunday savol berasizmi?
Javobingiz ha bo‘lsa, aynan sizning bu holatingiz ilmiy tilda FOMO yaʼni fear of missing out (qolib ketish qo‘rquvi) deb ataladi.
Agar sizda quyidagi belgilar kuzatilayotgan bo‘lsa, demak siz ham ayni paytda FOMO ni boshdan kechiryapsiz:
-“Boshqalar mendan yaxshiroq yashayapti, ular mendan omadliroq”, degan hayollar paydo bo‘lsa;
-Ijtimoiy tarmoqlarda boshqalarning hayotini kuzatib, o‘zingizni ulardan pastroq his qilsangiz;
- O‘z hayotingizdan qoniqmay, ekran ortidagi “ideal” voqealar bilan o‘zingizni solishtirsangiz.
Shular ham FOMO ni bir turi.
▪️ Telegram | ▪️ Instagram
AI ni sog‘lomroq o‘rganish
Hamma vazifalarni faqat AI ga topshirib qo‘yish emas, balkim undan yordamchi sifatida foydalanish kerak. Aks holda fikrlash qobiliyatingiz susayadi.The Diary of a SEO ning yangi podcastida aynan shu mavzuda. Bu suhbatda Dr. Terry Sejnovski (Prinseton PhD, neyrobiolog va kompyutatsion neyrofan asoschilaridan biri) bu haqida o‘z fikrini aytdi: "ChatGPTʼni noto‘g‘ri ishlatish (masalan, “menga insho yozib ber” deyish) miyani zaiflashtiradi. Ammo agar interaktiv usulda yaʼni – savol berish “nima uchun?” va “qanday?” savollari bilan - tanqid qilish :bu javobda qanday kamchiliklar bor?, qaysi joyi isbot talab qiladi?, qaysi joyi mantiqsiz yoki umumiy bo‘lishi mumkin - va javobni tekshirish orqali: manba qidirish, boshqa dalillar bilan solishtirish, hayotda sinab ko‘rish,mantiqiy izchillikni ko‘rish maʼlumotlar ko‘rib chiqilsa, shunda miyaning tanqidiy fikrlashi va bilim tarmoqlari yana-da mustahkamlanadi" ▪️ Telegram | ▪️ Instagram
+5
O’zbekiston Robototexnika Milliy jamoasi Jahon chempionatiga yo’l oldi!
Kecha Robototexnika bo’yicha Milliy jamoamiz 196 mamlakat muhandislari ishtirok etadigan “FGC” Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga jo’nab ketti!
Terma jamoamiz 7-10-oktabr kunlari ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadi!Yosh muhandislarimizga ulkan zafarlar, yorqin g‘alabalar va yangi texnologik marralarni zabt etishlarini tilaymiz! Omad sizga yor bo‘lsin! 🇺🇿
+3
Yoshlar uchun yangi hamkorlik loyihalari!
Har yili O‘zbekistonda 600 mingdan ortiq yosh mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Ularni munosib ish va tadbirkorlik imkoniyatlari bilan ta’minlash — muhim vazifa.
Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifi davomida ham yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.Shu maqsadda Yoshlar ishlari agentligi, Soliq qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida yoshlarni daromadli faoliyatga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar muhokama qilindi. Yaqin kunlarda yoshlarning g‘oyasini — loyihaga, loyihasini — biznesga, salohiyatini esa — barqaror daromadga aylantirishga ko‘maklashuvchi yangi loyihalarni boshlaymiz. ▪️ Telegram | ▪️ Instagram
Sportchi seni sport bilan shug’ullansang - muhokama qilmaydi, biznesmen seni biznesni noto'g'ri boshlaganing uchun masxara qilmaydi, Hunarmand seni biror narsani «xunuk yasagansan» deb malomat qilmaydi. Odamlar ichida sani eng ko'p muhokama qiladiganlari - o'zi hech nima qilmaydiganlaridir.
▪️ Telegram | ▪️ Instagram
Bugun bizga bilim va tarbiya bergan, hayot yo‘limizda munosib yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan, kelajagimizga beqiyos hissa qo‘shayotgan ustoz va murabbiylarga hurmat va ehtirom izhor etiladigan qutlug‘ kun.
Ustozlik — katta mas’uliyat, yuksak sharaf va fidoyilikni talab qiladigan ulug‘ kasb. Yosh avlodning bilimli, ma’rifatli va vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetishida ustozlarning mehnati beqiyosdir.
Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
▪️ Telegram | ▪️ Instagram
Prezident nima uchun shaxmatchilarimizga buncha ko'p mukofotlar berdi? Yosh shaxmatchilar nega bu qadar rag'batlantirilmogda?
Batafsil videoda.
Internetdan ma’lumot qidirishda Perplexity AI ga to’liq 99% o’tib bo’ldim. E’tibor bersam oxirgi paytlarda umuman Google qidiruv tizimini ishlatmayapman. Sababi:
Birinchidan, Perplexityda reklama yo’q. Reklamasiz javoblar. Ha, linklar emas.
Ikkinchidan, javoblarni manbalari bilan aytadi.
Uchinchidan, suhbat shaklida, «qidiruvingizni» davom ettirishingiz mumkin.
To’rtinchidan, real oxirgi ma’lumotlar.
Beshinchidan, tadqiqotlar uchun super. Manbalarni sifati zo’r.
▪️ Telegram | ▪️ Instagram
