Dawletbay Bazarbaev
الذهاب إلى القناة على Telegram
💼 Work @yoshlaragentligi 💼 Press service @jaslar_isleri_agentligi 💼 Project contributor @matonat_loyihasi 🏅"Úmit ushqin" 2026 | SMM | AI mutaxassisi | Kopirayter | Targetolog | Community manager. Murojaat uchun: @bazarbaev_d
إظهار المزيد686
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-47 أيام
-2330 أيام
أرشيف المشاركات
Aziz yoshlar!
Bugungi suhbat boʻyicha sizda qiziqtirgan savollar boʻlsa @Abdinazarova_S profiliga yoki kamentariya qismiga yozishingiz mumkin 😊
Bugun ovozli suhbat, do'stlarni shu havola orqali taklif qilamiz.
https://t.me/d_bazarbaev?livestream=d1978981416c77a8c2
O’zim uchun 9 eslatma:
1. Pulingni nazorat qil
— Cho’ntagingda qancha bor? Qancha ketdi? Qancha naqd pulga egasan. Qanchasi kartangda.
O‘zingni aldama. Raqamlarni har kuni kuzat.
2. Vaqtingni qadrlagin
— “Yo‘q” deyishni o‘rgan.
Sening eng qimmat boyliging — vaqt.
3. Maqsadlar aniq bo‘lsin
— “Marafonda yuguraman” — bu quruq gap.
“Dekabrgacha kuniga 10km yugurishga odatlanaman” — bu maqsad.
4. Har kuni eslatib tur
— Mashinaga chiqdingmi? Maqsading tursin.
Telefonga qaradingmi? Maqsading tursin.
5. Pulni avtomatik tejagin
— Har oy «yonmaydigan» joyga pul qo’y.
6. Noto‘g‘ri qarzdan qoch
— Mashina olaman deb qarzga kirmagin.
Agar foyda olib kelmasa — olma.
7. Tanani chiniqtir, miyani sayqalla
— Har kuni jismoniy harakat qil.
Kuchli tana — tiniq fikr.
8. Ijtimoiy tarmoqlarni o‘zingga mosla.
— Ko‘rgan kontentingni sen tanlaysan.
Algoritmni o’rgat, train qil.
9. Har kuni 10 daqiqa kamida kitob o‘qi
— Kitob o’qi. Elitaning odati shu.
▪️ Telegram | ▪️ Instagram
"Bir fikr — bir qadam" loyihasi doirasida navbatdagi ilhomli uchrashuv!
Ba’zan insonning imkoniyatlarini uning ko‘zlari emas, qalbidagi ishonchi, tasavvuri va orzulari belgilaydi.
"Bir fikr — bir qadam" loyihasi sizni yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zining iste’dodi, ijodi va hayotga bo‘lgan cheksiz ishonchi bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘la oladigan navbatdagi mehmonimiz bilan samimiy suhbatga chorlaydi.
Mehmonimiz — Abduvaliyev Jahongir Kamoliddin o‘g‘li. Yosh ijodkor | Xonanda |Musiqachi | Shoir
Jahongir — 6-sinf o‘quvchisi. U bo‘sh vaqtini kitob mutolaasi, she’r yozish va musiqa bilan shug‘ullanishga bag‘ishlaydi. Pianino va darbuka chaladi, qo‘shiq kuylaydi hamda pianinoda o‘ziga xos musiqalar yaratadi.
Uning ijodiy faoliyatidagi yutuqlari: 🔹 2023-yilda Italiyada o‘tkazilgan festival g‘olibi; 🔹 2024, 2025 va 2026-yillarda Moskvada o‘tkazilgan festivallarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan; 🔹 She’rlar yozadi va musiqa bastalaydi; 🔹 Audio kitoblarni sevib tinglaydi; 🔹 Musiqiy ijod bilan bir qatorda, turli ijodiy qo‘l mehnati va san’at namunalarini ham yaratadi.Eng hayratlanarlisi esa — Jahongirning hayotga bo‘lgan munosabati. U dunyoni ko‘zlari bilan ko‘rmasa-da, uni qalbi, tasavvuri va ijodi bilan kashf etmoqda. U nolish o‘rniga orzu qiladi, imkoniyat kutish o‘rniga imkoniyat yaratadi va yangilik qilishdan hech qachon charchamaydi.
💬 Suhbat davomida: — Iste’dodni kashf etish va uni rivojlantirish; — Musiqa va ijod olamiga ilk qadamlar; — Orzu qilish va maqsad sari intilish; — Qiyinchiliklarga qaramay hayotdan zavq olish; — Kitob, she’riyat va musiqaning inson hayotidagi o‘rni; — Yoshlar uchun ilhom va motivatsiya.Jahongirning hikoyasi bizga bir haqiqatni eslatadi: insonning imkoniyatlarini chegaralar emas, uning ishonchi belgilaydi. Siz ham ushbu ilhomli uchrashuvda ishtirok eting. Balki Jahongirning birgina fikri sizning hayotingizdagi eng dadil qadamingizga sabab bo‘lar. Har bir katta orzu — avval yurakda tug‘iladi. Keyin esa birgina dadil qadam bilan haqiqatga aylanadi. 🔴Sana: 27.08.2026 🔴Vaqti: 21:00
#Brifing
✅Yoshlar ishlari agentligi tizimida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholining ariza va shikoyatlariga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni tahlil qilish hamda ularni manzilli hal etish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.
Brifingda murojaatlar bilan ishlash intizomini kuchaytirish, har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashish hamda yoshlar va aholi muammolarini o‘z vaqtida ijobiy hal etish bo‘rasida belgilangan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Batafsil: gov.uz/yoshlar
Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan bir guruh mahalladagi yoshlar yetakchilari quyidagi medallar bilan taqdirlandilar:
«Kelajak bunyodkori» medali:
G‘aniyev Doston Farxod o‘g‘li - Qamashi tumanidagi «Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati
Jumabekov Elbek Fazilbek o‘g‘li - Taxiatosh tumanidagi «Markaziy» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Shoyo‘ldoshova Billura Shoxaydar qizi - Parkent tumanidagi «Gulbog‘» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Toshkent viloyati
«Shuhrat» medali:
Orifova Mubina Faxriddin qizi - Uychi tumanidagi «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Namangan viloyati
Barcha taqdirlangan yoshlar yetakchilarimizni hamda tizimimizdagi barcha xodimlarni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklayman.
Yoshlar ishlari agentligining direktori Alisher Sa'dullayev. Bir nechta muhim tadbirlarda ishtirok etdi.
🔺 Yurtimizda “O‘zbekiston–Rossiya: volontyorlik va ijtimoiy loyihalar” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Batafsil o'qish uchun havola
🔺 Xiva shahrida Birinchi O‘zbekiston–Turkmaniston yoshlar forumi bo'lib o'tdi. Batafsil o'qish uchun havola
▪️ Telegram | ▪️ Instagram
Mijozlar odatda 3 ta narsani talab qilishadi:
• SIFATLI
• TEZ
• ARZON
Ular kesishganda quyidagicha natija beradi:
SIFAT + TEZ = QIMMAT
SIFAT + ARZON = UZOQ (Muddat/Masofa)
TEZ + ARZON = RASVO
Uchtasini bir vaqtda tanlasangiz:
ARMON
Lekin hamma marketing uchun shu narsalarni aytadi.
▪️ Telegram | ▪️ Instagram
“MARAFON-4” LOYIHASIGA RASMIY QABUL OCHILDI!
40 kun. 1 ta qaror. Yangi siz.
Hayotingizda o‘zgarish qilishni xohlaysiz, lekin doim “ertadan boshlayman” deb yuribsizmi? ⏰ Vaqt yetishmayaptimi? 📚 Rejalaringiz ortga surilyaptimi? 🎯 Maqsadlaringiz bor, ammo ularga erishishda intizom yetishmayaptimi?Unda “MARAFON-4” aynan siz uchun! Bu oddiy motivatsion loyiha emas. Bu — 40 kun davomida o‘zingiz ustingizda ishlash, intizomni shakllantirish va kun tartibingizni o‘zgartirish marafoni. Marafonda:
🔹 Maqsadlarni to‘g‘ri belgilash; 🔹 Kunlik reja va vaqtni boshqarish; 🔹 Foydali odatlarni shakllantirish; 🔹 Ertalabki va kechki tartibni yo‘lga qo‘yish; 🔹 Telefon va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish; 🔹 Motivatsiya va psixologik barqarorlik; 🔹 Har kuni o‘z ustingizda ishlash; 🔹 Intizomni mustahkamlash.40 kun davomida o‘zingizni sinab ko‘ring.
Sizga hech kim kelib hayotingizni o‘zgartirib bermaydi. O‘zgarishni o‘zingiz boshlaysiz. Bugun.“MARAFON-4”ga qabul boshlandi! Ishtirok etish va ro‘yxatdan o‘tish uchun: @bazarbaev_d bilan bog‘laning.
40 kundan keyingi o‘zingiz bugungi qaroringizga rahmat aytishi mumkin. 🚀▪️ Telegram | ▪️ Instagram
Marafon haqida qancha ovozli habar ko'p yozsam ham kam 💯 Chunki u boshqa marafonlardan har kuni beriladigan 3 ta mashg'uloti bilan ajralib turadi 💯
@bazarbaev_d Sizga kattakon raxmat 🤝😍 Ajoyib ♥️ marafon uchun ☺️
20 kun ichida olgan xulosamning qisqa shakli ☺️
20 kun ichidagi o'zgarishlarim😊
Ozgina hayajonlanib qisqa gapirdim, kamchiliklarim bo'lsa uzur🙈😁
Martpo'latova Madina
