ru
Feedback
Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)

Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)

Открыть в Telegram

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining rasmiy kanali

Больше
1 953
Подписчики
+324 часа
+2217 дней
+35330 дней
Архив постов
🇺🇿 MILLIY QADRIYATLAR KUNI Milliy qadriyatlar — xalqimizning asrlar davomida shakllangan ma’naviy boyligi, urf-odatlari, an
+7
🇺🇿 MILLIY QADRIYATLAR KUNI Milliy qadriyatlar — xalqimizning asrlar davomida shakllangan ma’naviy boyligi, urf-odatlari, an’analari va milliy o‘zligining yorqin ifodasidir. 🌿Joriy yilning 11-sentabr kunida Tarjomonlik fakylteti Xotin-qizlar masalalari boyicha dekan maslahatchisi N.Qurbonova, ijtimoiy psixoligik muhit bilan ishlash bo’limi mutaxassis X.Xatamova hamda fakultet tyutorlari tashabbusi bilan “Milliy qadriyatlar kuni” ga bag’ishlab talabalar ishtirokida milliy an’analarimizni keng targ‘ib etish, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlarni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida milliy liboslar, urf-odatlar, xalq amaliy san’ati va madaniy merosimiz namoyish etildi. Yoshlarimiz milliy qadriyatlarimizning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida fikr almashdilar. ✨ Milliy qadriyatlarimiz — milliy o‘zligimiz va faxrimiz!

“Birinchi kurs maktabi” — oliy ta’lim muassasasiga yangi qabul qilingan 1-bosqich talabalarini universitet hayotiga moslashti
+4
“Birinchi kurs maktabi” — oliy ta’lim muassasasiga yangi qabul qilingan 1-bosqich talabalarini universitet hayotiga moslashtirishga qaratilgan tadbirlar va mashg‘ulotlar majmuasi. Unda talabalarga: universitetning ichki tartib-qoidalari; talabalarning huquq va majburiyatlari; kredit-modul tizimi; akademik halollik; mustaqil ta’lim; fakultet, dekanat va kafedalar faoliyati; universitetdagi imkoniyat va xizmatlar haqida ma’lumot beriladi. 2026/2027-o‘quv yil O‘z.DJTU Tarjimonlik fakultetida “Birinchi kurs maktabi” dastlabki o‘quv haftaligi tashkil etilmoqda.

🇺🇿🇺🇿 10-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti va Qatar davlatining “Al Jazeera
+3
🇺🇿🇺🇿 10-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti va Qatar davlatining “Al Jazeera” Media instituti vakillari o‘rtasida Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 📌Uchrashuvda Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo‘ldoshev, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Husan Ibragimovich, Kamola Qodirova va professor Ahmad al-Zubaydiy ishtirok etdi. Qatar tomonidan “Al Jazeera” Media institutining Arab tilini o‘rganish dasturi direktori doktor Ibrohim Mansur qatnashdi. Muloqot davomida arab tilini o‘qitish, talabalar uchun maxsus kurslar tashkil etish,professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. ✅Shuningdek, nazariy mashg‘ulotlarni onlayn, amaliy tayyorgarlikni esa Dohada mtashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.Tomonlar kelgusida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash va hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar. 🌐Bizni kuzatib boring❗️ ✅Telegram

Repost from Edu.uz
❗️ Barcha talabalar diqqatiga! 📲 To‘lov shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan onlayn ariza yuboring. ➡️ Arizangiz oliygoh tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. ✅ Tayyor shartnomani tizimdan yuklab olishingiz mumkin. 📌“KONTRAKT EDU” mobil ilovasi Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

DIQQAT, E’LON! 🎓 JAZOIRDA 1 SEMESTR GRANT ASOSIDA TAHSIL OLISH IMKONIYATI! O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining quyidagi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 2–3-bosqich talabalari uchun Jazoir Xalq Demokratik Respublikasida 1 semestr davomida grant asosida tahsil olish imkoniyati e’lon qilinadi: 🔹 Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) 🔹 Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili) 🏛 Qabul qiluvchi universitetlar: 🇩🇿 University of El Oued — 10 nafar talaba 🇩🇿 Jazoir-2 universiteti — 10 nafar talaba 👥 Jami 20 nafar talaba saralab olinadi. 💰 GRANT DOIRASIDA: ✅ Ta’lim — bepul ✅ Talabalar turar joyi — bepul ✅ Oziq-ovqat — bepul ✈️ Aviabilet xarajatlari — talaba tomonidan qoplanadi 📝 SARALASH JARAYONI Nomzodlarning arab tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari 4 ta asosiy til ko‘nikmasi bo‘yicha baholanadi: 🔸 Speaking — gapirish 🔸 Listening — tinglab tushunish 🔸 Reading — o‘qib tushunish 🔸 Writing — yozish 📅 Hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati: 15-sentabr 2026-yil 📄 Agar arab tili yoki boshqa xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatingiz mavjud bo‘lsa, hujjatlar bilan birga taqdim etishingiz so‘raladi. 📅 Saralash sanasi: 18-sentabr 2026-yil 📍 Saralash joyi: O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti, Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 🏆 Saralash natijalariga ko‘ra, har bir universitet uchun 10 nafardan, jami 20 nafar talaba tanlab olinadi. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot va hujjat topshirish bo‘yicha murojaat uchun: 📲 Telegram: @Faridakamolqizi 📞 Telefon: +998 99 540 02 09 🌍 Jazoirda tahsil olish, arab tilidagi bilim va ko‘nikmalaringizni rivojlantirish hamda xalqaro akademik tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🟦🟦🟦 O‘zDJTU Tarjimonlik fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi Bugun O‘zbekiston davlat jahon t
+7
🟦🟦🟦 O‘zDJTU Tarjimonlik fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, yangi o‘quv yilini boshlagan yoshlarni samimiy tabrikladi. Rektor o‘z nutqida talabalik davridan unumli foydalanish, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, bilim va ko‘nikmalarni muntazam rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. Marosimda Tarjimonlik fakulteti dekani, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdi. Fakultet faoliyati, ta’lim jarayoni, yangi o‘quv yilidagi vazifalar va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Tadbir yakunida eng yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalariga tashakkurnomalar topshirildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilining ilk kunida talabalar uchun “Kelajak soati”ning 1-mavzusi — “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida dars tashkil etildi. Dars davomida talabalar universitetning o‘quv xonalari, ta’lim jarayoni va mavjud imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi. Ularga universitet hayoti, ichki tartib-qoidalar, ta’lim olish imkoniyatlari hamda talabalik davridan unumli foydalanish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi. Shuningdek, dars jarayonida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Yoshlarni vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik, mas’uliyat va faol fuqarolik pozitsiyasi ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

🇺🇿🇺🇿2026-yil 4-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti kengashining yangi o‘quv
+5
🇺🇿🇺🇿2026-yil 4-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti kengashining yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish hamda ta’lim jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan 1-son yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 📌Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Hukumat hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. 👉Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 21-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yillik bayramini yuqori saviyada o‘tkazish hamda ta’lim tashkilotlarini yangi 2026/2027-o‘quv yiliga shay holatga keltirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 356-son buyrug‘ining mazmun-mohiyati yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Kun tartibidagi asosiy masalalar: o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish; professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini oshirish; talabalarga zamonaviy va qulay akademik muhit yaratish; tarjimonlik ta’limi sifatini yanada oshirish; o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni takomillashtirish. Muhokamalar yakunida 2026/2027-o‘quv yilida Tarjimonlik fakulteti oldida turgan ustuvor va dolzarb vazifalar belgilab olindi. Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. 🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram. Telegram

Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi T
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi. 📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.

🇺🇿 Tarjimonlik fakultetida kredit-modul tizimi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tilla
+3
🇺🇿 Tarjimonlik fakultetida kredit-modul tizimi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Tarjimonlik fakultetida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish hamda “1-kurs maktabi” faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida professor-o‘qituvchilar va tyutorlar uchun kredit-modul tizimiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi. Seminar-trening davomida universitetning “2026/2027-o‘quv yiliga shay holatga keltirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 356-son buyrug‘i mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilindi. Mazkur buyruqda professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlarni kredit-modul tizimi nizomi bilan qayta tanishtirish vazifasi belgilanganligi sababli, seminar-trening davomida tizimning asosiy tamoyillari, o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi va amaliy jihatlari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida yangi o‘quv yilida 1-kurs talabalarini universitet muhiti, ta’lim jarayoni hamda kredit-modul tizimiga moslashtirish masalalari bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. 🇺🇿 Tarjimonlik fakulteti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling! ✅Telegram 🌐 Instagram

Янги Тошкентдаги мусиқали фаввора Гиннесс рекордлар китобига киритилди Янги Тошкентда барпо этилган мусиқали фаввора иккита й
Янги Тошкентдаги мусиқали фаввора Гиннесс рекордлар китобига киритилди Янги Тошкентда барпо этилган мусиқали фаввора иккита йўналишда Гиннесс рекордлар китобига киритилди. У “Очиқ майдондаги энг баланд мусиқали фаввора” ва “Энг катта айлана шаклидаги сув экранига проекция” деб топилиб, жаҳон рекордларини янгилади. Жаҳон рекордлари қайд этилган сертификатларни Guinness World Records ташкилотининг расмий ҳаками Мегги Луо топширди. 👉 https://kun.uz/kr/65889129 Kun.uz расмий канали

🌍Yosh Tarjimonlar Akademiyasining ilk 3 kunlik intensiv dasturiga qabul boshlandi! Xorijiy tillarni biladigan va xalqaro may
🌍Yosh Tarjimonlar Akademiyasining ilk 3 kunlik intensiv dasturiga qabul boshlandi! Xorijiy tillarni biladigan va xalqaro maydonda o‘zini sinab ko‘rishni istagan yoshlar uchun yangi imkoniyat. Yosh Tarjimonlar Akademiyasi — yoshlarni xalqaro faoliyatga tayyorlash, professional ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi kelajak vakillarini shakllantirishga qaratilgan loyiha. Intensiv dastur davomida ishtirokchilar: • tarjimonlik; • xalqaro protokol; • nutq va kommunikatsiya; • delegatsiyalar bilan ishlash; • xalqaro tadbirlarni tashkil etish; • etiket yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Dastur nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar va real vaziyatlar asosidagi tajribani ham qamrab oladi. Manzil: Toshkent shahri Sana: 11–13-sentabr, 2026-yil Yosh chegarasi: 16–30 yosh Ishtirok: bepul 📝 Ariza topshirish uchun havola. Arizalar qabuli 31-avgust kuni soat 23:59 gacha davom etadi. Xalqaro faoliyat sari ilk qadamni aynan shu yerdan boshlang. https://t.me/PhDAssociateProfessor

❗️❗️❗️❗️❗️ 🔔HURMATLI TALABALAR! O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarin
❗️❗️❗️❗️❗️ 🔔HURMATLI TALABALAR! O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash jarayoni yakunlandi. 🇺🇿 Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan talabgorlarning hujjatlari va ta’lim grantlarini oluvchi talabalar ro‘yxati universitetning tegishli tartibda vakolatli organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi. 📌 Yakuniy natijalar bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:️Bakalavr bosqichi uchun natijalar️Magistratura bosqichi uchun natijalar 🎓 Ta’lim grantiga sazovor bo‘lgan barcha talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz! ⭐️Ushbu yutuq — sizning bilimingiz, izlanishingiz, intilishingiz va mashaqqatli mehnatingizning munosib natijasidir. ✨ Kelgusidagi ta’lim va ilmiy faoliyatingizda ulkan zafarlar, yangi marralar va muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi T
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi. 📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.

🇺🇿Toshkentda tarjimonlar uchun bepul o’quv dasturi — Yosh Tarjimonlar Akademiyasi Moliyalashtirish: Bepul Til talabi: Ingliz va o’zbek tili Kimlar uchun ➡️Oʻzbekistonning istalgan hududidan boʻlgan faol yoshlar; ➡️Tarjimonlik, xalqaro munosabatlar, diplomatiya yoki xalqaro tadbirlar sohasiga qiziqqan boʻlishi; ➡️Kommunikatsiya koʻnikmalari va muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Foydali tomonlari ➡️Ishtirok etish — bepul; ➡️O‘quv xarajatlari to‘liq qoplanadi; ➡️Ekspertlar bilan amaliy treninglar; ➡️Xalqaro tadbir va loyihalarda ishtirok; ➡️Tarjimonlik, protokol va xalqaro sohada networking imkoniyati. Dastur haqida ➡️Dastur xalqaro munosabatlar, diplomatiya va xalqaro tadbirlar sohasida karyera qilishni istagan yoshlar uchun 3 kunlik bepul intensiv tayyorgarlik hisoblanadi. ⏰️Oxirgi muddat: 28-avgust, 2026 ➡️Batafsil: grantgo.uz/go/4tcd82 #Oʻzbekiston #tadqiqot_va_professional_rivojlanish #bepul https://t.me/PhDAssociateProfessor

+4
📚 “Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat kuni” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir 🇺🇿🇺🇿Har payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan “Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat kuni” doirasida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash maqsadida universitet kutubxonasida fakultet talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. 📌Tadbir davomida “Mutolaa” loyihasi doirasida Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy asarlarining falsafiy va axloqiy g‘oyalari, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda mazkur bebaho ma’naviy merosni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 💡Shuningdek, “Ma’naviyat va zamonaviylik” mavzusida suhbat olib borilib, ma’naviyat va zamonaviylikning o‘zaro uyg‘unligi, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda zamonaviy bilim va tafakkurning yoshlar hayotidagi o‘rni xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. 👉Mazkur tadbir Tarjimonlik fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini S. Kodirov tashabbusi bilan, fakultet tyutori I. Xasanova tomonidan tashkil etildi. 🔥Tadbir qizg‘in savol-javoblar, mazmunli fikr almashinuvi va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. 🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram. Telegram

Repost from Yoshlar.edu.uz
✅✅✅ “Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi. ❗️Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib
✅✅✅ “Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi. ❗️Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib, keyin “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish 🔹Bugungi testlarni ishlash soat 21:00 da yakunlanadi. Ertaga ham 50 ta test ishlash kerak bo‘ladi. Agar referal yetarli emas deb chiqsa, bugun ham referal yig‘ish mumkin. 🔹Bugun va ertangi jami 100 ta testdan kamida 44 ball yig‘gan ishtirokchilar QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

Repost from Edu.uz
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

🟦🟦🟦🟦🟦🟦 TALABA-YOSHLAR VA UNIVERSITET JAMOASI! 🚀 G‘OYANGIZ BOR. ENDI UNI KATTA IMKONIYATGA AYLANTIRING! 🇺🇿 “35 000 TA
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 TALABA-YOSHLAR VA UNIVERSITET JAMOASI!
🚀 G‘OYANGIZ BOR. ENDI UNI KATTA IMKONIYATGA AYLANTIRING!
🇺🇿 “35 000 TASHABBUS” — YANGI G‘OYALAR UCHUN KATTA MAYDON! 💡 Sizda jamiyat uchun foydali innovatsion g‘oya bormi? 🚀 O‘z startapingizni yaratish yoki rivojlantirishni istaysizmi? ✨ Dolzarb muammolarga yangicha va amaliy yechim taklif qila olasizmi? Unda “35 000 tashabbus” siz uchun ayni muddao! O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 30-iyuldagi 315-son buyrug‘i ijrosi doirasida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “35 000 tashabbus” umummilliy yoshlar tashabbusi dasturiga start berildi. 🎯 Mazkur dastur talaba-yoshlar hamda universitet jamoasiga o‘zining intellektual salohiyati va kreativ fikrlashini namoyon etish, jamiyatdagi dolzarb muammolarga ilmiy asoslangan, amaliy va nostandart yechimlar taklif qilish imkonini beradi. TASHABBUSLAR QAYSI YO‘NALISHLARDA? 🌱 Ekologiya 📚 Ta’lim 💻 Raqamli texnologiyalar ⚙️ Muhandislik 🩺 Sog‘liqni saqlash 💡 Innovatsion va ijtimoiy loyihalar G‘OYANGIZNI AMALGA OSHIRISH VAQTI KELDI! 📌Ishtirok etish uchun tashabbus.yito.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting va loyihangizni taqdim eting. G‘oyangizni namoyon eting! Startapingizni rivojlantiring! 🇺🇿 O‘zbekistonning innovatsion taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing! ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumot va amaliy yordam uchun: O‘zDJTU Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin. 👉 @IIITB714 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Repost from Yoshlar.edu.uz
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🏛 Viktorinada tyutorlar,
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🏛 Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.