ru
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Открыть в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 55 425 подписчиков, занимая 2 629 место в категории Технологии и приложения и 1 475 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 55 425 подписчиков.

Согласно последним данным от 09 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -2 549, а за последние 24 часа — -207, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 26.22%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 18.48% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 13 274 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 9 355 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 112.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 10 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Технологии и приложения.

55 425
Подписчики
-20724 часа
-1 3827 дней
-2 54930 день
Архив постов
⚡️Ba’zi metallarga xos bo’lgan xotira effektining qiziqarli namoyishi Xususan, ushbu videoda nikel va titan qotishmasi bo’lgan nitinol ko’rsatilgan, u asl shaklini qizdirilganida oladi. Bu hodisa ma’lum harorat oralig’ida sodir bo’ladi, uni birinchi bo’lib esa 1932-yilda shved fizigi Arni Olander payqagan va tasvirlagan. 📟 DigiTech

+3
⚡️Saudiya Arabistonida «kelajak teatri» quriladi Saudiya Arabistonini hududiy rivojlantirish agentligi Neom “yer yuzida tengi bo’lmaydigan” yangi loyihani e’lon qildi. Ular ta’kidlashicha, Utamo nomli kelajak teatri «tog’ qa’rida yashiringan, tabiat go‘zalligi bilan ilg‘or texnologiyalar uyg’unlashgan immersiv makon» bo’ladi. Aqaba ko’rfazi yaqinidagi tog’ ichida joylashgan ko’p funksiyali katta zal, dunyoning eng yaxshi san’atkorlari chiqishlari uchun mo’ljallangan bo’ladi. 📟 DigiTech

👕 Alibaba kompaniyasi onlayn kiyim xaridini osonlashtiradigan neyrotarmoqni ishlab chiqdi. Outfit Anyone'ga o’z rasmingizni yuklab, kerakli kiyim sizga qanday tushishini ko’rishingiz mumkin. U sizning tanangizni tahlil qiladi va fotosuratdagi kiyimni o’zgartirib tanangizga moslaydi, so’ngra Animate Anyone vositasi rasmni animatsiyaga aylantiradi. Neyrotarmoqni ommaviy versiyasi chiqishi bilan kanalda e’lon qilamiz. 📟 DigiTech

⚡️Samsung smartfonlaridagi klaviatura generativ sun’iy intellektga ega bo’ladi. One UI 6.1 yangilanishi xabar uslubini o’zgar
+1
⚡️Samsung smartfonlaridagi klaviatura generativ sun’iy intellektga ega bo’ladi. One UI 6.1 yangilanishi xabar uslubini o’zgartira oladigan neyron tarmoqni qo’shadi. Misol uchun, sun’iy intellekt xabarni adabiy yoki boshqa uslublarda qayta yozib berishi mumkin. Yana bir SI funksiyalardan biri tarjimon bo’ladi, lekin bu funksiya allaqachon Google, Microsoft va Yandex klaviaturalarida mavjud. 📟 DigiTech

+1
🤖 Xitoyning Unitree kompaniyasi H1 odamsimon roboti va B2 robo-itining sinovlarini ko’rsatdi: ularni tepib va orqaga tortib muvozanatni buzishga urinishdi. Sotuvlar joriy yilning oxirigacha boshlanishi va’da qilingan: odamsimon android uchun 150 000 dollar va robo-it uchun 100 000 dollar so’rashmoqda. 📟 DigiTech

🚘 Minus Zero startapi haydovchisiz o’zi yuradigan, sun’iy intellektli jamoat transportini ishga tushirmoqda NIA deb nomlangan sun’iy intellekt inson miyasi ma’lumotlarni qayta ishlash tamoyiliga asoslanib, zPod nomli transportga haydashni, shuningdek, yo’lda qaror qabul qilishni o’rgatadi. Boshqa mustaqil tizimlardan farqli o’laroq, zPod faqat kameralar va qo’shimcha sensorlarga tayanmaydi. NIA miyaning neyron hisob-kitoblariga taqlid qilishga harakat qiladi, bu esa avtomobilga o’rganish, moslashish, epizodik xotira va qarorlarni bashorat qilish imkonini beradi. Ular ta’kidlashicha, ma’lumotlarni ikkita qayta ishlash tizimi — Active va Backup avtonom haydashni ta’minlaydi va nosozliklar yuzaga kelganda uni bartaraf etish uchun qaror qabul qiladi. Yo’lovchilar sig’imi — 4 kishi. 📟 DigiTech

📲 Looking Glass Go portativ displeyi oddiy fotosuratlarni 3D gologrammalarga aylantiradi Uning yordamida foydalanuvchilar bepul ilova yordamida o’z smartfonlarida 3D suratlar yaratishlari va ularni qurilmaga gologramma sifatida o’rnatishlari mumkin. ChatGPT'ga ulangan Liteforms ilovasidan foydalanib, foydalanuvchilar matnli so’rovlar yordamida yaratiladigan SI personajlar bilan suhbatlashishlari mumkin. Looking Glass Go ixcham va yengil, ABS plastmassa, po’lat va shishadan tayyorlangan. Uni 2024-yil iyun oyida 300 dollardan sotuvga chiqarish rejalashtirilgan, Kickstarter platformasida esa 229 dollardan oldindan buyurtma berish mumkin. 📟 DigiTech

🍱 Sovuq havoda issiqqina taomlar – Yandex Eats'da 50% gacha chegirmalardan foydalanib qoling! 90 000 so’mdan oshgan qiymatda
🍱 Sovuq havoda issiqqina taomlar – Yandex Eats'da 50% gacha chegirmalardan foydalanib qoling! 90 000 so’mdan oshgan qiymatdagi ilk buyurtmaga 45 000 soʻm chegirma! 🔝 Chegirmadan foydalanish uchun: 1️⃣ Havola orqali o’ting. 2️⃣ Buyurtma vaqtida promokodni qo’llang: 45DB98VV Yandex Eats yetkazib berish xizmati Toshkent va Samarqand shaharlarida mavjud. Reklama

⚡️Quyoshda so’nggi olti yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi. Olimlar bosh og’rig’i, zaiflik va uyqusizlik, shuningdek, radioaloqadagi uzilishlar mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda. Quyosh 11 yil faollik siklining cho’qqisiga yaqinlashayotgani sabab, keyingi ikki yil ichida chaqnashlarning intensivligi va chastotasi faqat oshib boradi. 📟 DigiTech

🌇 Dezeen arxitektura jurnali talqiniga ko’ra 2023-yilning eng yaxshi osmono’par binolari e’lon qilindi Dezeen arxitektura ju
+5
🌇 Dezeen arxitektura jurnali talqiniga ko’ra 2023-yilning eng yaxshi osmono’par binolari e’lon qilindi Dezeen arxitektura jurnali 2023-yil yakunlarini sarhisob qildi, bu yil qurilgan va eng ko’p OAV e’tiborini tortgan osmono’par binolarni e’lon qildi. 📟 DigiTech

📲 Samsung Galaxy S24 va brendning boshqa smartfonlari One UI 6.1. yangilanishidan so’ng qanday sun’iy intellekt funksiyalari
+5
📲 Samsung Galaxy S24 va brendning boshqa smartfonlari One UI 6.1. yangilanishidan so’ng qanday sun’iy intellekt funksiyalarini olishi ma’lum bo’ldi. Ba’zi yangilanishlar ro’yxati: — SI tomonidan yaratilgan fon rasmlari; — Bloklangan holatda ekran ob-havoga moslashadi; — SI yordamida fotosuratlarni kengaytirish (Generative Fill'ga o’xshab) va obyektlarni bir suratdan boshqasiga ko’chirish; — Qo’ng’iroqlarni real vaqt rejimida bir tildan boshqa tilga tarjima qilish. Katta ehtimol bilan, ushbu funksiyalar haqida 8-yanvar kuni bo’lib o’tadigan “AI for All” matbuot anjumanida yoki Galaxy S24 taqdimotida batafsil ma’lumot berishadi. Mish-mishlarga ko’ra, kompaniya yangi qurilmalarini 17-yanvar kuni namoyish etadi. 📟 DigiTech

📱Apple iPhone 16 ni ikkita vertikal kamera dizaynida sinovdan o’tkazmoqda. Sensorlarning bunday joylashuvi Apple Vision Pro
+2
📱Apple iPhone 16 ni ikkita vertikal kamera dizaynida sinovdan o’tkazmoqda. Sensorlarning bunday joylashuvi Apple Vision Pro garniturasida ko’rish mumkin bo’lgan videoni suratga olish imkonini beradi. Birinchi holatda, kamera bloki biz iPhone 12-da ko’rgan kameraga o’xshaydi, ikkinchisida esa iPhone X va zamonaviy modellarning aralashmasi. Biroq, bu renderlar ishlab chiqarishdan oldingi dizaynlarga asoslangan, shuning uchun kompaniyaning ushbu qurilma dizayni bo’yicha rejalari hali o’zgarishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Nokia kompaniyasining knopkali telefonlari YouTube Shorts'ni qo’llab-quvvatlaydi. Ilova keyingi yangilanish bilan qo’shilad
⚡️Nokia kompaniyasining knopkali telefonlari YouTube Shorts'ni qo’llab-quvvatlaydi. Ilova keyingi yangilanish bilan qo’shiladi. Nokia 106 4G va Nokia 110 4G modellari uchun qisqa videolar ilovasi chiqarildi. YouTube Shorts'dan foydalanish uchun Google hisobga kirish kerak bo’ladi. 📟 DigiTech

⚡️Windows 12 keyingi yilning ikkinchi yarmida chiqariladi Sun’iy intellekt butun tizim darajasida birlashtiriladi, uning to’l
⚡️Windows 12 keyingi yilning ikkinchi yarmida chiqariladi Sun’iy intellekt butun tizim darajasida birlashtiriladi, uning to’liq ishlashi uchun NPU neyron protsessoriga ega zamonaviy protsessorlar talab qilinadi. Maxsus NPU'ga ega bo’lmagan kompyuterlar egalari ham Windows 12 ni o’rnata olishadi, biroq yangi operatsion tizimning barcha funksiyalaridan foydalana olishmaydi. Shunday qilib, faqat AMD va Intel kompaniyalarining protsessorlariga ega zamonaviy kompyuter foydalanuvchilarigina barcha yangi funksiyalarni to’liq ishlata olishadi. 📟 DigiTech

+2
🪩 Lazer shou Xitoyda tungi vaqtda haydovchilarni tetiklashtirishning g’ayrioddiy va ularning fikricha samarali usulini o’ylab topishdi. Yo’lning tepasida lazer shousi uyushtiriladi. Shandun provinsiyasidagi avtomobil yo’llarida proyektorlar o’rnatildi. Lazerlar 2 km gacha bo’lgan masofani yoritadi va yo’lning monoton ko’rinishidan, uyquchanlikni yengishga yordam berish uchun mo’ljallangan. 📟 DigiTech

🧠 Olimlar inson miyasining nusxasini o’stirishdi va uni kompyuterga ulashdi Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ildiz
+1
🧠 Olimlar inson miyasining nusxasini o’stirishdi va uni kompyuterga ulashdi Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ildiz hujayralaridan — neyronlarning tuzilishini va ularning miyadagi aloqalarini takrorlaydigan kichik hujayralar koloniyasidan miya organoidi o’stirilgan. Unga hatto tenglamalarni yechishni o’rgatishdi! Tirik "neyron tarmoq" buyruqlarni kompyuterdan olib, hayratlanarli darajada tez o’rgana boshladi. Ikki kun ichida u ovozlarni 78% aniqlik bilan ajratishni o’rgandi. Xuddi shunday aniqlik bilan tenglamalarni ham yechdi! Albatta, bioneyron hozircha biz o’rganib qolgan "raqamli" modellar kabi aniq ishlamaydi, chunki u kamroq o’qitilgan. Lekin agar shunday davom etsa, yaqin kelajakda tirik biokompyuterlarni istagan odam sotib olib o’z uyida o’rnata oladi. 📟 DigiTech

⚡️Xiaomi maktab doskasini namoyish etdi: unda chizilgan barcha narsalarni bitta tugmani bosish orqali o’chirish mumkin. Doska
+2
⚡️Xiaomi maktab doskasini namoyish etdi: unda chizilgan barcha narsalarni bitta tugmani bosish orqali o’chirish mumkin. Doska kattaligi — 39 dyuym. Agar bu yetarli bo’lmasa, bir nechta doskalarni bitta qilib birlashtirish mumkin. Doska ikkita batareyada 8-9 oy ishlaydi. Xitoydagi narxi — 42 dollar. 📟 DigiTech

🤖 Tesla yangilangan Optimus robotini namoyish etdi — uning rivojlanish tezligi hayratlanarli! Robot 30% tezroq yurishni o’rgandi va uning har bir barmog’iga bosim datchiklari o’rnatildi. Videoda u tuxumlarga zarar yetkazmasdan ehtiyotkorlik bilan bir joydan ikkinchi joyga ko’chirganini ko’rishingiz mumkin. Buni 2022-yildagi birinchi versiyasi bilan solishtirib ko’ring. Bunday rivojlanishga atigi bir yil ichida erishildi! Eng asosiysi bularning barchasini robotni o’zi o’rganmoqda. Ko’nikmalar uning miyasiga dasturlashtirilmagan, u simulyatsiyaning ichida o’zi o’rganyapti. 📟 DigiTech

🚘 Kelajak allaqachon shu yerda! Yangi Xpeng X9 avtomobili to’xtash joyini o’zi qidirib topib joylashadi, ketayotgan vaqtingizda esa bir tugmani bosish orqali yoningizda qaytib keladi. Hozirda ushbu funksiyani kompaniya xodimlari sinovdan o’tkazishmoqda. Avtomobilning ommaviy versiyalariga u dasturiy yangilanishda qo’shiladi. 📟 DigiTech

⚡️Meta sun'iy intellektga asoslangan neyro-tarjimonini yangiladi. SeamlessM4T endi barcha turdagi tarjimalarni qo’llab-quvvatlaydi: matndan matnga, nutqdan matnga, matndan nutqga, nutqdan nutqga. Eng asosiysi, u real vaqt rejimida nutqni tarjima qilishni va tarjimani asl ovozda takrorlashni o’rgandi. Sinov versiyasida to’rtta til mavjud. Ommaviy versiyasi chiqarilganidan so’ng 100 ta til mavjud bo’ladi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech