AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 55 425 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 629,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 475 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 55 425 名订阅者。
根据 09 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 549,过去 24 小时变化为 -207,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 26.22%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.48% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 274 次浏览,首日通常累积 9 355 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 112。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 10 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
55 425
订阅者
-20724 小时
-1 3827 天
-2 54930 天
帖子存档
55 371
⚡️Ba’zi metallarga xos bo’lgan xotira effektining qiziqarli namoyishi
Xususan, ushbu videoda nikel va titan qotishmasi bo’lgan nitinol ko’rsatilgan, u asl shaklini qizdirilganida oladi.
Bu hodisa ma’lum harorat oralig’ida sodir bo’ladi, uni birinchi bo’lib esa 1932-yilda shved fizigi Arni Olander payqagan va tasvirlagan.
📟 DigiTech
55 371
⚡️Saudiya Arabistonida «kelajak teatri» quriladi
Saudiya Arabistonini hududiy rivojlantirish agentligi Neom “yer yuzida tengi bo’lmaydigan” yangi loyihani e’lon qildi. Ular ta’kidlashicha, Utamo nomli kelajak teatri «tog’ qa’rida yashiringan, tabiat go‘zalligi bilan ilg‘or texnologiyalar uyg’unlashgan immersiv makon» bo’ladi.
Aqaba ko’rfazi yaqinidagi tog’ ichida joylashgan ko’p funksiyali katta zal, dunyoning eng yaxshi san’atkorlari chiqishlari uchun mo’ljallangan bo’ladi.
📟 DigiTech
55 371
👕 Alibaba kompaniyasi onlayn kiyim xaridini osonlashtiradigan neyrotarmoqni ishlab chiqdi. Outfit Anyone'ga o’z rasmingizni yuklab, kerakli kiyim sizga qanday tushishini ko’rishingiz mumkin.
U sizning tanangizni tahlil qiladi va fotosuratdagi kiyimni o’zgartirib tanangizga moslaydi, so’ngra Animate Anyone vositasi rasmni animatsiyaga aylantiradi.
Neyrotarmoqni ommaviy versiyasi chiqishi bilan kanalda e’lon qilamiz.
📟 DigiTech
55 371
⚡️Samsung smartfonlaridagi klaviatura generativ sun’iy intellektga ega bo’ladi. One UI 6.1 yangilanishi xabar uslubini o’zgartira oladigan neyron tarmoqni qo’shadi.
Misol uchun, sun’iy intellekt xabarni adabiy yoki boshqa uslublarda qayta yozib berishi mumkin.
Yana bir SI funksiyalardan biri tarjimon bo’ladi, lekin bu funksiya allaqachon Google, Microsoft va Yandex klaviaturalarida mavjud.
📟 DigiTech
55 371
🤖 Xitoyning Unitree kompaniyasi H1 odamsimon roboti va B2 robo-itining sinovlarini ko’rsatdi: ularni tepib va orqaga tortib muvozanatni buzishga urinishdi.
Sotuvlar joriy yilning oxirigacha boshlanishi va’da qilingan: odamsimon android uchun 150 000 dollar va robo-it uchun 100 000 dollar so’rashmoqda.
📟 DigiTech
55 371
🚘 Minus Zero startapi haydovchisiz o’zi yuradigan, sun’iy intellektli jamoat transportini ishga tushirmoqda
NIA deb nomlangan sun’iy intellekt inson miyasi ma’lumotlarni qayta ishlash tamoyiliga asoslanib, zPod nomli transportga haydashni, shuningdek, yo’lda qaror qabul qilishni o’rgatadi.
Boshqa mustaqil tizimlardan farqli o’laroq, zPod faqat kameralar va qo’shimcha sensorlarga tayanmaydi. NIA miyaning neyron hisob-kitoblariga taqlid qilishga harakat qiladi, bu esa avtomobilga o’rganish, moslashish, epizodik xotira va qarorlarni bashorat qilish imkonini beradi.
Ular ta’kidlashicha, ma’lumotlarni ikkita qayta ishlash tizimi — Active va Backup avtonom haydashni ta’minlaydi va nosozliklar yuzaga kelganda uni bartaraf etish uchun qaror qabul qiladi. Yo’lovchilar sig’imi — 4 kishi.
📟 DigiTech
55 371
📲 Looking Glass Go portativ displeyi oddiy fotosuratlarni 3D gologrammalarga aylantiradi
Uning yordamida foydalanuvchilar bepul ilova yordamida o’z smartfonlarida 3D suratlar yaratishlari va ularni qurilmaga gologramma sifatida o’rnatishlari mumkin.
ChatGPT'ga ulangan Liteforms ilovasidan foydalanib, foydalanuvchilar matnli so’rovlar yordamida yaratiladigan SI personajlar bilan suhbatlashishlari mumkin.
Looking Glass Go ixcham va yengil, ABS plastmassa, po’lat va shishadan tayyorlangan. Uni 2024-yil iyun oyida 300 dollardan sotuvga chiqarish rejalashtirilgan, Kickstarter platformasida esa 229 dollardan oldindan buyurtma berish mumkin.
📟 DigiTech
55 371
🍱 Sovuq havoda issiqqina taomlar – Yandex Eats'da 50% gacha chegirmalardan foydalanib qoling!
90 000 so’mdan oshgan qiymatdagi ilk buyurtmaga 45 000 soʻm chegirma!
🔝 Chegirmadan foydalanish uchun:
1️⃣ Havola orqali o’ting.
2️⃣ Buyurtma vaqtida promokodni qo’llang:
45DB98VV
Yandex Eats yetkazib berish xizmati Toshkent va Samarqand shaharlarida mavjud.
Reklama55 371
⚡️Quyoshda so’nggi olti yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi. Olimlar bosh og’rig’i, zaiflik va uyqusizlik, shuningdek, radioaloqadagi uzilishlar mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda.
Quyosh 11 yil faollik siklining cho’qqisiga yaqinlashayotgani sabab, keyingi ikki yil ichida chaqnashlarning intensivligi va chastotasi faqat oshib boradi.
📟 DigiTech
55 371
🌇 Dezeen arxitektura jurnali talqiniga ko’ra 2023-yilning eng yaxshi osmono’par binolari e’lon qilindi
Dezeen arxitektura jurnali 2023-yil yakunlarini sarhisob qildi, bu yil qurilgan va eng ko’p OAV e’tiborini tortgan osmono’par binolarni e’lon qildi.
📟 DigiTech
55 371
📲 Samsung Galaxy S24 va brendning boshqa smartfonlari One UI 6.1. yangilanishidan so’ng qanday sun’iy intellekt funksiyalarini olishi ma’lum bo’ldi.
Ba’zi yangilanishlar ro’yxati:
— SI tomonidan yaratilgan fon rasmlari;
— Bloklangan holatda ekran ob-havoga moslashadi;
— SI yordamida fotosuratlarni kengaytirish (Generative Fill'ga o’xshab) va obyektlarni bir suratdan boshqasiga ko’chirish;
— Qo’ng’iroqlarni real vaqt rejimida bir tildan boshqa tilga tarjima qilish.
Katta ehtimol bilan, ushbu funksiyalar haqida 8-yanvar kuni bo’lib o’tadigan “AI for All” matbuot anjumanida yoki Galaxy S24 taqdimotida batafsil ma’lumot berishadi. Mish-mishlarga ko’ra, kompaniya yangi qurilmalarini 17-yanvar kuni namoyish etadi.
📟 DigiTech
55 371
📱Apple iPhone 16 ni ikkita vertikal kamera dizaynida sinovdan o’tkazmoqda.
Sensorlarning bunday joylashuvi Apple Vision Pro garniturasida ko’rish mumkin bo’lgan videoni suratga olish imkonini beradi.
Birinchi holatda, kamera bloki biz iPhone 12-da ko’rgan kameraga o’xshaydi, ikkinchisida esa iPhone X va zamonaviy modellarning aralashmasi.
Biroq, bu renderlar ishlab chiqarishdan oldingi dizaynlarga asoslangan, shuning uchun kompaniyaning ushbu qurilma dizayni bo’yicha rejalari hali o’zgarishi mumkin.
📟 DigiTech
55 371
⚡️Nokia kompaniyasining knopkali telefonlari YouTube Shorts'ni qo’llab-quvvatlaydi. Ilova keyingi yangilanish bilan qo’shiladi.
Nokia 106 4G va Nokia 110 4G modellari uchun qisqa videolar ilovasi chiqarildi. YouTube Shorts'dan foydalanish uchun Google hisobga kirish kerak bo’ladi.
📟 DigiTech
55 371
⚡️Windows 12 keyingi yilning ikkinchi yarmida chiqariladi
Sun’iy intellekt butun tizim darajasida birlashtiriladi, uning to’liq ishlashi uchun NPU neyron protsessoriga ega zamonaviy protsessorlar talab qilinadi.
Maxsus NPU'ga ega bo’lmagan kompyuterlar egalari ham Windows 12 ni o’rnata olishadi, biroq yangi operatsion tizimning barcha funksiyalaridan foydalana olishmaydi.
Shunday qilib, faqat AMD va Intel kompaniyalarining protsessorlariga ega zamonaviy kompyuter foydalanuvchilarigina barcha yangi funksiyalarni to’liq ishlata olishadi.
📟 DigiTech
55 371
🪩 Lazer shou
Xitoyda tungi vaqtda haydovchilarni tetiklashtirishning g’ayrioddiy va ularning fikricha samarali usulini o’ylab topishdi. Yo’lning tepasida lazer shousi uyushtiriladi.
Shandun provinsiyasidagi avtomobil yo’llarida proyektorlar o’rnatildi. Lazerlar 2 km gacha bo’lgan masofani yoritadi va yo’lning monoton ko’rinishidan, uyquchanlikni yengishga yordam berish uchun mo’ljallangan.
📟 DigiTech
55 371
🧠 Olimlar inson miyasining nusxasini o’stirishdi va uni kompyuterga ulashdi
Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ildiz hujayralaridan — neyronlarning tuzilishini va ularning miyadagi aloqalarini takrorlaydigan kichik hujayralar koloniyasidan miya organoidi o’stirilgan. Unga hatto tenglamalarni yechishni o’rgatishdi!
Tirik "neyron tarmoq" buyruqlarni kompyuterdan olib, hayratlanarli darajada tez o’rgana boshladi. Ikki kun ichida u ovozlarni 78% aniqlik bilan ajratishni o’rgandi. Xuddi shunday aniqlik bilan tenglamalarni ham yechdi!
Albatta, bioneyron hozircha biz o’rganib qolgan "raqamli" modellar kabi aniq ishlamaydi, chunki u kamroq o’qitilgan. Lekin agar shunday davom etsa, yaqin kelajakda tirik biokompyuterlarni istagan odam sotib olib o’z uyida o’rnata oladi.
📟 DigiTech
55 371
⚡️Xiaomi maktab doskasini namoyish etdi: unda chizilgan barcha narsalarni bitta tugmani bosish orqali o’chirish mumkin.
Doska kattaligi — 39 dyuym. Agar bu yetarli bo’lmasa, bir nechta doskalarni bitta qilib birlashtirish mumkin. Doska ikkita batareyada 8-9 oy ishlaydi.
Xitoydagi narxi — 42 dollar.
📟 DigiTech
55 371
🤖 Tesla yangilangan Optimus robotini namoyish etdi — uning rivojlanish tezligi hayratlanarli! Robot 30% tezroq yurishni o’rgandi va uning har bir barmog’iga bosim datchiklari o’rnatildi.
Videoda u tuxumlarga zarar yetkazmasdan ehtiyotkorlik bilan bir joydan ikkinchi joyga ko’chirganini ko’rishingiz mumkin. Buni 2022-yildagi birinchi versiyasi bilan solishtirib ko’ring. Bunday rivojlanishga atigi bir yil ichida erishildi!
Eng asosiysi bularning barchasini robotni o’zi o’rganmoqda. Ko’nikmalar uning miyasiga dasturlashtirilmagan, u simulyatsiyaning ichida o’zi o’rganyapti.
📟 DigiTech
55 371
🚘 Kelajak allaqachon shu yerda! Yangi Xpeng X9 avtomobili to’xtash joyini o’zi qidirib topib joylashadi, ketayotgan vaqtingizda esa bir tugmani bosish orqali yoningizda qaytib keladi.
Hozirda ushbu funksiyani kompaniya xodimlari sinovdan o’tkazishmoqda. Avtomobilning ommaviy versiyalariga u dasturiy yangilanishda qo’shiladi.
📟 DigiTech
55 371
⚡️Meta sun'iy intellektga asoslangan neyro-tarjimonini yangiladi.
SeamlessM4T endi barcha turdagi tarjimalarni qo’llab-quvvatlaydi: matndan matnga, nutqdan matnga, matndan nutqga, nutqdan nutqga. Eng asosiysi, u real vaqt rejimida nutqni tarjima qilishni va tarjimani asl ovozda takrorlashni o’rgandi.
Sinov versiyasida to’rtta til mavjud. Ommaviy versiyasi chiqarilganidan so’ng 100 ta til mavjud bo’ladi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
