ru
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Открыть в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 50 625 подписчиков, занимая 2 617 место в категории Технологии и приложения и 1 466 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 50 625 подписчиков.

Согласно последним данным от 08 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -2 546, а за последние 24 часа — -168, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 25.51%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 18.55% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 12 969 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 9 429 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 114.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 09 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Технологии и приложения.

50 625
Подписчики
-16824 часа
-1 3757 дней
-2 54630 день
Архив постов
🚘 Tesla avtomobillaridagi Yangi Tap To Park funksiyasi shunday ishlaydi. Mashina sensorlar yordamida bo’sh to’xtash joylarini «ko’radi» va siz displeyda tanlagan joyga joylashadi. Funksiyaning o’zi bepul emas: u faqat oyiga 199 dollar evaziga ulanadigan Full Self-Driving avtopilot obunasiga kiritilgan. 📟 DigiTech

+1
⚡️Xitoy gigantizmi Shansi provinsiyasidagi quyosh elektr stansiyalari misolida. Bir hududdagi deyarli barcha tepaliklar panellar bilan qoplangan — ularning maydoni 6000 futbol maydoniga tengdir. Loyihaning qiymati ¥8,8 milliard. Bu joydan unchalik uzoq bo'lmagan joyda, hatto ulkan pandalar ko'rinishida joylashtirilgan stansiya ham mavjud. 📟 DigiTech

📱Insayderlar aytishicha, iOS 18 «tarixdagi eng katta iPhone dasturiy ta’minoti yangilanishi» bo’ladi. Bloomberg Apple kompan
📱Insayderlar aytishicha, iOS 18 «tarixdagi eng katta iPhone dasturiy ta’minoti yangilanishi» bo’ladi. Bloomberg Apple kompaniyasining iyundagi taqdimotida sun’iy intellektga katta e’tibor qaratishini tasdiqladi. Hatto marketing bo’yicha katta vitse-prezident bo’lgan Greg Josviak ham «Bu mutlaqo aql bovar qilmaydigan bo’ladi» deb bunga ishora qildi. Mish-mishlarga ko’ra, quyidagilar kutilmoqda: — Siri'ning takomillashtirilgan versiyasi; — Sun’iy intellektni Xabarlar ilovasiga integratsiyasi; — Apple Music-da avtomatik yaratiladigan pleylistlar; — iWork ilovalarida SI; — Xcode-da dasturchilar uchun SI. 📟 DigiTech

📱Floridada 14 yoshga yetmagan o’smirlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlandi. 16 yoshga to’lgunga qadar esa ota-
📱Floridada 14 yoshga yetmagan o’smirlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlandi. 16 yoshga to’lgunga qadar esa ota-onasining ruxsati kerak bo’ladi. Qonun 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Shtat Gubernatori Ron Desantisning aytishicha, bolalarni ijtimoiy tarmoqlarning zararli ta’siridan himoya qilish kerak. Ammo uni allaqachon AQSh Konstitutsiyasi himoyachilari va millionlab ko’riladigan bloglarning voyaga yetmagan egalari tanqid qilishmoqda. 📟 DigiTech

🌇 True Gamers klubi Abu-Dabida (BAA) kibersport orolini qurishga tayyorlanmoqda. U yerda PUBG'dagi kabi parashyutdan sakrash
+2
🌇 True Gamers klubi Abu-Dabida (BAA) kibersport orolini qurishga tayyorlanmoqda. U yerda PUBG'dagi kabi parashyutdan sakrash mumkin. U yerda professional shug’ullanish markazi, turnirlar o’tkazish uchun arena, biznes-markaz, animatsiya studiyalari va akseleratorlar, bootcamplar, bolalar lagerlari va har birida yaxshi jihozlangan kompyuterlar bo’lgan 200 ta xonadan iborat mehmonxona qurish rejalashtirilgan. Konseptsiyani ishlab chiqish uchun True Gamers butun dunyo bo‘ylab 100 dan ortiq kibersport tashkilotlarining fikrlarini yig’ib chiqdi. Loyiha qiymati 280 million dollarga baholanmoqda. 📟 DigiTech

🎥 Bu oddiy video Twitter'da aktiv muhokama qilinmoqda, u to’liq neyrotarmoqda yaratilgan. To’liq! Bu Arcads.ai neyron tarmog’idir. U reklama videolarini yaratish uchun mo’ljallangan — unda yaratilgan videolarda oddiy odamlar mahsulotlarga fikr bildirib tavsiya qilishadi. Ammo texnik jihatdan ushbu neyrotarmoq yordamida to’laqonli blog ham yuritish mumkin. Siz joylashuvni, kamera rakursini tanlashingiz va matn kiritishingiz mumkin. Haqiqiy videodan deyarli ajratib bo’lmaydi — SI hatto bo’sh xonada aks-sado qo’shadi va ovozni lablar harakatiga moslaydi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. Video neyrotarmoq tomonidan generatsiya qilinganini bilmaganingizda, haqiqiy videodan ajrata olarmidingiz? 📟 DigiTech

⛰️ Bu Xitoydagi 330 metrli tog’ga o’rnatilgan dunyodagi eng baland tashqi lift «Yuz ajdaho» liftidir. Liftda ikkita ikki qava
+3
⛰️ Bu Xitoydagi 330 metrli tog’ga o’rnatilgan dunyodagi eng baland tashqi lift «Yuz ajdaho» liftidir. Liftda ikkita ikki qavatli uchta kabina mavjud bo’lib, ularning har biri 50 kishiga mo’ljallangan va ikki daqiqadan kamroq vaqt ichida cho’qqiga chiqadi. Lift tashriv buyuruvchilarni Chjanjiajie milliy bog'iga qaragan kuzatuv maydonchasiga olib boradi — Jeyms Kemeron Avatar filmida uchar tog’larni yaratishda shu joydan ilhomlangan. 📟 DigiTech

+5
🎥 Kinolarda grafika yanada ko’payishi mumkin: OpenAI Gollivudni filmlar suratga olishda o’zining video yaratish texnologiyalaridan foydalanishga ko’ndirmoqchi. Gap kinematik sifatga ega inqilobiy Sora neyron tarmog’i haqida ketmoqda, u matnli so’rov asosida noldan istalgan videoni Full HD sifatda yarata oladi. Yuqoridagi barcha videolar uning ishi. Hozirda Sora hali ham yopiq sinovdan o’tkazilmoqda, lekin asta-sekin turli mutaxassislarga undan foydalanish imkoniyati berilmoqda. 📟 DigiTech

🥽 Apple Vision Pro'ga miya faolligi skaneri qo’shilishi mumkin — bu uyqusizlik, stress va zaif xotira bilan kurashishga yord
🥽 Apple Vision Pro'ga miya faolligi skaneri qo’shilishi mumkin — bu uyqusizlik, stress va zaif xotira bilan kurashishga yordam beradi. Datchiklar tana haroratini aniqlashi, puls va qon bosimini o’lchashi mumkin. Ma’lumotlarni ilovalarga yoki to’g’ridan-to’g’ri shifokorga o’tkazish mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech

🧠 Miyasida Neuralink chipi o’rnatilgan birinchi odam endi aqli bilan nafaqat sichqonchani, balki video o’yinlardagi qahramonlarni ham boshqara oladi. Shol bo’lgan Nolan Arbo allaqachon Mario Kartda o’z otasi bilan raqobatlashmoqda va Civilization VI da o’z mahoratini mashq qilmoqda. Uning so’zlariga ko’ra, neyroimplant hayotini yaxshi tomonga o’zgartirib yubordi va Ilon Maskning kompaniyasi kelajakda ko’proq odamlarga yordam berishiga umid qilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️AQShda VBR Playground o’yin platformasi mashhurlashib bormoqda. Unda o’yinchilar rul va monitorli maxsus o’rindiqda o’tirib, o’yinchoq mashinani boshqarishadi. Monitorga o’yinchoq mashinaga o’rnatilgan kameradagi tasvir uzatiladi. Xuddi haqiqiy mashinani haydayotgandek bo’lasiz, maxsus antenalar tufayli esa tasvirda uzilishlar bo’lmaydi. 📟 DigiTech

🏠 Dizaynerlar ta’mirlash bitmasidan turib uyingizni interyeri siz istagan uslubda qanday ko’rinishda bo’lishini bilish mumkinligini ko’rsatishdi. Buning uchun ular birinchi navbatda 3ds Max-da panoramali tasvirni yaratib, so’ng uni kuula.co saytiga yuklashadi. Agar siz ham uyingizni interyeri har xil uslublarda qanday ko’rinishini bilmoqchi bo’lsangiz — ushbu saytni saqlab qo’ying. 📟 DigiTech

⚡️AQSh olimlari fitnes bilan shug’ullanish o’rnini bosuvchi tabletka yaratish arafasidalar. Tadqiqotchilar mashg’ulotlarsiz m
⚡️AQSh olimlari fitnes bilan shug’ullanish o’rnini bosuvchi tabletka yaratish arafasidalar. Tadqiqotchilar mashg’ulotlarsiz mushaklarning o’sishini faollashtiruvchi yangi kimyoviy birikma ishlab chiqishdi. Ushbu birikmaga ega tabletka semirishni oldini oladi va demensiya, yurak yetishmovchiligi, shuningdek, buyrakni davolay oladi. 📟 DigiTech

✍️ Chizgan eskizlaringizni real vaqt rejimida rasmga aylantirib beruvchi neyrotarmoq. Comfy Deploy neyrotarmog’i juda tez ishlaydi va juda realistik rasmlar yaratadi. 👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+2
👓 Lumen startapi ko’zi ojizlarga yo’naltirib harakatlanishga yordam beruvchi ko‘zoynaklar ishlab chiqdi. Qurilma kameralar va lidar sensorlari yordamida to’siqlarni aniqlaydi va qayerga yurishni vibratsiya va ovozli signallar orqali ko’rsatadi. Hozirda ko’zoynaklar yakuniy klinik sinovlardan o’tmoqda. 2024-yil oxirida sotuvga chiqishi kutilmoqda, narxi hali e’lon qilinmagan. 📟 DigiTech

⚡️Saudiya Arabistonida uzunligi 450 metr bo'lgan dunyodagi eng katta osma basseyn'ni qurishmoqchi. Suv yonida dam olish joyla
+4
⚡️Saudiya Arabistonida uzunligi 450 metr bo'lgan dunyodagi eng katta osma basseyn'ni qurishmoqchi. Suv yonida dam olish joylari, barlar va piyodalar yo’laklari bo’ladi — bularning barchasi 36 metr balandlikda joylashadi. Yerdagi minoralarda esa birnechta mehmonxona, restoran va savdo markazlari ochiladi. Agar hammasi rejadagidek ketsa, majmua 2027-yil oxirigacha foydalanishga topshiriladi. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI GPT-5 ni chiqarishga tayyorlanmoqda. Kompaniya allaqachon ayrim korporativ mijozlarga modelning sinov versiyasini ta
⚡️OpenAI GPT-5 ni chiqarishga tayyorlanmoqda. Kompaniya allaqachon ayrim korporativ mijozlarga modelning sinov versiyasini taqdim etgan, deb xabar bermoqda Business Insider nashri. GPT-5 imkoniyatlarini sinashga muvaffaq bo’lgan manbalarga ko’ra, u oldingi versiyaga qaraganda ancha samaraliroq natijalarni ko’rsatgan. Agar hamma narsa reja bo’yicha ketsa, model ommaga shu yilning yozida taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, undan oldin GPT 4.5 Turbo'ning ilg’or versiyasi ham namoyish etilishi kutilmoqda: yaqinda OpenAI saytida shu bo’yicha tasodifan rasmiy maqolani chiqardi va birozdan so’ng o’chirib tashlashdi. 📟 DigiTech

⚡️Tim Kuk eplolmadi: insayderlarning yozishicha, Apple o‘zining qurilmalariga Gemini neyrotarmog’ini integratsiya qilish bo’y
⚡️Tim Kuk eplolmadi: insayderlarning yozishicha, Apple o‘zining qurilmalariga Gemini neyrotarmog’ini integratsiya qilish bo’yicha Google bilan muzokaralar olib bormoqda. Apple hatto o’zining Apple GPT chatbotini ham ishlab chiqdi, ammo u sifat jihatdan Google va OpenAI neyron tarmoqlaridan ancha orqada. Kompaniya sun’iy intellekt funksiyalarini iOS 18 da chiqarishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

🧠 Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi o’z chipini o’rnatgan birinchi bemor fikr kuchi bilan qanday shaxmat o’ynashini jonli translyatsiyada ko’rsatishdi. Bu sehrga o'xshaydi — yigitning o’zi bu hissiyotni «Yulduzlar jangi» filmidagi fikr kuchi bilan taqqoslamoqda: u shunchaki kursorni siljitish haqida o’ylaydi va kursor harakatlanadi. Ularning rejalari bo’yicha keyinchalik, chip autizm, shizofreniya va hatto semirishni davolay oladi. 📟 DigiTech

🏍️ Tayvanda har kungi tig’iz paytdagi oddiy holat. Mopedlar hamma joyda va deyarli hammada bor — orolda skuterlar soni dunyodagi eng yuqori zichlikka ega. 2022-yilgi ma’lumotlarga ko’ra, 23 million aholida 8,4 million avtomobil va 14 milliondan ortiq skuterlar mavjud. 📟 DigiTech