AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 50 625 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 617,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 466 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 50 625 名订阅者。
根据 08 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 546,过去 24 小时变化为 -168,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.51%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.55% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 969 次浏览,首日通常累积 9 429 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 114。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 09 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
50 625
订阅者
-16824 小时
-1 3757 天
-2 54630 天
帖子存档
50 625
🚘 Tesla avtomobillaridagi Yangi Tap To Park funksiyasi shunday ishlaydi.
Mashina sensorlar yordamida bo’sh to’xtash joylarini «ko’radi» va siz displeyda tanlagan joyga joylashadi.
Funksiyaning o’zi bepul emas: u faqat oyiga 199 dollar evaziga ulanadigan Full Self-Driving avtopilot obunasiga kiritilgan.
📟 DigiTech
50 625
⚡️Xitoy gigantizmi Shansi provinsiyasidagi quyosh elektr stansiyalari misolida.
Bir hududdagi deyarli barcha tepaliklar panellar bilan qoplangan — ularning maydoni 6000 futbol maydoniga tengdir. Loyihaning qiymati ¥8,8 milliard.
Bu joydan unchalik uzoq bo'lmagan joyda, hatto ulkan pandalar ko'rinishida joylashtirilgan stansiya ham mavjud.
📟 DigiTech
50 625
📱Insayderlar aytishicha, iOS 18 «tarixdagi eng katta iPhone dasturiy ta’minoti yangilanishi» bo’ladi.
Bloomberg Apple kompaniyasining iyundagi taqdimotida sun’iy intellektga katta e’tibor qaratishini tasdiqladi. Hatto marketing bo’yicha katta vitse-prezident bo’lgan Greg Josviak ham «Bu mutlaqo aql bovar qilmaydigan bo’ladi» deb bunga ishora qildi.
Mish-mishlarga ko’ra, quyidagilar kutilmoqda:
— Siri'ning takomillashtirilgan versiyasi;
— Sun’iy intellektni Xabarlar ilovasiga integratsiyasi;
— Apple Music-da avtomatik yaratiladigan pleylistlar;
— iWork ilovalarida SI;
— Xcode-da dasturchilar uchun SI.
📟 DigiTech
50 625
📱Floridada 14 yoshga yetmagan o’smirlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlandi. 16 yoshga to’lgunga qadar esa ota-onasining ruxsati kerak bo’ladi. Qonun 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Shtat Gubernatori Ron Desantisning aytishicha, bolalarni ijtimoiy tarmoqlarning zararli ta’siridan himoya qilish kerak. Ammo uni allaqachon AQSh Konstitutsiyasi himoyachilari va millionlab ko’riladigan bloglarning voyaga yetmagan egalari tanqid qilishmoqda.
📟 DigiTech
50 625
🌇 True Gamers klubi Abu-Dabida (BAA) kibersport orolini qurishga tayyorlanmoqda. U yerda PUBG'dagi kabi parashyutdan sakrash mumkin.
U yerda professional shug’ullanish markazi, turnirlar o’tkazish uchun arena, biznes-markaz, animatsiya studiyalari va akseleratorlar, bootcamplar, bolalar lagerlari va har birida yaxshi jihozlangan kompyuterlar bo’lgan 200 ta xonadan iborat mehmonxona qurish rejalashtirilgan.
Konseptsiyani ishlab chiqish uchun True Gamers butun dunyo bo‘ylab 100 dan ortiq kibersport tashkilotlarining fikrlarini yig’ib chiqdi. Loyiha qiymati 280 million dollarga baholanmoqda.
📟 DigiTech
50 625
🎥 Bu oddiy video Twitter'da aktiv muhokama qilinmoqda, u to’liq neyrotarmoqda yaratilgan. To’liq!
Bu Arcads.ai neyron tarmog’idir. U reklama videolarini yaratish uchun mo’ljallangan — unda yaratilgan videolarda oddiy odamlar mahsulotlarga fikr bildirib tavsiya qilishadi. Ammo texnik jihatdan ushbu neyrotarmoq yordamida to’laqonli blog ham yuritish mumkin.
Siz joylashuvni, kamera rakursini tanlashingiz va matn kiritishingiz mumkin. Haqiqiy videodan deyarli ajratib bo’lmaydi — SI hatto bo’sh xonada aks-sado qo’shadi va ovozni lablar harakatiga moslaydi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
Video neyrotarmoq tomonidan generatsiya qilinganini bilmaganingizda, haqiqiy videodan ajrata olarmidingiz?
📟 DigiTech
50 625
⛰️ Bu Xitoydagi 330 metrli tog’ga o’rnatilgan dunyodagi eng baland tashqi lift «Yuz ajdaho» liftidir.
Liftda ikkita ikki qavatli uchta kabina mavjud bo’lib, ularning har biri 50 kishiga mo’ljallangan va ikki daqiqadan kamroq vaqt ichida cho’qqiga chiqadi.
Lift tashriv buyuruvchilarni Chjanjiajie milliy bog'iga qaragan kuzatuv maydonchasiga olib boradi — Jeyms Kemeron Avatar filmida uchar tog’larni yaratishda shu joydan ilhomlangan.
📟 DigiTech
50 625
🎥 Kinolarda grafika yanada ko’payishi mumkin: OpenAI Gollivudni filmlar suratga olishda o’zining video yaratish texnologiyalaridan foydalanishga ko’ndirmoqchi.
Gap kinematik sifatga ega inqilobiy Sora neyron tarmog’i haqida ketmoqda, u matnli so’rov asosida noldan istalgan videoni Full HD sifatda yarata oladi. Yuqoridagi barcha videolar uning ishi.
Hozirda Sora hali ham yopiq sinovdan o’tkazilmoqda, lekin asta-sekin turli mutaxassislarga undan foydalanish imkoniyati berilmoqda.
📟 DigiTech
50 625
🥽 Apple Vision Pro'ga miya faolligi skaneri qo’shilishi mumkin — bu uyqusizlik, stress va zaif xotira bilan kurashishga yordam beradi.
Datchiklar tana haroratini aniqlashi, puls va qon bosimini o’lchashi mumkin. Ma’lumotlarni ilovalarga yoki to’g’ridan-to’g’ri shifokorga o’tkazish mumkin bo’ladi.
📟 DigiTech
50 625
🧠 Miyasida Neuralink chipi o’rnatilgan birinchi odam endi aqli bilan nafaqat sichqonchani, balki video o’yinlardagi qahramonlarni ham boshqara oladi.
Shol bo’lgan Nolan Arbo allaqachon Mario Kartda o’z otasi bilan raqobatlashmoqda va Civilization VI da o’z mahoratini mashq qilmoqda.
Uning so’zlariga ko’ra, neyroimplant hayotini yaxshi tomonga o’zgartirib yubordi va Ilon Maskning kompaniyasi kelajakda ko’proq odamlarga yordam berishiga umid qilmoqda.
📟 DigiTech
50 625
⚡️AQShda VBR Playground o’yin platformasi mashhurlashib bormoqda.
Unda o’yinchilar rul va monitorli maxsus o’rindiqda o’tirib, o’yinchoq mashinani boshqarishadi. Monitorga o’yinchoq mashinaga o’rnatilgan kameradagi tasvir uzatiladi.
Xuddi haqiqiy mashinani haydayotgandek bo’lasiz, maxsus antenalar tufayli esa tasvirda uzilishlar bo’lmaydi.
📟 DigiTech
50 625
🏠 Dizaynerlar ta’mirlash bitmasidan turib uyingizni interyeri siz istagan uslubda qanday ko’rinishda bo’lishini bilish mumkinligini ko’rsatishdi.
Buning uchun ular birinchi navbatda 3ds Max-da panoramali tasvirni yaratib, so’ng uni kuula.co saytiga yuklashadi.
Agar siz ham uyingizni interyeri har xil uslublarda qanday ko’rinishini bilmoqchi bo’lsangiz — ushbu saytni saqlab qo’ying.
📟 DigiTech
50 625
⚡️AQSh olimlari fitnes bilan shug’ullanish o’rnini bosuvchi tabletka yaratish arafasidalar.
Tadqiqotchilar mashg’ulotlarsiz mushaklarning o’sishini faollashtiruvchi yangi kimyoviy birikma ishlab chiqishdi. Ushbu birikmaga ega tabletka semirishni oldini oladi va demensiya, yurak yetishmovchiligi, shuningdek, buyrakni davolay oladi.
📟 DigiTech
50 625
50 625
👓 Lumen startapi ko’zi ojizlarga yo’naltirib harakatlanishga yordam beruvchi ko‘zoynaklar ishlab chiqdi.
Qurilma kameralar va lidar sensorlari yordamida to’siqlarni aniqlaydi va qayerga yurishni vibratsiya va ovozli signallar orqali ko’rsatadi.
Hozirda ko’zoynaklar yakuniy klinik sinovlardan o’tmoqda. 2024-yil oxirida sotuvga chiqishi kutilmoqda, narxi hali e’lon qilinmagan.
📟 DigiTech
50 625
⚡️Saudiya Arabistonida uzunligi 450 metr bo'lgan dunyodagi eng katta osma basseyn'ni qurishmoqchi.
Suv yonida dam olish joylari, barlar va piyodalar yo’laklari bo’ladi — bularning barchasi 36 metr balandlikda joylashadi. Yerdagi minoralarda esa birnechta mehmonxona, restoran va savdo markazlari ochiladi.
Agar hammasi rejadagidek ketsa, majmua 2027-yil oxirigacha foydalanishga topshiriladi.
📟 DigiTech
50 625
⚡️OpenAI GPT-5 ni chiqarishga tayyorlanmoqda.
Kompaniya allaqachon ayrim korporativ mijozlarga modelning sinov versiyasini taqdim etgan, deb xabar bermoqda Business Insider nashri. GPT-5 imkoniyatlarini sinashga muvaffaq bo’lgan manbalarga ko’ra, u oldingi versiyaga qaraganda ancha samaraliroq natijalarni ko’rsatgan.
Agar hamma narsa reja bo’yicha ketsa, model ommaga shu yilning yozida taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, undan oldin GPT 4.5 Turbo'ning ilg’or versiyasi ham namoyish etilishi kutilmoqda: yaqinda OpenAI saytida shu bo’yicha tasodifan rasmiy maqolani chiqardi va birozdan so’ng o’chirib tashlashdi.
📟 DigiTech
50 625
⚡️Tim Kuk eplolmadi: insayderlarning yozishicha, Apple o‘zining qurilmalariga Gemini neyrotarmog’ini integratsiya qilish bo’yicha Google bilan muzokaralar olib bormoqda.
Apple hatto o’zining Apple GPT chatbotini ham ishlab chiqdi, ammo u sifat jihatdan Google va OpenAI neyron tarmoqlaridan ancha orqada.
Kompaniya sun’iy intellekt funksiyalarini iOS 18 da chiqarishi kutilmoqda.
📟 DigiTech
50 625
🧠 Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi o’z chipini o’rnatgan birinchi bemor fikr kuchi bilan qanday shaxmat o’ynashini jonli translyatsiyada ko’rsatishdi.
Bu sehrga o'xshaydi — yigitning o’zi bu hissiyotni «Yulduzlar jangi» filmidagi fikr kuchi bilan taqqoslamoqda: u shunchaki kursorni siljitish haqida o’ylaydi va kursor harakatlanadi.
Ularning rejalari bo’yicha keyinchalik, chip autizm, shizofreniya va hatto semirishni davolay oladi.
📟 DigiTech
50 625
🏍️ Tayvanda har kungi tig’iz paytdagi oddiy holat.
Mopedlar hamma joyda va deyarli hammada bor — orolda skuterlar soni dunyodagi eng yuqori zichlikka ega. 2022-yilgi ma’lumotlarga ko’ra, 23 million aholida 8,4 million avtomobil va 14 milliondan ortiq skuterlar mavjud.
📟 DigiTech
