ru
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Открыть в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 53 563 подписчиков, занимая 2 467 место в категории Технологии и приложения и 1 388 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 53 563 подписчиков.

Согласно последним данным от 13 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 1 378, а за последние 24 часа — -453, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 24.50%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 19.07% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 13 171 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 10 252 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 113.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 14 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Технологии и приложения.

53 563
Подписчики
-45324 часа
+2 5777 дней
+1 37830 день
Архив постов
+4
🚘 Yaponiyada pianino va kuchli akustikaga ega antiqa elektromobil Nissan Roox Suite namoyish etildi Mashinaning ichki qismi ikkita o’rindiqli - haydovchi uchun oddiy o’rindiq va yo’lovchi uchun hashamatli o’rindiq. Oyoq dastagi, muzlatgich, shampan saqlanadigan idish va sozlanadigan planshet stendi mavjud. Ularning ta’kidlashicha, mashinada hashamatli kvartira tuyg’usini yaratmoqchi bo’lishibdi. 📟 DigiTech

📑 Imtihonlarda foydali bo’ladigan neyrotarmoq Monic neyrotarmog’i katta materiallarni o’rganib ular asosida test va topshiriqlar tuzishga, shuningdek ularni tez va qiziqarli tushunishga yordam beradi. Ular ta’kidlashicha, o’zingizga kerakli materiallarni huddi TikTok ko’rayotgandek qiziqarli o’rganarkansiz. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. Aytgancha, sun’iy intellektlar va texnologik yangiliklar bo’yicha, kanalimizning rasmiy @DigiTechChat chatida fikr almashishingiz mumkin. 📟 DigiTech

🧳 LG chamadonga o’rnatilgan portativ monitor chiqardi LG kompaniyasi LG StanbyME Go simsiz, ko’chirish uchun qulay bo’lgan s
+1
🧳 LG chamadonga o’rnatilgan portativ monitor chiqardi LG kompaniyasi LG StanbyME Go simsiz, ko’chirish uchun qulay bo’lgan sensorli monitorini chamadon dizaynida taqdim etdi. Aslida, bu webOS operatsion tizimida ishlaydigan aqlli televizor. Unda siz YouTube-ni tomosha qilishingiz, brauzer va o’yin ilovalarini ishga tushirishingiz mumkin. Monitorning diagonali 27 dyuym, o’rnatilgan 20 Vt quvvatli dinamiklar Dolby Vision va Dolby Atmos’ni qo’llab-quvvatlaydi. Akkumulyator to’liq zaryadda 3 soat ishlatishga yetadi. Uning narxi 884 dollar. 📟 DigiTech

+2
📷 Obyektivsiz kamera Amsterdamlik muhandis Paragraphica nomli obyektivsiz kamera yasadi, u joylashuv ma’lumotlari asosida suratlarni yaratadi. Unda obyektiv va odatiy fotografik mexanizmlar yo’q, buning o’rniga, qurilma joylashuv ma’lumotlariga asoslanib sun’iy intellekt yordamida tasvir yaratadi. Paragraphica an’anaviy kamera korpusida ishlangan, ammo obyektiv o’rniga o’rgimchakka o’xshash qopqog’ o’rnatilgan. Qurilma ekranida siz har doim joriy joylashuvni va matnli so’rovni (prompt) ko’rishingiz mumkin, fotosurat shular asosida yaratiladi. Yuqorida uchta aylanuvchi tugma o’rnatilgan, ular yordamida siz matnli tavsifni (prompt) sozlashingiz mumkin. Pastki qismida esa shtativ uchun joy mavjud. 📟 DigiTech

🎥 NeRF texnologiyasi qanday ishlashiga misol va mana shunday videoni dronda olingandek animatsiya qilish bo’yicha qo’llanma (ingliz tilida). Oldin bunday videolar olish uchun qimmat dronlar kerak bo’lardi, hozir esa bitta neyrotarmoqni o’zi yetarli. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+3
🏠 AQShning Wilderwisehomes kompaniyasi ikki qavatli uyga aylanadigan qiziqarli g’ildirakli uyni ishlab chiqdi. Uni tashish oson va to’xtash joyida atigi 10 daqiqada siz 90 kv/m yashash maydoniga ega bo’lasiz. Uyda ko’plab shkaflar, yashash maydoni va idishlarni yuvish mashinasi bo’lgan to’liq oshxona mavjud. Bundan tashqari to’lgan toza suv idishi deyarli bir hafta foydalanishga yetadi. Uyning narxi 85 000 dollar. 📟 DigiTech

⚡️ Ish taklif qilamiz yoki pulingizni 100% qaytarib beramiz! “Najot Ta’lim” bir yilda faqatgina 4 marotaba qabul bo'ladigan d
⚡️ Ish taklif qilamiz yoki pulingizni 100% qaytarib beramiz! “Najot Ta’lim” bir yilda faqatgina 4 marotaba qabul bo'ladigan dasturlash bo'yicha kasbiy ta'lim dasturi uchun qabul e’lon qiladi. — ish taklif qilmasa pulni 100% qaytarib berish; — yilda bir marotaba chet elga sayohat yutish imkoniyati; — 24/7 bepul kovorking: — Har hafta soha bo'yicha musobaqa va master-klasslar; — Ingliz tili kurslari uchun 5,000,000 so'mgacha vaucher: — 5,000,000 so'mgacha pul mukofotlari – bularning barchasi “Najot Ta’lim”da. Agar siz dasturlash sohasini 0 dan boshlab, natijaga qaratilgan ta’lim dasturida oʻrganishni istasangiz, 4-iyun va 11-iyunda boʻlib oʻtadigan kirish sinovlari uchun roʻyxatdan oʻting! 👉 Roʻyxatdan oʻting ㅤㅤㅤㅤㅤ

▪️Yaqinda o’yinlardagi personajlar (NPC) bilan real hayotdagidek so’zlashish mumkin bo’ladi, Nvidia shunday o’yin demosini ko’rsatdi Siz o’z ovozingiz bilan o’yindagi personajlarga savol berishingiz mumkin bo’ladi, ular esa oldindan tayyor matn bilan emas, balki real vaqt rejimida sun’iy intellekt yordamida javob beradi. Kelajakda hatto o’yindagi personajlarning o’zlari ham bir-birlari bilan so’zlashishlari mumkin bo’ladi, ya’ni o’yin syujeti har safar har xil bo’ladi. Shu bilan birga, yuz ifodalari va lablar harakati avtomatik ravishda sozlanadi. Shu namoyishdan so’ng Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi 1 trillion dollardan oshib ketdi. 📟 DigiTech

🚢 Yaponiyada elektr energiyasini tashish uchun dengiz tankerini o’ylab topishdi. Kema yuqori seysmik faollik yoki katta chuq
+1
🚢 Yaponiyada elektr energiyasini tashish uchun dengiz tankerini o’ylab topishdi. Kema yuqori seysmik faollik yoki katta chuqurlik tufayli kabellarni yotqizish mumkin bo’lmagan hollarda foydalidir. Unda 241 MVt/soatgacha qayta tiklanadigan elektr energiyasini saqlovchi 96 ta akkumulyator bo’ladi, bu kichik shaharni bir oy davomida quvvatlantirish uchun yetarli. Kompaniya birinchi kemaning qurilishini 2025 yilgacha yakunlashni maqsad qilgan, sinovlar esa kelasi yil boshidan boshlanishi rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

🎮 Twitter foydalanuvchisi neyrotarmoqlar yordamida 3 kun ichida chiroyli brauzer o’yinini yasadi. Dialoglar uchun ChatGPT, dizayn uchun esa Midjourney ishlatilgan. Havolani bosib o’yinni sinab ko’rishingiz mumkin, shuningdek mana bu havola orqali o’yinni ishlab chiqish jarayoni qanday bo’lganini batafsil o’qib chiqishingiz ham mumkin. 📟 DigiTech

📱Xioami kompaniyasidan yana bir potensial bestseller smartfon Gap Redmi Note 12T Pro smartfoni haqida ketmoqda. U 144 Hz cha
+1
📱Xioami kompaniyasidan yana bir potensial bestseller smartfon Gap Redmi Note 12T Pro smartfoni haqida ketmoqda. U 144 Hz chastotali IPS ekran, MediaTek Dimensity 8200-Ultra chipi va 67 Vt quvvatga ega 5080 mA/soat akkumulyator bilan jihozlangan. Xitoyda 8+128 GB versiyasi uchun narx 226 dollardan boshlanadi. Nega IPS ekran OLED emas desangiz, IPS ekran arzon va ko’zni og’ritmaydi. 📟 DigiTech

⌨️ KeyboardAI - iPhone klaviaturasidagi ChatGPT Bu telefoningizdagi istalgan ilovani ichida iPhone klaviaturasidan to’g’ridan-to’g’ri ChatGPT bilan o’zaro ishlash imkonini beruvchi dasturdir. U yordamida masalan ijtimoiy tarmoqlar uchun post yozishingiz mumkin. Ishlatish oson, ilovani yuklab oling, "Activate KAI" tugmasini bosing va uni klaviaturalaringizga qo’shing. Hozircha faqat ingliz tilida ishlaydi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

#Тезкор #Кулгу_Вақти 🧐Тошкент ақлли талабалар университети ҳақида эшитганмисиз? ⌨️АйТи йўналишида ўқимоқчи бўлган абитуриентларга юбориб қўямиз... ❤https://t.me/tuituz_official

▪️Eng foydali neyrotarmoqlar ro’yxati bir rasmda, saqlab qo’ying asqotadi. 📟 DigiTech
▪️Eng foydali neyrotarmoqlar ro’yxati bir rasmda, saqlab qo’ying asqotadi. 📟 DigiTech

▪️Google asoschilaridan biri Sergey Brin homiylik qilgan startap yuk tashish va kruizlar uchun mo’ljallangan ulkan dirijablni
+3
▪️Google asoschilaridan biri Sergey Brin homiylik qilgan startap yuk tashish va kruizlar uchun mo’ljallangan ulkan dirijablni namoyish etdi Bunday yirik dirijabl oxirgi marta 1930-yillarda osmonga ko’tarilgan edi. Pathfinder 1 uzunligi 120 metrdan oshadi va eng keng nuqtasi diametri 20 metrni tashkil qiladi. To’liq bak 3700 kmgacha uchishga yetadi. 28 tonnagacha bo’lgan yukni ko’tara oladi. Birinchi parvoz sinovlari yaqin orada boshlanadi. 📟 DigiTech

🖼️ Rassomlar, chizayotgan rasmingizni bitirguningizcha u internetga chiqib ketgan bo’lsa bilingki, bunga neyrotarmoqlar aybdor :) 📟 DigiTech

▪️Photoshop-dagi yangi sun’iy intellekt funksiyasidan ajoyib foydalanishga misol - turli obyektlarni tezda o’zgartirish va qo’shish orqali YouTube videolari uchun muqovalarni chizish. Dizaynerlar ishi ancha osonlashdi. 📟 DigiTech

▪️Olimlar orqa miyasi shikastlangan, boshqa yura olmaydigan odamni oyoqqa turg’azishga muvaffaq bo’lishdi. Davo to’g’ridan-to’g’ri oyoqlarning mushaklariga miya signallarini yuboradigan noyob chipda topildi. Operatsiya odamda birinchi marta amalga oshirildi va muvaffaqiyatli yakunlandi. Aytgancha, Ilon Maskning chiplari ham shunday tarzda ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari ular a’zolarning harakatchanligini qaytarishni ham va’da qilishmoqda. 📟 DigiTech

🌆 Bugatti Dubay markazida hashamatli turar-joy majmuasini qurmoqda, undagi xonalarga to’g’ridan-to’g’ri mashinada chiqish mu
+4
🌆 Bugatti Dubay markazida hashamatli turar-joy majmuasini qurmoqda, undagi xonalarga to’g’ridan-to’g’ri mashinada chiqish mumkin bo’ladi Bugatti hozircha loyihani amalga oshirish vaqtini yashirmoqda, lekin ular allaqachon uylarning narxini e’lon qilishdi - eng oddiy variantlar uchun narxlar 19,09 million dirhamdan (5 198 000 dollardan ortiq) boshlanadi. To’g’ridan-to’g’ri yashash xonasiga qadar avtomobil lifti bo’lgan pentxaus bundan 10 baravar qimmatga tushishi mumkin. Narxi qimmat tuyulishi mumkin, lekin Bugatti mashinasi bor odamga buni farqi yo’q :) 📟 DigiTech

🧠 Ilon Mask kompaniyasiga odamlarda miya implantlarini o‘rnatishga ruxsat berildi Neuralink endi odamlarda klinik sinov o'tk
🧠 Ilon Mask kompaniyasiga odamlarda miya implantlarini o‘rnatishga ruxsat berildi Neuralink endi odamlarda klinik sinov o'tkazishi mumkin, Ilon Maskning o'zi birinchi bemor bo'lmoqchi. Ularning fikricha, implantlar ko‘rlik yoki falaj kabi bir qator kasalliklarni davolay oladi va nogironlarga kompyuterlardan foydalanishda yordam beradi. Siz bunga qanday fikrdasiz? Menga Upgrade filmini eslatib yubordi. 📟 DigiTech