AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 563 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 467,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 388 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 563 名订阅者。
根据 13 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 378,过去 24 小时变化为 -453,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.50%。内容发布后 24 小时内通常能获得 19.07% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 171 次浏览,首日通常累积 10 252 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 113。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 14 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 563
订阅者
-45324 小时
+2 5777 天
+1 37830 天
帖子存档
53 424
🚘 Yaponiyada pianino va kuchli akustikaga ega antiqa elektromobil Nissan Roox Suite namoyish etildi
Mashinaning ichki qismi ikkita o’rindiqli - haydovchi uchun oddiy o’rindiq va yo’lovchi uchun hashamatli o’rindiq. Oyoq dastagi, muzlatgich, shampan saqlanadigan idish va sozlanadigan planshet stendi mavjud.
Ularning ta’kidlashicha, mashinada hashamatli kvartira tuyg’usini yaratmoqchi bo’lishibdi.
📟 DigiTech
53 424
📑 Imtihonlarda foydali bo’ladigan neyrotarmoq
Monic neyrotarmog’i katta materiallarni o’rganib ular asosida test va topshiriqlar tuzishga, shuningdek ularni tez va qiziqarli tushunishga yordam beradi. Ular ta’kidlashicha, o’zingizga kerakli materiallarni huddi TikTok ko’rayotgandek qiziqarli o’rganarkansiz.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
Aytgancha, sun’iy intellektlar va texnologik yangiliklar bo’yicha, kanalimizning rasmiy @DigiTechChat chatida fikr almashishingiz mumkin.
📟 DigiTech
53 424
🧳 LG chamadonga o’rnatilgan portativ monitor chiqardi
LG kompaniyasi LG StanbyME Go simsiz, ko’chirish uchun qulay bo’lgan sensorli monitorini chamadon dizaynida taqdim etdi.
Aslida, bu webOS operatsion tizimida ishlaydigan aqlli televizor. Unda siz YouTube-ni tomosha qilishingiz, brauzer va o’yin ilovalarini ishga tushirishingiz mumkin. Monitorning diagonali 27 dyuym, o’rnatilgan 20 Vt quvvatli dinamiklar Dolby Vision va Dolby Atmos’ni qo’llab-quvvatlaydi. Akkumulyator to’liq zaryadda 3 soat ishlatishga yetadi.
Uning narxi 884 dollar.
📟 DigiTech
53 424
📷 Obyektivsiz kamera
Amsterdamlik muhandis Paragraphica nomli obyektivsiz kamera yasadi, u joylashuv ma’lumotlari asosida suratlarni yaratadi.
Unda obyektiv va odatiy fotografik mexanizmlar yo’q, buning o’rniga, qurilma joylashuv ma’lumotlariga asoslanib sun’iy intellekt yordamida tasvir yaratadi.
Paragraphica an’anaviy kamera korpusida ishlangan, ammo obyektiv o’rniga o’rgimchakka o’xshash qopqog’ o’rnatilgan. Qurilma ekranida siz har doim joriy joylashuvni va matnli so’rovni (prompt) ko’rishingiz mumkin, fotosurat shular asosida yaratiladi.
Yuqorida uchta aylanuvchi tugma o’rnatilgan, ular yordamida siz matnli tavsifni (prompt) sozlashingiz mumkin. Pastki qismida esa shtativ uchun joy mavjud.
📟 DigiTech
53 424
53 424
🏠 AQShning Wilderwisehomes kompaniyasi ikki qavatli uyga aylanadigan qiziqarli g’ildirakli uyni ishlab chiqdi. Uni tashish oson va to’xtash joyida atigi 10 daqiqada siz 90 kv/m yashash maydoniga ega bo’lasiz.
Uyda ko’plab shkaflar, yashash maydoni va idishlarni yuvish mashinasi bo’lgan to’liq oshxona mavjud. Bundan tashqari to’lgan toza suv idishi deyarli bir hafta foydalanishga yetadi.
Uyning narxi 85 000 dollar.
📟 DigiTech
53 424
⚡️ Ish taklif qilamiz yoki pulingizni 100% qaytarib beramiz!
“Najot Ta’lim” bir yilda faqatgina 4 marotaba qabul bo'ladigan dasturlash bo'yicha kasbiy ta'lim dasturi uchun qabul e’lon qiladi.
— ish taklif qilmasa pulni 100% qaytarib berish;
— yilda bir marotaba chet elga sayohat yutish imkoniyati;
— 24/7 bepul kovorking:
— Har hafta soha bo'yicha musobaqa va master-klasslar;
— Ingliz tili kurslari uchun 5,000,000 so'mgacha vaucher:
— 5,000,000 so'mgacha pul mukofotlari – bularning barchasi “Najot Ta’lim”da.
Agar siz dasturlash sohasini 0 dan boshlab, natijaga qaratilgan ta’lim dasturida oʻrganishni istasangiz, 4-iyun va 11-iyunda boʻlib oʻtadigan kirish sinovlari uchun roʻyxatdan oʻting!
👉 Roʻyxatdan oʻting
ㅤㅤㅤㅤㅤ
53 424
▪️Yaqinda o’yinlardagi personajlar (NPC) bilan real hayotdagidek so’zlashish mumkin bo’ladi, Nvidia shunday o’yin demosini ko’rsatdi
Siz o’z ovozingiz bilan o’yindagi personajlarga savol berishingiz mumkin bo’ladi, ular esa oldindan tayyor matn bilan emas, balki real vaqt rejimida sun’iy intellekt yordamida javob beradi. Kelajakda hatto o’yindagi personajlarning o’zlari ham bir-birlari bilan so’zlashishlari mumkin bo’ladi, ya’ni o’yin syujeti har safar har xil bo’ladi. Shu bilan birga, yuz ifodalari va lablar harakati avtomatik ravishda sozlanadi.
Shu namoyishdan so’ng Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi 1 trillion dollardan oshib ketdi.
📟 DigiTech
53 424
🚢 Yaponiyada elektr energiyasini tashish uchun dengiz tankerini o’ylab topishdi. Kema yuqori seysmik faollik yoki katta chuqurlik tufayli kabellarni yotqizish mumkin bo’lmagan hollarda foydalidir.
Unda 241 MVt/soatgacha qayta tiklanadigan elektr energiyasini saqlovchi 96 ta akkumulyator bo’ladi, bu kichik shaharni bir oy davomida quvvatlantirish uchun yetarli.
Kompaniya birinchi kemaning qurilishini 2025 yilgacha yakunlashni maqsad qilgan, sinovlar esa kelasi yil boshidan boshlanishi rejalashtirilgan.
📟 DigiTech
53 424
🎮 Twitter foydalanuvchisi neyrotarmoqlar yordamida 3 kun ichida chiroyli brauzer o’yinini yasadi. Dialoglar uchun ChatGPT, dizayn uchun esa Midjourney ishlatilgan.
Havolani bosib o’yinni sinab ko’rishingiz mumkin, shuningdek mana bu havola orqali o’yinni ishlab chiqish jarayoni qanday bo’lganini batafsil o’qib chiqishingiz ham mumkin.
📟 DigiTech
53 424
📱Xioami kompaniyasidan yana bir potensial bestseller smartfon
Gap Redmi Note 12T Pro smartfoni haqida ketmoqda. U 144 Hz chastotali IPS ekran, MediaTek Dimensity 8200-Ultra chipi va 67 Vt quvvatga ega 5080 mA/soat akkumulyator bilan jihozlangan.
Xitoyda 8+128 GB versiyasi uchun narx 226 dollardan boshlanadi.
Nega IPS ekran OLED emas desangiz, IPS ekran arzon va ko’zni og’ritmaydi.
📟 DigiTech
53 424
⌨️ KeyboardAI - iPhone klaviaturasidagi ChatGPT
Bu telefoningizdagi istalgan ilovani ichida iPhone klaviaturasidan to’g’ridan-to’g’ri ChatGPT bilan o’zaro ishlash imkonini beruvchi dasturdir. U yordamida masalan ijtimoiy tarmoqlar uchun post yozishingiz mumkin.
Ishlatish oson, ilovani yuklab oling, "Activate KAI" tugmasini bosing va uni klaviaturalaringizga qo’shing. Hozircha faqat ingliz tilida ishlaydi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
53 424
#Тезкор #Кулгу_Вақти
🧐Тошкент ақлли талабалар университети ҳақида эшитганмисиз?
⌨️АйТи йўналишида ўқимоқчи бўлган абитуриентларга юбориб қўямиз...
❤https://t.me/tuituz_official
53 424
▪️Google asoschilaridan biri Sergey Brin homiylik qilgan startap yuk tashish va kruizlar uchun mo’ljallangan ulkan dirijablni namoyish etdi
Bunday yirik dirijabl oxirgi marta 1930-yillarda osmonga ko’tarilgan edi. Pathfinder 1 uzunligi 120 metrdan oshadi va eng keng nuqtasi diametri 20 metrni tashkil qiladi.
To’liq bak 3700 kmgacha uchishga yetadi. 28 tonnagacha bo’lgan yukni ko’tara oladi. Birinchi parvoz sinovlari yaqin orada boshlanadi.
📟 DigiTech
53 424
🖼️ Rassomlar, chizayotgan rasmingizni bitirguningizcha u internetga chiqib ketgan bo’lsa bilingki, bunga neyrotarmoqlar aybdor :)
📟 DigiTech
53 424
▪️Photoshop-dagi yangi sun’iy intellekt funksiyasidan ajoyib foydalanishga misol - turli obyektlarni tezda o’zgartirish va qo’shish orqali YouTube videolari uchun muqovalarni chizish.
Dizaynerlar ishi ancha osonlashdi.
📟 DigiTech
53 424
▪️Olimlar orqa miyasi shikastlangan, boshqa yura olmaydigan odamni oyoqqa turg’azishga muvaffaq bo’lishdi. Davo to’g’ridan-to’g’ri oyoqlarning mushaklariga miya signallarini yuboradigan noyob chipda topildi.
Operatsiya odamda birinchi marta amalga oshirildi va muvaffaqiyatli yakunlandi. Aytgancha, Ilon Maskning chiplari ham shunday tarzda ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari ular a’zolarning harakatchanligini qaytarishni ham va’da qilishmoqda.
📟 DigiTech
53 424
🌆 Bugatti Dubay markazida hashamatli turar-joy majmuasini qurmoqda, undagi xonalarga to’g’ridan-to’g’ri mashinada chiqish mumkin bo’ladi
Bugatti hozircha loyihani amalga oshirish vaqtini yashirmoqda, lekin ular allaqachon uylarning narxini e’lon qilishdi - eng oddiy variantlar uchun narxlar 19,09 million dirhamdan (5 198 000 dollardan ortiq) boshlanadi. To’g’ridan-to’g’ri yashash xonasiga qadar avtomobil lifti bo’lgan pentxaus bundan 10 baravar qimmatga tushishi mumkin.
Narxi qimmat tuyulishi mumkin, lekin Bugatti mashinasi bor odamga buni farqi yo’q :)
📟 DigiTech
53 424
🧠 Ilon Mask kompaniyasiga odamlarda miya implantlarini o‘rnatishga ruxsat berildi
Neuralink endi odamlarda klinik sinov o'tkazishi mumkin, Ilon Maskning o'zi birinchi bemor bo'lmoqchi. Ularning fikricha, implantlar ko‘rlik yoki falaj kabi bir qator kasalliklarni davolay oladi va nogironlarga kompyuterlardan foydalanishda yordam beradi.
Siz bunga qanday fikrdasiz? Menga Upgrade filmini eslatib yubordi.
📟 DigiTech
