ru
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Открыть в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 53 994 подписчиков, занимая 2 450 место в категории Технологии и приложения и 1 380 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 53 994 подписчиков.

Согласно последним данным от 12 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 1 622, а за последние 24 часа — -462, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 24.26%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 18.63% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 13 149 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 10 098 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 112.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 13 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Технологии и приложения.

53 994
Подписчики
-46224 часа
+2 8237 дней
+1 62230 день
Архив постов
🎥 Zamonaviy filmlar uchun avtohalokat sahnasini suratga olish jarayonida hatto kaskadyorlar doim ham kerak bo’lmaydi. Bundan tashqari, mashinaga zarar yetkazish ham shart emas: oynadagi yoriqlarni chizishadi, bir xil rangdagi mato bilan esa g’ijimlangan kapotni o’xshatishadi. Qolgan barchasi — kadr sehri va montaj. 📟 DigiTech

🥽 Apple Vision Pro garnituralarini ommaviy ravishda do’konlarga qaytarishmoqda. Foydalanuvchilar quyidagi muammolar bilan sh
🥽 Apple Vision Pro garnituralarini ommaviy ravishda do’konlarga qaytarishmoqda. Foydalanuvchilar quyidagi muammolar bilan shikoyat qilishmoqda: bosh og’rig’i, ko’zning zo’riqishi, ko’ngil aynishi, holsizlik va mahsulotni ular kutgandek chiqmagani. Vision Pro boshqa garnituralardan yaxshiroq, lekin 3500 dollarchalik emas. 📟 DigiTech

⚡️PixLED kompaniyasi immersiv ekranni namoyish etdi. Uning to’g’risida turganingizda, o’zingizni xuddi tasvirni ichida turgandek his qilasiz. Hozir ekran reklama yoki e’tiborni jalb qiluvchi vosita sifatida targ’ib qilinmoqda. 📟 DigiTech

+4
⚡️OpenAI o’ta realistik videolarni yaratuvchi Sora neyrotarmog’ini chiqardi. Ushbu videolarning barchasi shu neyrotarmoqda yaratilgan, haqiqiy kadrlar emas! Hozircha Sora foydalanuvchilar uchun mavjud emas: OpenAI uning yordamida yaratilishi mumkin bo’lgan soxta videolar to’lqinidan havotirda, hozir shu muammoning yechimini izlashmoqda. Unda generatsiya qilingan barcha videolarni Sora sahifasida ko’rishingiz mumkin. Bu bir tomondan juda katta rivojlanish, lekin ikkinchi tomondan juda ko’pchilik ishsiz qolishi mumkin. 📟 DigiTech

📱Xiaomi 13 Ultra flagmani dizaynidagi hamyonbop Redmi A3 ni chiqardi. U charmga o’xshash korpus, 8 MP kamera, 6,7 dyuymli 90
+3
📱Xiaomi 13 Ultra flagmani dizaynidagi hamyonbop Redmi A3 ni chiqardi. U charmga o’xshash korpus, 8 MP kamera, 6,7 dyuymli 90 Hz chastotali HD displey, Helio G36 chipi, 5000 mA/soat batareya va 6/128 GB gacha xotiraga ega. Oddiy versiyasi narxi 87 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

+3
🎵 AQShlik ishqiboz musiqa asboblarida istalgan qo’shiqni ijro etib bera oladigan robo-guruhni yasadi. Buning uchun u Arduino kontrollerlari va 3D printerda bosib chiqarilgan qismlarni bir biriga uladi. Natijada barcha musiqa asboblari bir guruhdek sinxron musiqa ijro etishni boshlashdi. 📟 DigiTech

🎙️ ElevenLabs neyrotarmog’i ovozni istalgan 29 ta tildagi boshqa ovozga aylantirishni o’rgandi! Buning uchun faqatgina nutqning namunasi kerak bo’ladi. Konvertatsiyadan so’ng barcha his-tuyg’ular va ovoz tembri saqlanib qoladi. Bundan tashqari, generatsiya qilingan ovoz sifati yanada yaxshilangan — uni haqiqiy nutqdan ajratib bo’lmaydi! 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+1
🧲 Ichida ferromagnit suyuqlik bo’lgan aksessuarlar ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo’lib bormoqda — musiqa qo’yilganda uning ichidagi suyuqlik «raqsga tushadi». AliExpressda bunday aksessuarlarni 60-70 dollardan sotishmoqda, oddiy bankadagi arzon variantlarini esa 15 dollardan olish mumkin. Aytgancha, buni internetdagi qo’llanmalar yordamida o’zingiz ham yasay olasiz. 📟 DigiTech

+4
🌉 Xitoyning Chongqing shahrida katta ko’prikni yaqinda qurib bitkazishdi, endi har kuni uning ostida ko’plab mahalliy aholi va sayyohlar «Interstellar»dagi kabi kadrlarni kutishmoqda. Quyosh botganda beton konstruktsiyali manzara filmdagi sahnalardan biriga o’xshab ketadi, ayniqsa manzaraga qarab o’sha musiqani tasavvur qilsangiz. Ayniqsa, yomg’ir ostida juda g’ozal! 📟 DigiTech

⚡️OpenAI rahbari Sem Altman SI uchun tezlatgichlarga o’rnatiladigan chiplar ishlab chiqaradigan zavodlar qurish uchun 5-7 tri
⚡️OpenAI rahbari Sem Altman SI uchun tezlatgichlarga o’rnatiladigan chiplar ishlab chiqaradigan zavodlar qurish uchun 5-7 trillion dollar sarmoya qidirmoqda. Ma'lum bo’lishicha, Altman bu uchun juda katta mablag’ yo’naltirmoqchi. Ha, zamonaviy talablarga mos yarim o’tkazgichlar ishlab chiqaradigan zavodlar milliardlab dollarga, ba’zan esa 20-30 milliard dollarga tushishi mumkin. Ammo The Wall Street Journal yozishicha, Altman bir necha trillion dollar qidirmoqda! Aniqrog’i, uning fikricha loyiha 5-7 trillion dollar talab qilishi mumkin. OpenAI rahbarining loyihasi bo’yicha bunday mablag’ga qancha zavod qurish mumkinligi haqida ma’lumot berilmagan, ammo bu zamonaviy standartlar bo’yicha aql bovar qillmas darajada ko’pligi aniq. Ushbu summaning naqadar ulkanligini yaxshiroq tushunish uchun biroz statistika: butun yarimo’tkazgichlar sanoati o’tgan yili 527 milliard dollar ishlab topgan va faqatgina 2030-yilga kelib bu ko’rsatgich 1 trillion dollarga yetishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

✍️ Midjourney va boshqa neyron tarmoqlardagi rasmlarni aslida minionlar chizarkan — bu «Jirkanch kamina 4» multfilmi tizeridan ma’lum bo’ldi :) Multfilm premyerasi 3 iyul kuni bo’lib o’tadi. 📟 DigiTech

🤖 Illinoys universiteti muhandislari g’ildirak ko’rinishidagi noodatiy robotni yig’ishdi. U kichkina oyoqchalari yordamida muvozanatni saqlaydi, agar yiqilsa, shu oyoqchalari yordamida qaytib turadi. Ularning aytishicha, ushbu robotni yetkazib berish xizmatlarida ishlatish mumkin: u anchagina tez, ixcham va arzon. 📟 DigiTech

+1
🌍 Floridada Space 220 «kosmik» restorani mavjud. U yerga chiqish uchun birinchi liftga chiqasiz, uning pol va shiftida orbitaga chiqishni taqlid qiluvchi ekranlar o’rnatilgan, so’ng derazalar o’rniga displeylar o'rnatilgan zalga kirasiz: tushlik qilasiz va Yerni go’zal manzarasidan bahramand bo’lasiz. P.S. Tasvir faqat kamerada miltillaydi) 📟 DigiTech

+2
📦 Velosiped va skuterlardagi kuryerlar odatiy hol. Lekin ba’zi mamlakatlarda uchar dronlar orqali yetkazib berish aktiv rivojlanayotganini bilarmidingiz? Misol uchun, 15 milliondan ortiq aholiga ega Xitoyning Shenchjen shahrida kichik yetkazib berish zonalari mavjud, ularga dron kelib qo’nadi, buyurtmani tushiradi va orqaga uchib ketadi. Buyurtmani kutish vaqti o’rtacha 25 daqiqani tashkil qiladi, lekin asosiysi, tirbandlik tufayli kechikish yo’q :) AQSh'da ham Walmart, Amazon va Uber Eats oziq-ovqatlarni havo orqali yetkazib beradi, lekin hozircha faqat bir qavatli uylar hududlariga. Yaponiyada esa qanotli dronlar 70 kmgacha uchib, parashyut bilan buyurtmani manzilga tashlab ketadi. 📟 DigiTech

🥽 Apple Vision Pro-da tungi ko’rish funksiyasi mavjud. Garnitura atrofni skanerlab batafsil 3D modelini chizadi. 📟 DigiTech

+4
⚡️Unrecord va Bodycam realistik otishma o’yinlarining yangi tizerlari namoyish etildi. Katta ehtimol bilan ushbu o’ta realistik o’yinlar shu yilda chiqariladi. 📟 DigiTech

🤖 ChatGPT o’rnatilgan Loona robo-iti namoyish etildi — u buyruqlarni tushunadi, o’ynaydi va muloqot qila oladi. Uni oson sozlash uchun maxsus ilovasi mavjud. Shuningdek, uyda bo’lmaganingizda u yerda nima bo’layotganini robotning ko’zidagi kamera orqali ko’rib turishingiz mumkin. Narxi — 370 dollar. 📟 DigiTech

🌳 Xitoyliklar o’rmon yong’inlari bilan kurashish uchun haqiqiy artilleriyadan foydalanishadi. Snaryadlar maxsus yong’in o’chirish aralashmasi bilan to’ldirilgan bo’lib, raketalarning zarba to’lqini alangani to’xtatadi va olovni tuproq bilan qoplaydi. 📟 DigiTech

🤖 Tsyurix oliy texnik maktabida «qo’llar» va «oyoqlar» o’rniga g’ildiraklari bo'lgan epchil robot sinovdan o’tkazilmoqda. Tik turgan holatda, u hali to’rt oyoqdagi kabi ishonchli emas, lekin birinchi navbatda shuni ustida ishlashmoqda. U allaqachon qutilarni taxlay oladi! 📟 DigiTech

👓 Apple kompaniyasining sobiq xodimi asos solgan Brilliant Labs startapi, Google Glass aqlli ko’zoynaklariga o’xshash qurilm
+2
👓 Apple kompaniyasining sobiq xodimi asos solgan Brilliant Labs startapi, Google Glass aqlli ko’zoynaklariga o’xshash qurilmani namoyish etdi. Ushbu AR ko’zoynak oddiy ko’zoynaklarga o’xshaydi va Stiv Jobs taqqanini biroz eslatadi. Hozircha unda matnni tarjima qilish, internetda ma’lumot qidirish va rasmlarni generatsiya qilish mumkin. Sotuvlar aprel oyidan boshlanadi, narxi 350 dollar. 📟 DigiTech