ar
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

الذهاب إلى القناة على Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام AI | DigiTech

تُعد قناة AI | DigiTech (@digitechai) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 52 285 مشتركاً، محتلاً المرتبة 2 629 في فئة التكنولوجيات والتطبيقات والمرتبة 1 475 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 52 285 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 09 يوليو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -2 549، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -207، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 26.22‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 18.48‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 13 274 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 9 355 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 112.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 10 يوليو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التكنولوجيات والتطبيقات.

52 285
المشتركون
-20724 ساعات
-1 3827 أيام
-2 54930 أيام
أرشيف المشاركات
+1
🧲 Ichida ferromagnit suyuqlik bo’lgan aksessuarlar ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo’lib bormoqda — musiqa qo’yilganda uning ichidagi suyuqlik «raqsga tushadi». AliExpressda bunday aksessuarlarni 60-70 dollardan sotishmoqda, oddiy bankadagi arzon variantlarini esa 15 dollardan olish mumkin. Aytgancha, buni internetdagi qo’llanmalar yordamida o’zingiz ham yasay olasiz. 📟 DigiTech

+4
🌉 Xitoyning Chongqing shahrida katta ko’prikni yaqinda qurib bitkazishdi, endi har kuni uning ostida ko’plab mahalliy aholi va sayyohlar «Interstellar»dagi kabi kadrlarni kutishmoqda. Quyosh botganda beton konstruktsiyali manzara filmdagi sahnalardan biriga o’xshab ketadi, ayniqsa manzaraga qarab o’sha musiqani tasavvur qilsangiz. Ayniqsa, yomg’ir ostida juda g’ozal! 📟 DigiTech

⚡️OpenAI rahbari Sem Altman SI uchun tezlatgichlarga o’rnatiladigan chiplar ishlab chiqaradigan zavodlar qurish uchun 5-7 tri
⚡️OpenAI rahbari Sem Altman SI uchun tezlatgichlarga o’rnatiladigan chiplar ishlab chiqaradigan zavodlar qurish uchun 5-7 trillion dollar sarmoya qidirmoqda. Ma'lum bo’lishicha, Altman bu uchun juda katta mablag’ yo’naltirmoqchi. Ha, zamonaviy talablarga mos yarim o’tkazgichlar ishlab chiqaradigan zavodlar milliardlab dollarga, ba’zan esa 20-30 milliard dollarga tushishi mumkin. Ammo The Wall Street Journal yozishicha, Altman bir necha trillion dollar qidirmoqda! Aniqrog’i, uning fikricha loyiha 5-7 trillion dollar talab qilishi mumkin. OpenAI rahbarining loyihasi bo’yicha bunday mablag’ga qancha zavod qurish mumkinligi haqida ma’lumot berilmagan, ammo bu zamonaviy standartlar bo’yicha aql bovar qillmas darajada ko’pligi aniq. Ushbu summaning naqadar ulkanligini yaxshiroq tushunish uchun biroz statistika: butun yarimo’tkazgichlar sanoati o’tgan yili 527 milliard dollar ishlab topgan va faqatgina 2030-yilga kelib bu ko’rsatgich 1 trillion dollarga yetishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

✍️ Midjourney va boshqa neyron tarmoqlardagi rasmlarni aslida minionlar chizarkan — bu «Jirkanch kamina 4» multfilmi tizeridan ma’lum bo’ldi :) Multfilm premyerasi 3 iyul kuni bo’lib o’tadi. 📟 DigiTech

🤖 Illinoys universiteti muhandislari g’ildirak ko’rinishidagi noodatiy robotni yig’ishdi. U kichkina oyoqchalari yordamida muvozanatni saqlaydi, agar yiqilsa, shu oyoqchalari yordamida qaytib turadi. Ularning aytishicha, ushbu robotni yetkazib berish xizmatlarida ishlatish mumkin: u anchagina tez, ixcham va arzon. 📟 DigiTech

+1
🌍 Floridada Space 220 «kosmik» restorani mavjud. U yerga chiqish uchun birinchi liftga chiqasiz, uning pol va shiftida orbitaga chiqishni taqlid qiluvchi ekranlar o’rnatilgan, so’ng derazalar o’rniga displeylar o'rnatilgan zalga kirasiz: tushlik qilasiz va Yerni go’zal manzarasidan bahramand bo’lasiz. P.S. Tasvir faqat kamerada miltillaydi) 📟 DigiTech

+2
📦 Velosiped va skuterlardagi kuryerlar odatiy hol. Lekin ba’zi mamlakatlarda uchar dronlar orqali yetkazib berish aktiv rivojlanayotganini bilarmidingiz? Misol uchun, 15 milliondan ortiq aholiga ega Xitoyning Shenchjen shahrida kichik yetkazib berish zonalari mavjud, ularga dron kelib qo’nadi, buyurtmani tushiradi va orqaga uchib ketadi. Buyurtmani kutish vaqti o’rtacha 25 daqiqani tashkil qiladi, lekin asosiysi, tirbandlik tufayli kechikish yo’q :) AQSh'da ham Walmart, Amazon va Uber Eats oziq-ovqatlarni havo orqali yetkazib beradi, lekin hozircha faqat bir qavatli uylar hududlariga. Yaponiyada esa qanotli dronlar 70 kmgacha uchib, parashyut bilan buyurtmani manzilga tashlab ketadi. 📟 DigiTech

🥽 Apple Vision Pro-da tungi ko’rish funksiyasi mavjud. Garnitura atrofni skanerlab batafsil 3D modelini chizadi. 📟 DigiTech

+4
⚡️Unrecord va Bodycam realistik otishma o’yinlarining yangi tizerlari namoyish etildi. Katta ehtimol bilan ushbu o’ta realistik o’yinlar shu yilda chiqariladi. 📟 DigiTech

🤖 ChatGPT o’rnatilgan Loona robo-iti namoyish etildi — u buyruqlarni tushunadi, o’ynaydi va muloqot qila oladi. Uni oson sozlash uchun maxsus ilovasi mavjud. Shuningdek, uyda bo’lmaganingizda u yerda nima bo’layotganini robotning ko’zidagi kamera orqali ko’rib turishingiz mumkin. Narxi — 370 dollar. 📟 DigiTech

🌳 Xitoyliklar o’rmon yong’inlari bilan kurashish uchun haqiqiy artilleriyadan foydalanishadi. Snaryadlar maxsus yong’in o’chirish aralashmasi bilan to’ldirilgan bo’lib, raketalarning zarba to’lqini alangani to’xtatadi va olovni tuproq bilan qoplaydi. 📟 DigiTech

🤖 Tsyurix oliy texnik maktabida «qo’llar» va «oyoqlar» o’rniga g’ildiraklari bo'lgan epchil robot sinovdan o’tkazilmoqda. Tik turgan holatda, u hali to’rt oyoqdagi kabi ishonchli emas, lekin birinchi navbatda shuni ustida ishlashmoqda. U allaqachon qutilarni taxlay oladi! 📟 DigiTech

👓 Apple kompaniyasining sobiq xodimi asos solgan Brilliant Labs startapi, Google Glass aqlli ko’zoynaklariga o’xshash qurilm
+2
👓 Apple kompaniyasining sobiq xodimi asos solgan Brilliant Labs startapi, Google Glass aqlli ko’zoynaklariga o’xshash qurilmani namoyish etdi. Ushbu AR ko’zoynak oddiy ko’zoynaklarga o’xshaydi va Stiv Jobs taqqanini biroz eslatadi. Hozircha unda matnni tarjima qilish, internetda ma’lumot qidirish va rasmlarni generatsiya qilish mumkin. Sotuvlar aprel oyidan boshlanadi, narxi 350 dollar. 📟 DigiTech

📷 Turkiyada aqlli shtativ yaratildi, uning yordamida har doim ideal tekis kadr suratga olish mumkin — hatto qo’lida hech qachon kamera ushlamaganlar uchun ham to’g’ri keladi. U o’z joylashuvini tekislaydi va deyarli har qanday yuzada ideal turishi mumkin. Bundan tashqari, taymlaps va shunga o’xshash suratga olish rejimlari mavjud. Lekin narxi yaxshigina qimmat — 2599 dollar. 📟 DigiTech

🕹️ Ishqiboz 3D-printer orqali geympadni ixcham o’yin ruliga aylantirdi. Hozir bu narsani mukammallashtirmoqda va keyinchalik uni bir necha dollardan sotishni rejalashtirmoqda. 📟 DigiTech

📜 Uch nafar talabalar Vezuviy vulqoni otilishi paytida deyarli butunlay yonib ketgan qadimiy o’ramdagi matnni tiklashga muva
+2
📜 Uch nafar talabalar Vezuviy vulqoni otilishi paytida deyarli butunlay yonib ketgan qadimiy o’ramdagi matnni tiklashga muvaffaq bo’lishdi va bu uchun 700 ming dollar mukofot olishdi. Dastlab, olimlar tomograf yordamida yonib ketgan qo’lyozmani skanerlashdi, lekin undagi matnni tiklay olishmadi va buni butun dunyo bo’ylab ishqibozlarga mukofot uchun qilishni taklif qilishdi. Natijada, ushbu talabalar muammoning yechimini topishdi va o’qib bo’lmaydigan tasvirdan deyarli barcha yunon harflarini taniydigan algoritm yaratishdi. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyda osmono’par binolardagi yong’inlarni o’chirish uchun suv purkovchi qurilma va oynani sindiruvchi snaryadlar bilan jihozlangan aeromobillardan foydalaniladi. Dron mustaqil ravishda stansiyadan yong’in joyiga va ortga qayta oladi, lekin o’t o’chirish uchun operator javobgardir. Videodagi aeromobil EHang kompaniyasiga tegishli. 📟 DigiTech

📲 Xitoyning Ninbo shahridagi ustunlarda smartfonni simsiz zaryadlash uchun mana shunday qurilmalar o’rnatilgan. 📟 DigiTech

🧠 3D-printerda tirik miya to’qimalari chop etildi va ular bir-biri bilan muloqot qila boshlashdi. AQSh olimlari sun’iy o’sti
+1
🧠 3D-printerda tirik miya to’qimalari chop etildi va ular bir-biri bilan muloqot qila boshlashdi. AQSh olimlari sun’iy o’stirilgan neyronlarni yumshoq bioinik gelga joylashtirib uni 3D-printerda bosib chiqarishdi. Shundan so’ng to’qimalar bir-biri bilan «so’zlashish» va o’sishni boshlashdi. Bu nevrologik kasalliklarni (Altsgeymer va Parkinson) davolashda, shuningdek, yangi dorilarni sinashda yordam beradi. 📟 DigiTech

+1
⚡️Xitoydagi shahar daryolari va suv havzalarini tozalash uchun mana shunday uskunalardan foydalanishadi — robot changyutgichlarga o’xshaydi, lekin faqat suzuvchi. Kichik modellari avtonom tarzda ishlaydi va o’zlarini zaryadlash uchun qaytib keladi. Jiddiy tozalash kerak bo’lgan vaqtda esa asosiy qurilmani qo’lda boshqarib kelishadi. 📟 DigiTech