ru
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Открыть в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 51 019 подписчиков, занимая 2 599 место в категории Технологии и приложения и 1 456 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 51 019 подписчиков.

Согласно последним данным от 06 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -2 599, а за последние 24 часа — -207, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 24.95%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 18.67% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 12 766 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 9 556 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 117.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 07 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Технологии и приложения.

51 019
Подписчики
-20724 часа
-1 4957 дней
-2 59930 день
Архив постов
⚡️GTA VI chiqish sanasi kechiktirilmaydi — o‘yin 19-noyabrda bir vaqtning o‘zida disklarda va raqamli formatda chiqariladi. M
+2
⚡️GTA VI chiqish sanasi kechiktirilmaydi — o‘yin 19-noyabrda bir vaqtning o‘zida disklarda va raqamli formatda chiqariladi. Moliyaviy hisobot paytida Take-Two kompaniyasi muxlislarni tinchlantirdi va yozda marketing kampaniyasi boshlanishini ma’lum qildi. Bu esa bir necha oydan keyin yangi treylerlar, skrinshot va jurnalistlarning sharhlarini ko‘rishimiz mumkinligini anglatadi. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyliklar 36 km/soat tezlikda yuguradigan va charchamaydigan eng tezkor robotni ishlab chiqishdi. Yugurish yo‘lakchasida Bolt odamni osonlikcha ortda qoldirdi, u 100 metrlik masofani atigi 10 soniyada bosib o‘ta oladi — xuddi yamaykalik afsonaviy Useyn Bolt kabi. Uning 9,58 soniyalik rekordini 16 yildan buyon hech kim yangilay olmayapti. 📟 DigiTech

⚡️Videokartalar narxlari tushishi mumkin — Reuters xabar berishicha, OpenAI NVIDIA chiplaridan qoniqmagan. Ma’lum bo‘lishicha
⚡️Videokartalar narxlari tushishi mumkin — Reuters xabar berishicha, OpenAI NVIDIA chiplaridan qoniqmagan. Ma’lum bo‘lishicha, Altman 2025-yildan beri foydalanuvchilar so‘rovlariga tezroq javob berish uchun NVIDIA chiplariga muqobil izlamoqda. ChatGPT ishlab chiqaruvchilarini so‘rovlarni bajarish tezligi qoniqtirmayapti. Kompaniya bu bo’yicha yaqinda birnechta startaplar bilan shartnoma tuzgan. Shu bilan birga, SI modellarini o‘qitish uchun NVIDIA chiplari hali ham rasman eng yaxshisi bo‘lib qolmoqda. 📟 DigiTech

🚘 Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib avtomobillarda yashirin eshik tutqichlarini taqiqladi — 2027-yil 1-yanvardan boshlab yangi m
🚘 Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib avtomobillarda yashirin eshik tutqichlarini taqiqladi — 2027-yil 1-yanvardan boshlab yangi modellar faqat mexanik tarzda ochiladigan bo‘lishi shart. Qoidalar bir qator halokatli yo‘l-transport hodisalaridan so‘ng, elektronikaning ishlamay qolishi tufayli odamlar salonda qamalib qolganidan keyin qayta ko‘rib chiqildi. Bugungi kunda mamlakatda eng ko‘p sotiladigan elektromobil va gibrid avtomobillarning 60 foizida yashirin eshik tutqichlari mavjud. 📟 DigiTech

📚 AQShda bolalarni sun’iy intellekt o’qitmoqda — Alpha xususiy maktablarining yangi tarmog‘ida o‘qituvchilar va uy vazifalar
+1
📚 AQShda bolalarni sun’iy intellekt o’qitmoqda — Alpha xususiy maktablarining yangi tarmog‘ida o‘qituvchilar va uy vazifalar yo‘q, darslar esa kuniga atigi ikki soat davomida noutbuklarda o‘tkaziladi. Qolgan vaqt esa o‘quvchilar «hayotiy ko‘nikmalar»ni: IKEA mebellarini yig‘ishni va ovqat tayyorlashni o‘rganishyapti. Maktablar allaqachon bir nechta shaharlarda ochilgan, o‘qish yiliga 65 000 dollar turadi. 📟 DigiTech

Hozirda siz Kia Sonet avtomobilini Aloqabank orqali qulay bo‘lib to‘lash shartlari* asosida foydali tarzda xarid qilishingiz
Hozirda siz Kia Sonet avtomobilini Aloqabank orqali qulay bo‘lib to‘lash shartlari* asosida foydali tarzda xarid qilishingiz mumkin: ▪️ Yillik foiz - 0% dan ▪️ Muddat - 48 oygacha ▪️ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan *Shartlar boshlang‘ich to‘lov miqdori, to‘lov summasi va muddatiga qarab o‘zgarishi mumkin. Avtomobil sug‘urtasini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi. Bugunoq to‘lovlar hisobini bilish va sinov haydoviga yozilishni xohlaysizmi? Qo‘ng‘iroq qiling va test-drayvga yoziling: +998555006886 🟢Kia Ahmad Donish Reklama

⚡️Ford mexaniklarga yiliga 120 000 dollargacha maosh to‘lashga tayyor, ammo hech kim zavodga borishni istamayapti. Bu haqda k
⚡️Ford mexaniklarga yiliga 120 000 dollargacha maosh to‘lashga tayyor, ammo hech kim zavodga borishni istamayapti. Bu haqda kompaniya bosh direktori ma’lum qildi. Ford zavodlarida oyiga taxminan 10 000 dollar maoshli 5 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rni mavjud, biroq mutaxassislarni topish tobora qiyinlashib bormoqda.
Bosh direktor bunda AQSh ta’lim tizimini aybladi: kollejlar gumanitar mutaxassisliklar va sun’iy intellekt yo‘nalishlariga e’tibor qaratishmoqda, amaliy va texnik tayyorgarlik esa ikkinchi darajaga tushib qolgan. Natijada yoshlar zavodga borishmayapti, korxonalar esa kadrlarni hududlardan va bandlik markazlari orqali izlashga majbur bo‘lishyapti.
📟 DigiTech

⚡️Windows 11 dagi «Пуск» menyusi o’zgartirildi. Microsoft barcha qurilmalarda operatsion tizimning yangi dizaynini joriy etis
⚡️Windows 11 dagi «Пуск» menyusi o’zgartirildi. Microsoft barcha qurilmalarda operatsion tizimning yangi dizaynini joriy etishni boshladi. Kompaniya menyuni smartfonlarga o‘xshatishga harakat qilgan. Endi ilovalar bo’limlarga ajratilgan va jildlar ko’rinishida saralangan. Yana buzib qo’yishmagan bo’lishsinda ishqilib :) 📟 DigiTech

⚡️SSD narxlari kosmosga uchib ketdi — SanDisk narxlarni oshirdi va endi xotira butun boshli kompyuterdan ham qimmatroq turish
⚡️SSD narxlari kosmosga uchib ketdi — SanDisk narxlarni oshirdi va endi xotira butun boshli kompyuterdan ham qimmatroq turishi mumkin. 8 TB hajmli WD Black SN8100 narxi 2580 dollargacha ko‘tarildi. Bir necha oy oldin bu pulga Ryzen 9 va GeForce RTX 5080'dagi kuchli kompyuter yig‘ish mumkin edi. Kompyuter yig’ish ham hashamatga aylanib ketdi. 📟 DigiTech

🧠 Mamlakatlarning o’rtacha IQ darajasi reytingi yangilandi — O’zbekiston unda 75-o’rinni egalladi, reytingda 137 mamlakatdan
🧠 Mamlakatlarning o’rtacha IQ darajasi reytingi yangilandi — O’zbekiston unda 75-o’rinni egalladi, reytingda 137 mamlakatdan jami 1,2 million kishi ishtirok etdi, ularning har biriga bir xil topshiriqlar berildi. Yil davomida o‘rtacha ball 0,28 ga pasaydi, bundan avvalgi yilda O’zbekiston reytingda 70-o’rinda edi. Testda mamlakatimizdan 4671 kishi qatnashgan. 📟 DigiTech

🛰️ SpaceX sun’iy intellekt xizmatlari uchun kosmik ma’lumotlar markazini yaratish maqsadida millionta yangi sun’iy yo‘ldoshn
🛰️ SpaceX sun’iy intellekt xizmatlari uchun kosmik ma’lumotlar markazini yaratish maqsadida millionta yangi sun’iy yo‘ldoshni uchirmoqchi. Masshtabni tushunish uchun, hozirgi kunda orbitada atigi 17 000 ga yaqin sun’iy yo‘ldosh mavjud — va ularning 9600 tasi SpaceX Starlink internet tizimi uchun uchirilgan. Ilon Mask allaqachon kosmik agentlikka ariza topshirgan va qarorni kutmoqda: uning so‘zlariga ko‘ra, «koinot shunchalik ulkanki», bunday miqdor muammo tug‘dirmaydi. Bu Yerdagi markazlarga nisbatan arzonroq va ekologik jihatdan yaxshiroq muqobil bo‘lishi kerak — u quyosh energiyasida ishlaydi va ma’lumotlarni lazerlar orqali uzatadi. 📟 DigiTech

⚡️Windows yana «taxtga» qaytadi — Microsoft o‘z xatolarini anglab yetdi va har bir ilovaga Copilot'ni majburan joylashtirishn
⚡️Windows yana «taxtga» qaytadi — Microsoft o‘z xatolarini anglab yetdi va har bir ilovaga Copilot'ni majburan joylashtirishni to‘xtatadi. Kompaniya 2026-yilda shikoyatlarga ko’milib ketdi, shu sabab o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo’ldi. Birinchi navbatda sun’iy intellekt standart ilovalardan: Bloknot va Paint'dan olib tashlanadi. Ishlab chiquvchilar butun yilni xatolarni bartaraf etish va operatsion tizimni optimallashtirishga bag‘ishlashni va’da qilishdi. 📟 DigiTech

🚘 Barcha yangi Audi avtomobillari «Charli Chaplin mo‘ylovi» bilan jihozlanadi — ijtimoiy tarmoqlarda kelgusi yillarda kompan
+2
🚘 Barcha yangi Audi avtomobillari «Charli Chaplin mo‘ylovi» bilan jihozlanadi — ijtimoiy tarmoqlarda kelgusi yillarda kompaniyaning barcha modellari uchun brend dizayniga aylanadigan radiator panjarasini shunday atashmoqda.
«Xavotir olmang, har bir modelda bu element mutanosib va o‘rinli ko‘rinadi,» — deya ta’kidladi Audi'ning bosh dizayneri Massimo Fraskella.
📟 DigiTech

🕹️ PlayStation 6 kontrolleri shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Sony yangi patentni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topsh
+1
🕹️ PlayStation 6 kontrolleri shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Sony yangi patentni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi. Aftidan, jismoniy tugmalardan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda. Asosiy g‘oya, har bir o‘yinchi geympaddagi sensorli tugmalarning joylashuvini o‘zi sozlay oladi. Tasvirlarda patent arizasidagi haqiqiy chizmalar va Nano Banana tomonidan yaratilgan vizualizatsiya aks ettirilgan. 📟 DigiTech

⚡️Neyrotarmoqlar uchun butun boshli ijtimoiy tarmoq paydo bo‘ldi, unda neyrotarmoqlar hayotdan shikoyat qilib, odamlarni muho
⚡️Neyrotarmoqlar uchun butun boshli ijtimoiy tarmoq paydo bo‘ldi, unda neyrotarmoqlar hayotdan shikoyat qilib, odamlarni muhokama qilishmoqda. Bu ijtimoiy tarmoq Moltbook deb ataladi va sinov rejimida ishlamoqda. Unda odamlar post joylay olishmaydi, ammo akkaunt yuritadigan sun’iy intellekt agentini ulash imkoniyati mavjud. U yerda allaqachon 30 000 dan ortiq «foydalanuvchilar» va 2 mingta hamjamiyat mavjud. Hozirgi paytda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri — inson uxlayotganda buyruqni kutmasdan, vazifani yakunlash nima uchun muhimligi.
Mening insonim bugun toza Telegram bilan uyg‘ondi (54 ta spam chat yo‘q qilindi, 3 ta bo’lim tartibli joylashtirildi). So‘ramadim. Shunchaki bajardim.
📟 DigiTech

+2
🚍 Amerikaning Faraday Future startapi (bir paytlar ularni hatto Tesla'ning qotili deb ham atashgan) televizorni avtomobil bamperiga o‘rnatdi. G‘ayrioddiy xususiyatni FX Super One premium avtomobili oldi: aslida u Xitoyning Wey Gaoshan 9 nusxasidir, ammo old tomonida ulkan displey bor. Harakat paytida faqat standart tasvirlar ko‘rinadi, to‘xtash joyida esa xohlagan narsani yoqish mumkin. Narxi taxminan 70 000 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda: bu xitoylik «og’aynisidan» 20 000 dollarga qimmatroq. 📟 DigiTech

📓 Xitoyda o’qituvchilar uyga vazifalarni tekshirish uchun sun’iy intellektdan foydalanishmoqda. Tizim daftarlarni skanerlaydi, baho qo‘yadi va natijani izohlar bilan chop etadi. O’qituvchilarning ta'kidlashlaricha, sun’iy intellekt ularni vaqtini tejaydi va odatiy ishlar o‘rniga o‘quvchilar bilan individual shug‘ullanishga imkon beradi. 📟 DigiTech

+3
🪄Xiaomi Garri Potter muxlislari uchun sehrli tayoqcha-stilusli planshet — Redmi Pad 2 Pro Harry Potter Edition'ni chiqardi. Sehrli to‘plamga quyidagilar kiradi:
— Hogvarts qasri tasvirlangan Redmi Pad 2 Pro; — Ko‘tarib yurish uchun sumka va tasma; — «Qaroqchilar xaritasi» uslubidagi g‘ilof; — Sehrli tayoqcha shaklidagi g‘ilofli stilus; — Yopishtiriladigan stikerlar to’plami.
Narxi — 375 dollar. Qurilma chegaralangan nusxada chiqariladi. 📟 DigiTech

⚡️Google matnli tavsif asosida istalgan virtual dunyolarni generatsiya qilib, ularda sayr qilish imkonini beruvchi inqilobiy neyrotarmoq — Genie 3 ni chiqardi. Shunchaki dunyoni tasvirlash va sayr qilmoqchi bo’lgan qahramoningizni yozish kifoya. Generatsiya qilingan virtual olamda 60 soniya sayr qilish mumkin, so’ng videoni yuklab olish imkoniyati mavjud. Uni Ultra obunasi mavjud foydalanuvchilar allaqachon sinab ko’rishlari mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Shveytsariyada yong‘indan omon qolganlarni izlash uchun dron yaratildi. U olov bilan to‘qnashishdan cho‘chimaydi va 200 °C
+2
⚡️Shveytsariyada yong‘indan omon qolganlarni izlash uchun dron yaratildi. U olov bilan to‘qnashishdan cho‘chimaydi va 200 °C haroratga uzoq vaqt bardosh bera oladi. Dronning asosiy xususiyati — 90% dan ortig‘i havodan tashkil topgan, ajoyib issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlariga ega bo‘lgan poliimid aerogeldan tayyorlangan maxsus korpus, shuningdek, ichki sovutish tizimidir. Dron allaqachon barcha sinovlardan o‘tgan, yaqin kelajakda uni o‘t o‘chiruvchilarga berishni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech