AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 091 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 488,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 371 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 091 名订阅者。
根据 26 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 768,过去 24 小时变化为 -288,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.99%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.67% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 325 次浏览,首日通常累积 9 958 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 125。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 27 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 091
订阅者
-28824 小时
-3 2697 天
+76830 天
帖子存档
53 091
📲 Har qanday 3D model, videolar va rasmlarni yaratamiz — Krea uzoq davom etgan jimlikdan so‘ng Realtime Edit funksiyasini namoyish etdi.
• Xizmat fotosuratlar, videolar va hatto 3D modellar ustiga istalgan generatsiyani qo‘yadi.
• Barcha loyihalarni real vaqt rejimida tahrirlash mumkin.
• Eng zo‘ri — generatsiya tezligi atigi 50 millisoniyani tashkil etadi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
53 091
🚘 Mercedes-Benz kompaniyasi o‘zini-o’zi quvvatlaydigan Vision Iconic avtomobilini namoyish etdi.
Avtomobil kuzovi quyosh energiyasini yig‘uvchi maxsus bo‘yoq bilan qoplangan bo‘lib, butun korpusni energiya manbaiga aylantiradi va ideal sharoitlarda yiliga qo’shimcha 12 000 km yurish masofasini ta’minlashi mumkin.
Undagi bo‘yoq shunchaki bezak emas: o‘ta yupqa fotoelektrik qatlam mashina harakatlanayotganda, to‘xtash joyida turganida yoki shunchaki garajda yorug‘lik tushib turganida quyosh energiyasini to‘playdi.Dizayn 30-yillarning lyuks avtomobillaridan ilhomlanilgan: uzun kapot, silliq qora kuzov va art-deko uslubidagi salon. Ichida neyron tarmoqlar, avtonom haydash tizimi va «aqlli» arxitektura mavjud. Albatta bu hozircha faqat konsept. 📟 DigiTech
53 091
+2
🍜 «IT-Plov» Toshkentda: Servercore va mutaxassislar biznes uchun sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va GPU'ni muhokama qilishdi
Dekabr oyida Toshkentda Servercore (xalqaro IT-infratuzilma provayderi) tashabbusi bilan «IT-Plov» yopiq biznes kechki ovqati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Uzum E-commerce, Cybernet AI va Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etib, O‘zbekistonda AI’ni joriy etish, bulutga o‘tish va GPU tanlash bo‘yicha real tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.
📋 Tadbirda muhokama qilingan asosiy mavzular:
• AI va ML infratuzilmasi: Loyihalar uchun GPU quvvatini tanlashda narx va samaradorlik balansini qanday to‘g‘ri ushlash mumkin? • Texnologik tanlov: O‘z ma’lumotlar markazi (On-premise) va Bulutli GPU (Cloud) o‘rtasidagi farqlar, yutuq va kamchiliklar. • Mahalliy tajriba: O‘zbekiston kompaniyalarining real keyslari tahlili va bulutli yechimlarga o‘tishdagi amaliy tavsiyalar.Tadbir nafaqat dolzarb texnologik masalalar muhokamasi, balki tadbirkorlar va IT-ekspertlar uchun o‘zaro fikr almashish (networking) maydoniga ham aylandi. 📊 2026 — «burilish yili» bo‘lishi mumkin.
Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi raisi
Otabek Nasirov
fikricha, yaqin 1–2 yilda raqobat kuchayadi va yutadiganlar —
tez sinov qilib, tez mahsulot chiqaradiganlar
bo‘ladi. Bunda infratuzilma «poydevor»:
arzon, masshtablanuvchi va ishonchli
bo‘lishi kerak.⚡️Servercore kelajakdagi o‘sish uchun ishonchli poydevor bo‘lishga tayyor. Kompaniya bulutli infratuzilma va GPU serverlar orqali mahalliy biznesga qo‘shimcha xarajatlarsiz innovatsiyalar yaratish imkonini beradi.
53 091
🛜 Olimlar havo orqali internetni optik tolaga qaraganda tezroq — 120 Gbit/s tezlikda uzatishni o‘rganishdi: bu bir soniyada 4K sifatdagi filmni yuklab olish uchun yetarli.
UC Irvine tadqiqotchilari ma’lumotlarni deyarli superkompyuter tezligida uzatadigan 140 gigagertsli simsiz moslamani yaratishdi.
Ushbu qurilma hajmi katta emas, shuningdek, u kam quvvat bilan ishlaydi, shuning uchun uni smartfonlar va kelajakdagi 6G tarmoqlarida qo‘llash mumkin. Kelajakda bu kamroq kabellar, arzon infratuzilma va havo orqali optik tola darajasidagi internetdan foydalanish imkonini beradi.
📟 DigiTech
53 091
⚡️Dunyodagi eng mashhur tiktoker o‘zining raqamli qiyofasini deyarli 1 mlrd dollarga sotdi.
TikTok tarixidagi eng mashhur bloger, 160 million obunachiga ega bo‘lgan Xabi Leym o‘zining Step Distinctive Limited kompaniyasini Rich Sparkle Holdings firmasiga 957 million dollarga sotdi.
Endi Rich Sparkle kelgusi uch yil davomida blogerning barcha daromad manbalarini boshqarish bo‘yicha mutlaq huquqqa ega bo‘ladi: brendlar bilan hamkorlik, reklama shartnomalari va elektron tijorat loyihalari shular jumlasidandir. Shunga qaramay, Leym nazorat qiluvchi aksiyador sifatida qoladi.Kelishuvning eng qiziqarli qismi — SI avataridir. Xabi uchun raqamli avatar yaratilmoqda, u reklama roliklarida uning ishtirokisiz suratga tushadi: bir vaqtning o'zida turli mamlakatlarda, 24/7 va bir xil yuz ifodasi bilan. Xabi divandan turishiga ham hojat qolmaydi — brend pul ishlashda davom etadi. 📟 DigiTech
53 091
🌇 AQSh'lik ekstremal Tayvan poytaxtidagi 101 qavatli osmono‘par bino tepasiga hechqanday xavfsizlik arqonlarisiz chiqdi.
Aleks Xonnold tomoshabinlar va ommaviy axborot vositalari ko‘z o‘ngida, Burj Xalifaga qadar dunyodagi eng baland deb hisoblangan 508 metrlik «Taybey 101» binosini zabt etdi. Uning aytishicha, buni 12 yil davomida orzu qilgan ekan — va nihoyat bir yarim soat ichida cho‘qqiga chiqib, maqsadiga erishdi.
Aleks 2017-yilda dunyoda birinchi bo‘lib Yosemitidagi 900 metr balandlikdagi El-Kapitan qoyasiga hech qanday himoya vositalarisiz chiqqanidan so‘ng mashhurlikka erishgan. Keyinchalik bu voqea haqida «Free Solo» nomli hujjatli film suratga olindi va u «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘ldi.Binoni zabt etilishi jarayoni Netflix'da jonli efirda uzatildi, Aleks esa bu uchun Netflix'dan 500 000 dollar mukofot oldi. 📟 DigiTech
53 091
🚘 Xiaomi SU7 so‘nggi besh yil ichida Xitoyda sotuvlar bo‘yicha Tesla Model 3’ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan birinchi elektromobil bo‘ldi — qimmatroq segmentda Amerika sedani 2019-yildan beri yetakchilik qilib kelayotgan edi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy texnologiya giganti 258 164 ta avtomobil sotgan bo‘lsa, Model 3 esa 200 361 dona sotildi. Tahlilchilarning fikricha, Xiaomi ko‘proq qiziqarli xususiyatlar va qulay narx tufayli muvaffaqiyat qozonmoqda.
Shu bilan birga, boshqa bir model — Tesla Model Y — Xitoyda eng ko‘p sotiladigan SUV bo‘lib qolmoqda (452 338 dona). U hatto benzinli raqobatchilarini ham ortda qoldirgan: ikkinchi o‘rinda 244 068 dona natija bilan Geely Xingyue L turibdi.
📟 DigiTech
53 091
👨💻 Har o‘ninchi IT mutaxassisi ishda hech narsa qilmaydi — Stenford'da IT-kompaniyalarning 50 000 nafar xodimining ish samaradorligi o‘rganildi.
Taxminan 9,5% dasturchilar hech qanday foydali ishni bajarmaydilar. Ammo ular hisobotlarni a’lo darajada yozishadi va bir oy ichida kodga bir-ikki o‘zgartirishni o‘z vaqtida kiritishadi.
Eng qizig’i bu yerda gap faqat kichik kompaniyalar haqida ketmayapti, tadqiqotda hatto Microsoft, Google, Oracle xodimlari ham tahlil qilingan. Ular shiddatli faoliyatni taqlid qilish orqali yiliga 200-300 ming dollar daromad olishmoqda.
📟 DigiTech
53 091
+1
🔭 Jeyms Uebb kosmik teleskopi «Helix» tumanligining eng batafsil suratini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu Yerga eng yaqin sayyoraviy tumanliklardan biri hisoblanib, bizdan taxminan 650 yorug‘lik yili masofada joylashgan. U o‘layotgan yulduzdan chiqayotgan gaz va chang to‘plamlaridan tashkil topgan.
👉 Tiniq sifatdagi tasvirni havola orqali ko’rishingiz mumkin.
📟 DigiTech
53 091
+1
🍏 Amerikaliklarning atigi 20 foizi Apple logotipini xotirasi bo’yicha to‘g‘ri chiza oldi — iPhone deyarli doim qo‘llarida bo‘lsa ham.
Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha: Odamlar logotipni darhol eslashadi, ammo u miyada «olma + tishlangan + minimalizm» kabi eslatmalar to‘plami sifatida saqlanadi, qolganini miyaning o‘zi chizadi.
📟 DigiTech
53 091
+1
⚡️Higgsfield foydalanuvchilarga pul to’lashni boshlaydi — startap sun’iy intellektda kontent yaratuvchilar uchun Earn monetizatsiya tizimini ishga tushirdi.
Mualliflar o‘zlarining YouTube va Instagram akkauntlarini Higgsfield'ga ulab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri platformada video yaratishlari mumkin. Birinchi kuni bitta muvaffaqiyatli video uchun $1000 gacha yoki umumiy $2500 gacha to‘lov qilishadi. Videolar soni cheklanmagan.
📟 DigiTech
53 091
53 091
📚 Tadqiqot: Kitob o‘qish umringizni uzaytiradi — muntazam ravishda kitob o‘qisangiz, miya qarishi sekinlashadi.
Tadqiqotchilar 50 yosh va undan katta bo‘lgan 3635 nafar insonlarni 12 yil davomida kuzatib borishdi hamda o‘qish odatlarining umr ko‘rish bilan qanday bog‘liqligini o‘rganishdi. Ular muntazam ravishda kitob o‘qiydigan odamlar umuman kitob o‘qimaydigan kishilarga qaraganda o‘rtacha 23 oy ko‘proq yashashini aniqlashdi. Bu natija hatto ta’lim, daromad, sog‘liq holati, tushkunlik va aqliy qobiliyat kabi omillarni hisobga olgan holda ham o‘z kuchini yo‘qotmadi.• O‘qish paytida miyangiz meditatsiya holatiga tushadi, asab tizimingiz tinchlanadi va stress darajasi minimal darajaga tushadi. • Miyangiz bir necha barobar sekinroq qariydi, demensiya va aqli zaiflik paydo bo’lishi xavflari esa minimallashadi! • Kuniga kamida 20 daqiqa o‘qing. Bunga hatto audiokitoblar ham to‘g‘ri keladi, eng muhimi, e’tiborni videolar va boshqa keraksiz narsalarga emas, balki asarlarga qaratishdir. Ya'ni asosiysi — kitob mazmuniga diqqatni jamlash kerak. 📟 DigiTech
53 091
⚡️Intel ham «yovuzlar yo’liga» o’tdi — kompaniya oddiy kompyuterlar uchun protsessorlar ishlab chiqarishni qisqartirmoqda.
Endi kompaniyaning birinchi darajali ustuvor yo‘nalishi — ma’lumotlar markazlari bo‘ladi. Sun’iy intellekt infratuzilmasiga bo‘lgan talab oshib bormoqda va Intel'ga shaxsiy kompyuterlar uchun protsessorlar o‘rniga qimmatbaho Xeon chiplarini korporatsiyalarga sotish ko‘proq foyda keltiradi.
Bu biz uchun nimalarni anglatadi:
• Tanqislik va narxlarning oshishi: Core seriyalari (ayniqsa eng top i7/i9) tanqisligi yuzaga keladi, bu esa kelgusi olti oy ichida narxlarning oshishiga olib keladi. • AMD uchun imkoniyat: Intel sun’iy intellektlar trend'daligida daromad qilib olish bilan band bo‘lgan paytda, shaxsiy kompyuterlar bozori Ryzen tomon kuchliroq siljishi mumkin. • Yangi protsessorlarning ommaviy ishlab chiqarilishi sezilarli darajada sekinlashishi mumkin.📟 DigiTech
53 091
⚡️Yangi MacBook'lar kelasi hafta namoyish etilishi mumkin: Apple Los-Anjelesga blogerlar va jurnalistlarni taklif qilishni boshladi.
Ehtimol, M5 Pro va M5 Max chiplaridagi yangi MacBook Pro modellarini namoyish etishadi. Shuningdek, Mac’ning hamyonbop versiyasini ham ko‘rsatishlari mumkin.
Insayderlarning ta’kidlashlariicha, samaradorlik hozirgi modellarga nisbatan 30 foizga oshadi. Shu bilan birga, Apple to‘g‘ridan-to‘g‘ri chipga sun’iy intellektni o’rnatmoqchi. Natijada noutbuklar internetga ulanmasdan turib fotosuratlarni qayta ishlashi, videolarni tarjima qilishi va murakkab vazifalarni bajarishda yordam berishi mumkin bo‘ladi.Taqdimotni 27-29 yanvar oralig’ida kutamiz. 📟 DigiTech
53 091
🚘 Avtomobillar yuvish tarmog‘i AQSh'ning eng yaxshi ish beruvchilari reytingida Nvidia va Google'ni ortda qoldirdi.
Yirik texnologik kompaniyalar ularga martaba o‘sishi imkoniyatlari, maosh, ish va shaxsiy hayot muvozanati (work-life balance) hamda boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha yutqazdi. Baholash xodimlarning o‘zlari tomonidan amalga oshirilgan.
Apple esa hatto top o’ntalikka ham kira olmadi, iPhone ishlab chiqaruvchilari ro’yxatda 77-o‘rinni egalladi.
📟 DigiTech
53 091
⚡️Tramp Grenlandiyaning har bir fuqarosiga 1 million dollardan to‘lamoqchi. Yagona shart — AQSh'ga qo‘shilish uchun ovoz berish.
Orolda hozirda 57 ming kishi yashaydi, shuning uchun bunday xarid AQSh'ga taxminan 57 milliard dollarga tushadi.
Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so‘zga chiqqan Amerika rahbari AQSh Grenlandiya ustidan nazoratni qo‘lga kiritish uchun harbiy kuch ishlatmasligiga va'da berdi.
📟 DigiTech
53 091
⚡️Sun’iy yo‘ldoshlar orqali 6 Tbit/s tezlikdagi internet — milliarder Jeff Bezosning Blue Origin kosmik kompaniyasi Starlink'dan minglab marta tezroq ishlaydigan internetni ishga tushirishini e’lon qildi.
Kompaniyaning sun’iy yo‘ldosh internet tarmog‘i Yer atrofidagi past orbitada 5280 ta va o‘rta orbitada 128 ta qurilmani o‘z ichiga oladi hamda 2027-yilda ishga tushirilishi kutilmoqda.
Lekin faqat korporativ mijozlarni ulash rejalashtirilgan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab ularning soni 100 000 tadan oshmasligi ko‘zda tutilgan — oddiy foydalanuvchilar bu xizmatdan foydalana olmaydilar. Solishtirish uchun: Starlink hozirda ~400 Mbit/s tezlikni ta’minlamoqda.
📟 DigiTech
53 091
🎥 YouTube’da sun’iy intellektda yaratilgan videolar yanada ko‘payadi: bu yil Google blogerlarga o‘z neyron nusxalari bilan shorts videolar yaratish imkonini beruvchi yangi funksiyani ishga tushiradi.
Bu funksiya qanday ishlashi va aniq qachon ishga tushirilishi haqida keyinroq ma’lumot berilishi va’da qilindi. Ammo hozirning o‘zida YouTube’dagi har beshinchi yangi video sun’iy intellekt yordamida yaratilmoqda. Ba’zida bu videolar shunchalik sifatli chiqmoqdaki, hatto ommaviy axborot vositalari ham ularning soxtaligini aniqlay olmayapti.
📟 DigiTech
53 091
🥣 NASA Marsda astronavtlarni nima bilan oziqlantirishni o‘ylab topgan odamga 750 000 dollar to‘lashga tayyor — kompaniya yangi tanlovni e’lon qildi.
Istagan odam Marsda oziq-ovqat yetishtirish va tayyorlashdan iborat to’liq qollanmani yuborishi mumkin. Barcha taklif etilgan variantlar Yerdan ta'minotsiz ishlashi kerak — takliflar 2026-yil sentyabrigacha qabul qilinadi.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
