ru
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Открыть в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 53 564 подписчиков, занимая 2 480 место в категории Технологии и приложения и 1 370 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 53 564 подписчиков.

Согласно последним данным от 25 июня, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 955, а за последние 24 часа — -312, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 24.94%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 18.01% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 13 372 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 9 654 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 132.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 26 июня, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Технологии и приложения.

53 564
Подписчики
-31224 часа
+2 0507 дней
+95530 день
Архив постов
🕹️ Steam Controller chiqdi — kompyuterlar uchun ideal geympadni 100 dollarga olish mumkin. Bu deyarli Steam Deck'ning o‘zi, faqat kontroller formatida: magnitli stiklar, bitta quvvatda 35 soatgacha ishlash, yuqori aniqlikdagi vibratsiya, giroskop, sensorli panellar va ko‘p tugmalar. Eng zo‘ri: agar o‘yinlar Deck bilan mos bo‘lsa, geympad Steam'dagi barcha o‘yinlar uchun tavsiya etilgan sozlamalarni avtomatik tarzda yuklab oladi. Ya'ni, o‘yinlarning 99 foizi uni allaqachon qo‘llab-quvvatlaydi. 📟 DigiTech

⚡️Xakerlar Rockstar Games tizimini buzib kirib, tovon puli talab qilishdi, biroq natijada tasodifan kompaniya qiymatini bir k
⚡️Xakerlar Rockstar Games tizimini buzib kirib, tovon puli talab qilishdi, biroq natijada tasodifan kompaniya qiymatini bir kunda 1 mlrd dollarga oshirib yuborishdi. Sizdirilgan arxivdan GTA Online'ga tegishli raqamlar ma'lum bo’ldi va investorlar 12 yillik eski o‘yin kuniga 1,3 mln dollar, yiliga esa 500 mln dollar daromad keltirishini bilib qolishdi. Xakerlar o’zlari bilmay kompaniya obro’sini oshirib qo’yishdi :) 📟 DigiTech

🗺️ Kaliforniyalik yigit kuryerlarga uyini qanday topishni tushuntirishdan charchab, yo‘lni dronlar yordamida ko‘rsata boshladi. Tom BetJorj odatda hech kim bormaydigan chekkaroq joyda yashaydi. U haydovchilarga yo‘l bo‘yidagi belgilar bilan yo‘nalish berishga ham urindi, xaritalarda manzilini to‘g‘riladi — ammo hech biri yordam bermadi. Yechim uning o‘z ishidan — ya'ni dron-shoulardan topildi. U yuzta dronni olib, uyining tepasida kuryerlar uchun «Noto‘g‘ri burilish» va «Yo‘lingizda davom eting» kabi ko‘rsatmalar porlab turadigan qilib sozladi. 📟 DigiTech

🖼️ NASA «Artemis II» missiyasining barcha suratlarini bir saytga to’pladi — yuqori sifatdagi 12 000 ta suratlar endi hamma u
+2
🖼️ NASA «Artemis II» missiyasining barcha suratlarini bir saytga to’pladi — yuqori sifatdagi 12 000 ta suratlar endi hamma uchun ochiq. Bu har qanday didga mos keladigan fon rasmlarining ulkan arxividir: u yerda Yerni orbitadan turib olingan suratlari, kosmik kema va koinotning ajoyib manzaralari mavjud. 👉 Suratlarni yuklab olish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Oracle bir kunda 30 000 xodimini ishdan bo‘shatib, ularni o’sha xodimlar o‘rgatgan neyrotarmoqqa almashtirdi. IT mutaxassis
⚡️Oracle bir kunda 30 000 xodimini ishdan bo‘shatib, ularni o’sha xodimlar o‘rgatgan neyrotarmoqqa almashtirdi. IT mutaxassislaridan o‘z ishlarini to‘liq tasvirlab berish, so‘ngra bu ma’lumotlarni sun’iy intellektni o‘qitish uchun topshirish so‘ralgan. Keyin esa ularni kutilmaganda ishdan bo’shatishgan. Shartnomalar bekor qilingani sababli ko‘pchilik xodimlarning hali muomalaga kiritilmagan aksiyalari kuyib ketdi, bu aksiyalarni rahbariyat an’anaviy mukofotlar o‘rniga bergan edi. Natijada odamlar nafaqat ish joyidan, balki o‘n minglab dollar kutilayotgan daromaddan ham ayrilishdi. Oracle bittada juda ko’p xodimni ishdan bo’shatish bo’yicha Meta'ni ham ortda qoldirdi. 📟 DigiTech

⚡️Xotira inqirozi Mac mini’ga ham yetib keldi. Endi Mac mini (M4) narxlari rasman 799 dollardan boshlanadi, chunki Apple 16+2
⚡️Xotira inqirozi Mac mini’ga ham yetib keldi. Endi Mac mini (M4) narxlari rasman 799 dollardan boshlanadi, chunki Apple 16+256 GB hajmga ega bazaviy versiyasini sotuvdan oldi. Hozirda Apple Store'dagi boshlang‘ich konfiguratsiya — 16+512 GB. 2024-yilning kuzida namoyish etilganidan buyon Mac mini M4 narxi 599 dollardan boshlangan edi. Aftidan, vaziyat bundan keyin yanada yomonlashadi. 📟 DigiTech

⚡️Volkswagen foyda va talabning pasayishi sababli o‘z zavodlarida XITOY avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlashi mumkin.
⚡️Volkswagen foyda va talabning pasayishi sababli o‘z zavodlarida XITOY avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlashi mumkin. Konsern 2026-yilni yomon boshladi: sof foyda qariyb uchdan birga, yetkazib berish hajmi esa 4 foizga kamaydi. Asosiy muammolar — Xitoy va AQSh'dagi sust savdo, raqobatning kuchayishi va bojlar bosimi. Nemis gigantining o‘z elektromobillariga bo‘lgan talab keskin tushib ketgani sababli butun boshli zavodlari bekor turibdi. Ularning butunlay yopilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ulkan yo‘qotishlarni hech bo‘lmasa qisman qoplash uchun VW o‘z konveyerlarini Xitoy brendlariga ijaraga berishga tayyor. 📟 DigiTech

⚡️Maxsus xizmatlar endi o‘chirilgan bildirishnomalarni o‘qiy olmaydi — Apple ushbu zaiflikni iOS 26.4.2 versiyasida bartaraf
⚡️Maxsus xizmatlar endi o‘chirilgan bildirishnomalarni o‘qiy olmaydi — Apple ushbu zaiflikni iOS 26.4.2 versiyasida bartaraf etdi. Bildirishnomalar tizimidagi zaiflik hatto Signal'dan ham o‘chirilgan xabarlarni qayta tiklashga imkon berardi. Yangi iOS’da ma’lumotlarni tozalash funksiyasi yaxshilangan, endi bildirishnomalar xotirada saqlanmaydi. 📟 DigiTech

+1
🤖 Endi robotlarni minsa bo‘ladi — xitoyliklar birinchi robot-ot Qiji T1000 ni ishlab chiqishdi. Bu jonivor bir tonna yukni tashiy oladi va mashina yurolmaydigan joylardan o‘ta oladi. U unchalik tez yurmasada, ammo qorda, tik qiyaliklarda va hatto olov ichida ham harakatlana oladi. Bitta zaryadda 2 kungacha chopadi. 📟 DigiTech

Dollarlaringiz uyda "uxlab" yotibdimi? Ularni ishga solish vaqti keldi! 💸 Inflyatsiya jamg‘armalaringizni "yeb qo‘yishiga" yo‘l qo‘ymang. Bugungi kunda AQSH dollarida yillik 8% daromad olish — bu shunchaki omonat emas, bu aqlli investitsiyadir. Garant bank taklif etayotgan "Bingo" omonatining afzalliklari: 📈 Stavka: Yillik 8% (xorijiy valyuta uchun juda yuqori ko‘rsatkich). 💰 To‘lovlar: Har oy o‘z foizlaringizni yechib olishingiz mumkin. 📥 Imkoniyat: Dastlabki 3 oy davomida hisobni to‘ldirish imkoniyati mavjud. 13 oy ichida pulingiz siz uchun sezilarli foyda keltirsin. 👉 Batafsil ma’lumot: garantbank.uz 📞 Aloqa uchun: 1326 Reklama

⚡️Samsung 2027-yilda xotira inqirozi keskinlashishini kutmoqda. Samsung Electronics vitse-prezidenti moliyaviy hisobotda korp
⚡️Samsung 2027-yilda xotira inqirozi keskinlashishini kutmoqda. Samsung Electronics vitse-prezidenti moliyaviy hisobotda korporatsiya talabni qondirishga ulgurmayotganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, mavjud tendensiyalarga ko‘ra, kelgusi yilda vaziyat yanada yomonlashishi kutilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, taqchillik 2030-yilgacha davom etishi mumkin. Ayni vaqtda kompaniyaning ishlari a’lo darajada — birinchi chorakdagi operatsion foyda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 8 baravarga oshgan. 📟 DigiTech

🥽 Apple Vision Pro'dan voz kechadi. MacRumors nashrining yozishicha, sotuvlar pastligi sababli Apple «fazoviy kompyuter»ning
🥽 Apple Vision Pro'dan voz kechadi. MacRumors nashrining yozishicha, sotuvlar pastligi sababli Apple «fazoviy kompyuter»ning yangi avlodlarini ishlab chiqishdan voz kechib, uning o‘rniga Siri'li aqlli ko‘zoynaklarni ishlab chiqaradi. Ko‘zoynak ikkita kameraga ega bo‘ladi: ulardan biri imo-ishoralarni tanib, Siri uchun «ko‘z» vazifasini o‘taydi. Biroq birinchi modelda hozircha ilg‘or datchiklar bo’lmaydi. 📟 DigiTech

⚡️JPMorgan tahlilchilarining fikricha, 2027-yilga borib iPhone tannarxining deyarli yarmi xotiraga to’g’ri keladi. Hozirda bu
⚡️JPMorgan tahlilchilarining fikricha, 2027-yilga borib iPhone tannarxining deyarli yarmi xotiraga to’g’ri keladi. Hozirda bu ko‘rsatkich 10% atrofida. Nvidia kabi yirik buyurtmachilar zavodlarni ishlab chiqarish liniyalarini ommaviy xarid qilib, taqchillikni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli yetkazib beruvchilar narxlarni oshirib, hatto Apple uchun ham shartlarni qat’iylashtiryapti.
Nazariy jihatdan ikkita ssenariy bor. Birinchisida, Apple marjani saqlab qolish uchun iPhone'ning boshlang‘ich narxini 1000 dollargacha oshiradi. Ikkinchisida esa kompaniya, xuddi MacBook Neo misolidagidek, foydadan voz kechib, bozorni kattaroq qismini egallashga urg’u beradi.
📟 DigiTech

⚡️Polshalik bloger strimda pul yig‘ish bo‘yicha Ginnesning jahon rekordini o‘rnatdi — Petr Xanke to‘qqiz kunlik uzluksiz tran
⚡️Polshalik bloger strimda pul yig‘ish bo‘yicha Ginnesning jahon rekordini o‘rnatdi — Petr Xanke to‘qqiz kunlik uzluksiz translyatsiya davomida saraton bilan kasallangan bolalarga yordam uchun 68 million dollar to‘play oldi. Xayriya aksiyasini «Coldplay» guruhi sardori Kris Martin, «Arsenal»ning sobiq darvozaboni Voysex Shensny, Ispaniyalik futbolchi Lamin Yamal va boshqa mashhurlar qo‘llab-quvvatladi. Mehmonlarning bir qismi qo‘llab-quvvatlash belgisi sifatida sochini kalga oldirdi, translyatsiyani esa eng avjiga chiqqan pallasida 1,4 million tomoshabin kuzatdi. 📟 DigiTech

⚡️Meta xodimlarni ishdan bo‘shatishdan avval ularning harakatlari asosida sun’iy intellektni o‘qitib oldi. 21-aprel kuni Meta
+1
⚡️Meta xodimlarni ishdan bo‘shatishdan avval ularning harakatlari asosida sun’iy intellektni o‘qitib oldi. 21-aprel kuni Meta rahbariyati kompaniya ichida ma’lumotlar yig‘ishni boshladi: har bir klavish bosilishi, sichqoncha harakatlari yozib olindi va muntazam ravishda ekran skrinshotlari olindi. Xodimlarga bu yangi sun’iy intellekt agentlarini oddiy ofis ishlarini bajarishga va interfeyslar bilan ishlashga o‘rgatish uchun deb aytildi. Biroq buning asl sababi 27-aprel kuniyoq ayon bo‘ldi. Mark Sukerberg «optimallashtirish va samaradorlikni oshirish» uchun 8000 nafar xodimni ishdan bo‘shatishini e’lon qildi. Kompaniya moliyaviy mablag‘larni aynan sun’iy intellektni yanada rivojlantirishga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Ommaviy ishdan bo‘shatishlar bir oydan so‘ng boshlanadi. 📟 DigiTech

📲 OpenAI iPhone «qotili»ni chiqarmoqchi — insayderlarning xabar berishicha, kompaniya ilovalar o‘rnini sun’iy intellekt agen
📲 OpenAI iPhone «qotili»ni chiqarmoqchi — insayderlarning xabar berishicha, kompaniya ilovalar o‘rnini sun’iy intellekt agentlari egallaydigan o‘z telefonini ishlab chiqmoqda. Foydalanuvchi o‘ziga nima kerakligini aytsa, neyrotarmoq buni dasturlarni ochmasdan bajaradi. Tizim harakatlar kontekstini hisobga oladi va vazifalarning bir qismini qurilmaning o‘zida, murakkabroqlarini esa bulut orqali qayta ishlaydi. 📟 DigiTech

🥽 Apple Vision Pro ko‘zoynagi yordamida ilk tibbiy jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi — uning yordamida bemorning ko‘zidan katar
🥽 Apple Vision Pro ko‘zoynagi yordamida ilk tibbiy jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi — uning yordamida bemorning ko‘zidan katarakta olib tashlandi. Qurilma jarrohlik mikroskopidan 3D-tasvirni uzatib, uning ustiga bemorning tibbiy ko‘rik ma’lumotlarini joylashtirib turdi. Bu shifokorga boshqa ekranlarga chalg‘imasdan operatsiya qilish imkonini berdi. 📟 DigiTech

🕹️ PlayStation'da litsenziyalarni tekshirish tizimi paydo bo‘ldi: agar PS4 yoki PS5 30 kundan ortiq internetga ulanmasa, o‘y
🕹️ PlayStation'da litsenziyalarni tekshirish tizimi paydo bo‘ldi: agar PS4 yoki PS5 30 kundan ortiq internetga ulanmasa, o‘yinlar ishga tushmasligi mumkin. Yangi tizim faqat 2026-yilning 17-martidan keyin sotib olingan o‘yinlar uchun ishlaydi. Ayrim o‘yinchilar PS4'da 30 kunlik taymerni allaqachon payqashgan. Sony o‘zgarishlar haqida hech kimni ogohlantirmagan — buni faqat qo‘llab-quvvatlash xizmati operatorlarigina tasdiqlamoqda. 📟 DigiTech

⚡️Tadqiqot: 15 yil ichida odamlar kuniga 28 foiz kamroq so‘z talaffuz qiladigan bo‘lishdi. Smartfonlar tufayli haqiqiy suhbat
⚡️Tadqiqot: 15 yil ichida odamlar kuniga 28 foiz kamroq so‘z talaffuz qiladigan bo‘lishdi. Smartfonlar tufayli haqiqiy suhbatlashishga ehtiyoj kamaydi. 2005-yilda odamlar kuniga o‘rtacha 16,6 mingta so‘z aytishgan bo’lsa, 2019-yilga kelib bu ko‘rsatkich 12 mingtadan kamaygan. Ushbu pasayish eng ko‘p zumerlarda kuzatilgan. 📟 DigiTech

⚡️Odamlarni yollash ularni neyron tarmoqlar bilan almashtirishdan arzonroqqa tushmoqda — kompaniyalar botlarga odamlarning ma
⚡️Odamlarni yollash ularni neyron tarmoqlar bilan almashtirishdan arzonroqqa tushmoqda — kompaniyalar botlarga odamlarning maoshidan ko‘proq pul sarflay boshlashdi. Nvidia neyron tarmoqlarga butun jamoaning maoshlaridan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarflamoqda. Uber rahbari esa yillik sun’iy intellekt byudjetini bir necha oyda sarflab bo‘ldi, chunki kompaniya ichida hamma Claude yordamida kod yozyapti.
Claude allaqachon keskin talab tufayli narxlarni oshirib yuborgan. Agar avvallari korporatsiyalar har qadamda sun’iy intellektni joriy etayotgani bilan maqtanib yurgan bo‘lsa, endi bundan uyalishmoqda. Neyron tarmoqlar uchun bunday katta harajatlar aksiyadorlarda faqatgina vahima uyg‘otyapti.
📟 DigiTech