ru
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Открыть в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 53 668 подписчиков, занимая 2 466 место в категории Технологии и приложения и 1 363 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 53 668 подписчиков.

Согласно последним данным от 24 июня, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 1 170, а за последние 24 часа — -342, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 25.64%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 17.13% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 13 827 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 9 237 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 133.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 25 июня, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Технологии и приложения.

53 668
Подписчики
-34224 часа
+2 1917 дней
+1 17030 день
Архив постов
🎮 Valve Steam Deck narxlarini rekord darajada — birdaniga 300 dollarga oshirdi. Bunga yana tezkor xotira narxlarining ko‘tar
🎮 Valve Steam Deck narxlarini rekord darajada — birdaniga 300 dollarga oshirdi. Bunga yana tezkor xotira narxlarining ko‘tarilishi sabab bo‘ldi. Endilikda 512 GB sig‘imli OLED-model 789 dollar, 1 TB sig‘imli versiyasi esa 949 dollar turadi. 📟 DigiTech

⚡️YouTube platformadagi barcha sun’iy intellekt videolarini — eng oddiylaridan tortib, eng fotorealistik ishlargacha avtomati
⚡️YouTube platformadagi barcha sun’iy intellekt videolarini — eng oddiylaridan tortib, eng fotorealistik ishlargacha avtomatik tarzda belgilashni boshlaydi. AI belgisi uzun videolar tavsifi ustida, Shorts'larda esa videoning o‘zida chap burchakda ko‘rinadi. Neyrokontentni aniqlash uchun maxsus o‘rgatilgan algoritm javobgar bo‘lib, xatolik yuzaga kelgan taqdirda mualliflar ushbu qaror yuzasidan e’tiroz bildirishlari mumkin bo‘ladi. 📟 DigiTech

⚡️Foydalanuvchilar ommaviy ravishda Google’dan voz kechishmoqda: I/O 2026 konferensiyasidan so‘ng odamlar DuckDuckGo‘ga o‘tis
⚡️Foydalanuvchilar ommaviy ravishda Google’dan voz kechishmoqda: I/O 2026 konferensiyasidan so‘ng odamlar DuckDuckGo‘ga o‘tishni boshladilar. Google yangi sun’iy intellekt funksiyalarini joriy etishi bilanoq, DuckDuckGo‘ni yuklab olishlar soni bir hafta ichida 18 foizga oshdi. Birgina iOS'da esa o‘sish eng yuqori cho‘qqisida deyarli 70% ni tashkil etdi. DuckDuckGo‘da hatto sun’iy intellektli qidiruv natijalari o‘chirib qo‘yilgan sahifa ham bor: noai.duckduckgo.com 📟 DigiTech

Endi Yandex Uzbekistan'ning Toshkentda yangi ofisi bor. 23 may kuni bu yerda IT hamjamiyati uchun navbatdagi Dev Meetup bo‘li
Endi Yandex Uzbekistan'ning Toshkentda yangi ofisi bor. 23 may kuni bu yerda IT hamjamiyati uchun navbatdagi Dev Meetup bo‘lib o‘tdi. Tadbirga dasturchilar, ML-mutaxassislar va talabalar yig‘ilib, AI, muhandislik, live coding hamda big tech'da karyera qurish mavzularidagi ma’ruza va muhokamalarda ishtirok etdi. 🧑‍💻 Sessiyalardan biri internet sifati past sharoitda xizmatlar qanday ishlashi mavzusiga bag‘ishlandi. Yandex Pro jamoasi 2G/3G tarmoqlariga moslashuv va real muhandislik yechimlari haqida so‘zlab berdi. 💡Ko‘rinishidan, yangi ofis asta-sekin O‘zbekistondagi IT-komyuniti uchun yana bir muhim yig‘ilish nuqtasiga aylanmoqda — nafaqat ishlash, balki uchrashuvlar o‘tkazish, tajriba almashish va butun industriya rivojiga hissa qo‘shish uchun ham. Obuna bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring.

🎥 Apple butun bir futbol o‘yinini iPhone 17 Pro Max'da suratga olgani bilan maqtandi. Bu gap kadr ortidagi manzarani ko‘rmaguningizcha, juda zo‘r eshitiladi. iPhone’dan sifatli tasvirni olish uchun unga har birining narxi 265 000 dollargacha boradigan ulkan teleobyektivli butun boshli telestudiyani ulashga to‘g‘ri keldi. Aslini olganda, smartfonning o‘zidan faqat matritsa va protsessor qolgan. Eng qizig’i — shuncha qimmat texnika ham unchalik yordam bermadi. Yaqindan olingan tasvirlar yaxshi ko‘ringani bilan, umumiy kadrda, o‘yinchilar tez yugurganida katta televizorlarda piksellar buzilib ketdi :) 📟 DigiTech

👨‍💻 Sun’iy intellekt dunyoning 1 foizdan kamrog’ini «zabt etdi»: sayyoramizda vaybkoderlar soni shuncha ekan. Insoniyatning
👨‍💻 Sun’iy intellekt dunyoning 1 foizdan kamrog’ini «zabt etdi»: sayyoramizda vaybkoderlar soni shuncha ekan. Insoniyatning 80 foizi esa Anthropic yoki OpenAI modellari haqida eshitmagan ham. Chat-botlardan hozirda 1,8 milliard kishi foydalanadi, biroq ularning atigi 60 millioni obuna uchun pul to‘laydi. Faqat 0,12 foiz odamgina Cursor yoki Claude Code yordamida kod yozadi. 📟 DigiTech

⚡️Apple o‘zining yangi neyron tarmog‘ini tayyorlayotganga o‘xshaydi — kompaniya WWDC 2026 arafasida genai.apple.com domenini
⚡️Apple o‘zining yangi neyron tarmog‘ini tayyorlayotganga o‘xshaydi — kompaniya WWDC 2026 arafasida genai.apple.com domenini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Internetda ko‘pchilik Apple yangi Siri, ekranni tushunish va «jonli» muloqot funksiyalariga ega ChatGPT va Gemini'ga raqobatchini ko’rsatishini kutmoqda. Yaqinda bo’ladigan WWDC taqdimoti faqat sun’iy intellekt'ga bag’ishlangan bo’ladi shekilli) 📟 DigiTech

🛜 Odamlarni Wi-Fi orqali deyarli 100% aniqlik bilan topishni o‘rganishdi. Buning uchun qo‘shimcha qurilma shart emas — noutb
🛜 Odamlarni Wi-Fi orqali deyarli 100% aniqlik bilan topishni o‘rganishdi. Buning uchun qo‘shimcha qurilma shart emas — noutbukning o‘zi kifoya. BFId tizimi insonni uning jismoniy xususiyatlari va harakatlanishiga qarab taniydi. U routerga ulanmasdan yoki uni buzib kirmasdan, kirish nuqtalari odatdagi ish jarayonida uzatadigan signalga tayanadi. Bu signalni har qanday zamonaviy gadjet yordamida tutib olish mumkin. 📟 DigiTech

📲 iPhone 11 va SE 2020 qurilmalari iOS 27'ni qo‘llab-quvvatlamaydi — mish-mishlarga ko‘ra, yangilanish faqat iPhone 12 va un
📲 iPhone 11 va SE 2020 qurilmalari iOS 27'ni qo‘llab-quvvatlamaydi — mish-mishlarga ko‘ra, yangilanish faqat iPhone 12 va undan yangiroq modellarga keladi. Shu bilan birga, tizimning deyarli barcha sun’iy intellekt funksiyalari faqat iPhone 15 Pro va undan yuqori model egalari uchun mavjud bo‘ladi. 📟 DigiTech

⚡️Microsoft o‘z xodimlariga Anthropic sun’iy intellektidan foydalanishni taqiqlay boshladi. Insonlarni o‘rnini egallashi kera
⚡️Microsoft o‘z xodimlariga Anthropic sun’iy intellektidan foydalanishni taqiqlay boshladi. Insonlarni o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan modellar odamlar mehnatidan qimmatroqqa tushmoqda. Kompaniya Claude Code uchun korporativ litsenziyalarni qaytarib olyapti. Tushunarli bo‘lishi uchun: bu litsenziyalar atigi olti oy oldin ulangan va o‘shanda Microsoft minglab xodimlarini vaybkoding bilan shug‘ullanishga undagan edi. 📟 DigiTech

⚡️Corsair o‘zining tezkor xotiralariga Xitoy chiplarini o‘rnatishni boshladi — modullar ichidan Xitoyning CXMT kompaniyasi xo
⚡️Corsair o‘zining tezkor xotiralariga Xitoy chiplarini o‘rnatishni boshladi — modullar ichidan Xitoyning CXMT kompaniyasi xotirasi topildi. Yirik xotira ishlab chiqaruvchilar (Samsung, SK Hynix va Micron) hozirda, birinchi navbatda, neyron tarmoqlar va NVIDIA serverlari uchun qimmatbaho chiplar ishlab chiqarmoqda, oddiy kompyuterlar uchun esa xotira yetishmayapti. Xitoy bundan unumli foydalandi: CXMT ishlab chiqarishni tezda ishga tushirib, allaqachon Koreya gigantlari bilan deyarli bir darajadagi DDR5 xotiralarini yaratmoqda. Foydalanuvchi deyarli hech qanday farqni sezmaydi, biroq bunday chiplar ancha arzon turadi. 📟 DigiTech

⚡️Claude Mythos o‘nlab kompaniyalarda 10 mingdan ortiq jiddiy zaifliklarni aniqladi. Ayniqsa, Cloudflare va minglab muhim och
⚡️Claude Mythos o‘nlab kompaniyalarda 10 mingdan ortiq jiddiy zaifliklarni aniqladi. Ayniqsa, Cloudflare va minglab muhim ochiq kodli loyihalarda «bo‘shliqlar» juda ko‘p bo‘lib chiqdi. Tadqiqotchilar aniqlangan zaifliklarning 90% haqiqatda mavjudligini tasdiqladi. Dasturchilar Mythos sinovchilaridan ishlarni sekinlatishni so‘rashmoqda, chunki model yangi xatoliklarni topayotgan bir paytda, ular topilganlarini tuzatishga ulgurishmayapti. Anthropic esa Mythos'ni ommaga taqdim etish juda xavfli degan xulosaga kelmoqda. Undan qanday himoyalanishni hali hech kim o‘ylab topgani yo‘q. 📟 DigiTech

+3
📱 Ijtimoiy tarmoqlarda yubiley iPhone 20'ning taxminiy renderlari ko’rsatildi. Smartfon to‘rt tomoni qayrilgan ekran, «yashirin» Face ID va ikkita kameraga ega bo‘ladi. Insayderlarning ta’kidlashicha, iPhone 20 butunlay yangi dizaynda ishlab chiqariladi va «premium taqinchoqqa» o‘xshash bo’ladi. 📟 DigiTech

📱 Samsung yonga chiqadigan ekranli smartfon tayyorlamoqda — kompaniya bu texnologiyani allaqachon patentlab bo‘lgan. Qurilma
📱 Samsung yonga chiqadigan ekranli smartfon tayyorlamoqda — kompaniya bu texnologiyani allaqachon patentlab bo‘lgan. Qurilmaning orqa panelida o‘yiq bo‘lib, tugma bosilishi bilan ekran yonga surilib chiqa boshlaydi va displeyni planshetga aylantiradi. Oddiy buklanadigan smartfonlardan farqli o'laroq, bunda ekranning o'rtasida buklanish izi umuman bo'lmaydi. 📟 DigiTech

🔐 AQSh Kiberxavfsizlik va infratuzilmani himoya qilish agentligi o‘zining kalit va parollarini tasodifan GitHub'ga joylab qo
🔐 AQSh Kiberxavfsizlik va infratuzilmani himoya qilish agentligi o‘zining kalit va parollarini tasodifan GitHub'ga joylab qo‘ydi. Xodimlardan biri GitHub'da hamma uchun ochiq repozitoriyga adashib 844 megabayt maxfiy ma’lumotlarni joylab qo‘ydi. Uning ichida hamma narsa bor: AWS GovCloud hukumat bulutlarining kalitlari, bir talay ichki hujjatlar va AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi tizimlarining login va parollari yozilgan matnli fayllar. Eng qizig‘i, GitHub hardoim kodni bunday bema’ni sizib chiqishlardan himoyalash uchun skanerlaydi va ularni bloklab qo‘yadi. Biroq repozitoriy muallifi maxsus sozlamalarga kirib, bu himoyani o‘chirib qo‘ygan. Parollarning o‘zi esa ko‘pincha shunchaki servis nomi va joriy yildan iborat bo‘lgan. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyda oilalarga ovqat pishiradigan va uyni tozalaydigan robot-xizmatkorlar bepul tarqatiladi. SeeLight S1 haqiqatan ham «uy bekasi» bo‘lishga tayyor ilk tijoriy bot deb atalmoqda. Birinchi partiya (soni noma’lum) 2027-yildayoq sinov uchun bepul beriladi va «sinovlardan so’ng» 15 000 dollardan sotuvga chiqariladi. 📟 DigiTech

⚡️Kuzda Yer yuzida so‘nggi 150 yillikdagi rekord darajadagi El-Ninyo hodisasi boshlanishi mumkin — bu Tinch okeani haroratini
⚡️Kuzda Yer yuzida so‘nggi 150 yillikdagi rekord darajadagi El-Ninyo hodisasi boshlanishi mumkin — bu Tinch okeani haroratining ko‘tarilishidir. U butun sayyora bo‘ylab bir qator tabiiy ofatlarni keltirib chiqaradi. Bunday hodisa oxirgi marta 1877-yilda kuzatilgan edi. O‘shanda El-Ninyo Braziliya, Osiyo va Afrikada Buyuk qurg‘oqchilikka sabab bo‘lgan. Uning ortidan kelgan ocharchilik 50 million kishining hayotiga zomin bo‘lgan. XIX asrga nisbatan atmosfera va okeanlar ancha isigan. Shu sababli sayyoramizdagi ob-havo yanada yomonlashishi mumkin. 📟 DigiTech

🚘 Xiaomi 1003 ot kuchiga ega YU7 GT sport krossoverini sotuvga chiqardi. U 0-100 km/soat tezlikka 2,9 soniyada chiqadi va ma
+1
🚘 Xiaomi 1003 ot kuchiga ega YU7 GT sport krossoverini sotuvga chiqardi. U 0-100 km/soat tezlikka 2,9 soniyada chiqadi va maksimal tezligi soatiga 300 kmni tashkil etadi. Oddiy YU7’ning top-komplektatsiyasiga nisbatan avtomobil quvvati birdaniga 300 ot kuchiga oshirilib, unga sport o‘rindiqlari va yanada agressiv bamperlar o‘rnatildi. Afsonaviy Nyurburgring trassasida krossover SUV'lar orasida yangi rekord o‘rnatishga ham ulgurdi. Narxi — 57 000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️LG dunyodagi ilk 1000 hz yangilanish chastotasiga ega Full HD-monitorni chiqarishga tayyorlanmoqda. Avvalroq bunday yuqori
⚡️LG dunyodagi ilk 1000 hz yangilanish chastotasiga ega Full HD-monitorni chiqarishga tayyorlanmoqda. Avvalroq bunday yuqori chastotaga faqat HD-panellardagina erishish mumkin edi. U UltraGear 25G590B deb nomlanadi. Hozircha uning texnik tavsiflari haqida deyarli hech qanday ma’lumot yo‘q, biroq monitor 24,5 dyuymli IPS-matritsa asosida ishlashi ma’lum. Monitor yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. To‘plamga 600 hz bilan 1000 hz’ni qanday farqlash bo‘yicha yo‘riqnoma ham qo’shib yuborishsa yaxshi bo’lardi :) 📟 DigiTech

💇‍♂️ Kibersartaroshlar davri kelyapti: xitoyliklar shaharlarda robot-sartaroshlar o‘rnatilgan kiosklarni ishga tushirmoqda. Robot 3D-skaner yordamida yuz shakli va soch sifatini tahlil qilib, mijozga mos keladigan uslubni tanlaydi. Sochni millimetrigacha aniqlikda oladi, bir seans narxi esa atigi 4500 so’m! 📟 DigiTech