AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 668 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 466,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 363 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 668 名订阅者。
根据 24 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 170,过去 24 小时变化为 -342,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.64%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.13% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 827 次浏览,首日通常累积 9 237 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 133。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 25 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 668
订阅者
-34224 小时
+2 1917 天
+1 17030 天
帖子存档
53 608
53 608
⚡️YouTube platformadagi barcha sun’iy intellekt videolarini — eng oddiylaridan tortib, eng fotorealistik ishlargacha avtomatik tarzda belgilashni boshlaydi.
AI belgisi uzun videolar tavsifi ustida, Shorts'larda esa videoning o‘zida chap burchakda ko‘rinadi. Neyrokontentni aniqlash uchun maxsus o‘rgatilgan algoritm javobgar bo‘lib, xatolik yuzaga kelgan taqdirda mualliflar ushbu qaror yuzasidan e’tiroz bildirishlari mumkin bo‘ladi.
📟 DigiTech
53 608
⚡️Foydalanuvchilar ommaviy ravishda Google’dan voz kechishmoqda: I/O 2026 konferensiyasidan so‘ng odamlar DuckDuckGo‘ga o‘tishni boshladilar.
Google yangi sun’iy intellekt funksiyalarini joriy etishi bilanoq, DuckDuckGo‘ni yuklab olishlar soni bir hafta ichida 18 foizga oshdi. Birgina iOS'da esa o‘sish eng yuqori cho‘qqisida deyarli 70% ni tashkil etdi.
DuckDuckGo‘da hatto sun’iy intellektli qidiruv natijalari o‘chirib qo‘yilgan sahifa ham bor: noai.duckduckgo.com
📟 DigiTech
53 608
Endi Yandex Uzbekistan'ning Toshkentda yangi ofisi bor.
23 may kuni bu yerda IT hamjamiyati uchun navbatdagi Dev Meetup bo‘lib o‘tdi. Tadbirga dasturchilar, ML-mutaxassislar va talabalar yig‘ilib, AI, muhandislik, live coding hamda big tech'da karyera qurish mavzularidagi ma’ruza va muhokamalarda ishtirok etdi.
🧑💻 Sessiyalardan biri internet sifati past sharoitda xizmatlar qanday ishlashi mavzusiga bag‘ishlandi. Yandex Pro jamoasi 2G/3G tarmoqlariga moslashuv va real muhandislik yechimlari haqida so‘zlab berdi.
💡Ko‘rinishidan, yangi ofis asta-sekin O‘zbekistondagi IT-komyuniti uchun yana bir muhim yig‘ilish nuqtasiga aylanmoqda — nafaqat ishlash, balki uchrashuvlar o‘tkazish, tajriba almashish va butun industriya rivojiga hissa qo‘shish uchun ham.
Obuna bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring.
53 608
🎥 Apple butun bir futbol o‘yinini iPhone 17 Pro Max'da suratga olgani bilan maqtandi.
Bu gap kadr ortidagi manzarani ko‘rmaguningizcha, juda zo‘r eshitiladi. iPhone’dan sifatli tasvirni olish uchun unga har birining narxi 265 000 dollargacha boradigan ulkan teleobyektivli butun boshli telestudiyani ulashga to‘g‘ri keldi.
Aslini olganda, smartfonning o‘zidan faqat matritsa va protsessor qolgan. Eng qizig’i — shuncha qimmat texnika ham unchalik yordam bermadi. Yaqindan olingan tasvirlar yaxshi ko‘ringani bilan, umumiy kadrda, o‘yinchilar tez yugurganida katta televizorlarda piksellar buzilib ketdi :)
📟 DigiTech
53 608
👨💻 Sun’iy intellekt dunyoning 1 foizdan kamrog’ini «zabt etdi»: sayyoramizda vaybkoderlar soni shuncha ekan. Insoniyatning 80 foizi esa Anthropic yoki OpenAI modellari haqida eshitmagan ham.
Chat-botlardan hozirda 1,8 milliard kishi foydalanadi, biroq ularning atigi 60 millioni obuna uchun pul to‘laydi. Faqat 0,12 foiz odamgina Cursor yoki Claude Code yordamida kod yozadi.
📟 DigiTech
53 608
⚡️Apple o‘zining yangi neyron tarmog‘ini tayyorlayotganga o‘xshaydi — kompaniya WWDC 2026 arafasida genai.apple.com domenini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Internetda ko‘pchilik Apple yangi Siri, ekranni tushunish va «jonli» muloqot funksiyalariga ega ChatGPT va Gemini'ga raqobatchini ko’rsatishini kutmoqda.
Yaqinda bo’ladigan WWDC taqdimoti faqat sun’iy intellekt'ga bag’ishlangan bo’ladi shekilli)
📟 DigiTech
53 608
🛜 Odamlarni Wi-Fi orqali deyarli 100% aniqlik bilan topishni o‘rganishdi. Buning uchun qo‘shimcha qurilma shart emas — noutbukning o‘zi kifoya.
BFId tizimi insonni uning jismoniy xususiyatlari va harakatlanishiga qarab taniydi. U routerga ulanmasdan yoki uni buzib kirmasdan, kirish nuqtalari odatdagi ish jarayonida uzatadigan signalga tayanadi.
Bu signalni har qanday zamonaviy gadjet yordamida tutib olish mumkin.
📟 DigiTech
53 608
📲 iPhone 11 va SE 2020 qurilmalari iOS 27'ni qo‘llab-quvvatlamaydi — mish-mishlarga ko‘ra, yangilanish faqat iPhone 12 va undan yangiroq modellarga keladi.
Shu bilan birga, tizimning deyarli barcha sun’iy intellekt funksiyalari faqat iPhone 15 Pro va undan yuqori model egalari uchun mavjud bo‘ladi.
📟 DigiTech
53 608
⚡️Microsoft o‘z xodimlariga Anthropic sun’iy intellektidan foydalanishni taqiqlay boshladi. Insonlarni o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan modellar odamlar mehnatidan qimmatroqqa tushmoqda.
Kompaniya Claude Code uchun korporativ litsenziyalarni qaytarib olyapti. Tushunarli bo‘lishi uchun: bu litsenziyalar atigi olti oy oldin ulangan va o‘shanda Microsoft minglab xodimlarini vaybkoding bilan shug‘ullanishga undagan edi.
📟 DigiTech
53 608
⚡️Corsair o‘zining tezkor xotiralariga Xitoy chiplarini o‘rnatishni boshladi — modullar ichidan Xitoyning CXMT kompaniyasi xotirasi topildi.
Yirik xotira ishlab chiqaruvchilar (Samsung, SK Hynix va Micron) hozirda, birinchi navbatda, neyron tarmoqlar va NVIDIA serverlari uchun qimmatbaho chiplar ishlab chiqarmoqda, oddiy kompyuterlar uchun esa xotira yetishmayapti.
Xitoy bundan unumli foydalandi: CXMT ishlab chiqarishni tezda ishga tushirib, allaqachon Koreya gigantlari bilan deyarli bir darajadagi DDR5 xotiralarini yaratmoqda. Foydalanuvchi deyarli hech qanday farqni sezmaydi, biroq bunday chiplar ancha arzon turadi.
📟 DigiTech
53 608
⚡️Claude Mythos o‘nlab kompaniyalarda 10 mingdan ortiq jiddiy zaifliklarni aniqladi. Ayniqsa, Cloudflare va minglab muhim ochiq kodli loyihalarda «bo‘shliqlar» juda ko‘p bo‘lib chiqdi.
Tadqiqotchilar aniqlangan zaifliklarning 90% haqiqatda mavjudligini tasdiqladi. Dasturchilar Mythos sinovchilaridan ishlarni sekinlatishni so‘rashmoqda, chunki model yangi xatoliklarni topayotgan bir paytda, ular topilganlarini tuzatishga ulgurishmayapti.
Anthropic esa Mythos'ni ommaga taqdim etish juda xavfli degan xulosaga kelmoqda. Undan qanday himoyalanishni hali hech kim o‘ylab topgani yo‘q.
📟 DigiTech
53 608
📱 Ijtimoiy tarmoqlarda yubiley iPhone 20'ning taxminiy renderlari ko’rsatildi.
Smartfon to‘rt tomoni qayrilgan ekran, «yashirin» Face ID va ikkita kameraga ega bo‘ladi.
Insayderlarning ta’kidlashicha, iPhone 20 butunlay yangi dizaynda ishlab chiqariladi va «premium taqinchoqqa» o‘xshash bo’ladi.
📟 DigiTech
53 608
📱 Samsung yonga chiqadigan ekranli smartfon tayyorlamoqda — kompaniya bu texnologiyani allaqachon patentlab bo‘lgan.
Qurilmaning orqa panelida o‘yiq bo‘lib, tugma bosilishi bilan ekran yonga surilib chiqa boshlaydi va displeyni planshetga aylantiradi.
Oddiy buklanadigan smartfonlardan farqli o'laroq, bunda ekranning o'rtasida buklanish izi umuman bo'lmaydi.
📟 DigiTech
53 608
🔐 AQSh Kiberxavfsizlik va infratuzilmani himoya qilish agentligi o‘zining kalit va parollarini tasodifan GitHub'ga joylab qo‘ydi.
Xodimlardan biri GitHub'da hamma uchun ochiq repozitoriyga adashib 844 megabayt maxfiy ma’lumotlarni joylab qo‘ydi. Uning ichida hamma narsa bor: AWS GovCloud hukumat bulutlarining kalitlari, bir talay ichki hujjatlar va AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi tizimlarining login va parollari yozilgan matnli fayllar.
Eng qizig‘i, GitHub hardoim kodni bunday bema’ni sizib chiqishlardan himoyalash uchun skanerlaydi va ularni bloklab qo‘yadi. Biroq repozitoriy muallifi maxsus sozlamalarga kirib, bu himoyani o‘chirib qo‘ygan. Parollarning o‘zi esa ko‘pincha shunchaki servis nomi va joriy yildan iborat bo‘lgan.
📟 DigiTech
53 608
🤖 Xitoyda oilalarga ovqat pishiradigan va uyni tozalaydigan robot-xizmatkorlar bepul tarqatiladi.
SeeLight S1 haqiqatan ham «uy bekasi» bo‘lishga tayyor ilk tijoriy bot deb atalmoqda.
Birinchi partiya (soni noma’lum) 2027-yildayoq sinov uchun bepul beriladi va «sinovlardan so’ng» 15 000 dollardan sotuvga chiqariladi.
📟 DigiTech
53 608
⚡️Kuzda Yer yuzida so‘nggi 150 yillikdagi rekord darajadagi El-Ninyo hodisasi boshlanishi mumkin — bu Tinch okeani haroratining ko‘tarilishidir. U butun sayyora bo‘ylab bir qator tabiiy ofatlarni keltirib chiqaradi.
Bunday hodisa oxirgi marta 1877-yilda kuzatilgan edi. O‘shanda El-Ninyo Braziliya, Osiyo va Afrikada Buyuk qurg‘oqchilikka sabab bo‘lgan. Uning ortidan kelgan ocharchilik 50 million kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
XIX asrga nisbatan atmosfera va okeanlar ancha isigan. Shu sababli sayyoramizdagi ob-havo yanada yomonlashishi mumkin.
📟 DigiTech
53 608
+1
🚘 Xiaomi 1003 ot kuchiga ega YU7 GT sport krossoverini sotuvga chiqardi. U 0-100 km/soat tezlikka 2,9 soniyada chiqadi va maksimal tezligi soatiga 300 kmni tashkil etadi.
Oddiy YU7’ning top-komplektatsiyasiga nisbatan avtomobil quvvati birdaniga 300 ot kuchiga oshirilib, unga sport o‘rindiqlari va yanada agressiv bamperlar o‘rnatildi. Afsonaviy Nyurburgring trassasida krossover SUV'lar orasida yangi rekord o‘rnatishga ham ulgurdi.
Narxi — 57 000 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
53 608
⚡️LG dunyodagi ilk 1000 hz yangilanish chastotasiga ega Full HD-monitorni chiqarishga tayyorlanmoqda. Avvalroq bunday yuqori chastotaga faqat HD-panellardagina erishish mumkin edi.
U UltraGear 25G590B deb nomlanadi. Hozircha uning texnik tavsiflari haqida deyarli hech qanday ma’lumot yo‘q, biroq monitor 24,5 dyuymli IPS-matritsa asosida ishlashi ma’lum.
Monitor yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.
To‘plamga 600 hz bilan 1000 hz’ni qanday farqlash bo‘yicha yo‘riqnoma ham qo’shib yuborishsa yaxshi bo’lardi :)
📟 DigiTech
53 608
💇♂️ Kibersartaroshlar davri kelyapti: xitoyliklar shaharlarda robot-sartaroshlar o‘rnatilgan kiosklarni ishga tushirmoqda.
Robot 3D-skaner yordamida yuz shakli va soch sifatini tahlil qilib, mijozga mos keladigan uslubni tanlaydi. Sochni millimetrigacha aniqlikda oladi, bir seans narxi esa atigi 4500 so’m!
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
