Elga yor (Elyor)
Открыть в Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
Больше1 062
Подписчики
-124 часа
+47 дней
+730 день
Архив постов
1 062
Bir necha 10 yillardan so’ng O’zbekistonga qaytib,
To’yib uhlay olmaganmiz o’sha kezlari, deb kulgu bilan eslaylik.
Bu yerga kelgan O’zbek borki, uyqudan voz kechadigan paytlari juda ko’p bo’ladi.
1 062
Ma’suliyat haqida
Ba’zida yaxshi loyiha, ishlar chiqib qoladi. Shu ishga nomzod so’rab ham yozib turishadi.
Agar haqiqatda men ishongan nomzod bo’lsa tavsiya qilaman. Ammo tavsiya qilishdan avval obdon o’ylayman.
- Men tavsiya qilayotgan odam ma’suliyatlimi?
Koreyslar, boshqa chet elliklar bilan ishlab shuni tushunib yetdimki, biz O’zbeklar ma’suliyat borasida o’z ustimizda biroz ishlashimiz kerak. Vaqtida ishga kelish, vadaga vafo qilish, “deadline” ga amal qilishdan tortib katta ishlargacha.
Yuqoridagi qaysidur hislat sust bo’lsa, tinchgina meni bu ishga mos tanishim yo’q ekan deb qo’ya veraman.
Kichik, elementar jihatlaringizgacha o’nglay olsangiz, sizga nafaqat o’zingiznikilar balki begonalar ham jiddiy ishonch bildira oladi.
@Elyorbilan
#masuliyat@Elyorbilan
1 062
Subyektiv haqida ▶️
Habaringiz bordir, bu safargi sonida men ham Subyektivning videosida ko’rinish berdim.
Mendan kuchli “kondidant” lar ko’p edi, ammo quyidagi jihatlarni hisobga olib, meni tanlashganini tushundim.
1. Yo’nalishim vaksina.
2. Ijtimoiy faollikni afzal ko’rishim.
Meni tavsiya qilganlarga ham rahmat.
Videoda Koreyaning 🇰🇷 salbiy va ijobiy (imkoniyatlari) aytib o’tilgan. Bir narsani tog’ri tushunishingizni so’rardim. Koreyadagi raqobat, O’zbekistondan biroz kuchli va murakkab. Kichik Davlatda 50 mln nafar aholi yashab qolish uchun doimo harakatda bo’ladi. Shu sababdan ham video - kuzatuvchi nazdida, salbiy jihati ko’pdek tuyulishi mumkin. Koreyadagilarning aksariyati esa, videodagi ma’lumotlarini haqiqiyligini tasdiqlayabdi. Subyektiv nomi bilan subyektivdur, obyektiv yondashish oson emas.
Subkeytiv Koreyaga kelganda, bir necha kun hamroh bo’lib yurdim. Kuzatuvim davomida shuni tushunib yetdimki, ularda na dam olish uchun, va na sayohat uchun vaqt bo’ldi. Tungi 00:00, 01:00 gacha video tasvir olindi. Ba’zida ovqatlanish ham chetga surildi. Tunda operatorlar kameralarni sozlash uchun ba’zida 3-4 soat uhlashga ulgurishdi xolos. Men tasavvur qilgandan ancha qiyin ekan.
Videodan so’ng insonlarda quyidagi 3 jihat, o’yga solishini xohlardim.
1. Koreyaga “shunchaki” borib olsam bo’ldi emas, ozroq tushunchaga ega bo’lib, biroz tayyorgarlik ko’rib kelish
2. Farzandlarini Koreyaga jo’natayotgan ota-onalarga asli Koreyani qanday bo’lishini ko’rsatish va xulosaga chaqirishdan iborat.
3. Koreyaga nima maqsadda kelganini unutib qo’ymaslik.
Shu sabab quyida You Tube video linkini
ulashayabman, izohlar bo’limida o’z fikringizni bildirib o’tishingizni so’rardim. Yoki shu post ostida yozsangiz ham bo’ladi. Ijobiy va tanqidiy fikr egasi orasidan 1 kishini tanlab, ularga 15$ lik sovg’a yuboraman.
Misol uchun: Umumiy qilib yozish kerak bo’ladi.
1. Ijobiy jihati shu: …
2. Tanqidiy jihati shu: …
@Elyorbilan
#Subyektiv@Elyorbilan1 062
Inson ko’p bilim, ko’p pul topishi mumkin,
Ammo xulqi go’zal bo’lmasa hurmat topa olmas ekan.
#kunhikmati@Elyorbilan
1 062
Ish sabab, yoxud programma va tadbirlarda har xil insonlar bilan ko’rishaman.
Ba’zilar bilan suxbatlashayotib, do’stlashishni va fikr almashishni davom ettirging keladi.
Ammo ba’zilar borki, eshita turib - qanday qilib suxbatni tezroq yakunlasam bo’larkin deya o’yga botasan kishi.
Bugun ham o’xshash holat bo’ldi. Faqat qaysi biri ekanligini aytmayman:) Taxmin qilgandursiz ham.@Elyorbilan
1 062
Shunchaki jim kuzatadigan odat chiqaribman.
Ko’p ma’lumotlardan habardor bo’lish ham oson emas. Unga reaksiya qilmaslik undanda qiyin.
Ma’suliyat ortishi bilan - har bir gap filtr qilinadi, oqibati o’ylanadi va oxiri gapirilmay qolib ketadigan holatlar ko’paydi.
Bor e’tiborni faqat o’zimga qaratish esa, bu eng tog’ri yechim!
1 062
+2
Mehmonlar kelib qolsa,
Yodimda borida yozib qoldirayabman.
Iyul boshida Turkiyadan shoshilinch Delegatsiya keladigan bo’lib qoldim. Ish bilan No’nsan shaxriga o’tishimiz kerak bo’lgan payt, halol joy qidirishga tushdim. Albaraka o’sha kuni dam olar ekan, o’rniga Yulduz milliy taomlarni band qilib qo’ydim. Borishdan avval bir necha bor telefonda eslatib, tayyorgarlikni tekshirib turdim.
Tashrif buyurdik, hammasi kutganimdek, hatto a’lo desam ham bo’ladi. Mevalarni “assorti” qilib kesib tayyorlab qo’yib qo’yishibdi. Qisqa qilib aytganda, No’nsanga ishingiz tushsa umuman uyaltirib qo’ymaydigan joy ekan.
Ayniqsa tagi shamli bo’lgan choynakda choy kelgani ayni muddao bo’ldi. Turk xatto Koreyslar ham bir necha choynakni bo’shatdik.
Ha yana bir gap, sho’tga tashlab bering, yoki naqd bering deb boshimizni qotirishmagani uchun ham katta rahmat. Kompaniya bilan birga borganlar bu gapimni yaxshi tushunishadi.
@Elyorbilan
1 062
Savollaringiz bo’lsa tayyorlab turing.
Ataylab dam olish kuniga uyishtirilgan axir:)
1 062
Repost from Jahongir Ganiev⚖️
▶️E'LON | JONLI EFIR BUGUN!
Bugun kanalimizda jonli efir bo‘lib o‘tadi! Unda sizlarni qiziqtirgan quyidagi mavzular bo‘yicha savollarizga javob beramiz:
🔹 Viza masalalari (uzaytirish, almashtirish, rad etilish sabablari va h.k.)
🔹 Qonunbuzarliklar bilan bog‘liq muammolar
🔹 Politsiya, Immigratsiya, Prokuratura bilan bog‘liq har qanday savollarga javoblar.
🗓 Sana: 2025.08.02 — Shanba
🕘 Vaqt: Soat Koreya vaqti bn 21:00
📍 Joy: Shu telegramm kanalimizda — jonli efirda!
@ganiev_tarjimon
1 062
Intervyu dan avval.
Yaqinda bir joyga intervyuga chaqirishgan edi. Savollar soni taxminan 25 ta.
Ammo quyidagisi biroz e’tiborimni tortdi. Tayyorlanayotib, sizga ham ulashay dedim.
Sizga ham xuddi shu savolni berishsa qanday javob berar edingiz? (shahar nomini o’zingiz yashayotganiga o’zgartirib javob bersangiz ham bo’ladi)
@Elyorbilan
1 062
Koreys kursdoshim haqida
Bundan 7 yil avval o’qishga endi kirgan kezlarim, Koreys kursdoshlar juda ko’p yordam bergan. Laboratoriya bo’ladimi, kutubxonadan foydalanishmi yoki uyga vazifami birga qilib moslashishimga sharoit qilib berishgani kechagidek yodimda.
Ular bilan bor yog’i 1 yil o’qigan bo’lsam ham, haligacha gaplashib turamiz. Shulardan biri, adolatsizlik yoki tushunmovchilik vaziyatlar kelib chiqsa, o’zi hal qilishga kirishar edi. Buni qarang, yaqinda Police bo’lib ishga kiribdi. Avvalni eslab, tabriklayotib, uni xarakteri bu ishga mosligini ham bildirib qo’ydim.
Tug’ilgan kunlardami yoki boshqa bayramlarda, bir birimizga kichik sovg’alar “kakaodan” jo’natib turamiz. Mana shuni samimiy do’stlik desa ham bo’ladi.
Sizlarda univer hayoti qanday o’tgan? Ijobiy fikr qoldirgan Koreys kursdoshlar bo’lganmi?
@Elyorbilan
#nostalgiya@Elyorbilan
1 062
Uzoq kutilgan yangilik.
Ana endi ko’pchilik, ijtimoiy tarmoqlarda fatvo so’rashga, yoyinki fatvo berishga xojat qolmaydi. Axir ba’zilar usta-ku bu borada!
Har soha maslahatini ilm egalari bergani maqsadga muvofiq bo’ladi.
1 062
Repost from WAYU Korea
#foydali
FATVO MARKAZI XORIJDAGI VATANDOSHLAR UCHUN “CALL-MARKAZ” XIZMATINI YO‘LGA QO‘YDI
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi ish yoki ta’lim olish maqsadida chet elda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun o‘z xizmatlarini qulay shaklda taqdim etadi.
Endilikda xorijdagi vatandoshlarimiz Telegram va WhatsApp ijtimoiy tarmoqlari orqali qo‘ng‘iroq qilib, diniy masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Fatvo markazi ulamolaridan javob olishlari mumkin.
✅ Bunda:
- ortiqcha mobil trafik sarflanmaydi;
- qimmat xalqaro qo‘ng‘iroqlardan halos bo‘linadi;
- ishonchli va tezkor javoblar olinadi.
Bog‘lanish uchun:
@fatvo_call_1 (Telegram orqali)
@fatvo_call_2 (Telegram orqali)
+998917806633 (WhatsApp orqali)
🕗 Ish vaqti: 09:00 dan 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan)
❗️ Ta’kidlab o‘tamiz, mazkur xizmat faqat xorijdagi hamyurtlarimizga mo‘ljallangan. Haqqa rioya qilish esa dinimiz ko‘rsatmasidir.
🇺🇿 Yurtimizdagi mo‘min-musulmonlar esa Call-markazning
📞 +998781503344 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
1 062
Endiyam hech qanday uzurli sabab qolmadi o’qib izlanishga.
Odamlar qamoqda o’qib, ishga ega bo’lishayabdi, erkinlikda yurgan takasaltanglarga o’rnak bo’lar ekan:)
1 062
Repost from AI | DigiTech
👨💻 San-Fransiskolik dasturchi qamoqda o’tirib ochiq manbali loyihaga yozgan kodi uchun katta kompaniyadan ish taklifini oldi.
Preston Torp 11 yildan beri qamoqda. U universitetni masofadan turib tamomlagan va oxirgi uch yil davomida dasturlash bilan shug’ullanmoqda. Uning hatto Linkedin'dagi surati ham qamoq ichida olingan.
Yigit kuniga 15 soatdan ishlaydi va boshqa mahbuslarga dars beradi. Ish beruvchi uning ahvolidan xabardor, lekin uning GitHub profilini ko’rishganidan so’ng unga imkoniyat berishga qaror qilishdi.
📟 DigiTech
1 062
Reallik qanday? ❗️
Na Topik va na IELTS darajasi bo’lmagan bo’lajak talaba, Consulting xizmatidan nolib yozib qoldi. Bular ikki qo’lini ham og’ziga tiqib olib, narx aytadiya deb…
Yana kimdur izoh yozib qoldi,
- O’sha Consultingchilar, sizdaqalardan “soqqa” qilish uchun paytida Topik yoki IELTS olib qo’yishgan.
P.s: Birovlardan emas, o’zingizdan o’pkalang. Ze’ro ular sizni Koreys tili yoki Ingliz tilini o’rganishdan to’sib turgani yo’q.
Ha aytgancha, men Consultingchi emasman, shunchaki haqiqatni aytib yuboradigan odatim bor xolos 😁
@Elyorbilan
#achchuhaqiqat@Elyorbilan
1 062
Repost from _Koreya_va_Qonun_
D2viza D10 viza va boshqa turdagi viza egalari uchun ish o`rin
📢 채용공고: 우즈베키스탄 영업/마케팅 사원 모집
📅 모집 마감일: 2024년 9월 25일
🏢 회사명: 지에이티글로벌 (GAT Global)
📍 근무지: 경기도 고양시 덕양구 동축로 70
현대프리미어캠퍼스 지축역 B동 A829호
🌐 홈페이지: www.gatglobal.co.kr
✅ 담당 업무
SNS 계정 운영 및 관리 (페이스북, 인스타그램 등)
고객 응대 (CS)
SNS 콘텐츠 제작
통신 관련 영업 업무
✅ 자격 요건
학력: 무관
경력: 무관
국적: 우즈베키스탄
✅ 우대 사항
한국어와 러시아어 가능자
페이스북, 인스타그램 운영 경험 (인턴/알바 포함)
마케팅 또는 영업 경험자
영상 제작 및 디자인 감각이 있는 분
글로벌 시장에 대한 이해와 기획 능력 보유자
장기 근무 가능자
✅ 비자 조건
D-2 (유학생)
D-10 (구직)
F-2 (거주)
F-5 (영주)
F-6 (국제결혼)
✅ 복리후생
4대 보험 가입
E-7 비자 발급 지원
생일 휴가 / 생일 선물
출산 휴가 / 육아 휴직
연차 제공
인센티브 지급
식대 및 식사 제공 (구내식당 있음)
명절 선물
건강검진
하프데이 제도
자유 복장
교육/세미나/스터디 지원
워크샵 및 휴게 공간
📩 지원 방법:
이메일로 이력서 제출 → recruit@gatglobal.co.kr
📞 문의: 010-2024-7106
1 062
+2
Kupon egalarini topdi 🏆🎁
1. @Omonmurod - Kofe va shirinlik uchun kupon
2. @Alijonov_md - kino uchun kupon
Yuqoridagi insonlar bergan fikri, reallika juda yaqin, aynan Koreyadagi chet elliklar holatidan kelib chiqilgan xulosa deb bilaman.
*yana bir qancha javoblar juda tog’ri va to’liq edi, ammo ular Chat GPT “janvar” ni ishlatishgani uchun kupon taqdim qilinmaydi. 😲
Yutganlarga ertaga, aloqaga chiqib kuponlarni tashlab qo’yaman. Sizlar esa ular bergan javobni ko’rishingiz mumkin.
Tuningiz osoyishta o’tsin.
@Elyorbilan
