ru
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Открыть в Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Больше
1 055
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
-1030 день

Загрузка данных...

Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
июль '26
июль '26
+8
в 0 каналах
июнь '26
+131
в 2 каналах
Get PRO
май '26
+31
в 0 каналах
Get PRO
апрель '26
+52
в 2 каналах
Get PRO
март '26
+13
в 2 каналах
Get PRO
февраль '26
+15
в 0 каналах
Get PRO
январь '26
+15
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '25
+31
в 3 каналах
Get PRO
ноябрь '25
+15
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '25
+16
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '25
+55
в 2 каналах
Get PRO
август '25
+160
в 7 каналах
Get PRO
июль '25
+99
в 4 каналах
Get PRO
июнь '25
+143
в 11 каналах
Get PRO
май '25
+101
в 5 каналах
Get PRO
апрель '25
+161
в 14 каналах
Get PRO
март '25
+96
в 5 каналах
Get PRO
февраль '25
+68
в 5 каналах
Get PRO
январь '25
+18
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '24
+19
в 2 каналах
Get PRO
ноябрь '24
+55
в 3 каналах
Get PRO
октябрь '24
+142
в 4 каналах
Get PRO
сентябрь '24
+79
в 5 каналах
Get PRO
август '24
+121
в 0 каналах
Get PRO
июль '240
в 1 каналах
Get PRO
июнь '240
в 0 каналах
Get PRO
май '24
+197
в 1 каналах
Дата
Привлечение подписчиков
Упоминания
Каналы
10 июля0
09 июля+1
08 июля+2
07 июля+3
06 июля0
05 июля0
04 июля0
03 июля+2
02 июля0
01 июля0
Посты канала
Agar yaqin orada yangi kompaniyaga ishga o‘tayotgan bo‘lsangiz, birinchi kunlarda sizni noqulay vaziyatlardan asraydigan kichik maslahatlar. Yangi ish joyida hamma narsa yangi bo‘ladi. Odamlar, muhit, ofis tartibi, ichki tizimlar, hatto oddiy kundalik jarayonlar ham. Ko‘pchilik yangi ishga kirganda faqat vazifalarini o‘rganishga e’tibor beradi. Aslida esa birinchi kunlarda quyidagi mayda narsalarni bilib olish ham juda muhim. 1. Ishga biroz ertaroq boring Birinchi kunlarda yo‘l, transport, ofisga kirish, lift, turniket kabi narsalar vaqt olishi mumkin. Shuning uchun 20-30 daqiqa oldinroq yetib borish foydali. 2. Salomlashishni unutmang Yangi jamoaga kirib borayotganingizda eng muhim narsalardan biri yaxshi taassurot qoldirish. Faqat o‘z jamoangiz bilan emas, boshqa bo‘limdagi insonlar bilan ham yo'lda ko'rishsangiz salomlashing. Imkon bo‘lsa, eng kerakli odamlarning ismini eslab qolishga harakat qiling. Keraklilarini ismini yozib qo'ying. 3. Jamoa va tashkilot tuzilmasini o‘rganing Kim qaysi bo‘limda ishlaydi? Kim sizning bevosita rahbaringiz? Kim bilan ko‘proq ishlaysiz? Qaysi odam qaysi masala bo‘yicha javobgar? Bularni bilib olish ish jarayonida juda asqotadi. Albatta bularni barchasini birinchi kundanoq bilish qiyin. 4. Ofis ichidagi joylarni o‘rganib oling Bu mayda narsadek ko‘rinadi, lekin birinchi kunlarda juda kerak bo‘ladi: Oshxona yoki dam olish xonasi qayerda? Suv, choy, kofe qayerdan olinadi? Kofe mashina qanday ishlaydi? Tushlikni qayerda qilish mumkin? Printer qayerda va qanday ishlatiladi? Wi-Fi paroli qayerdan olinadi? Shu narsalarni oldindan bilib olish o‘zingizni yangi joyda ancha erkin his qilishingizga yordam beradi. 5. Meeting room va ichki tartiblarni bilib oling Yangi ish joyida majlis xonalari ham muhim bo‘lishi mumkin. Masalan bizni kompaniyamizda 6 ta meeting room bor. Hozirgacha ba'zilariga adashaman. Qaysi meeting room qayerda joylashgan? Ularni qanday band qilish kerak? Qaysi xona kichik uchrashuvlar uchun, qaysi biri katta yig‘ilishlar uchun? 6. Ichki tizimlarni o‘rganing Har bir kompaniyaning o‘ziga yarasha tartibi bo‘ladi. Ichki chat qaysi platformada yuritiladi? Email imzosi qanday bo‘lishi kerak? Hujjatlar qayerga yuklanadi? Tasklar qaysi platformada beriladi? Bular bir qarashda kichik narsalar, lekin ish jarayonida juda ko‘p vaqtni tejaydi. 7. Ko‘p savol bering Yangi odamning hamma narsani bilmasligi tabiiy. Shuning uchun so‘rashdan uyalmang. Savol berish bilimsizlik belgisi emas. Aksincha, ishni to‘g‘ri qilishga bo‘lgan mas’uliyat belgisidir. Yangi ish joyida professional ko‘rinish faqat ishni yaxshi bilish bilan emas, balki muhitga tez moslashish bilan ham bog‘liq. Professional bo‘lish hamma narsani oldindan bilish emas, bilmagan narsani vaqtida so‘rash va tez o‘rganishdir. @azik 🇺🇿🧑🏻‍💻

2
Бугун эрталаб ўғлимни мактабга кузатиб қўяётиб, унинг корейс синфдош дўстини учратиб қолдик. Бирга кетаётганимизда, орқамизда
Бугун эрталаб ўғлимни мактабга кузатиб қўяётиб, унинг корейс синфдош дўстини учратиб қолдик. Бирга кетаётганимизда, орқамиздан ўша боланинг онасининг баланд овози эшитилди: "Ўғлим! Мактабдан кейин тўғри хагвон (хусусий курс)га борасан! Инглиз тили, санъат, кейин математика, хўпми?! Нега индамайсан, эшитдингми гапимни?!" Тиғиз режалардан чарчаган ҳалиги бола йўлда бизга ҳасрат қилиб қолди: Корейс бола: "Менинг ойим доим шунақа... Тўхтовсиз ўқиш, ўқиш деб жаврайверадилар." Мен: "Ундай эмас, ҳамма оналар хавотир олганидан шундай қилишади, хафа бўлма." Шунда ўғлим дўстига қараб: Ўғлим корейс дустига: "Сенинг ойинг ўқишга эътибор бераркан, лекин менинг ойим кўпроқ одоб-ахлоқли бўлишни ўргатади," — деди. Бу гапни эшитган корейс боланинг кўзлари чақнаб кетдиб: "Вой... Мен ҳам Ўзбекистонга бориб, ўша ерда ўқимоқчиман!" Кулиб юборишимга оз қолганди, лекин ўғлим вазиятга жиддий нуқта қўйди: Ўғлим: "Лекин... бизнинг Ўзбекистонда ўқитувчилар ўқувчиларни уришади!" Мен шошиб: "Йўқ, ҳозир ундай эмас, у эски гаплар!" — деб суҳбатни якунладим. Суҳбатдан кейинги ўйлар... Болаларнинг гапи беғуборлик билан тугади-ю, лекин ҳалиги корейс боланинг "Ўзбекистонда ўқимоқчиман" дегани чуқур уйлантирди. Эрталабдан кечгача тинимсиз ўқиш ва кушимча мактабдан кейинги курслар (ҳагвон) босими болани шунчалик чарчатганки, у ҳатто "ўқитувчиси уриши мумкин бўлган" юртга ҳам кетишга рози 😊 Канал қизиқ бўлса обуна бўлинг☺️ https://t.me/koreyadagihayot
814
3
Ishxonamdagi Team leader ni kuzatdik. Qachondir bu kun kelishini taxmin qilayotgan edimku ammo kutayotganimdan tezroq sodir bo’ldi. Men naqd 3 yil birga ishlagan, team boshlig’i boshqa Kompaniyaga ketdi va bugun oxirgi ish kuni edi. Uzunroq bo’ladiyu ammo o’qiganingizga afsuslanmaysiz degan ummidaman. U inson uchun alohida post yozishim zarur edi. - Ba’zida Koreyslar haqida, madaniyati haqida postlar yozardim. 90% ma’lumotlarni shu kishidan o’rganganman va sizlarga ham ulashgandim. - 46 yoshli aka ishxonamizda 17 yil ishladi. Men bilan esa 3 yil. Avval boshqa boshliq bilan 9 oy ishlagan bo’lsa hozirgisi bilan uzoqroq ishladim va farqlarini ochiq aytmoqchiman. - 사회생활 ni yaxshi qila olmas edi, shunga Kompaniyadagilar bilan unchalik ham yaqin emasdi. Ko’pchilik uni mensimasdi ham. Ammo o’z ishining ustasi, juda professional odam edi. - U veterinar va marketing sohasida ham magistr darajasini olgan odam bo’lib, haligacha o’rganishdan charchamasdi. - Meni ilk rasmiy ishxonam bo’lgani, va ishga moslashishimda asosiy ko’makchi shu kishi bo’ldi. Kerak bo’lsa bog’cha bolasiga tushuntirgandek o’rgatdi. Koreyslardan ko’proq ish olganimda ham chet ellik eplay olmasa kerak deyishganda, ishonib ishni menga topshirdi va birga ko’maklashdi. Hozirda o’zimdan ancha uzoq ishlagan Koreyslardan ko’ra ancha natijali ish ko’rsatayabman. Albatta maosh ham shunga yarasha. Bugungi rasmiy “report” da ham eng yaxshi taqdimot qilgan kishi men bo’ldim, 7 kishini ichidan. Albatta bu darajaga yetishishimda shu kishini ham o’rni bo’lakcha. Bugun xayrlashayotib, Elyor shuncha o’rgatganlarimni o’z ishingda qo’llaganing uchun rahmat. Ishim natijasini senda ko’rib juda xursand bo’lib, rozi bo’lib ketayabman deb aytdi. - Hozir nisbatan yuqori lavozimga o’xshash Kompaniyaga ketayabdi. Ketishini aytgan kuniyoq, menga qarab - Elyor agar ishxonadan qachondir ketish fikring bo’lsa o’zimga ayt. Seni o’zimni Kompaniyamga olib ketaman. Seulda yashash Tejondan qiziqroq bo’lsa keraga? deb ancha ishi haqida gaplashdim. - Hozirgacha chet elliklarni va Musulmonlarni shu kishichalik hurmat qilib, teng ko’radigan Koreys uchratmagandim. Kerak bo’lganida tanqid ham qilib, kamchiliklarimni o’zimga yolg’iz aytardi. Birga juda ko’p chet el safarlariga chiqdik va meni Musulmon Davlatlarda umuman uyaltirib yoki hijolat qiladigan ishlar qilgani yo’q. - Biz huddi bir davrda yashagandek odamlar edik. U yoshligidagi holatlarni aytsa meni yoshligimdagi holatlar bilan mos tushardi. O’shandagina Koreya va O’zbekistonim o’rtasida taxminan 20-30 yil farq borligini sezardim. Shu sabab bo’lsa kerak biz huddi sheriklardek ishladik. - Menimcha men u kishidan ko’p o’rgana olishimni yagona sababi - men hali bu sohada yangiman va o’rganishim kerak degan “mind” bo’lganidir. Agar ego kuchlilik qilib ha o’zim bilaman deganimda allaqachon orqaga qarab sho’ng’igan bo’lardim. Aynan shu “fikrlashim” ni u ham ta’kidlab, birga ishlash juda qiziq va yangi din, madaniyatni o’rgana olganini minnatdor bo’lib aytdi. - Qachon yana shunday hamkasb bilan ishlayman bilmadimu ammo men ko’p narsa o’rganganimda ancha rozi bo’lganimni bugun tushunib yetdim. So’zim yakunida: o’tkazgan 3 yilimga qayta ko’z yugurtirar ekanman, siz bilan ishlaydigan odamlarning sizga ta’siri qay darajada bo’lishini real misollar bilan keltirganimdan xursand bo’ldim. @Elyorbilan #ishatmosferasi
869
4
Koreya va Janubiy Afrika o’yini boshlanishidan avval Koreys team leader menga qarab: 엘료르 우즈벡 졌네 ㅋㅋㅋ O’yin tugagach u akaga qa
Koreya va Janubiy Afrika o’yini boshlanishidan avval Koreys team leader menga qarab: 엘료르 우즈벡 졌네 ㅋㅋㅋ O’yin tugagach u akaga qarab men: 팀장님, 어떻게 된거예요? ㅋㅋㅋ 팀장님: 야 우즈벡이랑 한국이 똑같아야 ㅋㅋ
918
5
참 이제 잘수 있을까… ⚽️ Ertalabdan, 5 - 0 에 졌네 우즈벡 deb kutib oladi Koreyslar endi:) 연차 ham deyarli qolmagan ishlataman desam 🥲
979
6
Xursandchilik davom etayabdi Vietnamdan kelgan Yuna, men ko’p ichadigan AA ga moslab kofe olib kelibdi. Heesop brat esa, mana+1
Xursandchilik davom etayabdi Vietnamdan kelgan Yuna, men ko’p ichadigan AA ga moslab kofe olib kelibdi. Heesop brat esa, mana shu suvni olib keldim senga deb - menimcha meni sovg’am eng yaxshisi bo’lsa keraga deb qo’ydi oxirida🥲 *Heesop aka, men ishga kelishimdan avval Musulmon Davlatlarga mas’ul bo’lgan. Hatto Itewondagi Markaziy Masjidga borib malaka ham oshirgan. (Halal product va Islam religion) o’rganish bo’yicha. Ko’pchilik nega ishingizni 4 yildan beri almashtirmaysiz deb so’rasa, hech ikkilanmay, qiziqgan soham va atrofdagi odamlar deb hotirjam ayta olaman. Zam Zam ichmaganimga ham ancha bo’lgandi, oxirgi marta Salom Koreya admini Jamshiddin aka shu suv bilan siylagandilar. @Elyorbilan
1 120
7
Ishxonada 2 haftacha bo’lmadim. Shu vaqt davomida hamkasb lar Malayziya, Vietnam, Misr, BAA va Jazoirda bo’lib kelishdi. Ish+1
Ishxonada 2 haftacha bo’lmadim. Shu vaqt davomida hamkasb lar Malayziya, Vietnam, Misr, BAA va Jazoirda bo’lib kelishdi. Ish stolim ustida u yerdan kelgan shirinliklar turgan ekan. Kichik yozuvda esa “Elyor hammasida halol stikker bor, ataylab tekshirib oldim” kabi yozuvlar ham bor ekan. Yangi haftani o’zgacha kayfiyat bilan boshlayabman.
942
8
Ўзбекистонда талабалар сони 1,5 млн нафардан ошди 2025/2026 ўқув йилида олий таълимда 1 млн 535 минг нафар талаба таҳсил олмоқда. Бу ўтган йилга нисбатан 7,1% кўп. Аёллар — 782,9 минг нафар Эркаклар — 752,1 минг нафар Шу билан бирга, мамлакатда олий таълим муассасалари сони ҳам 215 тага етди. Қизиқ парадокс: университетлар ҳам, талабалар ҳам йил сайин кўпаймоқда. Аммо иқтисодиёт ҳали ҳам юз минглаб фуқароларни ташқи меҳнат миграциясига чиқармоқда. Сифатсиз таълимдан чиққан дипломлилар сони ошиб бораётган, ҳамда юқори малакали иш ўринлари етарли суръатда яратилмаётган ҳолат ишсиз университет битирувчилари такси ҳайдовчиси бўлиб ишлаган Миср тажрибасини эслатмоқда.
903
9
F5 vizam chiqibdi. E7-1: 2 kun F2-7: 1 kun F5-10: 15 kunda chiqdi. Hamma vizalarni - Global Visa Talent Center (KAIST) da old+1
F5 vizam chiqibdi. E7-1: 2 kun F2-7: 1 kun F5-10: 15 kunda chiqdi. Hamma vizalarni - Global Visa Talent Center (KAIST) da oldim. 2026 yil 20 - Mayda vizaga topshirgandim, 10 daqiqa ham tekshirmay, 1 oyda chiqadi degandi. Ha hop, deb qaytib bugun tekshirsam chiqib bo’lgan ekan. Shu kunlarda oilaviy ota-onam bilan Koreyani sayohat qilayabmiz. Kecha adam, “bolam vizen chiqibdimi qarab ko’r” degandilar. Bugun vaqtim bo’lib, kirib ko’rsam chiqib turibdiku. Suyunchisini ham adamdan ovoldim:) Shu o’rinda chet ellik o’laroq, maksimal olsa bo’ladigan vizani olganim uchun: ota-onamga, yaqinlarimga va meni qo’llab quvvatlaganlarga rahmat aytaman. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam: O’zingiz qiziqqan sohada o’qing va ishlang. Mablag’ va viza o’z-o’zidan sizni quvib keladi. Hurmat ila, @Elyorbilan
6 010
10
Yashab turgan mamlakatingiz haqida bilib qo’ysangiz zarar qilmasa keraga? Qaytarish bo’lsa undanda yaxshi - agar bu davlat 🇰🇷 bo’lsa:) Yaqinda Podcastga borgandim. Vadaga vafo qilinib aytilgan vaqtda You Tube yuzini ko’ribdi. Shu sabab gaplashilgan gaplar aktual va dolzarb. Oila davrasida ham bemalol ko’rsa bo’ladi. Ulashsangiz ham bo’ladi bemalol. Quyida link: ni bosing. Poscastga obuna bo’lish uchun: https://taplink.cc/sspodcast
2 966
11
Bir necha yildan so’ng. Cho’zib cho’zib yurishdi, endi natijasini ko’ramiz. 이재명 bir shu haqida qiziqib qolgandami, hammasi te
Bir necha yildan so’ng. Cho’zib cho’zib yurishdi, endi natijasini ko’ramiz. 이재명 bir shu haqida qiziqib qolgandami, hammasi tezda xal bo’lib ketardi.
1 569
12
Кейинги 15 йил давомида Кореяда вақти-вақти билан таржимонлик қилиб келаман. Шу йиллар ичида Ўзбекистондан келаётган одамлар+1
Кейинги 15 йил давомида Кореяда вақти-вақти билан таржимонлик қилиб келаман. Шу йиллар ичида Ўзбекистондан келаётган одамлар ҳам, уларнинг турмуш даражаси ҳам анча ўзгарганини кўрдим. Бугун турли соҳаларда ишлайдиган ватандошларимиз Кореяга келиб, Сеулнинг машҳур шоппинг марказларида қиммат бренд дўконларида бемалол харид қилаётганини кўриш қувонарли. Бу Ўзбекистонда ҳам имконияти кенгайган одамлар кўпайганини кўрсатади. Лекин мен ҳар йили Кореяга малака ошириш учун келадиган ўзбекистонлик мактаб ўқитувчиларига ҳам таржимонлик қиламан. Ва ҳар йили деярли бир хил манзарани кўраман: кўпчилик ўқитувчиларнинг асосий харид қиладиган жойи қиммат дўконлар эмас, балки энг қиммат буюми 5 000 вон, яъни тахминан 3 ярим доллар атрофида бўлган Daiso дўкони бўлади. Бугун устозларни ватанга кузатаётиб Аэрапортда бир неча ўқитувчилардан: “Бошқа дўконлардан ҳам харид қилдиларизми?” деб сўраганимда, кўпчилиги: “Йўқ, ҳаммасини Daisoдан олдик”, деб жавоб беришди. Яъни оиласига, фарзандларига, яқинларига олиб кетадиган совғаларнинг деярли ҳаммаси шу дўкондан олинган экан. Ўқитувчиларнинг Daiso магазинида ҳатто арзон буюмларни ҳам нархига қараб, қўлига олиб-қўйиб яна қайтиб ўйланиб танлаётганини кўриш одамни ўйлантирар экан. Умид қиламанки, бир кун келиб келажак авлодга таълим бераётган устозлик касби ҳам жамиятда муносиб қадрланадиган ва юқори ҳақ тўланадиган касблар қаторига киради. 😓 Канал қизиқ бўлса обуна бўлинг☺️ https://t.me/koreyadagihayot
1 373
13
Нет текста...
1 392
14
Ba’zida O’zbekistondan ham ish takliflari kelib turadi. Imkoniyatdan foydalanib, do’stimizni tavsiya qilmoqchiman. Biznes sohasida bo’ladimi, Koreyaga oid masala bilan shug’ullanadigan Kompaniya bo’ladimi - mos nomzod deb bilaman. O’zbekistonda, aynan Koreya tajribasi bor mutahassis qidirilayotgan bo’lsa tavsiya qilishingiz va aloqaga chiqishingiz mumkin.
1 202
15
Koreya safarini yakunlab, faoliyatimni O'zbekistonda davom ettirishga qaror qildim. Janubiy Koreyada Biznesni rivojlantirish va xalqaro savdo sohasida 3 yillik tajribaga egaman. Birgalikda biznesingizni yangi bosqichga olib chiqishimiz mumkin. Hozirda Andijon va Vodiy bo'ylab taklif va imkoniyatlarga ochiqman. Men haqimda batafsil: www.ahmadjonov.com Repost va tavsiyalar qadrlanadi :)
1 102
16
Koreyada chet elliklarga bo’lgan siyosat 2 xil ko’rinishda: Biri 외교부 bo’lsa, yana biri 법무부. To’liq shu haqida post tayyorlayman. Balki qaysidur podcastda aytib o’tarman 😁
1 307
17
한국 사람들은 대부분 명확한 답변을 잘 하지 않는다. 왜 이렇게 말을 돌려서 하는 걸까? 맞으면 맞다, 모르면 모른다고 하면 안 되는 걸까? 가끔은 이해가 안 간다. 그런데 나도 회사에 들어가서 일을 하다 보니 그 이유를 알
한국 사람들은 대부분 명확한 답변을 잘 하지 않는다. 왜 이렇게 말을 돌려서 하는 걸까? 맞으면 맞다, 모르면 모른다고 하면 안 되는 걸까? 가끔은 이해가 안 간다. 그런데 나도 회사에 들어가서 일을 하다 보니 그 이유를 알게 되었다. 틀린 답변을 바로 하는 것보다 애매하게 말하면서 책임을 피하는 것이 더 안전하기 때문이었다. 확인해보고 다시 연락드리겠습니다. 확인 후 회신드리겠습니다. 내부적으로 확인이 필요합니다. 담당 부서에 확인해보겠습니다. 관련 내용은 확인 중입니다. 현재 파악 중입니다. 정확한 내용 확인 후 공유드리겠습니다. 조금 더 확인이 필요할 것 같습니다. 현재로서는 확답드리기 어렵습니다.
1 121
18
Talabchanlik yoki injiqlik? 1. Dhakadagi bir Italian restoranga kirgandim. Pasta buyurtma qildim. Nomi uzunroq bo’lgani va o’xshash pasta yana menyuda borligi sabab, ataylab nomini to’liq aytib buyurtma qildim. Buyurtma keldi. Yeb ko’rdim, ammo men tanlagan pastaga o’xshamayabdi. Men tanlaganda mol go’shti bor edi, ammo bunda baliq bor ekan. Keyin menyuni qarasam o’sha o’xshash pastadan qilib qo’yishgan. Ofitsiantni qayta chaqirib, boshqa ovqat kelganini aytdim. U bo’lsa uzur so’rab, shuni yeyaversangizchi degandek qildi. Men esa tanlagan ovqatimni tinchgina olib kelishini aytdim. (Tog’risi baliq tortmayotgandi o’shanda) 2. Seuldagi Hojiboboga bir necha oy oldin oilaviy borganimda ham steykni men hohlagandek pishirib olib kelishmagan. Men “Medium rare” buyurtma qilgandim, ammo “well done” keldi. O’sha vaqt mayli deb ko’z yumdik. Yolg’iz bo’lganimdami… dodini berardim:) Keyinroq okala bilan borganda shefni alohida chaqirtirib, steyk pishirish darajasini alohida ta’kidladim. Natija eda xohlaganimdek bo’ldi. Oxirgi 4-5 yil shunday holatlarda hech bo’sh kelmayabman. Balki do’stim bilan oshxona ishlatib ko’rganimiz uchunmi yoki yana bilmadim. Aytinglarchi bu injiqlikdanmi yoki shunchaki haqqini talab qilib olishmi? Agar O’zbekistondagi “oshxona” lar bo’lganda balki, berganni yevurmisanmi dgan gapni eshitarmidim. Girgittonlarning nazdida balki toksik mijoz bo’lishim mumkindir, ammo men buyurtma qilganimdek kelishi bu ba’zaviy huquqim deb bilaman 😎 @Elyorbilan
973
19
Ba’zida CEO, ish beruvchilar noliyotganini eshitib qolaman: Ishchilarimiz negadur shunchaki vaqt o’tkazish uchun kelayotgandek. Ishlayotgani natijasi umuman yo’q deb qolishadi. O’zlari haqiqatda astoydil ishlashadi, ba’zilari tunigacha ishda. Shunda bir haqiqatni aytib yuborsammikan deb o’ylab qolaman: - Kompaniya / Biznes ishchini nomida bo’lmagandan keyin albatta CEO chalik ishlamaydida. - Maosh, bonuslar CEO nikidek bo’lganda qanday ishlashini ko’rar edingiz:) - Hozirgi avlod 워라밸 ni ancha qadrlaydigan. Shu sabab qachon qanday ishlashni o’zlari juda yaxshi bilishadi. - Ishlashga undaydigan maosh yoki boshqa Kompaniyadan ajralib turadigan qulayliklari bo’lmagunicha - qo’yilayotgan talab qondirilishi amri mahol. Lekin tajriba va karyera qilish uchun oz maosh, sharoitga ko’nib yurganlar ham talaygina va astoydil ishlashayabdi ham. @Elyorbilan
798
20
Hozircha men uchun Thailandan keyin, Dhakaning odamlari chet elliklar uchun samimiydek tuyuladi. Qayerga bormay, eshikni ochib berishlari, do’konlarda navbatsiz birinchi xizmat ko’rsatishlarigacha. Ammo, kecha tunda uber chaqirayotganda biroz noqulay vaziyat sodir bo’ldi. Uber chaqirgan odamim Inglizcha deyarli bilmas ekan, shunda yonimda turgan Bangladeshlikka telefonni bermoqchi bo’lib, shu odamga Bengali tilida “biz kirish xududidamiz” deb bera olasizmi deb so’radim. U bo’lsa 600 Taka dedi. (Taxminan 5$) Bitta gap uchuna.. Shu vaqt birgina millat vakili chet ellik uchun o’sha davlatga bo’lgan ilk taasurotni salbiy shakillantirishi mumkinligiga amin bo’ldim. O’zbekistonda chet ellika duch kelsangizu, yordam so’rasa “srazu” soqqasini shilishga emas, odamiylik o’laroq yordam berishga harakat qiling. Yillar o’tib, ijobiy fikrda kulib eslasin. (Aks holda menga o’xshab post yozib yuboradi 😅)
907