es
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Ir al canal en Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Mostrar más
1 107
Suscriptores
-424 horas
+17 días
+4530 días

Carga de datos en curso...

Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
septiembre '26
septiembre '260
en 0 canales
agosto '26
+85
en 1 canales
Get PRO
julio '26
+48
en 1 canales
Get PRO
junio '26
+131
en 2 canales
Get PRO
mayo '26
+31
en 0 canales
Get PRO
abril '26
+52
en 2 canales
Get PRO
marzo '26
+13
en 2 canales
Get PRO
febrero '26
+15
en 0 canales
Get PRO
enero '26
+15
en 0 canales
Get PRO
diciembre '25
+31
en 3 canales
Get PRO
noviembre '25
+15
en 0 canales
Get PRO
octubre '25
+16
en 0 canales
Get PRO
septiembre '25
+55
en 2 canales
Get PRO
agosto '25
+160
en 7 canales
Get PRO
julio '25
+99
en 4 canales
Get PRO
junio '25
+143
en 11 canales
Get PRO
mayo '25
+101
en 5 canales
Get PRO
abril '25
+161
en 14 canales
Get PRO
marzo '25
+96
en 5 canales
Get PRO
febrero '25
+68
en 5 canales
Get PRO
enero '25
+18
en 0 canales
Get PRO
diciembre '24
+19
en 2 canales
Get PRO
noviembre '24
+55
en 3 canales
Get PRO
octubre '24
+142
en 4 canales
Get PRO
septiembre '24
+79
en 5 canales
Get PRO
agosto '24
+121
en 0 canales
Get PRO
julio '240
en 1 canales
Get PRO
junio '240
en 0 canales
Get PRO
mayo '24
+197
en 1 canales
Fecha
Crecimiento de Suscriptores
Menciones
Canales
01 septiembre0
Publicaciones del Canal
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo’lsin. 🇺🇿 Aslida oradagi sho’ro hukumatini hisoblamasak, mustaqil el bo’lganmiz.

2
Dashtobod, Jizzah 🇺🇿 Sirdaryoni kechib Jizzah Zomin tarafga otlandik. Qaytayotib, oy ham to’lishgan ekan, bir necha lahzala+4
Dashtobod, Jizzah 🇺🇿 Sirdaryoni kechib Jizzah Zomin tarafga otlandik. Qaytayotib, oy ham to’lishgan ekan, bir necha lahzalarni sizlar bilan bo’lishgim keldi. @Elyorbilan
447
3
Assalomu alaykum! Sukut bu rozilik emas. Lekin sukut bu boshqalarga: "Mening muammoim yo'q" degani. Aslida esa muammolar bor va ko'p! Koreyada, 1345 xizmatida, har safar immigratsiyaga borganingizda vizada, hujjatlarda, sug'urtada, oilani chaqirishda, yosh onalar va farzandlarida va h.k. 🔸 Bir guruh faollar jam bo'lib, muammolarni o'rgandik, fikr va takliflarni yig'dik, 🔸 Koreya tomoni hal qilib bera olishi mumkin bo'lgan eng asosiy masalalarni bir joyga to'pladik. 🔸 Tartibladik, tahlil qilib, rasmiy murojaat xati shakliga keltirdik. 🔥 Endi bir narsa qoldi: sizning imzoingiz va qo'llab-quvvatlashingiz. 🤐 Bir imzo untiladi. ✍️ Ming imzo talabga aylanadi. ✊ O'n minglab imzo Koreya davlat tashkilotlarini harakatga keltiradi. "Koreya+Markaziy Osiyo" sammiti yaqinlashmoqda. Vaqt kam qoldi. Ushbu postga ilova qilgan xat (pdf fayl)ni o'qib chiqing. Qo'llab-quvvatlash uchun quyidagi bot orqali imzo qo'ying: ➡️ https://t.me/birdamlikbot ⬅️ Imzolarni 23-avgustgacha yig'amiz. Keyin xatni yuboramiz. Koreyadagilarga ulashing. Maksimal repost qiling. 🙌 Bu safar sukut qilmang! #koreyadagilar #tarqating #muhim #birdamlik —————
568
4
#vacancy 💼 Assalomu Alaykum barchaga! 👨‍🎓 Magistr va PhD ni Koreada INTERNATIONAL BUSINESS sohasida tamomlagan va English Trackda dars bera oladigan (F2 or F5 vizalaridan biri bo'lgan) shaxsni 시간 강사 bo'yisha Namseoul Universitetiga ishga qabul ochiq. - Magistratura talabalariga dars beriladi. - Darsni English tilida bera bilishi kerak. Yuqoridagi talablarga mos nomzod bo`lsa, admin @iamfarkhod7 ga murojat qiling. Ish bo`yicha barcha qo'shimcha ma'lumotlarni Professorni o`zi bilan gaplashib, kelishb olishingiz mumkin. Katta raxmat. @uzofficemates 👨‍💻
787
5
Qanday tavsiya yoki maslahat bergan bo’lardingiz?
Qanday tavsiya yoki maslahat bergan bo’lardingiz?
876
6
Koreyada kuchuklarga bo’lga e’tibor haqida: 1. 2024 yilda Koreyada Pet (asosan kuchuk) kolyaskalari chaqaloqlar kalyaskalarid+2
Koreyada kuchuklarga bo’lga e’tibor haqida: 1. 2024 yilda Koreyada Pet (asosan kuchuk) kolyaskalari chaqaloqlar kalyaskalaridan ko’proq sotilgan. 58/42 % bo’lgan nisbat. Narxi esa 75$-1,200$ gacha. Bu degani uy hayvoniga deyarli farzandidek qaraliyabdi. 2. Uy hayvonlari uchun shifoxona, mexmonxona, sartaroshxona, ko’ngilni ochish maskanlari va alohida sog’liq sug’urtalarigacha ajratilgan. 3. Kuchuk yoki mushuk qazo qilsa, alohida “janoza” marosimini ham tashkil qilishadi. Tanishim yaqinda 2 mln wonga o’tkazdi. 4. Bugun 16 avgustda ham shu rasmlarni olayotib, ularga nisabatan qarov, juda ko’p Davlatlardagi xalqga bo’lgan qarovidanda afzalligini sezdim. E’tibor bilan qarasangiz, kalyaskadagi kuchuk ventilatordan bahra olayabdi, yana biri taglik bilam shataloq otib yuribdi.. 5. Daisoni hamma bilsa keraga? O’sha yerda alohida Pet uchun qator qilinib, savdo yo’lga qo’yildi. 6. Bayram kunlari uy hayvonlariga hanbok (Koreya milliy kiyimi) ni kiyintirib fotossesiya ham qilishayabdi. 7. Kuchuk yoki mushuklar uchun premium kiyimlar, sumka va hokazolar savdo markazlarida to’lib ketgan. Men tog’ridan tog’ri shu sohada faoliyat olib boruvchi sifatida aytamanki, Koreya ham bemalol Yevropa Davlatlarichalik uy xayvonlari g’amxo’rligi bo’yicha yetakchi Davlatga aylandi. Ha aytgancha, Koreya farzand ko’rmaslik bo’yicha ham eng yuqori reytingda turganidan habaringiz bordir-a? Tavofut nima sababdan kelayotganiga yana bir misolni keltirdimda:) sabablari esa, aslida juda ko’p. @Elyorbilan
1 077
7
Inson qiyinchilikda toblanadi. Bir necha yil kuzatganlarim natijasini yozmoqchiman. 📝 Tasavvur qiling O’zbek Talaba Koreyaga keldi. Butun hayoti oldida, va uning Koreyadagi taqdiri asosan shu boshidagi 3-5 yilga bog’liq bo’ladi. 2 ta yo’ldan birini tanlash kerak odatda. 1 - Yo’l. O’qish davomida Koreys tili darajasini olish, KIIP ni olish, Volontyorlik qilish, o’z mutahasisligi bo’yicha izlanish va kerak bo’lsa tunda uhlamay shug’ullanish. Amaliyot o’tab keraklicha “background” tayyorlash. Agar moddiy ta’minoti yoki stipendiya bo’lmasa, ta’til vaqti yoki shu shanba yakshanba ishlab, yashashi va kontrakti uchun pul topish. Pul topildi deganda chet elga sayohat yoki “Instagram” bop joylarga boravermay o’ziga ozgina investitsiya qilish. Yoki qarz bilan kelgan bo’lsa avval qarzni uzish. (Borsin, ammo trendga ergashib ketmasin). O’qish vaqti kerak bo’lsa SNS lardan cheklansin. Mana shu uning kelajakdagi karyerasi poydevoriga aylanadi. 2 - Yo’l Koreyaga kelishi bilan, qanday fanlar o’qishiga ham qiziqmay, darslariga ham birovlarning yordami bilan registratsiya qilish. Dam vaqti “Tekpe” “alba” yoki “pedal” ga chiqib boshidagi 100$ dollarga qiziqib asosiy fokusni shu moddiyatga qaratib qo’yish. Boshqalarning nazdida (kerak bo’lsa o’zining nazdida ham), o’qish va ishni bir ma’romda olib ketayotgandek tuyilish. Ammo o’qish yakuniga kelgach, qaysi vizaga o’tish, endi qanday ish topish o’ylariga shong’iydi kishi. Tog’ri D10 payti ozgina “soqqa” qilib, mashina yoki kichik uy ham olish mumkindir. Ammo u viza ham yakunlangach O’zbekistonga qaytishga tog’ri keladi yoki master, PhD uchun hujjat topshiriladi. Aslida vizani cho’zishga urinish ekanligini deyarli hamma biladi. Jismoniy og’ir mehnatning oxiri yo’q, va uni ko’pchilik qadrlamaydi ham. 30-40 yoshdan o’tarsiz, kuchdan qolganingizda boshqa unday pul topish mumkin emasligini sezasiz. So’ngra, eh o’sha payt “ul bul” narsa qilib olsam bo’larkan deb afsus chekasiz. Xulosa: Ikkala yo’lda ham qiynalarsiz, ammo 1 - yo’lda qiyinchilik ketidan “doimiy” o’sish keladi. 2 chisida esa o’sayotgandek tuyulib keyin qulash ehtimoli yuqori. Agar ishga olib kirib qo’yadigan kurslar, mentorlarga ishonib qolsangiz keyini sal qiyin bo’ladi:) Ishga kirgandan keyin eplab ketish Koreyslardan ko’ra bizga qiyin. Bu jarayonda esa mentorni emas sizning qobiliyatingiz kerak bo’ladi. Bu qobiliyat, ko’nikmalar esa 1-2 oy ichida emas yillar davomida shakillanadi. Biroz achitib yozgan bo’lishim mumkin, nima qilay haqiqat o’zi shunaqa “shirin paxta” emas. Hurmat bilan, @Elgayor
5 260
8
Nimani taxmin qilib bo’lmaydi? Chiqadigan soliqni:) Yana soliqdan xat kelib turibdiyu🥲
201
9
Kecha do’kondagi ushbu rastani ko’rib Toshkentdagi Qo’yliq va Oloy va Sayram bozorlari yodimga tushdi. Yoshligimda bozorga bo
Kecha do’kondagi ushbu rastani ko’rib Toshkentdagi Qo’yliq va Oloy va Sayram bozorlari yodimga tushdi. Yoshligimda bozorga borishni yoqtirardim, narx borasida sotuvchilar bilan ancha tortishib olar edimda 😁 O’sha vaqtlar ham bir kishiga bitta “reshotka” tuxum va 1 ta yog’ kabi yozuvlarda turnaqator navbatlar bo’lardi. Kechagi do’konda ham shunga o’xshash yozuv, qayerga bormay Toshkentni yodga solayabdi. Shunung uchun ham Daejeon shahrida da uzoq yashayotgan bo’lsam kerak. Kuningiz hayrli o’tsin! @Elyorbilan
1 098
10
Menga taxminan 2 soat vaqt ajartilgan. Ko’p qismini savol javob va keyslarni ko’rib chiqishga bag’ishlayman deb turibman. Siz agar talabalikdan to PR gacha borish rejasini tuzgan bo’lsangiz elchixonada birga ko’rib chiqishimiz mumkin. Koreyaning kelajakdagi chet elliklarga bo’lgan 5 yillik strategiyasi haqida ham fikr almashamiz.
487
11
“BIR KUNLIK (UMRLIK) DARS” — HUQUQIY BILIMLAR SEMINARI Koreyada yashash davomida ko’plab qiyinchiliklar, ayniqsa huquqiy muam
“BIR KUNLIK (UMRLIK) DARS” — HUQUQIY BILIMLAR SEMINARI Koreyada yashash davomida ko’plab qiyinchiliklar, ayniqsa huquqiy muammolar bilan yuzma-yuz kelish mumkin. WAYU Korea jamoasi aynan shuning oldini olish maqsadida bu darsni tashkillashtirishga qaror qildi. Seminarda beriladigan ma’lumotlar o’z sohasining mutaxassislari tomonidan sizga yetkaziladi va bu bilimlar Koreyadagi hayotingiz davomida, tahlikali vaziyatlarda nihoyatda zarur bo’lishi mumkin. • Spikerlar va mavzular: 이성우 (I SongU) — Advokat Koreyada advokat bo’lish, advokat vazifasi va vakolati, haqiqiy advokatni farqlash, qanday hollarda advokat yordami zarurligi, Koreya qonunlariga oid dars, savol-javob va maslahatlar Elyor Nurdinov — Mikrobiolog, Savdo mutaxassisi (충남대학교, CAVAC, F-5 viza) Talabalik hayotidan foydalanish, ishga kirish va “toshday qotish”, viza ko’priklaridan o’tish, F-5 vizasigacha bo’lgan yo’l, savol-javob va maslahatlar Abdullatif Kudratov — Huquqiy tarjimon Koreya hokimyati tarmoqlari va faoliyat tartibi, Koreya Respublikasi siyosati, Koreya Konstitutsiyasi, Jinoyat Kodeksi, Immigratsiya Qonuni, sud turlari va sudlashish tartibi, Konstitutsiyaviy sud, shaxsiy fikr va qonun, ayrim vizalar haqida tushuntirish, savol-javob va maslahatlar 📅 Sana va vaqt: 2026-yil 17-avgust (Dushanba) — 11:00 dan 18:00 gacha ⚠️ 10:40 gacha yetib kelishingizni iltimos qilamiz! • Manzil: O’zbekiston Elchixonasi 서울 종로구 운니동 1 • Qatnashish to’lovi: 10 000 won (tushlik uchun) • Eslatmalar: Tadbir kuni Koreyada dam olish bo’lgani sababli, jamoat transportlaridan foydalanish afzalroq Uzoq masofadan keluvchilar transport chiptalarini ertaroq sotib olishlari tavsiya qilinadi Mashina bilan kelgan holatda, pullik avto turargohlardan foydalanishingiz kerak bo’ladi Tadbir jonli efirga uzatilmaydi, faqat spikerlar nutqini yozib olish mumkin Qo’shimcha savollar uchun Telegram: @wayu_maslahat • Ro’yxatdan o’tish: https://forms.gle/GpQXKfw9CdJMZgVW6 Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
421
12
Aslida PR F5 vizasiga kimlar tezroq yetib boradi? Yuqoridagi postda bir kishi F2 vizasi 2031 yilgacha borligini ammo F5 ga sh
Aslida PR F5 vizasiga kimlar tezroq yetib boradi? Yuqoridagi postda bir kishi F2 vizasi 2031 yilgacha borligini ammo F5 ga shartlari mos kelsayu topshirish qanchalik kerak? 2031 kutib keyin topshiraymi degan savol bergan. Aslida qarasangiz 2031 yilgacha cho’za olgan odam background ancha kuchli bo’ladi. Academic yoki Income katta. Demoqchimanki, men aynan mana shu vizani “ovolishim” kerak deb harakat qilsangiz keyinchi keyin? Ancha havotirli yetib borishingiz mumkin. Shunchaki yo’nalishingizda tajriba ortirib, ishda kerakli xodim bo’lsangiz menimcha bemalol F2 bo’ladimi, kerak bo’lsa F5 ga ham topshirish sizda qiyinchilik tug’dirmaydi. Menda ham F2-7 bir necha yil muddati bor edi ammo vaziyat bo’lganini sezib sekin F5 ga o’tib qo’ya qoldim. Menga F5 kerakligini aynan 2 ta sababi bor edi. AI boom bo’layotgan Koreyada GNI borgan sari oshib boradi va siz keyinchalik shu GNI bilan hisob qiladigan paytingiz keladi. Bir necha yilni taxmin qilib, vaziyat tug’ilishi bilan PR ga o’tib olishingizni tavsiya qilaman. Bizga o’xshash 30 ga bormaganlar hammasi ham GNI dan oshiq topavermaydi. Hatto Koreyslarning o’zi ham. @Elyorbilan
4 934
13
O’zbekiston va Koreya har jabhada o’zaro hamkorlik qilavergani, Koreyadan ko’ra bizlarga foydaliroq. Sababi Koreyslar ishiga ancha puxta va oxiriga yetkazib qilishga o’rgangan xalq. Biz ham shunga yaqin sohada O’zbekiston hukumati bilan ishlayabmiz. Avgust oxirlariga esa ish safari bilan Toshkentimga borib kelaman. Imkoniyat tug’ilishi bilan Kompaniyamni majburlab bo’lsa ham ushbu loyihaga qo’shtirdim, va o’ylaymanki Chorvachilik sohasida sog’lom mol va buqalarni shaklantiramiz. Biz bo’lsa sifatli vaksinlarni taqdim qilamiz. Xalqimiz esa, sifatli sut va go’sht mahsulotlari bilan to’yinadi. Ish bilan O’zbekistonga borib kelish kayfiyati boshqacha bo’lsa keraga? O’zimni yonimdan xarajat qilmay Kompaniyam va Koreya hukumati xarajatlarni qoplasa?:) @Elyorbilan
1 366
14
https://share.google/sb9Z8b4mQB5oAbuzZ
1 109
15
Yopiq guruhimizda shuni muhokama qilayotib o’zim ham qisqa va lo’nda qo’shimcha qilgim keldi. Sabab va yechimlar: Uydagilari qilishi kerak bo’lgan yo’llar. 1. To’y xashamni ixcham qilish 2. Uydigilari mashinani keyinroq olib, jamoat transport yoki taksida yurib turishi 3. Farzandga pul keladigan kanal sifatida emas, avval o’qib olsin degan na’zarda qarash 4. Oilada bu og’ildan boshqa boquvchi bo’lsa, o’sha oylikka qanoat qilib turish 5. Aka-uka, opa-singil kontraktiyu ehtiyojlari kelib chiqishidan avval qanday yetkazamiz? ni o’ylagandan keyin reja tuzish. 6. Uy olish, uy qurishni imkoniyatidan kelib chiqib qilish. 7. Ijtimoiy tarmoqdagi hayp postlarni ko’rishdan tiyilish. Uni bolasi - qo’sha qo’sha Mashina uy olib beribdi ota-onasiga deydiganlarni kamroq ko’rish va farzandiga reels yuboravermaslik. 8. 4-6 ta farzand tug’ib, ha bittasi zo’r bo’lib ketsa hammasini shu boqadi degan na’zariya yoki niyatni qayta o’ylab ko’rish Bola tarafdan qilingani ma’qul yo’llar. 1. O’zi Koreyaga nima uchun kelganini ota-onasi bilan ochiqchasiga gaplashib olish. 2. Qarz-qurz, katta kontrakt bo’lsa avval shuni to’lovini qilishni o’ylash va buni uydagilarga tushuntirish. 3. Koreyaga moslashib olish juda muhim, pul keladigan yo’llarni qarab ko’rish, faqat “alba” yoki tekpe qilavermasdan. 4. Ozgina bo’lsa ham oyiga 2-300$ uyga chiqarishni o’ylab ko’rish. Har oy 2-3 marta shanba yakshanba ishga chiqib kelsa shularni qoplay oladi. 5. O’rtoqlariga do’stlariga havas qilib, topganiga chet elga chiqavermay avval uydagi ehtiyojlarni qondirib qo’yish. 6. Rejali yurish va maksimal og’ir bosiq bo’lish. 7. Shappa mashina olvomasdan avval o’zi menga kerakmi Koreyada mashina, o’qishimga zaruriyati bormi yoki ashulani baland qilib maqtanib yurmoqchimanmi degan savolni berish? 8. SNS dagi ota-onamga mana uy yoki mashina oldim deganlarni kamroq ko’rish va o’zi bilan taqqoslayvermaslik. Ko’pi hayp uchun yoki kreditga olinganligini o’ylab ko’rish. 9. Uydagilarga hadeb Koreyadagi “nelegallarni oyligi” bilan taqqoslayvermasligini tushuntirish, aks holda u hal nelegal bo’lishini va uyga bir necha 10 yillab bora olmay qolishini biroz do’q po’psa qilib tushuntirish. Shularni o’ylab ko’rish kerak. Menda ham ba’zi tanishlar bor, qarz-qurzga botib ketgan ammo Uzbda mashinagu hovli-joylar qilib qo’ydim deb ko’ksini uradi. Shularni qarzini ota-onasi bilmay boshqalarga o’rnak qilaveradi. Qarabsizki balans buziladi. O’zi eski Twitter da gap bor ediku, ana Koreyalik maqtanchoqlar keldi deb. Hozirgi kursda endi maqtanib ham bo’lmay qoldi azizlar:) Ozgina achitib yozdim hafa bo’lmanglar. @Elyorbilan
1 822
16
Kuni kecha bir ukamiz yozib qoldi. O'qib, rostini aytsam, ancha o'ylanib qoldim.Biroz ichim o'g'ridi...😑Ushbu postni farzand
Kuni kecha bir ukamiz yozib qoldi. O'qib, rostini aytsam, ancha o'ylanib qoldim.Biroz ichim o'g'ridi...😑Ushbu postni farzandi Koreyada o'qiyotgan hamma Ota-onalar o'qisin,ulashib qo'yinglar.. Murojaat shunday boshlandi: "Aka, honadoshimning uyidagilar bilan anchadan beri munosabati yaxshi emas. Sababi hammamizga tanish gap: 'Qo'shnining o'g'li sendan ko'p pul jo'natyapti.' Lekin bu bola bekorchi emas. Koreyaga kelganiga hali ikki yil ham bo'lgani yo'q. Bakalavrda haftasiga 5 kun o'qiydi, TOPIK 6 olgan, juda bilimli. O'qishga ishtiyoqi juda baland. O'zi ham aytardi: 'Men ertalabdan kechgacha boshqa shaharlarga qatnab o'qidim, qiynaldim, faqat kelajagim uchun.' Bir kuni menga shunday dedi: 'Agar boshidan "Sen o'qima, ishlashing kerak" deyishganida, balki boshqa yo'lni tanlardim. Lekin endi o'qishning oxiriga kelganda meni zavodda ishlayotgan odam bilan solishtirishyapti. Uning oyligini misol qilishyapti. Men ham ota-onam yaxshi yashasin deb o'qiyapman-ku. Ozgina sabr qilishsa bo'lmaydimi?' Kecha undan: 'Uyidagilar bilan yarashdingmi?' deb so'radim. Javobi og'ir bo'ldi. "Hamma bilan aloqani uzdim. Telefonimni ham o'chirib qo'ydim."😑 Shu joyida ota-onalarga ham bir gapni aytish kerak: Farzandingiz bankomat emas. Har oy pul jo'natadigan apparat ham emas. Siz uni Koreyaga bilim olib, kelajagini qursin deb yubordingizmi yoki faqat pul mashinasi bo'lib qolsin debmi? Har safar "Qo'shnining o'g'li..." degan gapni aytaverish bilan farzandingizning ruhiyatini sindirayotganingizni balki sezmayotgandirsiz. Bir marta ham: "O'qishing qalay?" "Sog'lig'ing yaxshimi?" "Qiynalmayapsanmi?" "Senga qanday yordam bera olamiz?" deb so'rab ko'rganmisiz? Afsuski, ba'zi ota-onalar farzandining diplomi tayyor bo'lishini kutmaydi, mevasi pishishini kutmaydi, daraxtni ildiz otmasidan turib meva talab qiladi. Keyin esa nega farzand uzoqlashib qoldi, nega telefon ko'tarmayapti, nega gaplashmay qo'ydi deb hayron bo'lishadi. Hurmatli ota-onalar, iltimos, farzandingizni qo'shnining o'g'li bilan emas, kechagi o'zi bilan solishtiring.Kimdir zavodda ishlab bugun ko'proq topayotgandir. Kimdir esa o'qib, ertaga undan bir necha barobar ko'proq qiymat yaratadi. Har kimning vaqti har xil.Yana bir narsani unutmang.Bugun siz "Pul jo'nat" deb bosim qilayotgan farzandingiz, ertaga o'qishini tashlab, orzusidan voz kechsa, bundan eng katta zararni nafaqat u, balki butun oila ko'radi. Ba'zan 3–4 yil sabr qilish, 30 yil natija beradi.Bosim esa ba'zida bitta telefonni emas, ota-ona bilan farzand o'rtasidagi mehrni ham butunlay o'chirib qo'yadi.
590
17
Kitobni o’qib Toshkentim yodimga tushdi. Biz ham yoshlikda maktabdan keliboq, ko’chaga yugurar edik. Haqiqatda 2 ta toshdan d
Kitobni o’qib Toshkentim yodimga tushdi. Biz ham yoshlikda maktabdan keliboq, ko’chaga yugurar edik. Haqiqatda 2 ta toshdan darvoza yasab to’pi bor do’stimizni chaqirardik va futbolni boshlardik. Kech kirib kelinlar shlankada yoki chelakda suv sepishga tushushar va bizni o’yinni ham beliga tepishar edi. Ajoyib xitoralarni yodga soldi. Fayziobod mahallasi 8-tor ko’cha. @Elyorbilan
826
18
Yashavor Ispaniya! Ispaniya 2026 yil Jahon chempioniga aylandi! Haftani ko’taringki kayfiyat ila boshlamoqdamiz azizlar 😎+1
Yashavor Ispaniya! Ispaniya 2026 yil Jahon chempioniga aylandi! Haftani ko’taringki kayfiyat ila boshlamoqdamiz azizlar 😎
961
19
Yodingizda bo’lsa immigrantlar bo’yicha statsitikadan ma’lumotlar ulashib turardim. Ma’lumotlarning bir qismini Ahrorjon aka qilgan so’rovnomalar natijasidan olardim. Aka yana O’zbekistonliklar ishtirokida so’rovnoma qilayotgan ekanlar. So’rovnomani to’ldirayotib, men o’zi qanday edimku?.. hozir qanday ahvoldaman - degan savolni berasiz yakunda. Tavsiya qilaman! #ilmniqollaymiz ⚡️ Ilmiy tadqiqotga o‘z hissangizni qo‘shing! Sizni "O‘zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini aniqlash" mavzusidagi keng ko‘lamli ilmiy so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz. 🕒 So‘rovnomani to‘ldirish 15–20 daqiqa vaqt oladi. Barcha javoblar anonim tarzda yig‘iladi va faqat ilmiy tadqiqot maqsadlarida foydalaniladi. 🎁 Rag‘batlantirish So‘rovnomani yakunlagach, uning oxirida berilgan Telegram guruhiga qo‘shiling va so‘rovnoma muvaffaqiyatli yakunlanganini tasdiqlovchi skrinshotni guruhga yuboring. Tadqiqot yakunida barcha ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlov asosida 15 nafar g‘olib aniqlanadi. 🏆 Sovg‘alar: 1️⃣ 📚📖Eng omadli dastlabki uch ishtirokchi uchun "Mutolaa" loyihasining 6 oylik Premium obunasi, yoki 💰💳 uning qiymatiga teng pul mukofoti (g‘olibning tanloviga ko‘ra) 2️⃣ Qolgan yana 12 nafar ishtirokchi uchun esa Mutolaa Premium ning bir oylik obunasi yoki uning qiymatiga teng pul mukofoti 🙏 Ilmiy tadqiqotimizni qo‘llab-quvvatlab, uning muvaffaqiyatli amalga oshishiga o‘z hissangizni qo‘shishingizdan umidvormiz. Shuningdek, ushbu so‘rovnomani yaqinlaringiz va hamkasblaringiz bilan ulashsangiz, tadqiqot sifatini yanada oshirishga katta hissa qo‘shgan bo‘lasiz. ✅ So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/XNpgJfL4V4FBXJKu6
1 280
20
Agar yaqin orada yangi kompaniyaga ishga o‘tayotgan bo‘lsangiz, birinchi kunlarda sizni noqulay vaziyatlardan asraydigan kichik maslahatlar. Yangi ish joyida hamma narsa yangi bo‘ladi. Odamlar, muhit, ofis tartibi, ichki tizimlar, hatto oddiy kundalik jarayonlar ham. Ko‘pchilik yangi ishga kirganda faqat vazifalarini o‘rganishga e’tibor beradi. Aslida esa birinchi kunlarda quyidagi mayda narsalarni bilib olish ham juda muhim. 1. Ishga biroz ertaroq boring Birinchi kunlarda yo‘l, transport, ofisga kirish, lift, turniket kabi narsalar vaqt olishi mumkin. Shuning uchun 20-30 daqiqa oldinroq yetib borish foydali. 2. Salomlashishni unutmang Yangi jamoaga kirib borayotganingizda eng muhim narsalardan biri yaxshi taassurot qoldirish. Faqat o‘z jamoangiz bilan emas, boshqa bo‘limdagi insonlar bilan ham yo'lda ko'rishsangiz salomlashing. Imkon bo‘lsa, eng kerakli odamlarning ismini eslab qolishga harakat qiling. Keraklilarini ismini yozib qo'ying. 3. Jamoa va tashkilot tuzilmasini o‘rganing Kim qaysi bo‘limda ishlaydi? Kim sizning bevosita rahbaringiz? Kim bilan ko‘proq ishlaysiz? Qaysi odam qaysi masala bo‘yicha javobgar? Bularni bilib olish ish jarayonida juda asqotadi. Albatta bularni barchasini birinchi kundanoq bilish qiyin. 4. Ofis ichidagi joylarni o‘rganib oling Bu mayda narsadek ko‘rinadi, lekin birinchi kunlarda juda kerak bo‘ladi: Oshxona yoki dam olish xonasi qayerda? Suv, choy, kofe qayerdan olinadi? Kofe mashina qanday ishlaydi? Tushlikni qayerda qilish mumkin? Printer qayerda va qanday ishlatiladi? Wi-Fi paroli qayerdan olinadi? Shu narsalarni oldindan bilib olish o‘zingizni yangi joyda ancha erkin his qilishingizga yordam beradi. 5. Meeting room va ichki tartiblarni bilib oling Yangi ish joyida majlis xonalari ham muhim bo‘lishi mumkin. Masalan bizni kompaniyamizda 6 ta meeting room bor. Hozirgacha ba'zilariga adashaman. Qaysi meeting room qayerda joylashgan? Ularni qanday band qilish kerak? Qaysi xona kichik uchrashuvlar uchun, qaysi biri katta yig‘ilishlar uchun? 6. Ichki tizimlarni o‘rganing Har bir kompaniyaning o‘ziga yarasha tartibi bo‘ladi. Ichki chat qaysi platformada yuritiladi? Email imzosi qanday bo‘lishi kerak? Hujjatlar qayerga yuklanadi? Tasklar qaysi platformada beriladi? Bular bir qarashda kichik narsalar, lekin ish jarayonida juda ko‘p vaqtni tejaydi. 7. Ko‘p savol bering Yangi odamning hamma narsani bilmasligi tabiiy. Shuning uchun so‘rashdan uyalmang. Savol berish bilimsizlik belgisi emas. Aksincha, ishni to‘g‘ri qilishga bo‘lgan mas’uliyat belgisidir. Yangi ish joyida professional ko‘rinish faqat ishni yaxshi bilish bilan emas, balki muhitga tez moslashish bilan ham bog‘liq. Professional bo‘lish hamma narsani oldindan bilish emas, bilmagan narsani vaqtida so‘rash va tez o‘rganishdir. @azik 🇺🇿🧑🏻‍💻
951