cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

"Jasur Ziyo" O'quv Markazi

Больше
Рекламные посты
255
Подписчики
Нет данных24 часа
-57 дней
-2730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from Xushnudbek.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qolgan ishga qor yog’ar #abituriyent Hurmatli abituriyentlar, ertaga — 25-iyun kuni qabul jarayonlari yakunlanadi. Ya’ni qabul tugashiga 1 kun qoldi xolos. Tarki odat amri mahol, deganlaridek, bizda azaldan qolib ketgan an’anaga ko’ra, ko’pchilik ro’yxatdan o’tishni oxirgi kunga taqaydi. Natijada sayt va serverga yuklama ko’payib, uzilishlar yuz beradi. Mana, bugun my.uzbmb.uz saytida qisqa texnik nosozlik kuzatildi (hozir sayt ishlayapti). Avvallari oxirgi kunga taqashni tushunsa bo’lardi, chunki qaysi OTM va qaysi yo’nalishga nechta odam hujjat topshirganiga qarab, sal odam kamrog’iga borilardi. Ammo anchadan buyon hujjat topshirganlar soni ko’rsatilmay qo’ydi, joriy yilda esa umuman OTM va yo’nalish tanlash bekor bo’ldi, hozir faqat fan tanlanyapti xolos. Bunaqa sharoitda oxirgi kunlarga taqashdan nima naf, hayronman? Ertaga soat 23:59 bo’lishini kutib o’tirmasdan, imkonini topib, bugundan harakat qilinglar. Oxirgi daqiqalarda sayt ishlamay qolsa, keyin oh-voh qilib, DTMni so’kib yurgandan foyda yo’q. “Ninachi va chumoli” masalidagi ninachi bo’lishingiz shart emas-ku, baraka topgurlar. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Repost from Xushnudbek.uz
Qabul tugashiga 3 kun qoldi 22-iyun soat 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 601 ming 946 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan: joriy yil bitiruvchilari — 330 ming 850 nafar; avvalgi yillar bitiruvchilari — 271 ming 96 nafar. Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti: 🤵‍♂️ erkaklar — 282 ming 532 nafar; 👩🏻‍🔧 ayollar — 319 ming 414 nafar. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
🔥 1
💬Chet tili sertifikati bilan bog‘liq savollarga javoblar 1️⃣Savol: 2024-yil 12-iyun kuni yakunlangan chet tilidan milliy sertifikat imtihonining natijalari qachon e’lon qilinadi? Qabul yakunlangunga qadar e’lon qilinadimi? ✅Javob: 2024-yil 11-maydan 12-iyungacha bo‘lib o‘tgan chet tilidan milliy sertifikat imtihonining natijalarini 20-iyunga qadar hisoblab, 20-21-iyun kunlari e’lon qilish rejalashtirilmoqda. 2️⃣Savol: Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilinganda sertifikat oladigan bo‘lsam, sertifikatim shaxsiy kabinetimda avtomatik tarzda chiqadimi yoki o‘zim kiritishim kerakmi? ✅Javob: Chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat olgan abituriyentlarning sertifikat ma’lumotlari ularning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda chiqadi. Milliy sertifikat ma’lumotlarini alohida kiritish talab etilmaydi. 3️⃣Savol: OTMga ro‘yxatdan o‘tish uchun chet tilidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilinishini kutishim kerakmi? Yoki ungacha ham ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladimi? ✅Javob: Oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tish uchun milliy sertifikat imtihonining natijalarini kutish shart emas. 4️⃣Savol: Menda IELTS 6 sertifikat mavjud. Chet tilidan xalqaro sertifikat ma’lumotlarini kiritishda sertifikat seriyasi va raqamiga qaysi raqamni yozishim kerak? ✅Javob: IELTS sertifikatining quyi qismida “Test Report Form Number” mavjud bo‘lib, sertifikat seriyasi va raqamiga “Test Report Form Number” kiritiladi. TOEFL iBT sertifikatida esa “Appointment number” kiritiladi. 5️⃣Savol: Chet tilidan xalqaro sertifikatni xato yuklaganman. Sertifikat ma’lumotlarini qayta kiritsam bo‘ladimi? ✅Javob: Sertifikat tekshirilib, rad etilgan taqdirda, sertifikat ma’lumotlarini qayta kiritish mumkin. Lekin sertifikat tasdiqlanganda yoki tekshirilayotganda ma’lumotlarni o‘zgartirib bo‘lmaydi. 6️⃣Savol: Chet tilidan xalqaro sertifikatlarni 20-iyunga qadar kiritish kerakmi? Undan keyin kiritilsa, inobatga olinmaydimi? ✅Javob: Chet tilidan xalqaro sertifikatlarni qabul yakunlangunga qadar, ya’ni 25-iyungacha kiritish mumkin. Lekin sertifikatlarni tekshirish murakkab va ko‘p vaqt talab etadigan jarayon ekanligini inobatga olgan holda ertaroq kiritish tavsiya etiladi. 7️⃣Savol: Chet tilidan B1 darajadagi sertifikat uchun ball beriladimi? ✅Javob: oliy ta’lim muassasalariga qabulda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat uchun ushbu fandan maksimal ball beriladi. B1 darajadagi sertifikat uchun ball berilmaydi. ©️BBA 🔹Channel: @Multi_level_test
Показать все...
Repost from Xushnudbek.uz
Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi? #abituriyent JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi. Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Uch oylik sefr guruh tashkil etilmoqda. Kimdir boshlang‘ich ta’lim, o‘zbek tili va adabiyot ustozi yoki o‘qishga kiruvchi abituriyent bo‘lsa, QARSHI shahrida an’anaviy (oflayn) usulda tayyorlov boshlanmoqda. Butun viloyat (Qashqadaryo) bo‘ylab sefr talabgorlarini mana shu juma kuni 10:00 da kutib qolamiz. BATAFSIL
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#QASHQADARYO_USTOZLARI #Jonli_darslar #Fazliddin_Utaganov_bilan 👏 Milliy sertifikatga tayyorlov Ona tili va adabiyot o‘qituvchilari Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari USTAMA: 20/50 FOIZ 💻 Guruh a’zolari uchun bepul onlayn darslar Marhamat! O‘quv markazimizda darslar 21-iyundan boshlanadi. Kutilayotgan holat bo‘yicha: 1. Darslar haftaning toq kunlari bo‘ladi: ⌚️10:00-12:30 oralig‘i 2. Darslar uchun oylik to‘lov: 250 000 (Hammasi (onlayn/oflayn) bitta qiymatda) 3. Darslar "Jasur ziyo" o‘quv markazida bo‘lib o‘tadi. 4. O‘qituvchi: FAZLIDDIN O‘TAGANOV 919655599 🏢Manzil: Olimlar koʻchasi "Jasur ziyo" oʻquv markazi. 🏤Mo'ljal: OʻQITUVCHILAR MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI ROʻPARASI. 📱𝑴𝒖𝒓𝒐𝒋𝒂𝒂𝒕 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏: O‘qituvchi: 91965599 Markaz: 919603300
O‘qituvchi kanali: @Davlat_tili_uzbek_tili O‘quv markaz kanali: @Jasur_Ziyo
Eslatma! MSga tayyorlov attestatsiya uchun ham 80 % bilim beradi. Shunday ekan, kuzgi attestatsiya imtihoniga tayyorlanuvchilarni ham kutib qolamiz. @Davlat_tili_uzbek_tili
Показать все...
Repost from Xushnudbek.uz
Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar #abituriyent ❓Qabul kvotalari tasdiqlandimi? JAVOB: Yo‘q, hozircha qabul kvotalari tasdiqlanmadi. Tuya go‘shtini yegan kvotalar har yili qabul boshlanib ketgach tasdiqlanishi odatiy holga aylangan. Garchi joriy yilda dastlabki bosqichda faqat fanlar majmuasi tanlanayotgan bo‘lsa-da, lekin bu qabul kvotalarini istagancha kech tasdiqlash mumkin degani emas. Abituriyentlar kvotalarga qarab fanlar majmuasini tanlashi ham mumkin edi. Afsuski, haligacha kvotalar ma’lum emas. Qachon tasdiqlanishi haqida ham aniq ma’lumot yo‘q. ❓Joriy yilda ham beshta yo‘nalish tanlasa bo‘ladimi? JAVOB: Ha, bo‘ladi. Hozir abiturentlar faqat fanlar majmuasini tanlayapti. Test sinovlari to‘liq yakunlangach esa, 15 kun ichida beshtagacha yo‘nalish tanlashi mumkin bo‘ladi. ❓Joriy yildan sirtqi ta’lim bo‘lmaydimi?JAVOB: Bo‘ladi, sirtqilar yopilgani yo‘q. Ko‘pchilik pedagogika sohasidagi 14 ta yo‘nalishning sirtqisiga faqat pedagogik staji borlargina topshirishi mumkinli haqidagi xabarlarni o‘qib, barcha sirtqi yo‘nalishlar yopilibdi, deb xato tushunadi. Aslida sirtqilar yopilgani yo‘q. Mana bu yerda batafsil javob bor: https://t.me/xushnudbek/19225 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Repost from Xushnudbek.uz
Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar nega saytda ko’rinmayapti? #abituriyent Ko‘plab abituriyentlar xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomalar my.uzbmb.uz saytida ko‘rinmayapti-ku, deb so’rashmoqda. Chunki Oila va xotin-qizlar qo’mitasi hozircha tavsiyanoma berilganlar ro’yxatini tegishli reestrga kiritmagan. Shu sababli saytda ko’rinmayapti. ❓Tavsiyanoma chiqmasa, o’zim qo’lda kiritsam bo’ladimi? Yo’q, hech bir imtiyoz qo’lda kiritilmaydi. Hammasi avtomatik o’zi chiqadi. Faqat bittagina chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat, masalan IELTS sertifikati qo’lda kiritiladi xolos, qolgan hammasi avtomatik ko’rinadi. Agar sizda xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma bo’lsa-yu, lekin u saytda ko’rinmayotgan bo’lsa, bundan xavotir olmang. Tavsiyanomalar 25-iyunga qadar Bilimlarni baholash agentligi bazasiga kiritiladi. Va imtiyoz ko’rinmayotgan bo’lsa ham, fanlar majmuasini tanlab qo’ysangiz bo’laveradi. Hozir tanlasam, keyin imtiyoz qo’shilmay qoladi, deb xavotir olmang. Agar siz tavsiyanoma olish uchun ariza yuborgan bo’lsangiz-u, lekin haligacha javobi chiqmagan bo’lsa, ya’ni na qanoatlantirilgani, na rad etilganini aniqlay olmayotgan bo’lsangiz, unda Oila va xotin-qizlar qo’mitasiga murojaat qiling. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
👍 1
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda #abituriyent Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi. Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin. ✅ Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha oliygoh (yo‘nalish), ta’lim shaklini, tanlov ustuvorligini tanlaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
👍 1
Repost from Xushnudbek.uz
Abituriyentlar hozir fanlar majmuasini tanlaganda kelgusida qaysi yo’nalishlarga kirishi mumkin? #abituriyent UzBMB abituriyentlarga osonroq tushunsa bo’ladigan jadvalni taqdim etdi. Bunda fanlar majmuasining ostida qaysi yo’nalishlarni tanlash mumkinligi ko’rsatilgan. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf2.59 KB
👍 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.