cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

"Davlat tili-o'zbek tili"

Ega/bot: @Fazliddin_Utaganov_bot 📣 Kanal O'ZBEK tili va adabiyotiga doir testlar, ma'ruzalar va milliy sertifikat materiallari, BBA testi-yu attestatsiyaga tayyorlanuvchilarga ko‘nikma va ma’lumotlar berib boradi. Foydali videolarni ham. 🏘Qarshi

Больше
Рекламные посты
1 946
Подписчики
-524 часа
-47 дней
+930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

3-etap 3. Sertifikati ham yo‘q, maktabda ham ishlamaydigan talabalar Izoh: Ular yopiq guruhga olinib, barchasiga mock test yechtiriladi va yuqori ko‘rsatkich egalari tanlab olinadi. Kvota: 10 ta Talabgorlar ro‘yxati juma kuni, 13:00 gacha shakllantiriladi. Murojaat uchun: @Fazliddin_Utaganov_bot
Показать все...
Avgustda kimlar bizda BEPUL (99%) milliy sertifikatga tayyorlanadi? 1. Oylik maoshi eng kam ko‘rsatkichga ega, toifasi bor o‘qituvchilar. Izoh: Buni oylikni hisoblovchi botlar orqali yuborilgan so‘nggi ikki oylikni  va toifa hujjatining rasmini ko‘rish orqali xulosalaymiz. Kvota: 10 ta 2. Maksimal ballga ega bo‘lolmay qolgan sertifikatli abituriyentlar. Izoh: Balli eng yuqorilariga qaraladi. Kvota: 10 ta 3. Sertifikati ham yo‘q, maktabda ham ishlamaydigan talabalar Izoh: Ular yopiq guruhga olinib, barchasiga mock test yechtiriladi va yuqori ko‘rsatkich egalari tanlab olinadi. Kvota: 10 ta 4. Guruh nogironi, yoshlar daftari hamda ayollar yoki temir daftarda turuvchi, boquvchisini yo‘qotgan talabgorlar Izoh: Hujjat taqdim etilishi shart. Kvota: 10 ta 5. G‘azalshunos, esseshunos, badiiy asarlar tayyorlovchisi taklif etgan nomzodlar: a) O. Avaznazarov - 3 ta b) S. Matyokubova - 3 ta d) N. Rahimova - 3 ta e) F. O‘taganov - 1 ta Izoh: Ular (o‘zim ham)  Olloh yo‘lida moddiy muammosi bor, eng muhimi, idrokli, natija beradigan vakillarini bizga tavsiya etadi. Kvota: 10 ta Men talabgorlardan uchta narsa so‘rayman yoki talab qilaman: 1. Haqiqatan, muammosi tufayli bepul o‘qishga (4 oy o‘qisa, 800 000 yutadi) qaror qilganmi... 2. Pasport kopiya (rasm holida) Izoh: Chunki bizda oldin tayyorlanganlar qayta qabul qilinmaydi. 3. Esse darslari bepul, ammo yozmasiga (agar yozsa)  biz aralasha olmaymiz, shu sababli yozganini tekshirtirmoq istasa, olti mingdan esseshunosga haq to‘laydi.  Qolgan hamma darslar va testlar bepul bo‘ladi. Tanlov iyun va iyul oylarida bo‘ladi. P.s.: Qo‘shimcha o‘zgartirishlar bo‘lsa, kanalimizda bayon etib boriladi. Ilohim, Olloh bizga to‘g‘riso‘z va iymonlilarni hamda eng ilmlilarni yo‘liqtirsin. Negaki o‘tgan gal olti oylab 30 dan ziyod kishini qabul qildik, o‘qitdik. Afsus, ko‘pi o‘qimadi, darslarda ham qatnashmadi. Qiziq joyi shuki, faol bo‘lgan to‘rt-beshtasigina yakunda rahmat aytdi, xolos. Mayli, ehsonni rahmat uchun qilmagan edik, ☝️rahmati uchun qilgan edik. P.s.: Bu mavsumda eski o‘quvchilarimiz uchun bepul o‘qish kvotasi mavjud emas😔. Fazliddin O‘taganov
Показать все...
👍 1
📝O‘qishni ko‘chirish tartibi qanday? 1️⃣ Respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirishga (ichki “perevod”) 2 ta uzrli sababga asosan ruxsat beriladi: ➖ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda; ➖ davlat xizmatchisi ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda (tegishli vazirlik/idora rahbarining tavsiyasi asosida). ❌ Boshqa holatlarda “ichki perevod”ga ruxsat berilmaydi. 2️⃣ Xorijiy davlatlardagi OTMdan o‘qishni ko‘chirishda (tashqi “perevod”): ➖ mos va turdosh ta’lim yo‘nalishiga talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari natijasida o‘tish balini to‘plash talab etiladi. Bunda kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli OTM, test sinovlari esa DTM tomonidan o‘tkaziladi. ➖ o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi. ❌ mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish tartibi kabi tashkil etiladi. mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt)ni bir martalik to‘lov asosida ko‘chirishi mumkin. Arizalar quyidagi elektron platformalar orqali qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uzrespublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.dtm.uz xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan. 🔚 Hujjatlar qabuli 5-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Kerakli hujjatlar: • ariza (onlayn tarzda) • transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli) • akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz ✅ Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸 Instagram
Показать все...
Qarshi davlat universiteti

Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!

#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 1
Shoshiling, hademay kuz va imtihon...
Показать все...
Kuzgi ATTESTATSIYAga tayyorlaning! #Ona_tili_adabiyot #Onlayn O‘qituvchi: Fazliddin O‘taganov Murojaat: @Fazliddin_Utaganov_bot Qabul sanalari: 3-iyuldan 28-iyulgacha Birinchi dars: 29-iyul Taqvim: Seshanba: Mock test (30 talik) Chorshanba: Grammatika darsi (noldan) Payshanba: Mavzulashgan test (ona tili) Shanba: Mavzulashgan test (adabiyot) 🫡Dars va testlar amaldagi va eng yangi darsliklardan bo‘ladi. Bonus: Milliy sertifikat guruhga bepul qo‘shiladi va kelgan mavzudan davom ettira oladi. Fazliddin O‘taganov bundan boshqa ATTESTATSIYA guruh ochmaydi. Oylik to‘lov: 200 000 Narx xizmatga yarasha; chegirmalar mavjud emas. Kanalga ulanish: Fazliddin O‘taganov
Показать все...
"Davlat tili-o'zbek tili"

Ega/bot: @Fazliddin_Utaganov_bot 📣 Kanal O'ZBEK tili va adabiyotiga doir testlar, ma'ruzalar va milliy sertifikat materiallari, BBA testi-yu attestatsiyaga tayyorlanuvchilarga ko‘nikma va ma’lumotlar berib boradi. Foydali videolarni ham. 🏘Qarshi

Bugun yangi mock test berildi.
Показать все...
#Onlayn Avgustda attestatsiya guruh ochiladi. Unga sertifikat guruhimizning faollari bepul qo‘shiladi va imtihongacha bepul o‘qiydi. Aytgancha, sefrga tayyorlov bo‘yicha rejadagi guruhlar to‘la ochib bo‘lindi. Kim qo‘shilmoqchi bo‘lsa, kelgan joyidan qo‘shilib ketishi, ammo mavzularni o‘zlashtirib olishi mumkin. Milliy sertifikat guruhga qo‘shilish istagi borlar menga murojaat qilsin. Murojaat uchun: @Fazliddin_Utaganov_bot
Показать все...
Ўзбек тилини ўрганмай, шарқона одоб-ахлоққа эътибор қаратмай фақат инглиз тилида таълим олса, кофирларнинг китобларини ўқийверса, уларнинг маданияти ва уларнинг мафкураси билан суғорилса болангиз феъл-атвори ва дунёқараши ғирт инглиз ёки американ бўлиб қолиши турган гап. Boarding school - инглиз тилидаги мактаб интернатда ўқиётган болаларга қаранг исботини кўрасиз. Тил ҳазилакам нарса эмас. Шу даражага келганманки бола 17-18га киргунча умуман чет тилини билмаса ҳам майли деб қолганман. Ҳа бу жуда ғалати туюлиши мумкин аммо кейинги 3-4 йилда тарбия масаласида фикрим анча ўзгармоқда. Тил фақат мулоқот воситаси эмас у билан маданият, мафкура ва дунёқараш ҳам ўтади. Маданият ва мафкурадан ажратиб фақат тилни ўрганиш қийин масала унда тил бўлмай қолади. Ўзим ҳам инглиз тилини росмана ўрганишни 20 ёшимдан бошлаганман ундан олдин фақат ўзбекчада маълумот олардим. Бу фикрларимни ўзим ва танишларнинг фарзандлари мисолида айтяпман. Мусулмон ўзбек оилада бўлса ҳам ўзбек тилини яхши билмаслик ва фикрлаши инглизча экани таъсири яққол сезилади. Яна бир мисол. Швецияга қочқин бўлиб борганларга ёшидан қатъи назар ёппасига швед тили курсига бориш мажбурий. Ўша қочқинлар борганида,тилни билмасидан олдин бошқача бўлади, тилни ўргангандан кейин 3-4 йил ўтиб уларнинг фикрлашида катта фарқни сезасиз. Уларни мажбурлаб ўз ғоясини сингдирмайди шунчаки тил ўргатиш орқали ўз қадриятларини ўтказади. Дарсликларда ҳам матн, аудио -видео материаллар ва суратлар уларнинг мафкурасини сингдиришга хизмат қилади. Биринчи борганда баъзи нарсаларга тоқатсиз бўлса энди у ўзгарган олдинги ғаюрлиги йўқ, анча бўшашганлигини кўрасиз. Шу мигрантлар агар швед тилини билмаса ўз кимлигин асрашга сал узоқроқ кетиши мумкин. Мен тил ўрганишга қарши эмасман шунчаки тилнинг қудратини баён қиляпман холос. Агар шахсда ўз тили, ўз кимлиги ва иммунитети мустаҳкам ўрнашмаган бўлса осонликча бошқа тил ва маданиятни шундоқ кийиб олади. Қарабсизки ғирт қоракўз Тошмат ғирт шведга айланиб қолган. Буни исботлаш ҳам шартмас. " Кеча ва Кундуз " асарида ҳалиги Жадиднинг фикрини эсланг,болангни ўзбек мактабга бер кейин ўқиш учун Овўпога жўнат дейди. © Fayzuddin Mumin @MubashshirAhmad
Показать все...
👍 12
Фото недоступноПоказать в Telegram
Tabrikning ikki shakli. Ammo ma’no bir.
Показать все...
😁 8
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.