cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Xushnudbek.uz

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevfb.com/xushnudjohntwitter.com/xushnudbeckinstagram.com/xushnudbektiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

Больше
Рекламные сообщения
513 026Подписчики
-99224 часа
-11 5367 дней
+23 51730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Hukumat 7 ta yirik kompaniyadagi davlat ulushlarini xalqaro bozorda sotadi. Dastlab Samarqand avtomobil zavodining 75,2% ulushi 2024-yil 1-iyuliga qadar savdoga chiqarilishi kerak. Bundan tashqari, gigant kompaniyalar — Navoiy KMK AJ, Olmaliq KMK AJ, O‘zbekgidroenergo AJ, O‘zbektelekom AJ aksiyalarining 5 foizgacha qismi birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif vositalari orqali xalqaro fond bozorlariga chiqariladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Toshkentda yashil hududga ega Ellipse Garden Darhan turar-joy majmuasining taqdimoti oʻtkazildi Ushbu turar-joy majmuasi sizga premium toifadagi xonadonlarni taklif etadi. TJM biznes-markaz va mashinalardan holi hovliga ega boʻlib, ko‘kalamzor makondagi to‘rtta ko‘p qavatli turar-joy blokini o‘z ichiga oladi. Loyihaning yana bir ustunligi shundaki, majmua rezidentlari tabiat qurshovidagi ekologik qulay manzilda yashashlari uchun loyihaning jami 30 000 kv.m. maydonidan 20 000 kv.m qismi yashil hudud va landshaft dizayni uchun ajratilgan. Hozirda 4 ta 21 qavatli turar-joy bloklaridagi alohida apartamentlar sotuvga qo‘yilgan. Bir xonalidan besh xonaligacha bo‘lgan, 34 kv.m.dan to 180 kv.m.gacha maydonga ega xonadonlar turli oilalar ehtiyojiga muvofiq keladi. Beshinchi blokda esa biznes-markaz joylashadi. Shuningdek, TJMda 900 ta mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh quriladi. Batafsil maʼlumot uchun: (+998) 88-800-77-77. Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Asaka ko‘chasi, 52 Sayt: ellipsegarden.uz Instagram: @ellipsegarden Reklama
Показать все...
Ayni paytda Savdo-sanoat palatasida Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilmoqda. Yigʻilish doirasida Prezidentning “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi yuzasidan muloqot boʻlib oʻtmoqda. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionati qo‘shnilarimiz uchun omadli kelmoqda Futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati 14-senyatbrdan 6-oktyabrgacha O‘zbekistonning 3 ta shahri — Toshkent, Andijon va Buxoroda bo‘lib o‘tadi. FIFAning 2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionati 14-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar 🇺🇿Oʻzbekistonda bo’lib o’tishidan xabaringiz bo’lsa kerak. Bugun jahon chempionati uchrashuvlari bo’lib o’tadigan 3 ta mezbon shaharlar e’lon qilindi: Toshkent, Buxoro va Andijon. Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtadigan FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli 24 ta terma jamoasi, jumladan, amaldagi gʻolib 🇵🇹Portugaliya, besh karra chempion 🇧🇷Braziliya, dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan hisoblanadigan 🇪🇸Ispaniya va 🇦🇷Argentina kabi jamoalar ishtirok etadi. Eng qizig‘i ushbu musobaqada biz bilan birga yana 3 ta qo‘shnimiz ham qatnashadi. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan! Ya’ni Yevropa nomidan 🇰🇿Qozog‘iston allaqachon yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgan. Shuningdek, Osiyo kubogi yarim finaliga chiqqan 🇹🇯Tojikiston ham o‘z tarixida ilk marta Jahon chempionatida qatnashadi. O‘zi umuman Tojikiston terma jamoasi kattalar o‘rtasida ilk marta FIFA musobaqasida ishtirok etar ekan. Ertaga 🇰🇬Qirg‘iziston va 🇦🇫Afg‘oniston o‘rtasidagi saralash o‘yinida kim g‘olib chiqsa, o‘sha jamoa ham o‘z tarixida ilk marta JCHda qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi. O‘zbekiston yarim finalga chiqib, ushbu 2 nafar qo‘shnimizga JCHga chiqish imkoniyatini yaratib berdi. Gap shundaki, Osiyo kubogi yarim finaliga chiqqan 4 ta jamoa JCHga chiqar edi. O‘zbekiston esa mezbon sifatida shundoq ham chiqib bo‘lgandi. Chorak finalda 🇻🇳Vyetnamni yutib, yarim finalga chiqqanimizdan keyin, chorak finalda yutqazgan jamoalar uchun yana 1 ta o‘rin berildi. Kecha o‘tgan saralash bahslarida Afg‘oniston Iroqni, Qirg‘iziston esa Vetnamni yutdi. Endi ertaga ikkalasi o‘zaro o‘yinda kim JCHga chiqishini aniqlab beradi. XULOSA: yurtimizda o‘tadigan JCHda 4 ta qo‘shnilar qatnashishi aniq — 🇺🇿O‘zbekiston, 🇰🇿Qozog‘iston, 🇹🇯Tojikiston hamda yoki 🇰🇬Qirg‘iziston yoki 🇦🇫Afg‘oniston. Bu esa bizning mintaqada futzal qay darajada kuchayganidan isbot bo‘la oladi. JCHda eng avvalo o‘zimizga, shuningdek, qo‘shnilarimizga ham omad tilaymiz! ❗️Aytgancha, ertaga O‘zbekiston va Tojikiston Osiyo kubogi 3-o‘rinini aniqlash uchun maydonga tushadi. Kecha tojiklar mezbon Tailandga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Ularda ham asosiy o‘yinda xuddi bizniki kabi hisob 3:3 bo‘lgandi. Yigitlarimizga omad tilaymiz. Navbatdagi bronza medalini qo'lga kiritishlariga tilakdoshmiz. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Savdo Oʻzbekistonda eng koʻp aholi ishlaydigan sektorlardan biri hisoblanadi. Nafaqat tadbirkorlik, xalqqa xizmat koʻrsatadigan barcha sohalar, shu jumladan, davlat ishxonalarida ham savdo sirlarini bilish asqatadi. “Asaxiy Books” nashriyoti “Xalq banki” bilan hamkorlikda shu muhim soha uchun mashhur kitobni oʻzbek tiliga tarjima qilibdi. Grand Kardonning “Savdo sanʼati” kitobi aynan sotuvni oʻrgatadi. Tadbirkorlar, ularning xodimlari – xizmat sohasidagi hammaga tavsiya qilinadi. Kitobni xarid qilish: asaxiy.uz/u/savdosanati Reklama
Показать все...
Futzalchilarimiz Erondek qudratli jamoani titratdi, qo’rquvga soldi. Asosiy taymlarda 3:3 bo’lgach, penaltilar seriyasida biroz omadimiz kelmadi xolos. Yigitlar, katta rahmat sizlarga! Boshingizni baland ko’taring, bugun biz uchun g’olibsiz. Xudo xohlasa, yurtimizda o’tadigan Jahon chempionatida Eron tushib qolsa, albatta, yutamiz! 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Uraaaa! Yarim finaldamiz! G’alaba muborak barchaga!! Yarim finaldagi raqibimiz Indoneziya! Xudo xohlasa, finalga chiqamiz va tarixda ilk bor Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritamiz. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Bugun ikkala terma jamoamiz ham bir paytda o’ynaydi U23 Osiyo kubogi chorak finalida 🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi 🇸🇦Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi. G’olib jamoa kamida Parij-2024 Olimpiadasi uchun o’tish o’yinida qatnashish huquqini qo’lga kiritadi. Futzal terma jamoamiz esa Osiyo kubogi yarim finalida 🇮🇷Eronga qarshi maydonga tushadi. Ikkala o’yin ham soat 19:00 da boshlanadi. Yigitlarimizga omad tilaymiz! 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Qaynoq taklif! 🏢 Xon Saroy’ning zamonaviy koʻrinishga ega “Zoʻrsan” loyihasidan 3 xonali xonadon xarid qilishga ulgurib qoling ✨ Boshlangʻich toʻlovni amalga oshiring va qolgan qismini 48 oy davomida toʻlab boring! Loyiha hududida 👉Bog‘cha va maktab 👉Xavfsiz bolalar maydonchasi 👉Avtoturargohlar 👉24/7 kuzatuv kameralari mavjud. Bot orqali bogʻlanish ☎️ 712007400 ☎️ 555017400 🌐 xonsaroy.uz Reklama
Показать все...
Bugun, 26-aprel kuni, Toshkent shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 78-majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ko‘plab masalalar qatorida bojxona tizimlarida qog‘oz hujjatlar almashinuvidan voz kechib, jarayonni elektronlashtirish va mavjud to‘siqlarni zudlik bilan bartaraf etish masalasi ham muhokama qilindi. Masalan, tomonlar bir-biriga bojxona imtiyozlarini taqdim qilishga asos bo‘luvchi tovar kelib chiqishiga doir sertifikatlarning hamon qog‘oz shaklida taqdim qilinayotgani, MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida ushbu hujjatni raqamli shaklda almashishni yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlandi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...