FVMMTB - Rasmiy kanali
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali ✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar ✔️ Ijtimoiy yangiliklar ✔️ Ta'lim yangiliklari
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала FVMMTB - Rasmiy kanali
Канал FVMMTB - Rasmiy kanali (@farvmmtb) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 75 152 подписчиков, занимая 2 127 место в категории Образование и 894 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 75 152 подписчиков.
Согласно последним данным от 30 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 26 047, а за последние 24 часа — -296, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Не верифицирован
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 4.90%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 3.14% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 3 688 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 2 360 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 7.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali
✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar
✔️ Ijtimoiy yangiliklar
✔️ Ta'lim yangiliklari”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 31 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Образование.
Загрузка данных...
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 31 июля | 0 | |||
| 30 июля | 0 | |||
| 29 июля | 0 | |||
| 28 июля | 0 | |||
| 27 июля | 0 | |||
| 26 июля | 0 | |||
| 25 июля | 0 | |||
| 24 июля | 0 | |||
| 23 июля | 0 | |||
| 22 июля | 0 | |||
| 21 июля | 0 | |||
| 20 июля | 0 | |||
| 19 июля | 0 | |||
| 18 июля | 0 | |||
| 17 июля | 0 | |||
| 16 июля | 0 | |||
| 15 июля | +969 | |||
| 14 июля | 0 | |||
| 13 июля | 0 | |||
| 12 июля | 0 | |||
| 11 июля | 0 | |||
| 10 июля | 0 | |||
| 09 июля | 0 | |||
| 08 июля | 0 | |||
| 07 июля | 0 | |||
| 06 июля | 0 | |||
| 05 июля | 0 | |||
| 04 июля | +668 | |||
| 03 июля | +42 249 | |||
| 02 июля | +10 001 | |||
| 01 июля | +1 174 |
| 2 | 💎Muhammad Fuzuliy hikmatlaridan
🔹"Ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidir."
🔹"Sabr achchiqdir, ammo mevasi shirin."
🔹"Ko‘ngilni ozor berish Ka'bani vayron qilishdan og‘irdir."
🔹"Insonning haqiqiy boyligi uning odobi va ilmidir."
🔹"Muhabbat qalbni poklaydi, nafs esa uni xiralashtiradi."
🔹"Har kim o‘z fe’lining hosilini o‘rar."
🔹"Yaxshi so‘z qalblarni birlashtiradi, yomon so‘z esa ajratadi." | 1 230 |
| 3 | #sohaga_doir_hujjatlar
📣 Yangi oʻquv yilidan boshlab tegishli sertifikatga ega boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga 15 foiz ustama toʻlanadi
✅ Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:
👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:
➖ boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish;
➖ huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish;
➖ xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uygʻur tillaridan chet tilini bilishning koʻp darajali (Multi-level) test tizimi joriy etiladi.
➖ boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining boshlangʻich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, oʻqitish metodikasi va pedagogik mahoratini aniqlash boʻyicha malaka imtihoni jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligining “onlayn test” axborot tizimi orqali tashkil etiladi;
➖ malaka imtihoni natijalariga koʻra sertifikat talabini bajargan boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga uch yil muddatga amal qiladigan A+, A, B+, B, C+, C darajali elektron sertifikat beriladi;
👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:
➖ B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlgan, boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan (sertifikatning amal qilish muddati davomida) lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlab boriladi;
👉 2026-yildan boshlab:
➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi;
➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi.
👉 Qaror bilan tasdiqlangan “Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan:
➖ malaka imtihonida ishtirok etishda talabgordan roʻyxatdan oʻtish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
➖ Ijtimoiy reestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur davlat xizmatini koʻrsatishda belgilangan toʻlovning 50 foizi, Ijtimoiy reestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga esa 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllanadi.
❗️ Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga koʻra:
🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.
👉 Qarorning toʻliq matni
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 1 505 |
| 4 | Quvasoyda “Yoshlar kuni” munosabati bilan qator tadbirlar o‘tkazildi
Bugun “Yoshlar kuni” doirasida Quvasoy shahar MMTB bo‘limi boshlig‘i tashabbusi bilan ta’lim muassasalarida sport musobaqalari, mahorat darslari va yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Shuningdek, alohida e’tiborga muhtoj o‘quvchilar bilan yakka tartibdagi suhbatlar o‘tkazilib, ularning ta’limga qiziqishini oshirish hamda kelajak rejalari yuzasidan tavsiyalar berildi. 12-sonli maktabda o‘tkazilgan ochiq uchrashuvda esa yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’lim olish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. | 1 525 |
| 5 | O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi
—
Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 303 |
| 6 | 💎Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi nazorat-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash sho‘basi mudiri Umidjon Mahmudov ishtirokida "Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar ijrosi" mavzuida brifing:
Davlatimiz rahbari raisligida 2026-yil 13-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida viloyatda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan Qarshi shahri misolida taqdim etilgan yangi tizimni joriy etish maqsadida Farg‘ona viloyatida Quva tumani tayanch hudud sifatida belgilandi.
Mahallabay o‘rganishlar asosida aniqlangan muammolar yuzasidan aniq manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqildi hamda davlat tashkilotlari, mahalliy hokimlik va ta’lim muassasalari hamkorligi kuchaytirildi.
Mazkur tajribani viloyatning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.
Murojaatlar tahlili:
2025-yilda jami 1 530 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 1 135 tasi (75,6%) ijobiy hal etilgan, 286 tasi (18,7%) huquqiy maslahat va ma’lumot berish orqali, 109 tasi (7,1%) tushuntirish berish yo‘li bilan ko‘rib chiqilgan.
2026-yilda bugungi kunga qadar 1 498 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 791 tasi (59,6%) ijobiy hal etilgan, 515 tasi (34,3%) huquqiy maslahat va ma’lumot berish orqali, 192 tasi (12,1%) tushuntirish berish yo‘li bilan yakunlangan.
Joriy yil davomida boshqarma rahbariyati tomonidan Farg‘ona, Quvasoy, Qo‘qon shaharlari hamda Oltiariq, Rishton, Bag‘dod va Buvayda tumanlarida 7 marotaba “Sayyor qabul” tashkil etildi.
Sayyor qabullarda 149 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi, 102 ta murojaat qabul qilinib, ularning 83 tasi (81,3%) ijobiy hal etildi, 14 tasi (13,7%) bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Kelib tushgan murojaatlarning birortasi boshqa tashkilotlarga yuborilmadi.
Murojaatlarning asosiy qismini mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi DMTT ochish, farzandlarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish hamda boshqa ijtimoiy masalalar tashkil etdi. | 1 |
| 7 | 🔴Yangiliklar
29.07.2026
Viloyat pedagogik mahorat markazida “Yil o‘qituvchisi – 2026” ko‘rik-tanlovining uchinchi bosqichi o‘tkazildi. | 2 284 |
| 8 | Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi nazorat-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash sho‘basi mudiri Umidjon Mahmudov ishtirokida "Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar ijrosi" mavzuda brifing:
Davlatimiz rahbari raisligida 2026-yil 13-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida viloyatda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan Qarshi shahri misolida taqdim etilgan yangi tizimni joriy etish maqsadida Farg‘ona viloyatida Quva tumani tayanch hudud sifatida belgilandi.
Mahallabay o‘rganishlar asosida aniqlangan muammolar yuzasidan aniq manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqildi hamda davlat tashkilotlari, mahalliy hokimlik va ta’lim muassasalari hamkorligi kuchaytirildi.
Mazkur tajribani viloyatning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.
Murojaatlar tahlili:
2025-yilda jami 1 530 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 1 135 tasi (75,6%) ijobiy hal etilgan, 286 tasi (18,7%) huquqiy maslahat va ma’lumot berish orqali, 109 tasi (7,1%) tushuntirish berish yo‘li bilan ko‘rib chiqilgan.
2026-yilda bugungi kunga qadar 1 498 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 791 tasi (59,6%) ijobiy hal etilgan, 515 tasi (34,3%) huquqiy maslahat va ma’lumot berish orqali, 192 tasi (12,1%) tushuntirish berish yo‘li bilan yakunlangan.
Joriy yil davomida boshqarma rahbariyati tomonidan Farg‘ona, Quvasoy, Qo‘qon shaharlari hamda Oltiariq, Rishton, Bag‘dod va Buvayda tumanlarida 7 marotaba “Sayyor qabul” tashkil etildi.
Sayyor qabullarda 149 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi, 102 ta murojaat qabul qilinib, ularning 83 tasi (81,3%) ijobiy hal etildi, 14 tasi (13,7%) bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.
Kelib tushgan murojaatlarning birortasi boshqa tashkilotlarga yuborilmadi.
Murojaatlarning asosiy qismini mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi DMTT ochish, farzandlarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish hamda boshqa ijtimoiy masalalar tashkil etdi. | 1 430 |
| 9 | 💎 Farg‘onada ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
🔸Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari ishtirokida o‘quvchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🔹Unda baholash jarayonlarining shaffofligi va sifatini oshirish, hududlarda olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilindi.
⌛Yakunda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati. | 1 480 |
| 10 | Fargʻonada “Yil oʻqituvchisi” tanlovining kitobxonlik sinovlariga start berildi!
Bugun Fargʻona shahridagi 28-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida maxsus jihozlangan binoda “Yil oʻqituvchisi” tanlovining 3-bosqichi doirasida kitobxonlik boʻyicha test sinovlari boshlandi.
Mazkur sinovlarda fidoyi, izlanuvchan va kitobxon pedagoglar oʻz bilim hamda mutolaa madaniyatini namoyon etmoqda.
Kitobxonlik oʻqituvchining kasbiy mahoratini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish va yosh avlodni kitobga mehr ruhida tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi.
“Kitobxon oʻqituvchi — kelajak bunyodkori”. Ushbu test sinovlari nafaqat ishtirokchilarning bilimini baholash, balki taʼlim tizimida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati. | 2 055 |
| 11 | 💎FARGʻONADA VAZIR OʻRINBOSARI ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
🪙“Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardi va umidi mujassam. Buni hech qachon unutmasligimiz kerak!”
📍Hududlarda mavjud tizimli muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida tasdiqlangan reja-jadval asosida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
➡️“Inson qadri” tamoyili asosida o‘tkazilgan sayyor qabul Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov tomonidan Quva tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi.
🌐Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev ham ishtirok etdi.
⬇️Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarning 34 nafardan ortiq vakili qatnashdi.
⌛ Shundan 21 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, ularning 19 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 2 ta murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirish va tegishli tavsiyalar berildi.
⌛Murojaatlarning asosiy qismini mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish, logoped shoxobchasi tashkil etish, ayrim xodimlarning xatti-harakatidan norozilik hamda boshqa ijtimoiy masalalar tashkil etdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati. | 2 533 |
| 12 | #Seminar_trening
💎Fargʻona shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi joriy etiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar va pedagoglari uchun ikki kunlik seminar-trening boshlandi.
📊Tadbirda Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Sherzod Dolimov ishtirok etib, seminar-trening qatnashchilarini qutladi hamda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mezonlarga asoslangan baholash tizimini sifatli joriy etish yo‘lida barchaga muvaffaqiyat tiladi.
💥Seminar davomida yangi baholash tizimini amaliyotga samarali tatbiq etish, uning mazmun-mohiyati, afzalliklari va amaliy mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berilib, ishtirokchilar bilan dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati. | 4 210 |
| 13 | #Yil_o‘qituvchisi_2026
💎Bagʻdod tumanidagi 21-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Gulxumor Namozova "Yil oʻqituvchisi – 2026" tanlovining uchinchi bosqichi yakunlari yuzasidan oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
📍U tanlovning ushbu bosqichi pedagoglar uchun nafaqat bilim va mahorat sinovi, balki tajriba almashish, zamonaviy taʼlim yondashuvlarini oʻzlashtirish hamda kasbiy salohiyatni yanada oshirishga xizmat qilganini alohida taʼkidladi.
Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi. | 2 370 |
| 14 | 💎FARGʻONADA "YIL O‘QITUVCHISI" TANLOVINING 3-BOSQICHI BO'LIB O'TMOQDA!
🪙Xabaringiz bor Mamlakatimizda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi “Yil o‘qituvchisi” nufuzli ko‘rik-tanlovining uchinchi viloyat bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
📍Tadbir viloyatimizda Fargʻona viloyati Pedagogik mahorat markazida belgilangan tartib va yuqori saviyada tashkil etilgan.
🌐Dastlabki saralashlardan muvaffaqiyatli o‘tgan eng munosib pedagoglar quyidagi mezonlar bo'yicha o'zaro bellashmoqda.
⏸Nomzodlar jami 100 ballik baholash tizimi asosida, ikki muhim yo‘nalish bo‘yicha xolis va shaffof mezonlar asosida baholanmoqda.
⌛ Mazkur tanlov nafaqat kuchlilarni aniqlash, balki zamonaviy ta’lim yondashuvlarini ommalashtirish hamda ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilish uchun muhim maydondir.
Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati. | 3 112 |
| 15 | 💎Qo‘qondagi 27-maktabda profilaktika va ta’lim sifati o‘rganildi
🔰Qo‘qon shahridagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida profilaktika ishlari hamda ta’lim sifati samaradorligi o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari izchil kamayib, 2026-yilda birorta ham jinoyat holati qayd etilmadi.
♻️Shuningdek, maktabda muhandislik laboratoriyasini zamonaviy jihozlash uchun mahalliy budjetdan 741 million 509 ming so‘m mablag‘ ajratildi.
📊O‘rganish yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, sinf xonalarini elektron doskalar bilan jihozlash hamda xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati. | 3 006 |
| 16 | #Sayyor_qabul
💥 Quva tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining jismoniy va yuridik shaxslar bilan navbatdagi “Sayyor qabuli” bo‘lib o‘tadi.
⌛Sanasi va vaqti: 2026-yil 29-iyul kuni soat 10:00 da
🔸Manzil: Farg‘ona viloyati Quva tuman 5-son umumta'limi maktabi binosi, Qaqir MFY, Begat ko'chasi 100-uy.
🔰 Mo‘ljal: Andijon-Farg'ona magistral yo'li bo'yida.
📞 Bog‘lanish uchun: (73) 244-31-18, (73) 244-30-93 | 2 364 |
| 17 | 💎Qo‘qondagi 27-maktabda profilaktika va ta’lim sifati o‘rganildi
🔰Qo‘qon shahridagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida profilaktika ishlari hamda ta’lim sifati samaradorligi o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari izchil kamayib, 2026-yilda birorta ham jinoyat holati qayd etilmadi.
♻️Shuningdek, maktabda muhandislik laboratoriyasini zamonaviy jihozlash uchun mahalliy budjetdan 741 million 509 ming so‘m mablag‘ ajratildi.
📊O‘rganish yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, sinf xonalarini elektron doskalar bilan jihozlash hamda xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati. | 729 |
| 18 | 💎Uchko‘prik tumanidagi 20-maktab yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda
⏸Uchko‘prik tumanidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
⌛Maktab hududi obodonlashtirilib, o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda hamda targ‘ibot-tashviqot vositalari yangilanmoqda.
📍Shuningdek, yangi o‘quv yili uchun darsliklar xatlovi to‘liq yakunlanib, mavjud zaxira va ehtiyoj aniqlandi.
🔵Darsliklarni qabul qilish hamda o‘quvchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha zarur choralar belgilangan.
📍Ayni paytda maktabda yangi o‘quv yilini uyushqoqlik bilan boshlashga qaratilgan tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda. | 2 420 |
| 19 | 📚“Kitobxonlik va kibersavodxonlik” festivalining viloyat bosqichi o‘tkazildi
💎Marg‘ilon shahridagi “Kelajak” markazida “Kitobxonlik va kibersavodxonlik” festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🪙Unda “Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng faol kutubxonachi” hamda “Yosh kiberhimoyachi” yo‘nalishlari bo‘yicha tuman (shahar) bosqichi g‘oliblari o‘zaro bellashdi.
📍Ko‘rik-tanlovlarda 150 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Yakunda 15 nafar g‘olib aniqlandi.
⏸Ular Qo‘qon shahrida o‘tkaziladigan “Kitobxonlik festivali”da diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. | 2 373 |
| 20 | 💎Menejerlik sertifikatiga ega nomzodlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🔰Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Sherzod Dolimov hamda Fargʻona viloyati Direktorlar kengashi aʼzolari ishtirokida menejerlik sertifikatiga ega nomzodlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🔸Muloqotda taʼlim muassasalarini samarali boshqarish, rahbarlik kompetensiyalarini rivojlantirish, taʼlim tizimidagi islohotlar hamda hududlardagi vakant rahbarlik lavozimlari muhokama qilindi.
🔹 Ishtirokchilarga zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Fargʻona viloyati Direktorlar kengashi. | 2 691 |
