cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

FVMMTB - Rasmiy kanali

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali ✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar ✔️ Ijtimoiy yangiliklar ✔️ Ta'lim yangiliklari

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
12 283
Obunachilar
-3924 soatlar
-2907 kunlar
-1 25930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
#Jonli_efir 📣 Hurmatli ota-onalar!Joriy yilning 19-iyun kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2024/2025-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi. Unda qabul jarayonlari bosqichlari, bu boradagi qonunchilik talablari va tartibi haqida so'z yuritiladi. 🖥 Bu borada sizni qiziqtirgan barcha savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan ushbu savollarga jonli muloqot davomida batafsil javob beriladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Fransuz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro tanlov O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fransiya elchixonasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining yosh fransuz tili o‘qituvchilari uchun xorijiy til assistentlari loyihasini e’lon qiladi. Ilk bor tashkil etilayotgan mazkur loyihadan maqsad, Fransiya maktab o‘quvchilariga o‘zbek madaniyatini (tarixi, tili, urf-odatlarini) tanishtirishdan iborat. Nomzodlar: ➖30 yoshdan oshmagan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarning fransuz tili o‘qituvchisi bo‘lishi; ➖fransuz tilidan kamida DELF B2 darajadagi til bilish sertifikatiga ega bo‘lishi; ➖o‘zbek madaniyatini (tarixi, tili, urf-odatlarini) yaxshi hamda rus tilini mukammal (ona tili darajasida) bilishi talab etiladi. ❗️Shartnoma muddati: 2024-yil 1-oktabrdan 2025-yil 30-aprelga qadar. Ish vaqti: haftasiga 12 soat. Ish haqi: qabul qiluvchi ta’lim muassasasi tomonidan to‘lanadi. Ishga ruxsatnoma va viza masalalari Fransiya elchixonasi tomonidan qoplanadi. Taklif etilgan lavozimlar soni: 2 ta Saralash jarayonlari Fransiya elchixonasi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Arizalar joriy yilning 22-iyuniga qadar qabul qilinadi. 👉Nomzodlardan ma'lumotlarni [email protected] manzili orqali jo'natishlari talab etiladi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Международный конкурс для преподавателей французского языка Министерство дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан объявляет совместно с посольством Франции в Ташкенте программу помощников иностранных языков для молодых учителей французского языка в общеобразовательных школах. Цель, впервые организуемой данной программы заключается в знакомстве французских школьников с узбекской культурой (историей, языком, обычаями). Кандидаты должны: ➖ быть учителями французского языка в общеобразовательных школах системы Министерства дошкольного и школьника образования Республика Узбекистан, моложе 30 лет; ➖ иметь сертификат владения французским языком не ниже уровня DELF B2; ➖ обладать хорошим знанием узбекской культуры (истории, языка, обычаев) и в совершенстве владеть русским языком (на уровне родного языка). ❗️Срок действия договора: с 1 октября 2024 года до 30 апреля 2025 года. Время работы: 12 часов в неделю. Заработная плата: оплачивается учреждением, принимающим на работу. Вопросы о разрешении на работу и визе решаются посольством Франции. Предлагаемое количество вакансий: 2. Отбор кандидатов проводится специалистами посольства Франции. Заявки принимаются по адресу [email protected] до 22 июня текущего года.
Hammasini ko'rsatish...
IYD QURBON HAYIT BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar, qadrli ustozlar! ♻️ Sizlarni muborak Iyd Qurbon Hayit ayyomi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Siz va oilangizga baxt va saodat, tinchlik-totuvlik hamroh bo‘lsin. ❇️ Allohim hammamizni qalbimizga mehr-saxovat, ko‘zimizga porloq nur, dilimizga mustahkam iymon ila kelajagi porloq yurtimiz bag‘rida yorug‘, fayzli kunlarda baxtiyor bo‘lishlik, tanu-jonimizga sog‘lik, yor-birodarlarimizga omonlik, yashayotgan har kunimizga quvonchu-shodlik, xonadonimizga baxt ato qilsin. Hurmat bilan Sherzod Hoji Dolimov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i.
Hammasini ko'rsatish...
👍 9🔥 1👏 1👌 1
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Beshariq, Furqat, O‘zbekiston va Dang‘ara tumanilarida maktab direktorlari, ularning o‘quv ishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuv jarayonida bugungi kunda mamlakatimizda ta’limni rivojlantirish masalasi davlat siyosati darajasida muhim ahamiyat kasb etayotganligi va bu jarayon umummilliy harakatga aylanib borayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Farhod Boqiyev uchrashuvlar davomida joriy o‘quv yilida sohadagi muvaffaqiyatlar, ayrim yechimini kutayotgan muammolar, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish omillari, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish, maktablarda o‘tkazilayotgan pedagogik kengashlarning o‘rni va ahamiyati, shuningdek, o‘quvchi va o‘qituvchilarning kiyinish madaniyati kabi dolzarb masalalarga tadbir ishtirokchilar e’tiborini qaratdi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
#Vazir_soati Joriy yilning iyun-iyul oylari “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist va tarbiyachilari o‘rtasidagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish, O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotida ishtirokini tashkil etish jarayonlari hamda ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi. Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga o‘tishdan oldin joriy yilning aprel-may oylarida bo‘lib o‘tgan vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga to‘xtalib o‘tdi. Qayd etilganidek, ushbu sinovlarda 189 858 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi hamda ularning 33 035 nafari yoki 17,4 foizi majburiy, 156 823 nafari yoki 82,6 foizi navbatdan tashqari attestatsiyalarda qatnashdi. Jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashda vazirlik va uning tizimidagi barcha tashkilotlar vakillari o‘z vakolatlari doirasida tizimli ish olib borishgani e’tirof etildi. ⚡️Bundan tashqari, Buxoro shahrida o’tkazilgan “Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichi va Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasini yuqori saviyada tashkil etilganligi ham alohida qayd etildi. Yig‘ilishda muhim masalalardan biri sifatida, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini tashkil etish jarayonlariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Aytilganidek, mazkur tanlovning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘rta-maxsus ma’lumotli tarbiyachilar oliy ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozini qo‘lga kiritishadi. ❗️Shuningdek, vazir yig’ilish davomida barchani Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklab, o’z ezgu tilaklarini bildirdi. 👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1640 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
So‘x tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida iqtidorli va intiluvchan o‘quvchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ta’lim maskanining 4-sinf o‘quvchisi egallagan faxrli muvaffaqiyat fikrimizning isbotidir. 4-sinf o‘quvchisi Musoyev Komronbek Asrorjon o‘g‘li bolaligidan tirishqoq va qiziquvchanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Ustozlari va ota-onasining sa’i-harakatlari bilan Komronbek Multi level CEFR imtihonidan ingliz tili bo‘yicha B2 sertifikatiga ega bo‘ldi. O‘quvchimizning muvaffaqiyatlari debochasi bo‘lgan bu ulkan yutug’i bilan tabriklaymiz va kelgusidagi o‘qishlarida ham omad tilab qolamiz. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6🔥 3
🔵 Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farg‘onada ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishni davom ettirmoqda 🔷Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev viloyatdagi Oltiariq, Buvayda, Uchko‘prik tumanlari hokimlik faollar zallarida va Qo‘qon shahridagi 1-madaniyat saroyida maktablar direktorlari, ularning o‘quv ishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari bilan kengaytirilgan davra suhbatlari o‘tkazdi. 🟦Uchrashuvlarda vazir o‘rinbosari ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash borasida batafsil gapirdi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, sohada mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlari bilan bu boradagi hamkorlikni kuchaytirishga tadbir ishtirokchilarining e’tiborini qaratdi. Farhod Boqiyev ta’lim muassasalari rahbarlari bosh Qomusimizni yanada chuqurroq o‘rganishlari, sohada qabul qilinayotgan har bir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini yaxshi bilishlari muhimligini ta’kidladi. Ta’lim maskanlarida o‘tkazilayotgan har bir tadbir rejali, maqsadli va puxta hozirlik bilan o‘tkazilishi ijobiy natijalar berishini eslatib o‘tdi. Rahbar uchrashuv davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim samaradorligini oshirish, maktablarda o‘tkazilayotgan pedagogik kengashlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, kiyinish madaniyati va odoblari kabi bugungi kundagi dolzarb masalalarga ham to‘xtaldi hamda bu borada mutassaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Hammasini ko'rsatish...
👍 5👏 2
Uchko‘prik tumanida bitiruvchilarga "oltin" va "kumush" medallar topshirildi Bugun Uchko‘prik tumanida umumta’lim maktablarining iqtidorli bitiruvchilariga "oltin" va "kumush" medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, tuman sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari hamda ustozlari ishtirok etdi. Tadbir avvalida vazir o‘rinbosari bitiruvchilarni bugungi unutilmas kun bilan qutlab, ular mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va rag‘batdan foydalangan holda puxta bilim egallashi, katta hayot yo‘lida Vatanimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilishi lozimligini ta’kidladi. Qayd etilishicha, yakunlangan 2023-2024-o‘quv yilida tuman bo‘yicha umumta’lim maktablarini jami 2 ming 250 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, ulardan 29 nafari "oltin", 4 nafari esa "kumush" medalga munosib, deb topildi. Bundan tashqari, qator bitiruvchilar muddatidan oldin oliy ta’lim dargohlari talabasi bo‘ldi. O‘z bilimi va salohiyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarga "oltin" va "kumush" medallar hamda esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi. Shuningdek, mana shunday tirishqoq, zukko va intiluvchan yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalarning, ularga ta’lim bergan ustozlarning mehnatlari ham alohida e’tirof etildi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
BILASIZMI? 12 dona eng nodir asarlar to‘plami aks etgan kitob monumenti. Ushbu monument Qarshi shahridagi Qarshi davlat universiteti ro‘parasida o‘rnatilgan.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Po'stilar arxiv