cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

FVMMTB - Rasmiy kanali

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali ✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar ✔️ Ijtimoiy yangiliklar ✔️ Ta'lim yangiliklari

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
12 805
Suscriptores
-4424 horas
-2927 días
-1 57230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Farg‘onada ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan 100 ta oila farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi. “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”da tashkillangan ushbu tadbir barcha ko‘ngli o‘ksik bolajaonlarga bayram tuhfasi bo‘ldi. Viloyatimizning shahar va tumanlarida yashovchi, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan 100 ta oila farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi. Farg‘ona shahridagi “Pingvin” majmuasida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, Farg‘onada investitsion loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan xitoylik investorlar, bolalarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari, jamoatchilik faollari qatnashdilar. To‘y bolalarning har biriga to‘yona sifatida 3 million so‘mdan mablag‘ tuhfa qilgan xitoylik investorning harakati bolajonlarning kelajakdagi yanada rivojlanishlari uchun qo‘shgan hissasi sifatida qabul qilindi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Mostrar todo...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🖇Kitoblarim men uchun butun umrga yetajak ulkan qirollikdir. ✍️  Uilyam Shekspir
Mostrar todo...
👏 3👍 2👌 1
02:00
Video unavailableShow in Telegram
📣 Farg'ona viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tassarufidagi viloyat bolalar kutubxonasi hamda Ahmad al-Farg'oniy nomidagi axborot-kutubxona markazi hamkorligida bolalar kutubxonasi binosida  1-iyun — "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan “O'qiymiz, o‘ynaymiz, o‘ylaymiz” nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi. TADBIRDA: ✅ YANGI KITOB TAQDIMOTLARI ✅ TURLI SPORT O’YINLARI ✅ KOMPYTER O’YIN MUSOBOQALARI ✅ MILLIY O’YINLAR ✅ INTELLEKTUAL O’YINLAR ✅ SHAXMAT-SHASHKA MUSOBOQASI O'TKAZILDI. 🎁 Tadbirda faol qatnashgan kitobxonlar ko’plab sovg’alar bilan taqdirlandilar. 🏆 Tadbir davomida viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan 2024-yil 1-iyun oyiga qadar onlayn va oflayn o'tkazilgan tanlovlarda g'olib bo'lgan o'quvchilar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Mostrar todo...
👍 2👏 1👌 1
02:00
Video unavailableShow in Telegram
📣 Farg'ona viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tassarufidagi viloyat bolalar kutubxonasi hamda Ahmad al-Farg'oniy nomidagi axborot-kutubxona markazi hamkorligida bolalar kutubxonasi binosida  1-iyun — "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan “O'qiymiz, o‘ynaymiz, o‘ylaymiz” nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi. TADBIRDA: ✅ YANGI KITOB TAQDIMOTLARI ✅ TURLI SPORT O’YINLARI ✅ KOMPYTER O’YIN MUSOBOQALARI ✅ MILLIY O’YINLAR ✅ INTELLEKTUAL O’YINLAR ✅ SHAXMAT-SHASHKA MUSOBOQASI O'TKAZILDI. 🎁 Tadbirda faol qatnashgan kitobxonlar ko’plab sovg’alar bilan taqdirlandilar. 🏆 Tadbir davomida viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan 2024-yil 1-iyun oyiga qadar onlayn va oflayn o'tkazilgan tanlovlarda g'olib bo'lgan o'quvchilar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Mostrar todo...
👍 3🔥 1👏 1👌 1
Bugun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni 1925-yilga yilda turli davlatlar ishtirokida Jyenevada ilk marta bolalar farovonligiga bag‘ishlab xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Konferensiyada ishtirokchi mamlakatlar bolalar kuni sifatida alohida sanani tanlashga kelishib oladi. Biroq qaysidir alohida sana taklif qilinmaydi, hamma o‘z madaniyatiga mos sanani tanlashi tavsiya qilinadi.  1950-yildan boshlab 1-iyunni «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va bu sana bayram qilina boshlanadi. Bundan tashqari, BMT tomonidan belgilangan 20-noyabr sanasi ham Xalqaro bolalar kuni hisoblanadi. Ayrim davlatlarda bolalar kuni emas, bolalar haftaligi tarzida ham nishonlanadi. 1-iyun – "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"  mamlakatimizda har yili katta tantanalar bilan nishonlanadi. Shu kunlarda yurtimizning barcha joylarida sana munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdmoqda. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Mostrar todo...
👍 2
XAYR, BOG‘CHAM! Yozyovon tumanidagi 1-DMTTda “Xayr bog‘cham, salom maktab” bayram tadbiri  o‘tkazildi. Bu yil mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotining 106 nafar kichkintoylari maktabgacha ta’limni yakunlab umumiy o‘rta ta’lim  maktabiga qadam qo‘ymoqdalar. Tadbirga jajjilarning ota-onalari, faxriy ustozlar qatnashib, bolajonlarni quvonchli kunlari bilan tabrikladilar. So‘zga chiqqan ota-onalar vakillari farzandlarini zukko, bilimdon va maktab ta’limiga tayyor etib, tarbiyalaganlari uchun tashkilot jamoasiga hamda guruh tarbiyachilariga minnatdorchilik bildirdilar. Tadbirda bolajonlar o‘quv yili davomida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini o‘zlarining yod olgan quvnoq kuy-qo‘shiq va raqslarida namoyish etdilar. Bayram tadbiri qiziqarli va mazmunli tashkillandi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Mostrar todo...
👍 3👏 1👌 1
MAKTAB VA MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA PUL YIG‘IMI QAT’IYAN TAQIQLANADI! ☝️Ta’lim muassasalarida ta’mirlash, jihoz uchun va turli tadbir uchun pul yig‘ish qat’iyan ta'qiqlanadi! 💥Agarda Siz qaysidir maktab yoki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining  +998 73 244 31 18 raqamli «ishonch telefoni»ga murojaat qilishingiz so‘raladi. 🔸Murojaatingiz  haftaning dushanba-juma kunlari soat 09.00 dan 18.00 ga qadar qabul qilinadi. ⚡️Sizning murojaatingiz shaxsan boshqarma boshlig'i nazoratida bo‘lib, O'zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to'g'risidagi qonuniga asosan, boshqarmaning tegishli mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi.
❗️ESLATMA: O'z tasdig'ini topmagan, asossiz va yolg'on xabarlarni tarqatish O'zR MJTK 202-moddasi 2-bandi va jinoyat kodeksining 244-moddasi 6-bandiga asosan tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
Mostrar todo...
👍 2
Bugun Quva tumandagi 34-maktabgacha ta’lim tashkilotida “Xayr bog‘cha-salom maktab” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda bolajonlar o‘zlarining chiroyli chiqishlari,  yod olgan she’rlari bilan barchani xushnud qildilar. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Xar kuni o‘n daqiqagina kitob o‘qishning foydalari: • So‘z boyligini oshiradi. • Madaniyat saviyasini orttiradi. • Miyadagi faoliyat bog‘ini zichlashtiradi. • Stressni kamaytiradi. • Hissiy anglamingizni teranlashtirib, hamdardlik hissini orttiradi. • E’tibor, diqqatni boshqaruvini yaxshilaydi. • Xotrani kuchaytiradi. • Ta’sirli va ma’noli suhbatlashishga yordam beradi. • Sifatli uyquni ta’minlaydi. "Hikmat Anil O‘ztekin" saxifasidan olindi.
Mostrar todo...
👍 2
Bugun o‘z quvonchli kunlari – tavallud ayyomlarini nishonlayotgan yurtdoshlarimiz qatorida Rishton tumanida ta’lim sohasida ko‘p yillar ishlagan xalqta'limia'lochisi Azimjon Xonqulov ham bor. U bugun o‘zining muborak 60 yoshini qarshi olmoqda. Azimjon Xonqulov o‘z mehnat faoliyatini 1985-yilda Rishton tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 1990-yildan boshlab esa o‘z jonajon ta’lim maskanida o‘quv ishlari bo‘yicha direktorga o‘rinbosar bo‘lib ishladi. Mehnatlari samarasi o‘laroq 1996-yildan boshlab tuman xalq ta’limi bo‘limi uslubchisi, bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.  Keyinchalik esa maktab direktori, tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari va rahbar vazifasini vaqtincha bajarib ham keldi. Fursatdan foydalanib, Azimjon Xonqulovni qutluq sana bilan tabriklaymiz va mustahkam sog‘liq tilaymiz.
Mostrar todo...