Dr. Algorithm
Открыть в Telegram
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Больше4 362
Подписчики
+3324 часа
+447 дней
+20630 день
Архив постов
4 362
SI chiqdi va xavfsizlik qil ustida qoldi.
AI davrida InfoSec nima bo‘ladi?
Hozir saytlarni buzish, tizimlarga kirib borish ancha oson bo‘lib qoldi.O‘tgan yillari InfoSec Expoga borganimda, qanday qilib tizimlarni himoyalash, dasturlarni nazorat qilish haqida gapirishar edi. Katta korxonalar tizimlarni yasash, sizga tizimlar orqali yordam berishga harakat qilar edi. Hozir esa vaziyat butkul boshqa. Tadbirga aylanib yurib shuni sezdim-ki, endi korxonalar tizimlar orqali himoya qilmoqchi emas. Tadbirning yarmi bitta mavzuni gapiradi: Xodimlarni o‘qitish. Aynan shunday. Endi parol uzunligi, 2FA borli kerak emas. Endi xodim nima qilmoqda, bilmasdan ochib bermayaptimi, uni o‘qitish kerak, - degan gaplar.
Korxonalarga xodimni bilimini oshirish arzonroq tushmoqda.SI tezlashtirgan zamonga, ilm bilan yetib olishmoqda. Xodim savoyasi oshmasa, ming tizimni zo‘r qurib qo‘ying, foydasi yo‘q. Phishing, Ijtimoiy muxandislik, psixologik bosim kabi usullar bilan aldab qo‘yishmoqda. Qiziq. Bu ketishda Informatsion Xavfsilik yana nimalarni boshidan o‘tkazar ekan-a? 05.06.2026 London @DrAlgorithm
4 362
+3
Rasm soladigan robot qo‘l
Bu narsa AI Sketch Robot deb atalar ekan.
Qanday ishlashini ko‘rsatish uchun rasmlarini ham tashlab qo‘ydim. Internetni qidirib, turli saytlar topdim. Masalan,
https://www.juliacharleseventmanagement.co.uk/entertainment/exhibition-entertainment/ai-sketch-robot/
https://photomonkey.uk/sketchartbot
Narxi osmon, £600 dan boshlanar ekan.
Shundan keyin o‘ylab qoldim. Ahir bizning Robototexnikani o‘rganayotgan yoshlar buni yasay oladi-ku. Endi tadbirkor bo‘lish (monitizatsiya qilish) kerak.
Sifati, tezligi qancha yaxshi bo‘lsa, turli tadbirlarda sotsa bo‘ladi.
Yoshlarga aytib ko‘rsak, qilisharmikan?
04.06.2026 London
@DrAlgorithm
4 362
💡 G‘oyaga 5 baho
InfoSec Expoga 3-yil qatnashishim. Har yili nimadur yangilik ko‘rib qaytaman.
Avvallari tekinga kofe tarqatishar edi. 3-4 ta joyda bo‘lgani uchun aynan o‘sha stendlarda odam ko‘p bo`lar edi. Bu yili esa 10lab stendlarda kofe ko‘rdim. Demak bu usul endi eskirdi.
Lekin qoil qolganim, buni sezgan 2 ta stend yangilik kiritgan.
AI asosli rasm chizadigan robot.
Stednga borasiz, rasmga tushasiz, biror joyni tanlaysiz va 2 daqiqada sizning rasmingiz tayyor.Esingizda bo‘lsa, avvallari rasmga olish, 3D rasm chiqarish moda bo‘lgan edi. Bu ham moda. Sizning rasmingizni oddiy qog‘oz va qalam bilan chizib berishadi. Texnik tomoniga qiziqqanim uchun bu qanday robot, qayerdan sotib olgan so‘radim. O‘ziniki emas ekan! Eshitib, ishxonaga kelib biroz izlanib ko‘rdim. Buni alohida xizmat qilib sotishar ekan. Robot va qog‘ozlarni ijaraga berishar ekan. Soatiga pul to‘laysiz. Nechta robot kerak, qanday tezlikda ishlasin, tanlaysiz. Narx chiqarib berishadi. va bo‘ldi.
Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva.Mabodo sizga ham shunday xizmat kerak bo‘lsa, aytaverasiz. Bir yo‘lini qilib O‘zbekistonga ham olib kelamiz. Nima deb o‘ylaysiz: Bizda ham bu yurarmikan? P.S. Videoning oxiri yomon chiqqan lekin. 04.06.2026 London @DrAlgorithm
4 362
Ajoyib zamonlar bo`lmoqda.
Bir vaqtlar qilgan loyihangizni birovga korsatish uchun qulay fursat, vaqt, joy, imkoniyat kutar izlar edingiz.
Hozir esa o‘zligi sizni chaqirishmoqda.Shunday ekan, nimamcha bu qulay fursatdan foydalanish kerak. 👉 https://t.me/najottalim/9285 Juda ko‘p StartUplarni etish uchun maydonlar shakllanyapti. Juda quvonarli. Imkon borida foydalanib qolish kerak. 03.06.2026 London @DrAlgorithm
4 362
+2
Dasturchi doʻstim siz uchun
Bugun InfoSec tadbirida yuribman. Bitta stand oldiga kelib, toʻxtab qoldim. Chunki koʻp doʻstlarim va tanishlarim hayotida burilish yasagan joy esga tushdi.
Bundan 5 yillar oldin bu korxona koordinatori (mingboshi)si bilan uchrashgan edim. Shuni esga oldik.Oʻzbekiston AT olamida koʻp yangilik kiritgan.
Lekin man uchun doʻstlarimni eslatgani uchun hursand boʻldim.Kim bu korxonada ishlagan, ishlayotgan yoki biror boshqa aloqasi boʻlsa, bu gap (post) sizlar uchun.
Qayerda boʻlmang, salomat boʻling. Ishingiz, rizqingiz, vaqtingiz barakali boʻlsin. Mehnatingiz natijasi ham sizga va Vatanimizga ham yurdoshlarimizga foydali boʻlsin.Sizlarni koʻrgandek boʻldim. 03.06.2026 London @DrAlgorithm
4 362
Claude Opus 4.8
+ Narxi o‘zgarmapti.
+ Fast mode 3x arzonlashgan.
+ Vazifaga qanchalik chuqur kirishi nazorati qo‘shilibdi (Effort control)
+ Xatosini tan olish 4x marta kamaygan.
- Katta o‘zgarish yo‘q. Bor narsani sifati oshgan.
- Token soni ko‘paydi: Effort control rejimida "extra" yoki "max" yoqilsa.
Hozircha shu farqlarni sezdim. Siz qanday faralarni ko‘rdingiz?http://anthropic.com/news/claude-opus-4-8 Ertga MeetUp'imiz bor: https://t.me/UzTechUK/122 ClaudeCode bo‘yicha davom etamiz. Bu yangilikni hozircha qo‘shmaymiz. 28.05.2026 London @DrAlgorithm
4 362
Assalomu alaykum doʻstlar,
🐏 Qurbon Hayiti bayrami muborak boʻlsin!
Keyingi hayit ayyomlarga ham birgalikda yetkazsin.
Ibodatlarimiz qabul boʻlsin.
Ilmingiz toʻliq va ziyoda boʻlsin.
Rizqingiz, vaqtingiz, umringizga baraka bersin!
🕌 Ayyom muborak!
27.05.2026 London
@DrAlgorithm
4 362
+2
Biznes uchun yechim
Biznes jarayonlarni soddalashtirish boʻyicha koʻp yechim qarab yuraman. Gemini'ni ham shu maqsadda ishlatar edim.
Lekin yetarli emas edi.Bugun qiziq tadbir boʻldi. Aynan manga kerakli muammoni yechimini soʻrash uchun 2-3 kishi bilan gaplashdim. Bizga namuna sifatida turli sohada ish jarayonini soddalashtirish, tizimga solib, avtomatlashtirish boʻyicha jonli taqdimot qilib berishdi. (Live Demo)
Google Workspace yetarli emas ekan. Endi Google Enterprise olishim kerak ekan.Bularni ichma-ich ulab, n8n dek orchestration qilsak, foydasi bor deyishdi. Ishlatib koʻri, sizlarga ham natijamni ulashaman. 26.05.2026 London @DrAlgorithm
4 362
Google ofisi, London.
Azimjon, hammasi siz qoldirgandek turibdi.Bugun SI boʻyicha masterclass bor. Shuni koʻrgani kelgan edim. Koʻramiz qanchalik hayratda qoldirishadi. Hozircha faqat havo hayratda qoldirmoqda.
33°C26.05.2026 London @DrAlgorithm
4 362
Assalomu alaykum do‘stlar,
Bir vaqtning o‘zida bir necha ishga ulgurish qiyin. Shu sababli ishlarimizni tartibga solish uchun tanaffus olib turamiz. Bu tanaffus vaqtida esa foydali ma'lumotlarni o‘rganish, ularni xalqimizga yetkazish haqida bosh qotiramiz.
UzTech UK jamoasi bilan kundalik hayotda SI dasturlaridan foydalanish haqida dars o‘tishni boshlagan edik.Shu hafta 5-qismini namoyish qilmoqchimiz. Ko‘pchilik uchun foydali bo‘ladi degan umiddamiz. Loyiha maqsadi, dasturchi bo‘lmaganlar uchun ishlarini yengillashtirishga yordam berish. Ixtiyoriy soha odami bu darslarimizdan foydalanishlari mumkin. Darslarimiz videosi tayyor bo‘lganida uni ham alohida e'lon qilamiz. 20.05.2026 London @DrAlgorithm
4 362
Repost from UzTech UK
🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧
AI bilan ishlash bo‘yicha darslarimiz davom etadi.
Bu safar Claude Code haqida gaplashamiz.
Meetup davomida Saidolim Djuraev bilan:
• Claude Code’dan unumli foydalanish
• Ish jarayonini samarali tashkil qilish
• Foydali usullar va tajribalar
haqida suhbatlashamiz.
🗓 Sana: 22-May, Juma
🕕 Soat: 18:00 (London vaqti)
📍 Manzil: Online (Google Meet)
📱 Qatnashish uchun havola:
https://meet.google.com/eak-erzp-hjp
Agar AI vositalarini kundalik ish jarayoningizga qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, ushbu meetup siz uchun foydali bo‘ladi.
📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK | 📱 @UzTech-UK
4 362
Repost from Sardor Dushamov | PHP
Avvallari:
- Odam qilgan ishni odam qiladi lekin dasturchi qilgan ishni hammayam qilolmaydi
Hozir:
- Odam qilgan ishni odam qiladi, dasturchi qilgan ishni bo'lsa odam+SI qiladi
4 362
📚
Ijodiy yondashuv
(Kreativ deyishadimi?)
Ilm ulashishda kutubxona tuzish juda katta savobli ish. 42.uz jamoasidan yangi loyihani ko‘rib xursand bo‘ldim.
Menga eng yoqqani esa, uni qanday qilib taqdim qilishgani bo‘ldi.42.uz, Qoyil! Davomli bo‘lsin! 11.05.2026 London @DrAlgorithm
4 362
+1
SI kim hukmron?
Ajoyib raqamlarga ko‘zim tushdi. Rio de Janeiro (Braziliya) da 23-27 Aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ICLR 2026 konferensiyasiga qabul qilingan maqolalarni tahlil qilib ko‘rishibdi.
1. Eng ko‘p maqolalar Xitoydan qabul qilingan.
Ketidan 2-o‘rinda AQSh turibdi.
2. Keyingi davlarlar x10 marta kam natija bilan safda turishibdi. Xitoy va AQSh ixtiyoriy boshqa davlatlardan 5-10 marta ko‘p maqola bergan.
3. UKdagi universitetlar reytingi qiziq tuyuldi.
Hozirgi kunda O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga o‘qishga kelayotgan yoshlarimiz juda ko‘p. Ular orasida SI sohasida o‘qishga kelayotganlar ham bor. + Sizlarga tavsiyam, shu rasmlarni yaxshilab o‘rganing. + Sizning universitet bu yashil ro‘yxatda bormi?
Rank University Maqola soni 24 University of Oxford 104 42 University of Cambridge 67 57 Google DeepMind 49 66 UCL 40 75 Imperial College London 36 97 University of Edinburgh 26 184 University of Manchester 12 191 University of Surrey 11 232 University of Bristol 8 234 Queen Mary University of London 8 278 University of Bath 6 305 University of Birmingham 5 326 University of Sheffield 4 328 University of Warwick 4 337 University of Southampton 4 339 University of Exeter 4 351 Lancaster University 4 413 University of Glasgow 3 416 University of Liverpool 3Bu statistikani tekshirib ko‘rish uchun GitHubda loyiha bor: https://github.com/DmytroLopushanskyy/iclr2026-affiliations Shunaqa gaplar. Haftani barakali boshlab oling. 11.05.2026 London @DrAlgorithm
4 362
Vaqt ajoyib narsa, Ba'zida oʻtganini sezmaysan, Ba'zida esa kutib charchaydan.Suhbatni oʻtkazib oldik. Mavzu qiziq, voqealar koʻp, lekin vaqt chegaralangan. Davomini qilamiz deb kelishdik. Foydali boʻlsa, hursand boʻlamiz.
Savollar bergan edingiz. Imkon qadar javob berdik. Agar kimning savoli ochiq qolgan boʻlsa, yozib yuboring.Dam olish kuningiz maroqli oʻtsin. 09.05.2026 London @DrAlgorithm
4 362
Podkast boshlanishiga 2 soat qolibdi.
Savol yuborgan do‘stlarimizga rahmat, yozib oldim.P.S. SI odam-podam emas ekan. Podkast uchun rasm yasab ber desam, bizni stol atrofiga o‘tkazib, suhbatimizni ham tashkillashtirib beribdi. Eng hayratga solgani, ikkalamizning kanalimizdagi profil ostidagi fon saqlangan. Va Bu fonni bitta rasmga joylay olgan. Man bunday qil demagan edim. Ajoyib... Mayli, SI o‘z yo‘liga, biz bugun tarixni eslaymiz.
Tas-IX haqida gaplashamiz.09.05.2026 Online
4 362
+1
Buxgalterlarning boshini qotirdim
Bu hafta hisobchi (buxgalter) va auditorlar tomonidan tashkil etilgan tadbirda qatnashdim.Tadbirda SIni buxgalteriya va moliya sohasida qo‘llash haqida gapirib berdim. Manga yangilik bo‘lgani: - SI va Excel birga ishlashni boshlaganiga ko‘p bo‘ldi, - lekin ishlatishmas ekan. - Oddiy web orqali SI da ko‘p masalalarni hal qilsa bo‘ladi, - kam foydalanishar ekan. - Gemini yordamida Email, hujjatlar, fayllar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash mumkin, - bilishmagan ekan. - Eng qizig‘i, tekin SI ishlatadiganlar ham bor ekan. Shaxsiy ma’lumotlar, mijozlar ma’lumotlari sizib chiqishini eshitib, ko‘pchilik hayratda.
Bu O‘zbek bo‘lmagan auditoriyaga ilk chiqishim bo‘lsa kerak. Nasib qilsa yana tadbirlarga qatnashib, u yerdan olgan bilimlarimni ulashib turaman.Dam olish kunlaringiz barakali o‘tsin. 09.05.2026 London @DrAlgorithm
4 362
Assalomu alaykum do‘stlar,
Saud Abdulwahed bilan suhbat uyushtirmoqchimiz.
Shanba, 7 May kuni 19:00da bo‘lishi reja qilingan.
Mavzu: Tas-ix tarmog‘i.
Agar sizga ham mavzu qiziq bo`lsa, savollaringizni shu xabar ostida qoldiring. Suhbat davomida inobatga olishga harakat qilamiz.
Shanba kuni ko‘rishguncha.
07.05.2026 London
@DrAlgorithm
4 362
Repost from Saud Abdulwahed
Shanba kuni kech soatlarda Saidolim a.k.a @DrAlgorithm bilan jonli efir bo'lib o'tadi.
Mavzuni Tas-ix tarmog'i va ahamiyatini tushinishga atamoqchiman. Men uchun ochilmagan va juda qiziq mavzu. Uning ahamiyati va imkoniyatlari hamda O'zbekistondagi Internet dunyosi "tug'ilishi" jarayonlarini o'rganamiz.
4 362
Bank kartalari orasidagi o`tkazma komissiyasiz qilinar ekan.
Bu juda zo‘r taklif.Buni davomini ham qilish kerak.
Bank o‘tkazmalari uchun ham tekin qilish kerak.Aslida bank va boshqa to‘lov tizimlari xizmatlari uchun pul olishi kerak. Odamlarning to‘lovlarini ustiga o‘tirishi kerak emas.
Odam naqd pulni ishlatishi kabi bank hisob raqamini boshqarish qanchalik oson bo‘lsa, odamlar naqdsiz yo‘lga tez o‘tadi.Ovqatlandingiz. 123,000 ni 4 kishi bo‘lishishingiz kerak. 30,750 dan tushadi. 250 qaytimni qayerdan olasiz? Agar bank mobil app yaxshi ishlasa edi, shuni odamlar mobil app orqali qilar edi.
Taklif zo‘r bo‘libdi. Qabul qilib, ishga tushib ketsa yaxshi bo‘ladi. Davomini ham qilishsa, yanada foydali edi.05.05.2026 London @DrAlgorithm
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
