ch
Feedback
Dr. Algorithm

Dr. Algorithm

前往频道在 Telegram

Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot

显示更多
4 672
订阅者
-524 小时
-127
-4930
帖子存档

Texnogap tiklanmoqda Esingizda bo`lsa, Texnogap degan loyiha bo`lar edi. Turli AT sohasidagi mutaxassislar bilan suhbatlar qilinar edi. Shuni tiklashibdi. Navbatdagi suhbat Aziz Mirzayev bilan bo`lar ekan. Moderator Sardor oga. Online ko`rish va albatta savol berishni tabsiya qilaman. 13.08.2026 London @DrAlgorithm

Google Gemini Desktop app haqida eshitganmisiz? Google Gemini Desktop appini yaqinda o‘rnatib ko‘rdim va menga kerak bo‘lgan
Google Gemini Desktop app haqida eshitganmisiz? Google Gemini Desktop appini yaqinda o‘rnatib ko‘rdim va menga kerak bo‘lgan bitta imkoniyati yoqdi.
Bu biron bir matnni yozish o‘rniga, ovoz bilan gapirib berish.
Bu imkoniyat menga xohlagan dasturimda ishlaydi, xoh u PyCharm bo‘lsin, xoh u biror bir hujjat bo‘lsin, yoki Telegramga ham. Buni nima qulay tarafi bor? Hamma hozir prompt yozayotgan paytda eng qiyini shu promptni yozib/aytib berish. Ayni shu narsani, ayni aytib berishni endi rostdan ham yozish emas, aytib berish orqali qilish mumkin bo‘lib qoldi. Aslida Gemini Brainstorming degan narsasi bor edi, lekin u dasturning ichida ishlar edi. Ya’ni siz u bilan gaplashib bo‘lganingizdan keyin kerakli matnlarni nusxalab olsangiz kerak bo‘lar edi.
Hozir esa xohlagan dasturga xohlagan matnni xohlagan tilda gapirtirib qo‘ysangiz bo‘ladigan narsa chiqaribdi.
Ishingiz oson bitsin. Yengilliklar bilan ulashib turing. 13.08.2026 London @DrAlgorithm

Sardor oğa Aziz Mirzayev bilan masterclass qilishmoqchi ekan. Mavzu juda zo‘r, shu sababli https://t.me/Sardoroga_blog/3378 havola orqali o‘tib, Sardor og‘a kanallarida "+" qoldiring. Mavzu: Dasturchilar uchun AI agentlar bilan SDLC pipeline qurish Taviya etaman. 12.08.2026 London @DrAlgorithm

Xakaton + SI - yangi daraja UzTech UK jamoasi yangi loyiha boshladi. Xakaton yordamida yangi bilim ulashish va mutaxassislarni tanitish. Bu loyiha hamjamiyatimiz a'zolaridan chiqdi va oʻzligi tashkil etishmoqda.
Dasturchi boʻlish shart emas - degan joyi rosa yoqdi.
Nafaqat dasturlash va balki biznes jarayonlarni, balki hayotimizda, turmush tarzimizda boʻladigan ishlarni ham SI yordamida osonlashtirish mumkin ekanini koʻrsatib berishmoqchi. https://t.me/UzTechUK/169 Shu kuni Londonda boʻladigan 20 kishi kela oladi ekan. Qatnashish niyatida boʻlganlar, roʻyxatdan oʻtishi kerak. Tadbir tafsilotlarini YouTube kanalda berilsa kerak. #shunaqaGaplar 11.08.2026 London @DrAlgorithm

Backend dasturchilar uchun SI skill yordamida kod yozishni optimallashtirish. Swagger -> Java -> Postgres 07.08.2026 London @DrAlgorithm

Repost from UzTech UK
Biz boshladik: 👉 📱 https://youtu.be/lHj5ThRkfXQ Savollaringiz bo‘lsa, ushbu post ostida yozib qoldiring. 📱😎📱📱 uztech.uk/social

UzTech UK jamoasidan Syurpriz Ma'lumki Buyuk Britaniyada (UK) UzTech UK nomli AT jamoamiz bor. Jamoamizda alohida Dasturchilar guruhimiz bor. Guruhimiz faol a'zolaridan biri Samandar bizni lol qoldirdi. Yuqoridagi video Instagramga chiqqanida bildik. Cambridge safarida turli savollar berib, vaqtimizni maroqli oʻtkazgan inson bunday hunarlari borligini biz ham oʻzidan eshitmadik. 😮 📱 https://www.instagram.com/reel/Dba_NtPtH_A/?igsh=NGNzajk0aHQwZHY4 Oʻzbekistonda Kulgilektual loyihasi bor. Unda turli mehmonlarga mantiqiy savollar berilar ekan. Men buni videodan bildim. Samandar shu koʻrsatuvning har bir qismini koʻrib, savollar, mehmonlar, ularning reytingi kabi ma'lumotlarni yigʻgan. Hatto videoning qaysi qismida savol berilganini ham belgilagan.
Shunday iqtidorli yoshlarni koʻrsam rosa hursand boʻlaman.
Samandar Abdullayev tabriklaymiz! Juda katta ish boʻlibdi! Bundan keyingi loyihalaringizga rivoj tilayman. Loyiha havolasi: kulgilektual.com
Agar sizda ham website yoki shu kabi qiziq loyiha kerak boʻlsa, bemalol murojaat qilavering. Natijani koʻrib turibsiz.
Samandarga murojjat qilish uchun: 📱 https://www.instagram.com/samabdullaevv 📱 https://t.me/sam_abdullaev Bizning hamjamiyatimiz haqida shu yerdan ma'lumot olishingiz mumkin: 📱😎📱📱 uztech.uk/social 04.08.2026 London @DrAlgorithm

Repost from UzTech UK
Biz boshladik: 🇬🇧📱 https://youtu.be/vJj2Y9YkNrs 👈 Savollaringiz bo‘lsa, ushbu post ostida yozib qoldiring. 🔗 uztech.uk/social

Ertaga katta tadbirimiz bor. 👉 https://t.me/UzTechUK/158 UKda o‘qib, ishlab kelayotgan, o‘zining Startuplari bor bo‘lgan akamiz bilan suhbat bo‘ladi.
Dasturchi sifatida qanday qilib ish topish, suhbatlarda qanday savollar berilishi haqida bo‘ladi.
Online ham qilamiz. Havolani suhbat boshlanishidan biroz oldin beramiz. Vaqtingiz bo‘lsa, siz ham keling, savollar bo‘lsa hozirdan yozib qo‘ying, akaga yetkazamiz.
Balki sizning ham dasturchi sifatida ish topishingiz uchun foydali bo‘lar. Shart emas faqat UKda ish topish, boshqa davlatlar ko‘p. Lekin ko‘pchiligida kirish mantig‘i va savollari o‘xshash bo‘ladi.
Ertaga suhbatda kutamiz. 👉 https://t.me/UzTechUK/158 16.07.2026 London @DrAlgorithm

Agar tepadagi post sizda ko‘rinmagan bo‘lsa, demak Telegramni yangilash kerak. Men Telegramning yangi shaklida maqola yozib ko‘rgan edim. Shunga ko‘rinmasligi mumkin. 16.07.2026 London @DrAlgorithm

📚 Kitoblar almashish uchun platforma ishga tushdi! Ushbu platformada o'zingiz o'qib bo'lgan kitoblarni kiritishingiz, ijarag
📚 Kitoblar almashish uchun platforma ishga tushdi! Ushbu platformada o'zingiz o'qib bo'lgan kitoblarni kiritishingiz, ijaraga berishingiz va qolgan kitobxonlardan kitoblarni ijaraga olib turishingiz mumkin. Platformadan foydalanish ikki taraf uchun ham mutlaqo bepul. Kiring, foydalaning va ziyo ulashing! @ziyoulashbot Loyiha to'liq bepul bo'lgani sababli, imkon bo'lsa loyihani boshqa kitobxonlar bilan ulashishni unutmang.

Sardor ogʻadan yangi kvest. Siz ham kvestda ishtirok etyapsizmi? Savollar juda qiziq. Sizni ziyrak deb bilamiz, shuni isbotlashingiz kerak. Kitob olmaganlar, siz ham ishtirok eting, kitob olishga yana bir imkoniyat. 14.07.2026 London @DrAlgorithm

Uzoq va mashaqqatli mehnatdan keyin 50 ta g‘olib tanlab olindi. 🎉 1. Maqola kiberxavfsizlik mavzusida bo‘lishi kerak edi. 2.
Uzoq va mashaqqatli mehnatdan keyin 50 ta g‘olib tanlab olindi. 🎉 1. Maqola kiberxavfsizlik mavzusida bo‘lishi kerak edi. 2. Maqolani men yozgan bo‘lishim kerak edi. (Forward kirmaydi) 3. Kim birinchi yuborgan bo‘lsa, shu hisobga o‘tar edi.
G‘oliblarga Telegram orqali aloqaga chiqamiz.
Agar g‘olib bo‘lgan bo‘lsangiz, formani to‘ldirib bering. 👉 https://forms.gle/25wNmKhULk7PmzZw9
16 Iyul, Payshanba kuni, soat 11:00 da Toshkent shahrining Abay Korzinka parkingida ko‘rishasiz.
Men emas, mening vakilim sizlarga kitoblarni berib yuboradi. Savollar bo‘lsa, vakilga yozishingiz mumkin. Sizga aloqaga chiqadi. 2 kishi bir vaqtda kelib qolsangiz, bir biringiz bilan tanishib oling. Ziyon qilmaydi. 13.07.2026 London @DrAlgorithm

Assalomu alaykum do‘stlar, Dam olish kunlari yaxshi o‘tdimi? Kitoblar tanlab olindi. 50 ta odamga bittadan kitob tarqatadigan
Assalomu alaykum do‘stlar, Dam olish kunlari yaxshi o‘tdimi?
Kitoblar tanlab olindi. 50 ta odamga bittadan kitob tarqatadigan bo‘ldik.
Yuqoridagi xabar ostida izoh qoldirgan birinchi 50 kishiga kitob tarqatiladi. Shartlari: - yuborilgan havola aynan Kiberxavfsizlik haqida bo‘lishi kerak. - havolani birinchi bo‘lib yuborgan bo‘lishi kerak. - faqat @DrAlgorithm kanalida men tomonimdan yozilgan maqola bo‘lishi kerak. Endi esa ba’zi savollarga javoblar: 1. Kitobni bittadan emas, 5 tasini jamlab bitta odamga bersangiz bo‘ladimi? - Yo‘q, niyatim kitob ko‘proq odamga yetib borsin. Agar siz kitobni o‘qib bo‘lgan bo‘lsangiz boshqa kitob olgan odam bilan almashib turishingiz mumkin bo‘ladi. Ham yangi tanish orttirasiz, ham kitob o‘qiysiz. 2. Kitob ola olmaganlar nima qilsin? - Kitob olganlarning ma’lumotini e’lon qilamiz. Ular bilan gaplashib kitobni o‘qish uchun olib tursangiz bo‘ladi. 3. Kitobni necha kunga olib turgan yaxshi? - Kitobni 3 hafta ichida qaytarish eng ma’qul vaqt. Agar 3 haftada o‘qib bo‘lmagan bo‘lsangiz, shu 3 hafta ichida kitob egasiga aloqaga chiqib, yana 1-2 hafta vaqt so‘rashingiz mumkin. Lekin 5 haftadan oshib ketmasin.
Endi esa kitob olayotganlar uchun shakl tayyorlagan edim. Shuni to‘ldirib bersangiz, sizga aloqaga chiqishimiz osonroq bo‘lar edi.
👉 Havola: https://forms.gle/25wNmKhULk7PmzZw9 Bu shaklni to‘ldirishga e’tiborli tomonlari: - aloqa vositangizni qoldiring (Telegram username va telefon) - sizga aloqaga chiqa olishimiz kerak. - sizda kitob bor ekanini boshqalarga aytsak bo‘ladimi? Imkoni boricha Ha javob kerak. - sizga biror odam kitob olgani aloqaga chiqsa, qachon va qanday muloqot qila olishini yozib qoldiring.
AT hamjamiyatimizda sonimiz kam. Shunga bir birimiz bilan tanishib, xabarlashib tursak katta bo‘lganimizda yordamchi bo‘lamiz.
13.07.2026 London @DrAlgorithm

Repost from Sariq Dev
Guruhdagi behayo profillar va spam xabarlardan charchab yaratgan botim 1 oy davomida sinovdan oʻtib, ancha sayqallandi. Bugun shu botning kodini ochib (open-source) ommaga eʼlon qilaman, marhamat, oling, foydalaning: https://github.com/anvarnarz/killspam-bot Upd: Bot ikki rejimda ishlaydi, bulut SI bilan (gemini) va local SI bilan (NudeNet). NudeNet profil rasmlarini tahlil qiladi, local severda ishlaydi va ortiqcha xarajat talab qilmaydi. Gemini matnlarni ham oʻqiydi va spam xabarlarni aniqlaydi. Geminini bot orqali /setkey buyrugʻi orqali sozlaysiz. Botdan qanday foydalanish yuqoridagi repoda batafsil yozilgan. @sariqdev