cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

SHOVOT ZAKOVOT KLUBI ,XALQARO MAKTAB.

Xorazm viloyati Zakovat intellektual klubi Shovot tumani rasmiy telegram kanali Koordinator: @Xudoyarov92 Markaziy kanal: @ZakovatNNT

Больше
Страна не указанаЯзык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
188
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from Zakovat: Xorazm
⚡️Ertaga, 4-avgust kuni soat 17:30 da Urganch davlat universiteti binosida Xorazm viloyati mavsumiy turniri 10-tur o‘yini bo‘lib o‘tadi. ➡️ Navbatchi "Nemesis" jamoasi.
Показать все...
Repost from Zakovat: Xorazm
❗️Sentyabr-oktyabr oylarida maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilar o‘rtasida respublika miqyosida ikkita katta turnir rejalashtrilgan. UrDU binosida bo‘layotgan o‘yinlar orqali ushbu tirnirlarga tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin. Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.
Показать все...
01:58
Видео недоступноПоказать в Telegram
⚡️Sulton Jaloliddin Manguberdining Sind daryosiga sakragan qoyasi: Pokistonlik olim, doktor Vasim Sajjad tomonidan tasvirga olingan. 👉 @UrDU_YOSHLAR
Показать все...
VID-20210122-WA0001.mp414.46 MB
O'zbekistonda "Zakovat". 2001-yilda O'zbekistonda ilk intellektual o'yinlardan biri - "Zakovat" paydo bo'lgan. Albatta, o'yin ruslarning mashxur "ЧГК" teleo'yini asosida shakllangan. Umuman olganda O'zbekiston - ushbu teleo'yin muntazam o'tkazib kelinadigan kam sonli davlatlardan biri hisoblandi. Asoschisi - Abdurasul Abdullayev. Teleo'yin deyarli chorak asrlik tarixga ega va shuncha yildan beri yashab kelayotgan kam sonli ko'rsatuvlardan (menimcha, faqat "Axborot" ikkisi qolgan bo'lsa kerak) biri hisoblanadi. Xo'sh, "Zakovat"ning bunchalik barhayotligi sababi nima? 1. O'zbekistonda intellektual o'yinga qiziquvchilarning ko'pligi - teleo'yin avvaliga "Yoshlar", keyinchalik "O'zbekiston" kanalida efirga uzatilgan. Keyinchalik "Milliy" kanaliga ko'chib o'tgan "Zakovat" ma'lum muddat efirdan olib tashlanish xavfi ostida ham qolgan. Biroq, o'shanda teleo'yinning asl muxlislari o'zini ko'rsatgan. Aynan jonkuyar muxlislarning talablari bilan qayta tiklangan o'yin so'nggi 1,5-2 yil ichida yangidan-yangi cho'qqilarni zabt etib kelmoqda. Hatto ayrim oylarda reytingi eng baland ko'rsatuv ham bo'lgan. Albatta, "Zakovat" o'z muxlislarini ham quruq qo'ymayapti. Xususan, bahorgi mavsum o'yinlari finalida eng yaxshi bilimdon deb topilgan nukuslik Bahodir Qidirboyevning 62 mln (Ha, noto'g'ri o'qimadingiz, aynan 62 mln) so'm bilan taqdirlangani ham fikrimizni isbotlab turibdi. 2. Fundament borligi - postlarimizdan birida aytib o'tganimizdek, O'zbekistonda sportcha "Zakovat" klubi teleo'yin negizida shakllangan. Boshqacha qilib aytganda, sportcha "Zakovat" teleo'yin uchun akademiya vazifasini bajargan. Bu o'ziga xos tizim yosh bilimdonlarni kashf etib borgan. Yoshlar, o'z navbatida, "Bilimdon" yoki "Urfon shou" kabi teleloyihalar orqali "Zakovat" teleo'yiniga ruhan tayyorlab borilgan. Umid Yorqulov, Temur Madalimov, Gulsanam Roziqova, Bahodir Anorov, Abbos Salaydinov, Abdulaziz Sultonov kabi nomlar ana shu "akademiya"ning yorqin kashfiyotlari hisoblanadi. 3. O'yinning "tozaligi" - bundan bir necha yil ilgari, masalan, "Intellektual ring" ko'rsatuvida ayrim o'yinchilarga bir-ikkita savolning javobi berib qo'yilgani haqida o'qigandim. Biroq "Zakovat"da hech qachon bunday hol kuzatilmagan. Albatta, jamoalarga ularning darajasidan kelib chiqib qiyinroq yoki osonroq savol berilishi mumkin. Biroq, hech qachon savollar oldindan berib qo'yilmaydi. Mana shu "tozalik" muxlislarning ishonchi va o'yinning shuncha yillardan beri yashab kelayotganining eng yirik omillaridan biri hisoblanadi. 4. Savollar - teleo'yinda, albatta sportcha "Zakovat"dan farqli ravishda ma'lum bir sohada chuqur yoki o'ta faktik bilim talab qilmaydigan savollar o'ynaladi. Masalan, telezakovatda javobi "Kilroy", "Streyzend effekti" yoki "Cheksiz maymunlar nazariyasi" bo'ladigan savollar deyarli uchramaydi. Teleo'yin sifatida "Zakovat" muxlislar va bilimdonlar orasidagi farqni maksimal darajada yaqinlashtiradi. Ya'ni, teleo'yin savollariga ekran qarshisida o'tirgan muxlisda ham variant bo'ladi. Biroq, sportcha o'yin savollarning ba'zilari muntazam shug'ullanib yurmaydigan yoki o'sha fakti bilmaydiganlarni esankiratib qo'yishi mumkin. Biz aynan shu faktlar zakovatning barhayot ekaniga sabab deb bildik. Sizningcha, yana qanday omillar "Zakovat"ning bugunga qadar yashab kelishiga hissa qo'shmoqda? @BogotZakovatKlub
Показать все...
Zakovat +

Bizda esa tizim biroz o'zgacha. O'zbekistonga "Zakovat" o'yini 2001-yilda kirib kelgan. O'sha vaqtlarda o'yin qanday bo'lgani haqida uzuq-yuluq ma'lumotlarga egaman. Biladiganlarim: birinchi bilimdonlar klubga o'ziga xos "imtihon" bilan saralab olingan. Biroq keyinchalik, o'yinga bo'lgan talab kuchaygani sari klub ham kengayib, "imtihon" tizimi asta-sekin yo'qolib borgan. Bir so'z bilan aytganda bizda sportcha "Zakovat" televizion "Zakovat" negizida uzoq vaqt ushlanib qolgan. Shuning uchun ham, Rossiyadan farqli ravishda, o'zbek sportcha "Zakovat"ining eng zo'rlari teleo'yinning ham eng zo'rlari hisoblanadi — o'sha Saidkamol Abdurazzoqov, Jobir Ahmedov, Bobur Yoqubov, Umid Narimov, Ravshan Ismoilov, Saidakrom Rasulev, Aziz Abdullayev kabilarni ham teleo'yinning ham klubning eng cho'qqisida ko'rish mumkin. Uzoq yillar davomida klub o'yinlari mashg'ulot va reyting o'yinlariga bo'lingan holda olib borilgan. Reyting o'yinlarida teleo'yin boshlovchisi savol o'qigan va butun yil davomida eng yaxshi natija qayd…

Repost from Zakovat: Xorazm
❗️Mashg‘ulot va to‘garak o‘yinlarida ushbu savollar paketlaridan foydalanishingiz mumkin.
Показать все...
Repost from Zakovat: Xorazm
Фото недоступноПоказать в Telegram
📢 ZakoWatt dasturi ⚡️Xorazmlik bilimdonlar tomonidan yaratilgan ushbu dastur o'zbek tilida yakka va jamoaviy tarzda intellektual o'yinlar o'ynash juda qulaydir. ⏱ Dasturdagi taymerdan foydalanib, "Zakovat" va "Breyn-ring" o'yinlarini o'tkazishingiz mumkin. 💻 Dastur muntazam yangilanib, qo'shimcha imkoniyatlar qo'shilib boradi. Agar do'stlar davrasida va safarga chiqqanda intellektual o'yin o'ynashni yoqtirsangiz, ushbu dastur aynan siz uchun!!! ✅ Dasturni yuklab olish: https://play.google.com/store/apps/details?id=xyz.teamgravity.zakowatt Xorazm viloyati Zakovat intellektual klubi rasmiy telegram kanali: @ZakovatNNT
Показать все...
Repost from Xushnudbek.uz
00:25
Видео недоступноПоказать в Telegram
❗️Бугун "Заковат"ни ўтказиб юборманг! Бугун, соат 21:10 да "Миллий" телеканалида Фаррух Рафиқов жамоаси 2022 йилнинг Ёзги мавсумида тўртинчи ўйинни ўтказади. Мухлисларга қулайлик яратиш мақсадида @zakovat Телеграм каналида овозли ҳамда матнли трансляция ҳам бошланди. Саволларни ушбу каналда биргаликда муҳокама қилишингиз мумкин. ⚡️Томошабинлар учун супер янгилик! Энди “Заковат”га савол йўллаб катта пул мукофотлари ютиб олишингиз мумкин. Сизни оддий ўйинларда 1 млн сўмдан 6 млн сўмгача, мавсум финалида 50 млн сўмгача мукофот кутмоқда. ‼️ Агар саволингиз йил финалида энг зўр савол деб топилса, унда 1️⃣0️⃣0️⃣ млн сўм (!!!) пул мукофоти берилади🤩💰 📨Савол юбориш шартлари бу ерда. Эслатма: "Капиталбанк" телетомошабинлар ҳомийси, "Ўзбекистон темир йўллари" АЖ эса билимдонларни қўллаб-қувватламоқда. 👍 Кўпроқ китоб ўқинг, қизиқарли саволлар тузинг ва миллионерга айланинг! “Заковат”ни кўришни эса канда қилманг! 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Farrux Rafiqov anons.mp43.72 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Комил Исмоилович Алламжонов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг ўринбосари лавозимига тайинланди. — Указом Президента Республики Узбекистан Алламжонов Комил Исмоилович назначен на должность заместителя руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан. Facebook|Instagram|Twitter
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️🗓Бугун, 24 июль Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев таваллуд топган кун. Давлатимиз раҳбари 65 ёшни қаршиламоқда. Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин, муҳтарам Президент!
Показать все...
Repost from Zakovat: Xorazm
⚡️XORAZM VILOYATIDAGI "ZAKOVAT" KLUBI "YOZGI MAVSUM" 6-TUR "BIRINCHI LIGA" NATIJALARI TANISHING!!! ❗️Eslatib o'tamiz klub o'yinlari har hafta payshanba kuni soat 17:30 da bo'lib o'tadi. @ZakovatNNT
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.