cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

🏛Ushbu kanalda Xorazm viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari haqida eng so‘nggi ma'lumotlarni berib boramiz! Reklama: @Ilhom_Babajanov

Больше
Рекламные посты
14 624
Подписчики
+824 часа
+67 дней
-15030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#Lirik_chekinish ❗️Hurmatli ota-onalar! Qizlaringizni o‘qishga kirolmasang erga bervoramiz deb qo‘rqitmanglar @urdu_yoshlar
Показать все...
audio_2024-07-03_16-10-47.ogg1.45 KB
🤣 24😁 6👍 1
#Xizmat_safari #Xalqaro_hamkorlik 5-iyul kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev Turkiyaning Konya shahridagi Konya texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida oliygohga tashrif buyurdi. Universitetimiz yetakchilarini Konya texnika universiteti rektori Prof. Dr. Osman Nuri Çelik iliq qarshi oldi. Shundan soʻng, universitet vakillari oʻrtasida rasmiy muloqot boʻlib oʻtdi. Unda har ikkala universitet rektorlari tomonidan oliy oʻquv yurtlari faoliyati, yaratilgan sharoitlar, ta’lim yoʻnalishlari va texnika sohasida amalga oshiralayotgan ishlar boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi. Oliygohlar oʻrtasida istiqbolli aloqalarni oʻrnatish yuzasidan takliflar bildirildi. Jumladan, professor-oʻqituvchi va yosh olimlarning stajirovka kurslarini va talabalar almashinuv dasturlarni tashkil etish, xalqaro loyihalarda birgalikda ishtirok etish boʻyicha muzokaralar olib borishdi. Muzokaralar natijasi oʻlaroq, kelgusida universitetlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsadida Urganch davlat universiteti va Konya texnika universiteti oʻrtasida Anglashinuv memorandumi imzolandi. Tashrif yakunida  Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev Konya texnika universitetining ramziy  kitobiga oʻz tilaklarini yozib qoldirdi. @otm_xorazm
Показать все...
👍 2
👍 2
👍 9👏 4🔥 2
⚡️Rasman: Abituriyent ruxsatnomasiga buyurtma qabul qilish boshlandi! O‘qishga xujjat topshirgan barcha yaqinlaringizga bu xabarni tarqatib qo‘ying! 🇺🇿 Endilikda DTM (Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan test sinovlariga ruxsatnoma berish boshlanmagan bo‘lsada telegram-bot orqali oldindan buyurtma berishingiz mumkin. Ruxsatnoma berish boshlanishi bilan bot avtomatik ravishda ruxsatnomangizni sizga yuboradi. Eslatma: Joriy yilda 800.000 nafardan ortiq abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tganini hisobga olsak, ruxsatnoma berish boshlansa rasmiy sayt qotib qolishi mumkin. Oldindan berilgan buyurtma asosida siz bu muammoni chetlab o‘tishingiz mumkin. Ruxsatnomaga buyurtma berish va yuklab olish uchun quyidagi botdan foydalaning: 👉 @ruxsatnomalarbot 👉 @ruxsatnomalarbot 👉 @ruxsatnomalarbot 👉@OTM_XORAZM
Показать все...
👍 7
❗️Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi quyidagi pedagog lavozimlariga tanlov e'lon qiladi. 1. Ona tili va adabiyot 2. Rus tili 3. Ingliz tili 4. Tarix 5. Matematika 6. Informatika va axborot texnologiyalari 7. Fizika 8. Kimyo 9. Jismoniy tarbiya 10. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik 11. Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar oliy pedagogik ma’lumotiga ega yuqori bilim darajali intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi lozim. Oylik maosh (1 stavka): 15 000 000 dan - 18 000 000 gacha. Tanlovga xujjat topshirish muddati: 10 iyuldan 25 iyulgacha Manzil: Urganch shahar, Xalq so‘zi ko‘chasi 2 uy Telefon: (862) 226-04-11 @OTM_XORAZM
Показать все...
👍 12🔥 2
03:07
Видео недоступноПоказать в Telegram
savol_9.1.mp46.25 MB
👍 2🔥 1👏 1
⚡️ 20 ming abituriyentning chet tilidan maksimal balli bor Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi. 🇺🇿 Bundan tashqari 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. @OTM_XORAZM
Показать все...
👍 10 3🤔 3🔥 1
UrDPIda 2024/25 o'quv yili qabuli uchun o'tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar JADVALI 1. Jismoniy-madaniyat 2. Musiqa ta'limi 3. TS va MG ta'lim yo'nalishlari. @OTM_XORAZM
Показать все...
UrDPI kasbiy (ijodiy) imtihonlar b-a ma'l.pdf4.00 KB
👍 3🔥 2
Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига! УрДПИда ўқишни хоҳлаган ва институтнинг ҳудудида касбий (ижодий) имтиҳонларни топширадиган абитуриентлар ва уларнинг Ота-оналарига МУРОЖААТ. Шу кунларда юртимизда 2024-2025 ўқув йили учун хужжатларни қабул қилиш жараёнлари якунига етиб, имтиҳон жараёнлари бошланишига тайёргарлик ишлари кетмоқда. Ушбу жараёнда касбий (ижодий) имтиҳонларни ташкил этиш бўйича ҳам қатор вазифалар белгиланган. Бу йўналишда масъул бўлган ОТМлар томонидан, хусусан Урганч давлат педагогика институтида ҳам жисмоний маданият, тасвирий санъат ва мусиқа таълими йўналишларида ижодий имтиҳонлар топширилиши белгиланган. Бугунги кунда ушбу имтиҳонларни ташкил этишга тайёргарлик ишлари олиб борилмоқда. Шу ўринда эслатиб ўтамиз, ижодий имтиҳон жараёнлари тўлиқ шаффоф ташкил этилиб, унда имтиҳон ўтказиладиган барча хоналарда кузатув камералари ўрнатилади. Ота-оналарга фарзандининг имтиҳон жараёнлари тасвирларини бевосита кузатиб ўтиришлари учун тўлиқ имкониятлар яратилади. Барча тасвирлар ёзилиб, сақлаб олинади. Ижодий имтиҳонлар Олий таълим, фан ва инновациядар вазирлигидан тасдиқланиб, рўйхат асосида республикадан юборилган ишчи гуруҳ вакиллари томонидан олинади. Шундай экан, қадрли абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари, агар Сизга бирор манфаат эвазига фарзандингизнинг имтиҳон жараёнларига ёрдам беришни ваъда қилаётган шахслар бўлса, уларнинг гапларига асло ишонманг! Бундай шахслар Сизларга алдов йўли билан моддий манфаатдорликни касб қилган фирибгарлардир! Агар қабул жараёнлари билан боғлиқ фирибгарлик ҳолатлари бўйича институт томонидан бирор маълумот аниқланадиган бўлса, ушбу ҳаракатларга таалуқли бўлган фуқаролар шу заҳотиёқ институт раҳбарияти томонидан Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идораларига тақдим этилиши бўйича огоҳлантирамиз. Азиз абитуриентлар, Сизга имтиҳонларда ёрдам берамиз дейдиган таъмагир ва фирибгарларнинг таклифларидан эҳтиёт бўлинг! Унутманг, Қонунларимизда пора берганга ҳам, олганга ҳам жавобгарлик муқаррар. Фақат ва фақат ўз билимингизга ишонинг. Келажагингиз ўз қўлингизда! Феруза Мадрахимова, УрДПИ ректори, педагогика фанлари доктори. 🌐 @fmadraximova
Показать все...
👍 16 4👏 3
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.