Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti ||Rasmiy kanal
Открыть в Telegram
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti ||Rasmiy kanal
Больше2 434
Подписчики
-124 часа
+47 дней
-1530 день
Загрузка данных...
Похожие каналы
Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
июль '26
июль '26
+17
в 0 каналах
июнь '26
+74
в 0 каналах
Get PRO
май '26
+52
в 0 каналах
Get PRO
апрель '26
+35
в 2 каналах
Get PRO
март '26
+22
в 1 каналах
Get PRO
февраль '26
+26
в 0 каналах
Get PRO
январь '26
+56
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '25
+27
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '25
+40
в 6 каналах
Get PRO
октябрь '25
+177
в 50 каналах
Get PRO
сентябрь '25
+364
в 46 каналах
Get PRO
август '25
+485
в 95 каналах
Get PRO
июль '25
+285
в 111 каналах
Get PRO
июнь '25
+161
в 80 каналах
Get PRO
май '25
+128
в 79 каналах
Get PRO
апрель '25
+174
в 76 каналах
Get PRO
март '25
+147
в 67 каналах
Get PRO
февраль '25
+142
в 100 каналах
Get PRO
январь '25
+150
в 95 каналах
Get PRO
декабрь '24
+184
в 80 каналах
Get PRO
ноябрь '24
+166
в 34 каналах
Get PRO
октябрь '24
+182
в 57 каналах
Get PRO
сентябрь '24
+445
в 44 каналах
Get PRO
август '24
+234
в 12 каналах
Get PRO
июль '24
+140
в 30 каналах
Get PRO
июнь '24
+231
в 2 каналах
Get PRO
май '24
+97
в 9 каналах
Get PRO
апрель '24
+75
в 8 каналах
Get PRO
март '24
+89
в 5 каналах
Get PRO
февраль '24
+90
в 3 каналах
Get PRO
январь '24
+75
в 5 каналах
Get PRO
декабрь '23
+745
в 2 каналах
Get PRO
ноябрь '23
+95
в 2 каналах
Get PRO
октябрь '23
+136
в 3 каналах
Get PRO
сентябрь '23
+302
в 0 каналах
Get PRO
август '23
+202
в 0 каналах
Get PRO
июль '23
+89
в 0 каналах
Get PRO
июнь '23
+89
в 0 каналах
Get PRO
май '23
+53
в 0 каналах
Get PRO
апрель '23
+71
в 0 каналах
Get PRO
март '23
+217
в 0 каналах
Get PRO
февраль '23
+65
в 0 каналах
Get PRO
январь '23
+239
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '22
+41
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '22
+45
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '22
+190
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '22
+164
в 0 каналах
Get PRO
август '22
+107
в 0 каналах
Get PRO
июль '22
+54
в 0 каналах
Get PRO
июнь '22
+51
в 0 каналах
Get PRO
май '22
+31
в 0 каналах
Get PRO
апрель '22
+354
в 0 каналах
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 04 июля | +2 | |||
| 03 июля | +3 | |||
| 02 июля | +4 | |||
| 01 июля | +8 |
Посты канала
Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari
❗️ Oliy ta’limda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 🔰 O‘zgarishlardan asosiy maqsad — oliy ta’limni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
🎓 Bakalavriatda yangi yo‘nalishlarEndilikda quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanadi: 🌱 ekologiya va atrof-muhit; ♻️ yashil iqtisodiyot; 🌍 iqlim o‘zgarishi; ☀️ qayta tiklanuvchi energiya; 💧 suv resurslarini boshqarish; 🤖 mobil robototexnika; 🛸 uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar); 🌾 barqaror qishloq xo‘jaligi; 🏕 ekoturizm; 🚆 temir yo‘l muhandisligi.
🎓 Magistraturada yangi mutaxassisliklarMagistratura bosqichida ham qator yangi mutaxassisliklar ochildi. Jumladan: ▪️ xalqaro energetik siyosat; ▪️ xalqaro suv diplomatiyasi; ▪️ sirkulyar iqtisodiyot; ▪️ barqaror moliya; ▪️ rivojlanish iqtisodiyoti; ▪️ ekologiya huquqi; ▪️ xalqaro savdo huquqi; ▪️ nazariy va muhandislik fizikasi; ▪️ urbanistika; ▪️ barqaror shaharsozlik; ▪️ iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi; ▪️ barqaror turizm va boshqa zamonaviy mutaxassisliklar. 📌 Shuningdek, klassifikatorga yana quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: ➡️ 760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlandi. ✔️ 766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlandi. 🚫 799-pozitsiya klassifikatordan chiqarildi. 👉🏻 Hujjatni yuklab olish
Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
| 2 | #Qabul #Abituriyent2026
🎓 Davlat auditi yo‘nalishida o‘qishni xohlaysizmi❓ Sizni qanday imkoniyatlar kutmoqda❔
📍 Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash:
✅ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Davlat auditi oliy maktabi;
✅ Buxoro davlat universitetida amalga oshirilmoqda.
🏫 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi Davlat auditi oliy maktabining imkoniyatlari
🔹 Prezidentning PF–252-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 248-son qarori asosida tashkil etilgan mutlaqo yangi ta’lim maskani.
🔹 Ta’lim dasturlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyoning top–300 taligiga kiruvchi nufuzli universitetlar tajribasi integratsiya qilingan.
🌍 Xalqaro hamkorlik
Oliy maktab Xitoyning nufuzli Nanjing Audit University bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Bu esa talabalarga:
🔘 professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarida qatnashish;
🔘 xorijda ta’lim olish;
🔘 4-kursni Nankinda davom ettirish;
🔘 qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
🔘 xalqaro tajriba va diplom olish imkonini yaratadi.
💼 Professional sertifikatlar
✔️ O‘quv jarayonida ACCA xalqaro dasturi fanlari o‘qitiladi.
✔️ F1–F9 imtihonlarini topshirish xarajatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qoplanadi.
✔️ GPA ko‘rsatkichi 4,0 va undan yuqori bo‘lgan bitiruvchilarga Ichki audit milliy malaka sertifikati imtihonsiz beriladi.
💻 Zamonaviy ta’lim
Talabalar:
▪️ sun’iy intellekt (AI);
▪️ Big Data (katta ma’lumotlar tahlili);
▪️ raqamli audit;
▪️ axborot texnologiyalari auditi;
▪️ masofaviy audit platformalari bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.
🤝 Bandlik kafolati
Yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilar:
✅ Hisob palatasi;
✅ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
✅ Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
✅ Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga ishga tavsiya etiladi hamda Respublika milliy zaxira kadrlari reyestriga kiritiladi.
🌐 Shuningdek, olingan bilim va ko‘nikmalar Deloitte, EY, PwC va KPMG kabi dunyoning yetakchi auditorlik kompaniyalarida faoliyat yuritish uchun mustahkam poydevor yaratadi.
📚 Bakalavriat qabuli (2026/2027-o‘quv yili)
👥 Kvota — 200 nafar.
Nomzodlardan:
☑️ ingliz tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat;
☑️ matematika bo‘yicha yuqori natija;
☑️ kuchli mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyati talab etiladi.
🎯 Davlat auditi — davlat moliyasining shaffofligini ta’minlaydigan, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarga tayangan istiqbolli kasblardan biridir.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 482 |
| 3 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston – Gruziya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun davlatimiz rahbariga ushbu mukofotni Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili topshirdi.
Turli yillarda mazkur yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, Iordaniya podshohi Abdulla II, Germaniya kansleri Gerxard Shryoder, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev va boshqalar taqdirlangan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 581 |
| 4 | O‘zbekistonlik futbolchining goli turnirning eng yaxshisi bo‘lishi mumkin: barchani ovoz berishda faol bo‘lishga chorlaymiz!
FIFA rasmiy saytida nufuzli turnirning “Eng yaxshi goli” (Goal of the Tournament) nominatsiyasi uchun ovoz berish jarayoniga start berildi.
Hozirda birinchi bosqich — guruh o‘yinlarida kiritilgan 215 ta gol orasidan eng sara 12 ta eng chiroyli gol saralab olingan. Quvonarlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Termiz davlat universiteti talabasi Eldor Shomurodovning Kongo DR terma jamoasi darvozasiga yo‘llagan ajoyib “parashyut” zarbasi ham joy olgan.
Muhim eslatma: Ovoz berish jarayoni juda qisqa muddat davom etadi (yakunlanishiga 1 kundan sal ko‘proq vaqt qoldi). Shu bois, barcha hamyurtlarimizni, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va futbol muxlislarini hozirning o‘zida faollik ko‘rsatib, hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz!
Ovoz berish tartibi:
1-qadam: FIFA rasmiy sahifasiga o‘ting: play.fifa.com/gott
2-qadam: Nomzodlar orasidan Eldor Shomurodovning golini tanlang va “VOTE” tugmasini bosing;
3-qadam: Ovozni muvaffaqiyatli yakunlash uchun “CREATE A FIFA ID ACCOUNT” tugmasi orqali tezkor ro‘yxatdan o‘ting yoki mavjud akkauntingizga kiring.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 949 |
| 5 | ⚡️ Bugungi tajriba — ertangi g‘alabalar sarmoyasi
Futbolda g‘alabalar ham, alamli mag‘lubiyatlar ham bo‘ladi. Ammo ayrim natijalar borki, ular o‘yin bilan emas, yillar davomida bajarilgan mehnat bilan baholanadi.
O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va Markaziy Osiyo tarixida bu marraga erishgan birinchi davlat bo‘ldi. Bu tasodif emas, balki yillar davomida shakllangan futbol tizimi, yoshlar akademiyalari, murabbiylar va futbolchilarning mashaqqatli mehnati samarasidir.
Jahon chempionati esa yakun emas. Bu — dunyoning eng kuchli jamoalari bilan o‘ynab, kelajakdagi g‘alabalar uchun tajriba to‘planadigan maydon. Bugun Portugaliya, Kolumbiya yoki Kongo kabi raqiblarga qarshi o‘ynagan futbolchilar ertaga yanada kuchliroq bo‘lib maydonga qaytadi.
Dunyoning ko‘plab kuchli terma jamoalari ham ilk mundialini oson boshlamagan. Ammo aynan o‘sha tajriba ularni keyinchalik futbol gigantlariga aylantirgan.
🇺🇿 Bu hali boshlanishi. O‘zbekiston futbolining eng yorqin sahifalari hali oldinda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 984 |
| 6 | #Qonunchilik_yangiliklari
❗Nodavlat ta’lim sohasida nazorat to‘liq raqamlashtirilmoqda: “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etildi!
📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-iyundagi 22-mh-son buyrug‘i bilan sohada qonunchilikka rioya etilishini masofaviy va shaffof nazorat qiluvchi “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat Adliya vazirligida 3866-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
📨 Nizomga ko‘ra:
🚪 Ishlab chiqilgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
➡️“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — inson omilisiz, aniq mezonlar va 100 ballik shkala asosida nodavlat ta’lim tashkilotlarining qonunbuzilish xavfi darajasini o‘lchaydi.
📑Mazkur tahlil jarayoni tadbirkor faoliyatini to‘xtatib turish yoki unga to‘sqinlik qilishni nazarda tutmaydi.
➡️Tahlil davomida tadbirkordan hech qanday hujjat yoki axborot talab qilinmaydi!
➡️Barcha baholashlar faqat mavjud ma’muriy ma’lumotlar, statistika, EMIS/HEMIS tizimlari hamda fuqarolar murojaatlari va ochiq manbalar asosida masofaviy amalga oshiriladi.
➡️Baholash natijalariga ko‘ra tashkilotlar uchta toifaga ajratiladi:
🔴 Yuqori xavf: 81 dan 100 ballgacha;
🟡 O‘rta xavf: 61 dan 81 ballgacha;
🟢 Past xavf: 61 balldan kam.
❔Tizim qanday ishlaydi?
🟢Past xavf toifasidagi tashkilotlarda tekshiruvlar umuman o‘tkazilmaydi. Bu halol ishlayotgan muassasalarni ortiqcha bosimdan xalos etadi.
🟢Yuqori va o‘rta xavfli muassasalarda profilaktika va tekshiruvlar amaldagi qonunchilik asosida, faqat ta’lim talablariga rioya etilishini o‘rganish maqsadida o‘tkazilishi mumkin.
➡️Aniq xavf darajasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bu avtomatik ravishda tadbirkorga jazo yoki ta’sir chorasi qo‘llashga asos bo‘la olmaydi.
💠Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshiriladi:
☑️maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida
mavjud boshqa hujjatlar);
☑️davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil
natijalari;
☑️yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
☑️OAVlaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan
maʼlumotlar;
☑️nazorat xaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
☑️qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
❗️Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi bo‘lgan tadbirkorlar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
✅ Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
📝 Hujjatni PDF shaklda yuklab olish.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 948 |
| 7 | 💰✍️ 🤩🤩🤩🤩
❗SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi
☑️2026/2027-oʻquv yilida abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi.
➡️“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
📝 Bunda:
🟢 qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi;
🟢 roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida “matematika” va “chet tili” fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026-yil 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi;
🟢 abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi;
🟢 abituriyentlar tanlagan beshtagacha oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi;
🟢 ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining quyi chegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi;
🟢 SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu imtiyozdan foydalanish yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;
🟢 SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;
🟢 Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 870 |
| 8 | Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etadi. Bu mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir.
Qiz farzandining ilm olishiga ishongan minglab oilalar... O‘zi qiziqqan kasbni tanlayotgan minglab qizlar... Ular o‘qimoqda, izlanmoqda, bu qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda shijoati kun sayin ortib bormoqda. Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir.
Ta’lim insonga hayot yo‘lini mustaqil tanlashda kuch va erkinlik baxsh etadi. Qizlarimizga orzulari sari dadil qadam tashlashlari uchun imkon beraylik.
—
Сегодня в вузах Узбекистана учатся более 1,5 миллиона студентов. И больше половины из них — девушки. Это результаты образовательной реформы, инициированной президентом нашей страны.
Тысячи семей, верящих в образование своих дочерей. Тысячи девушек, выбирающих профессию по душе — они учатся, развиваются и с каждым днём обретают все большую уверенность и смелость. Образованная девушка меняет не только свою жизнь. Она меняет семью, среду вокруг себя и будущее страны.
Образование даёт человеку возможность выбирать свой путь в жизни, свою свободу.
Дайте девочкам шанс следовать за своей мечтой. | 952 |
| 9 | Prezident jurnalistlarga Milliy jamoamizning bugungi o‘yini haqida gapirdi:
🎤 Birinchi g‘alabamiz – bayrog‘imiz hilpiragani – bu Vatanimizni jahon hamjamiyati bilan tepa-tengligidan dalolat!
❗️Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaga qarshi o‘yin bugun soat 22:00 da boshlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 968 |
| 10 | ⚽️ Yillar davomidagi orzu. Millionlab yuraklarning umidi. Butun xalq kutgan tarixiy lahza.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sport sohasida amalga oshirilgan izchil islohotlar, zamonaviy infratuzilma va futbol rivojiga qaratilgan e’tibor o‘zining tarixiy samarasini berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati maydoniga chiqdi! O‘zbekiston bayrog‘i futbolning eng nufuzli maydonida hilpiradi!
Millionlab muxlislar orzusini ro‘yobga chiqargan, O‘zbekiston nomini jahon chempionati sahifalariga muhrlagan futbolchilarimizga yuksak ehtirom!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 368 |
| 11 | #Qabul2026 #Texnikum #OliyTaʼlim
❗ Texnikum muvaffaqiyatli bitiruvchilari uchun muhim yangilik!
📝 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.
‼️ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
➡️ Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
👆 Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
👉На руcском
👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 341 |
| 12 | 🔝 G‘oyadan inkubatorgacha — 30 kunda!
Innovatsion rivojlanish agentligi “IdeaFit 30” 30 kunlik onlayn intensiv dasturi uchun arizalar qabulini ochiq deb e’lon qiladi!
Dastur nimalarni taqdim etadi?
✅ 30 kunlik onlayn intensiv: Haftada 2 marta onlayn dars va faqat amaliy vazifalar.
✅ Mentor va 3 ta koordinator: Ekspertdan aniq yo‘nalish, koordinatorlardan esa kontent, texnika va intizom bo‘yicha kunlik ko‘mak.
✅ Trello orqali tekshiruv: Har bir jamoaning topshiriqlari Trello platformasida ochiq-oydin tekshirib boriladi.
✅ Inkubatsiyaga tayyorlash: G‘oyangizni real bozor filtri (CustDev, Lean Canvas, MVP) orqali professional startap darajasiga olib chiqish.
- Qabul soni: Saralangan maxsus 20 nafar ishtirokchi;
- Ishtirok etish: Mutlaqo BEPUL (Saralash asosida).
Ro‘yxatdan o‘tish: @startupperuzbot
(Ariza topshirish bo‘limi orqali)
⏱️ Arizalarni qabul qilish muddati 24-iyunga qadar!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 331 |
| 13 | ⚡️ Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 192 |
| 14 | Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi
Unda giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qilishi, bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba ekani ta’kidlandi.
“Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.
Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq”, - dedi Saida Mirziyoyeva.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 464 |
| 15 | 2026-yilda kasbiy ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalarni yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi
Kasbiy ta’lim muassasalari (boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim darajalari) uchun o‘quv qo‘llanmalari tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlovda qatnashish istagini bildirgan mualliflar (yoki mualliflar jamoasi) tomonidan quyidagi hujjatlardan iborat takliflar tanlov komissiyasiga taqdim etiladi:
➖ ishtirok etish uchun buyurtmanoma;
➖ qatnashchining so‘rovnomasi;
➖ o‘quv adabiyoti konsepsiyasi;
➖ o‘quv adabiyotining reja-prospekti;
➖ bitta bobning namuna matni.
Takliflar joriy yilning 20-iyun kuniga qadar a.usmanov@kasbedu.uz elektron manziliga yoki Kasbiy ta’lim agentligiga asl nusxada, A4 konvertga solib, jildida ta’lim muassasasi nomi, mualliflar F.I.Sh., telefon raqami yozilgan holda taqdim etish so‘raladi.
Aloqa uchun;
📞+998555200808 (145)
📱+998901757813
➡️Kasbiy ta’lim muassasalari uchun 2026-yilda yaratilishi rejalashtirilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati
➡️O‘quv qo‘llanmani yaratishga qo‘yiladigan talablar
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 410 |
| 16 | #Qonunchilik_yangiliklari
❗O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball berish tizimi joriy etiladi
📝 Hukumat qarori (299-son, 11.06.2026-y.) bilan “Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
✴️Qarorga asosan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xorijiy va nodavlat universitetidan davlat oliygohlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy ёки xalqaro sertifikatga ega talabalarga tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berishni yo‘lga qo‘yadi.
🏠 Reglamentga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi (Agentlik) ushbu sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.
📝 Arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar YAIDXP yoki Agentlikning maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
🚫 Quyidagilar arizani rad etishga asos bo‘ladi:
🟢 so‘rovnomada nazarda tutilgan hujjatlar yoki ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmagani;
🟢 so‘rovnomada noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlangani;
🟢 belgilangan miqdordagi to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagani.
💳 Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ishchi organ tomonidan har yili 15-iyuldan 6-avgustgacha ko‘rib chiqiladi hamda arizani qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
📜 Bu haqda ariza beruvchiga YAIDXP yoki maxsus platforma orqali xabarnoma yuboriladi.
♻️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha QR-kodli imtihon natijasi vakolatli organ tomonidan har yili imtihonlar yakunlangandan so‘ng 1 hafta ichida ariza beruvchiga yuboriladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 198 |
| 17 | #Xalqaro_konferensiya
“ILM-FAN FIDOKORI” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi uchun maqolalar qabuli boshlandi
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan “ILM-FAN FIDOKORI” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga barcha professor-o‘qituvchilar, turli soha vakillari, ilmiy izlanuvchilar hamda bo‘lajak stipendiantlarni taklif etamiz.
♦️Konferensiya doirasida taqdim etilgan ilmiy va ijodiy ishlar “JOISR” xalqaro ilmiy jurnalida chop etilib, Google Scholar, ResearchBIB, Index Copernicus kabi xalqaro ilmiy bazalarda indekslanadi.
Ishtirokchilar quyidagilar bilan taqdirlanadi:
🎖 esdalik ko‘krak nishoni;
📰 maxsus guvohnoma;
📑 sertifikat (bosma shaklda);
📖 ilmiy maqolalar to‘plami (bosma va elektron);
🗞qabul xati hamda taklifnoma.
☑️Maqolalar @ilmfan_fidokori_50 profili orqali o‘zbek, ingliz, rus, qozoq, qirg‘iz, nemis, turk tillarida qabul qilinadi.
‼️Har bir maqolalar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilgach, nashr uchun tavsiya etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 471 |
| 18 | #Qonunchilik_yangiliklari
❗Samarqanddagi bir qator oliygohlar qayta tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatidagi ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2026-yil 26-maydagi PQ–209-son qarori.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 257 |
| 19 | ❔ Korrupsiya qayerdan boshlanadi?
Korrupsiya har doim pora bilan boshlanmaydi. Ko‘pincha u indamaslikdan, “mayli, shunaqa bo‘lsin” degan fikrdan, kichik yon berishlardan paydo bo‘ladi.
Bugun ⚖️ adolatsizlikka ko‘z yumsak, ertaga 🚫 halollik qadrsizlanadi.
Bugun 🎙 sukut saqlasak, ertaga 🚫 ishonch yo‘qoladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazo emas. Bu har bir insonning shaxsiy tanlovi.
➖ halol ishlash;
➖ ochiq gapirish;
➖ qonuniy yo‘lni tanlash
– jamiyatni aynan shu qarorlar o‘zgartiradi.
🙋 Korrupsiyaga qarshi kurash o‘zimizdan boshlanadi.
👍Bugun tanlangan to‘g‘ri yo‘l – ertangi adolatli jamiyatning poydevoridir.
❗Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
📞Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 438 |
| 20 | 💰✍️ 🤩🤩🤩🤩
❓SAT sertifikatiga ega abituriyentlar imtiyozdan qanday foydalanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha quyidagi tartib belgilangan:
➖ Abituriyent “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan bo‘lishi lozim.
➖ Mazkur sertifikatga ega abituriyentlar, agar sertifikat fanlari (matematika va chet tili) tanlangan bakalavriat yo‘nalishi imtihonlar majmuasida mavjud bo‘lsa, oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
📥 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonida imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari rasmiy platforma orqali 35787 DI kodi bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborilishi lozim.
Natijalar elektron shaklda DI kodi orqali Agentlikka quyidagi tartibda yetkaziladi:
1️⃣ Standart tartib (Score Report): Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yetkaziladi.
2️⃣ Tezkor xizmat (Rush): Natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida Agentlikka taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga muvofiq, davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayonida test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish bugundan, ya’ni 5-iyundan boshlandi va 25-iyunga qadar davom etadi. Abituriyentlardan sertifikatlar vaqtida yetib kelishi uchun yuborish jarayonini kechiktirmasliklari so‘raladi.
❗️Eslatma, agentlik tomonidan faqat DI kod (35787) orqali kelib tushgan SAT sertifikatlari haqiqiy deb topiladi. Qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul jarayonida mutlaqo hisobga olinmaydi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 414 |
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
