cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

QarshiDU FILOLOGIYA fakulteti dekani B.Rizayev 🛑

♾Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti dekani, Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Rizayev Baxtiyor Xalliyevichning fakultetdagi jarayonlari bo'yicha rasmiy kanali ✅

Больше
Рекламные посты
303
Подписчики
-124 часа
-47 дней
-1430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
🟩🟩🟩🟩 ⚡️Qarshi davlat universitetiga respublikamizda faoliyat olib borayotgan davlat oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishini koʻchirish boʻyicha ariza bergan talabalar natijasi eʼlon qilindi! 📌 Ruxsat berilganlar (matn ustiga bosing) ❗️Eslatib oʻtamiz, respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirishga (ichki “perevod”) 2 ta uzrli sababga asosan ruxsat beriladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
#o'qishni_ko'chirish 📋Ushbu ro‘yxatdagi talabalar 16-fevraldan boshlab universitetning Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi Qabul jarayoni va talabalar registratsiyasi bo‘limidan aloqa xatlarini olishlari so‘raladi. 🔗 Shuningdek, Qabul komissiyasiga joriy yilning 1-martiga qadar tegishli hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi. 📲Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon:+99897 291 12 07 🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
Qarshi davlat universiteti

Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!

👍 1
01:43
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Navoiyga_ehtirom #chellenj Qarshi davlat universiteti talabalari 9-fevral — buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning 583 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiyga ehtirom” chellenjini davom ettirdi. ~~~ Студенты Каршинского государственного университета продолжили челлендж, посвященный 9-февраля, 583-годовщине великого поэта, просветителя, государственного и общественного деятеля Алишера Навои. 🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
10.87 MB
#Alisher_Navoiy #583yilligi ⚡️G‘azal mulkining sultoni Joriy yilda buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, yurt obodligi, xalq farovonligi, ma’naviyat va madaniyat rivojiga beqiyos darajada hissa qo‘shgan Alisher Navoiy tavallud topganiga 583 yil to‘ladi. Har yili mazkur sana munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayramona kayfiyat hukm suradi. Tadbirlar ham ko‘tarinkilik, o‘zgacha shukuh bilan adabiyot, ma’naviyat, ilm-ma’rifat, do‘stlik ayyomi sifatida bo‘lib o‘tadi. Bugun, 2-fevral kuni Filologiya fakultetida Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari Z.Yuldasheva, Sh.Usmonov, E.Ortiqova, X.Xudoyberdiyeva, Sh.Ashurova tomonidan Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "G‘azal mulkining sultoni" deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi mudiri G.Ernazarova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Talabalar Navoiy ijodidan namunalar keltirishdi. Buyuk mutafakkir siymosi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari gavdalantirildi. Tadbir yakunida faol talabalar rag‘batlantirildi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🟩🟩🟩🟩 Qarshi davlat universiteti rektorining tegishli buyrug‘i bilan Sherzod Xalmirzayevich Akramov Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. Sherzod Akramov 1982-yil Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tugʼilgan. 2006-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bakalavr yo‘nalishini, 2008-yilda magistratura mutaxassisligini, 2011-yilda esa aspirantura bosqichini tamomlagan. Filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori, dotsent. Tayinlovga qadar, Filologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Universitet jamoasi Sherzod Xalmirzayevich Akramovni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
👍 2🔥 1
Repost from Xushnudbek.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
‼️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha savollar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi Mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek bo’ladi, hech narsa o’zgarmagan. Ya’ni jami 5 ta fan, 90 ta savol. Maksimal ball — 189. Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan: 1) Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) — 10 ta savol; 2) Matematika — 10 ta savol; 3) O‘zbekiston tarixi — 10 ta savol. 🔘 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball. 2 ta mutaxassislik fanidan: 1️⃣-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball; 2️⃣-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball. 🔘 60 ta savol uchun jami 156,0 ball. ❗️Mana bu faylda 2024-yilgi test sinovlari uchun fanlar majmuasi ro’yxatini, ya’ni qaysi yo’nalishda qaysi fanlardan savol tushishini ko’rishingiz mumkin: https://t.me/xushnudbek/22497 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
Repost from Xushnudbek.uz
2024-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda: aholi soni – 36,8 mln kishi; ayollar soni 18,3 mln kishi; erkaklar soni – 18,5 mln kishi; shaharda yashovchilar – 18,8 mln kishi; qishloqda yashovchilar – 18 mln kishi; nikohlar soni 283,8 mingta; nikohdan ajralishlar soni – 49,2 mingta. Umumiy migratsiya: ko‘chib kelgan – 218,8 ming kishi; ko‘chib ketgan 233,2 ming kishi. Shundan, tashqi migratsiya: ko‘chib kelgan 2,9 ming kishi; ko‘chib ketgan – 17,3 ming kishi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
#o'quv_seminar #batafsil ⚡️“Guruh murabbiylari uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning ustuvor vazifalari” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi Joriy yilning 24-26-yanvar kunlari universitetning barcha fakultetlarida “Guruh murabbiylari uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning ustuvor vazifalari” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Xabar berilganidek, seminarlarda Falsafa va sotsiologiya kafedrasi mudiri, professor S.Choriyev, kafedra dotsenti A.Shaymanova, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi dotsenti Z.Boymurodovning “Davlatimiz rahbarining 2023-yil 22-dekabrda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyati” va “Ta’lim muassasalaridagi ma’naviy tarbiyani optimallashtirish vazifalari” mavzularida ma’ruzalari tinglandi. Bugungi kunda universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, universitetni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish maqsadida rahbariyat tashabbusi bilan kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan akademik guruhlarga guruh murabbiylari biriktirish amaliyoti joriy etildi. Ayni maqsadda universitet rektorining joriy yil 16-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan barcha fakultetlarda mavjud 460 ta akademik guruhlarga tegishli malaka talablariga javob beradigan, yoshlar bilan ishlash tajribasiga va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar guruh murabbiyi sifatida biriktirildi. Tadbirlarda guruh murabbiylarining asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Yakunda mavzuga oid bir qator fikr-mulohazalar almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
⚡️Talabalarga osh tarqatildi Bugun, 26-yanvar kuni Filologiya fakulteti rahbariyati tomonidan 10-sonli talabalar turar joyida yashaydigan talabalar uchun o'zbek milliy taomi osh tayyorlanib, tarqatildi. Dasturxon atrofida kechgan samimiy suhbat yoshlarga ko'tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
👍 1
⚡️Ma’rifatparvar jadidlar ijodiy merosini o‘rganish hayotiy ehtiyojdir Joriy yilning 23-yanvar kuni Filologiya fakulteti 10-sonli talabalar turar joyida ma’rifatparvar jadid bobolarimizning ibratli hayotini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida “Cho`lpon - millat kuychisi” mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari, tarbiyachi-pedagog M.Rahmonova, fakultet bosh koordinatori N.Abdujalilova va talabalar turar joyida yashaydigan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda o‘zbek she’riyatining yirik vakili shoir, adabiyotshunos olim, ma’rifatparvar jadid Cho‘lpon hayoti va ijodiga bag‘ishlab bellashuv o‘tkazildi. Shoir ijodidan go‘zal namunalar o‘qildi. Adabiy kechada qatnashchilar shoir faoliyati, millat ravnaqi, Vatan taraqqiyoti uchun jon kuydirib, faoliyat ko‘rsatgani borasida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
👍 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.