cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Qarshi davlat universiteti

Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!

Больше
Рекламные посты
9 689
Подписчики
-1124 часа
-587 дней
-12330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#tadbir
⚡️Xorijiy tillar fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi R.Nekboyeva tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida "Hamshira ko‘rigida bir kun" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
👍 5👏 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#talaba_yutug‘i Angren shahrida joylashgan "Yangiobod" sport majmuasida sportning para yengil atletika turi kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, musobaqada ishtirok etgan Sport fakulteti talabasi Sevinchbek Husanov T-12 klass toifasida 100 metr yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni va uzunlikka sakrash bahslarida faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Talabamizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz! 🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
👍 3
#quvnoq_startlar
⛹️ ⛹️‍♀️ Bugun universitetda “Talabalar bahori” festivali doirasida “Quvnoq startlar” musobaqasi bo‘lib o'tdi. Unda 5 ta jamoa qiziqarli shartlar asosida o'zaro bahs olib bordi. Qizg'in o'tgan musobaqada “Geostar” jamoasi 1-o'rinni, “Liderlar” jamoasi 2-o'rinni va “Uchqunlar” jamoasi 3-o'rinni qo'lga kiritdi. G‘oliblar rag‘batlantirildi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
👍 5🔥 1👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#davra_suhbati Bugun, 30-may kuni, Qarshi shahar Beglar MFYda “Qiz bola tarbiyasida mahalla, oila va oliy ta’limning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Unda Filologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi R.Saydullayeva, mahalla faollari va profilaktika inspektori ishtirok etdi. Qiz bolaning ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom, yuksak salohiyatli, hech kimdan kam bo‘lmagan holda kamolga yetishida oila – mahalla – ta’lim muassasasi hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Suhbatda bugungi kunda qiz bola – bo‘lg‘usi onaga jamiyatning faol va ongli a’zosi bo‘lish, bilim egallash, iqtidor va iste’dodini namoyon etish, o‘z xohish-irodasiga ko‘ra kasb-hunar egallash kabi huquq, erkinliklar qonunlarimizda belgilab qo‘yilganligi alohida ta’kidlandi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
👍 2
#stajirovka #jarayon
➡️ Ayni kunlarda Qarshi davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi professori G.Mo‘minova, Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan B.Jo‘rayev, M.Fayziyeva, S.Islamova Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universiteti Psixologiya va ta’lim institutida stajirovka o‘tashmoqda.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
👍 6
#milliylik
👦 📷 Milliy liboslar haftaligi — San'atshunoslik va Pedagogika fakultetlari talaba qizlari
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
👍 11🔥 3🤩 2🎉 1
#konsertga_marhamat
Qarshi shahridagi “Markaziy” o‘yingohida soat 19.00 da boshlanadigan katta gala-konsert dasturida mashhur estrada xonandasi Sardor Mamadaliyev hamda taniqli so‘z ustasi Ahror Qo‘shmatov ham xizmatda bo‘lishadi! 💫 Nasaf jamoasi muxlislarini konsert dasturida kutamiz! ‼️ Aytilganidek, konsertga kirish tekin! ➡️ Shunchaki tashrif buyuring va quvonchli damlarni qarshi oling!
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
👍 12
00:45
Видео недоступноПоказать в Telegram
#konsertga_marhamat ⚡️Bayram bayramdek bo‘lsin!
Xabaringiz bor, kecha Nasaf futbol klubi o‘z tarixida uchinchi bor Oʻzbekiston superkubogini qo‘lga kiritdi. Shu munosabat bilan ertaga, ya’ni 31-may kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” o‘yingohda soat 19.00 da katta gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Ko‘ngilochar bayram dasturiga kirish mutlaqo bepul va u yerda Siz uchun estradamizning yorqin vakili Bojalar guruhi kuylaydi. Nasaf jamoasi o‘z muxlislarini ajoyib konsert dasturiga taklif etadi! Keling va quvonchli damlarga sherik bo‘ling!
👉@qarduuz 👈
Показать все...
👍 10🔥 4
Repost from Edu.uz
#qabul_2024
⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi
📌 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. 📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. 📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. ✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi. 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. 🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
👍 6
#madaniy_hordiq Madaniy-estetik hordiq nafaqat asabni tinchlantiradi, balki insonga kayfiyat ulashib, ertangi kunga ishonch, kuch va zavq bag‘ishlaydi. Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida universitet talabalar turar joylarida yaxshi an’ana yo‘lga qo‘yilgan. Bugun "Disko shou" tadbirida jarang sochgan dilbar qo‘shiqlar, go‘zal raqslar barcha talaba-yoshlarga xush kayfiyat bag‘ishladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Telegram             🌍 qarshidu.uz 💬 Facebook            📸  Instagram
Показать все...
👍 18