ru
Feedback
Kitob tumani hokimligi| RASMIY

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

Открыть в Telegram
8 871
Подписчики
-424 часа
+17 дней
+9730 день
Архив постов
‼️‼️‼️‼️‼️ Ташаббусга куч, бирликка йўл: "Обиканда"да асфальтлаш ишлари бошланди! 🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

📈Tashabbusga kuch, birlikka yo‘l: "Obikanda"da asfaltlash ishlari boshlandi! 2026-yilgi "Tashabbusli budjet" dasturining 1-m
+6
📈Tashabbusga kuch, birlikka yo‘l: "Obikanda"da asfaltlash ishlari boshlandi! 2026-yilgi "Tashabbusli budjet" dasturining 1-mavsumi doirasida g‘olib deb topilgan loyihalar asosida Kitob tumanidagi "Obikanda" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, loyiha doirasida 3 kilometrdan ortiq ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari boshlandi. Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla aholisining uzoq yillik murojaatlari va tashabbuslari asosida amalga oshirilmoqda. Yangi asfalt qoplamasi nafaqat transport harakati uchun qulaylik yaratadi, balki mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, fuqarolarning turmush sifati va yashash sharoitlarini oshirishga xizmat qiladi. "Tashabbusli budjet" dasturi orqali amalga oshirilayotgan bunday loyihalar aholining tashabbusi va davlatning amaliy ko‘magi uyg‘unligida hududlarni obod etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. 🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumanida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda Aholini uzluksiz va sifatli elektr e
+5
Kitob tumanida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda Aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Kitob tumanida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, tumandagi 35/10 kV "Makrid" nimstansiyasida mavjud 4 000 kVA quvvatga ega transformator o‘rniga 6 300 kVA quvvatli yangi transformatorni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha yakunlangach, "Makrid", "Zarafshon", "Oyoqchi", "Qashqadaryo", "Navro‘z" va "Navbahor" mahallalarida istiqomat qiluvchi 30 mingdan ziyod aholi sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Hududda amalga oshirilayotgan bunday modernizatsiya ishlari elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi. 🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

#Dolzarb_60_kun Hurmatli fuqarolar! Joriy yilning 1-iyuldan 30-avgustga qadar respublikamizda yoz mavsumida yongʻinlarni oldi
#Dolzarb_60_kun Hurmatli fuqarolar! Joriy yilning 1-iyuldan 30-avgustga qadar respublikamizda yoz mavsumida yongʻinlarni oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 60 kun” tadbirlari oʻtkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda faol ishtirok eting. Boshqa yangiliklar 👇 Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Kitob tumani IIB Migratsiya va personallashtirish bo‘linmasi boshlig‘i, mayyor Abdinazarov Vahob Eshboboyevich "Xavsiz va sog
Kitob tumani IIB Migratsiya va personallashtirish bo‘linmasi boshlig‘i, mayyor Abdinazarov Vahob Eshboboyevich "Xavsiz va soglom yurt" tadbiri munosabati bilan tuman aholisiga murojaati Assalomu alaykum, hurmatli Kasbi tumani aholisi va mehmonlari! Mamlakatimizda aholi migratsiyasi sohasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, davlat xizmatlarini yanada soddalashtirish hamda fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyulda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida"gi 1074-son Qonuni bilan mamlakatimizda yashash va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona huquqiy tizimi joriy etildi. Biroq amaliyotda ayrim fuqarolarimiz orasida ushbu Qonun qabul qilinganidan so‘ng propiska tizimi butunlay bekor qilingan, degan noto‘g‘ri tushuncha shakllanganligini kuzatmoqdamiz. Shu munosabat bilan alohida ta’kidlab o‘tamanki, amaldagi qonunchilikka muvofiq har bir fuqaro vaqtincha yoki doimiy yashash joyini o‘zgartirgan taqdirda, yangi manzilga kelgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi shart. Buning uchun hududiy Migratsiya va personallashtirish bo‘linmalariga, Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda xizmatdan foydalanishlari mumkin. Hurmatli fuqarolar! Qonun talablariga rioya etmaslik ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223-moddasiga muvofiq, ro‘yxatdan o‘tmasdan yashagan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, ushbu huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilganda esa besh baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi. Shuningdek, fuqaroni ro‘yxatdan o‘tmasdan yashashiga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, bir yil ichida takroran sodir etilganda esa o‘n baravari miqdorida jarima belgilangan. Aziz yurtdoshlar! Qonun bilan joriy etilgan yana bir muhim yangilik — talabalar uchun yaratilgan qulayliklardir. Endilikda talabalar talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirilayotgan paytning o‘zida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kompozit davlat xizmati asosida vaqtincha ro‘yxatdan avtomatik tarzda o‘tkaziladi. Bunda talaba ijara yoki turar joy shartnomasida ko‘rsatilgan, biroq bir yildan oshmagan muddatga vakolatli organ tomonidan onlayn tarzda vaqtincha ro‘yxatga qo‘yiladi. Bu esa talabalarning ichki ishlar organlariga alohida murojaat qilishi, hujjat to‘plashi, navbat kutishi yoki davlat bojini alohida to‘lashi kabi ortiqcha ovoragarchiliklarni bartaraf etdi. Bugungi kunda davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi natijasida inson omili kamayib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tezkor, shaffof va qulay shaklga o‘tmoqda. Muhimi, aholining o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tishi davlat organlariga aholi hisobini aniq yuritish, yangi ish o‘rinlarini rejalashtirish, uy-joy siyosati, ijtimoiy va kommunal xizmatlarni samarali tashkil etish imkonini beradi. Shu bois mazkur tizim faqat nazorat vositasi emas, balki hududlarni barqaror rivojlantirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan muhim mexanizm hisoblanadi. Hurmatli fuqarolar! Sizlarni vaqtincha yoki doimiy yashash joyingizni o‘z vaqtida qonun talablariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazishingizni, belgilangan tartibga qat’iy amal qilishingizni so‘rab qolaman. Qonunga hurmat — jamiyatda tartib-intizom va barqarorlikning muhim kafolatidir. 🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumi boshlanmoqda ✅ Joriy yilning 15-iyulidan “Tashabbusli budjet” jar
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumi boshlanmoqda Joriy yilning 15-iyulidan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘n birinchi mavsum hisoblanadi. Bunda: 🟣 15-iyuldan 3-avgustgacha loyihalarni kiritish; 🟣 4–18-avgust kunlari loyihalarni saralash; 🟣 19–21-avgust kunlari targ‘ibot bosqichi; 🟣 22–31-avgust kunlari ovoz berish bosqichi; 🟣 1–10-sentabr kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi. ☑️ Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi. Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating! #tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Kitob tumanidagi "mahalla yettiligi" a’zolari o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etdi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonida
+5
Kitob tumanidagi "mahalla yettiligi" a’zolari o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etdi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda Kitob tumanidagi mahallalarning "mahalla yettiligi" a’zolari Zoom platformasi orqali ishtirok etdi. Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahalla boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan Farmoni mazmun-mohiyati, mahalla boshqaruvining yangi tizimi hamda "mahalla yettiligi" a’zolarining vakolat va mas’uliyatiga oid muhim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mahallalarda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, aholi muammolarini manzilli hal etish va yagona jamoaviy boshqaruv tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. 🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Махсус репортаж | 07.07.2026 йил
Иқтисодий хавфсизлик — жамият тараққиёти кафолати 👉@Department_uz

🌍 Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Kitob tumani um
+9
🌍 Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildiDolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Kitob tumani umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” hamda muzeyga sayohat uyushtirilmoqda. Mazkur sayohatda Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Mansur Joniyev hamda geologik qo‘riqxona mas’ullari ishtirok etib, o‘quvchilarga hududning noyob tabiiy boyliklari, geologik merosi va tarixiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berdilar. “Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi negizida tashkil etilgan bo‘lib, unda geologik va ekologik turizmni rivojlantirish, yangi turistik yo‘nalishlarni yaratish hamda noyob tabiiy geologik obyektlarni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilgan. Sayohat davomida o‘quvchilar Zinzilbog‘ kesmasining noyob geologik tarixi, qadimiy qatlamlar va tabiat yodgorliklari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining ilmiy dunyoqarashlarini yanada boyitdilar. 🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

"Dolzarb 90 kunlik" doirasida 400 nafardan ortiq bolalar mazmunli hordiq chiqarmoqda Kitob tumani Madaniyat markazida Respubl
"Dolzarb 90 kunlik" doirasida 400 nafardan ortiq bolalar mazmunli hordiq chiqarmoqda Kitob tumani Madaniyat markazida Respublika bo‘ylab davom etayotgan "Dolzarb 90 kunlik" dasturi doirasida bolalarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish hamda iste’dodini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda Madaniyat markazida 400 nafardan ortiq o‘g‘il-qizlar 15 turdagi to‘garaklarga jalb etilgan bo‘lib, ular musiqa, raqs, tasviriy san’at, teatr, hunarmandchilik va boshqa yo‘nalishlarda o‘z qiziqishlariga mos mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda. Mazkur to‘garaklar orqali yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yangi iqtidorlarni kashf etishga xizmat qilmoqda. Kitob tumanida "Dolzarb 90 kunlik" dasturi doirasidagi tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. 🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

"Dolzarb 90 kunlik" doirasida 400 nafardan ortiq bolalar mazmunli hordiq chiqarmoqda Kitob tumani Madaniyat markazida Respublika bo‘ylab davom etayotgan "Dolzarb 90 kunlik" dasturi doirasida bolalarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish hamda iste’dodini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda Madaniyat markazida 400 nafardan ortiq o‘g‘il-qizlar 15 turdagi to‘garaklarga jalb etilgan bo‘lib, ular musiqa, raqs, tasviriy san’at, teatr, hunarmandchilik va boshqa yo‘nalishlarda o‘z qiziqishlariga mos mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda. Mazkur to‘garaklar orqali yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yangi iqtidorlarni kashf etishga xizmat qilmoqda. Kitob tumanida "Dolzarb 90 kunlik" dasturi doirasidagi tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. 🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

+9
#media_tur Kitob tumanidagi "Varganza" agro turizm hududida media tur tashkil etildi Kitob tumanidagi "Varganza" agro turizm hududida ommaviy axborot vositalari vakillari va kontent yaratuvchilari ishtirokida media tur tashkil etildi. Media tur davomida hududda faoliyat yuritayotgan zamonaviy limonchilikka ixtisoslashgan issiqxonalar, anorzorlar, mevali bog‘lar, shuningdek, aholi xonadonlarida yo‘lga qo‘yilgan qishloq xo‘jaligi madaniyati va agro turizm imkoniyatlari yaqindan tanishtirildi. Tadbir ishtirokchilari hududning tabiiy salohiyati, zamonaviy agrotexnologiyalar hamda qishloq turizmini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Media tur yakunlari bo‘yicha videobloger Umir Normurodov tomonidan "Varganza" agro turizm hududining o‘ziga xos jihatlari va sayyohlik salohiyatini yorituvchi videorolik tayyorlandi. 🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

📍 Бугун Китоб тумани ҳудудида «Хавфсиз ва соғлом юрт» кенг қамровли тезкор-профилактик тадбири доирасида Қўриқлаш хизмати ма
+3
📍 Бугун Китоб тумани ҳудудида «Хавфсиз ва соғлом юрт» кенг қамровли тезкор-профилактик тадбири доирасида Қўриқлаш хизмати масъул ходимлари томонидан кенг кўламли профилактик чора-тадбирлар амалга оширилди. 🔹 Тадбир давомида жисмоний ва техник қўриқловдаги объектлар фаолияти ўрганилиб, хизмат самарадорлиги таҳлил қилинди. 🏠 Шунингдек, фуқаролар хонадонларини қўриқловга жалб этиш юзасидан тарғибот-тушунтириш ишлари олиб борилиб, замонавий қўриқлаш тизимларининг афзалликлари ҳақида маълумотлар берилди. 👮‍♂️Ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш, жамоат тартибини таъминлаш ҳамда совуқ қурол ва қонунчиликда тақиқланган бошқа буюмларни аниқлашга қаратилган профилактик тадбирлар ҳам амалга оширилди. ✅ Қўриқлаш хизмати томонидан аҳоли осойишталигини таъминлаш, жамоат хавфсизлигини мустаҳкамлаш ва фуқароларнинг мол-мулкини ишончли ҳимоя қилишга қаратилган чора-тадбирлар изчил давом эттирилмоқда. 🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Kitobliklar uchun super yangilik! 8-9-10- iyul kunlari Qashqadaryoning eng yirik klinikasi Javohir klinikasida siz mutlaqo bepulga shifokorlar ko’rigidan o’tishingiz mumkin Ushbu bepul shifokorlar ko’rigi aynan sizning tumaningiz Kitob tumani uchun amal qiladi, yangilikni ko’proq yaqinlaringizga yuborib qo’ying!
Batafsil: 55 403 06 66 | 55 402 06 66
Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat orqali kelishingiz so’rab qolinadi! 📍Manzil: Qarshi shahri, Javohir klinikasi 📍Mo’ljal: Geolog stadioni ro’parasida

🌍🔭 Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Kitob tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasi
+6
🌍🔭 Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Kitob tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitob kenglik stantsiyasi”ga ilmiy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi. Mazkur sayohatda 4-umumta’lim maktabi o‘quvchilari faol ishtirok etib, astronomiya va ilmiy tadqiqotlar olami bilan yaqindan tanishdilar. 🔭 Sayohat davomida mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarga “Kitob kenglik stantsiyasi”ning tashkil topish tarixi, ilmiy faoliyati hamda astronomiya sohasidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. ✨ O‘quvchilar stansiyadagi ilmiy jarayonlarni kuzatib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar. Mazkur tashrif yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularni ilmiy izlanishlarga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Inson qadrini ulugʻlash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar bugun Sergeli tumanidagi mahallalar qiyofasida, odamlarning kundalik hayotida yaqqol namoyon boʻlmoqda. — Последовательные реформы, направленные на возвышение чести и достоинства человека, повышение благосостояния населения, сегодня находят яркое отражение и в облике махаллей Сергелийского района. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

📈Tashabbusga kuch, birlikka yo‘l: “Alaqo‘yliq”da asfaltlash ishlari boshlandi! Kitob tumanida fuqarolar tashabbusi bilan yo‘
+5
📈Tashabbusga kuch, birlikka yo‘l: “Alaqo‘yliq”da asfaltlash ishlari boshlandi! Kitob tumanida fuqarolar tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. 2026-yilgi “Tashabbusli budjet” dasturining 1-mavsumi doirasida  “Alaqo‘yliq” mahalla fuqarolar yig‘inining ichki yo‘llarini ta’mirlashga oid loyiha bo‘lib, bugungi kunda ushbu yo‘nalishda amaliy ishlar boshlandi. Loyiha doirasida mahallaning qariyb 3.1 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur tashabbus “Tashabbusli budjet” orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan va aholining dolzarb muammolaridan biri sifatida e’tirof etilgan edi. Bugungi kunga kelib, yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha pudrat tashkiloti tomonidan ishlar boshlab yuborildi. Ushbu loyiha nafaqat mahalla aholisining harakatlanishini yengillashtiradi, balki hudud infratuzilmasining yaxshilanishiga ham xizmat qiladi. “Tashabbusli budjet” orqali amalga oshirilayotgan bu kabi loyihalar fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, joylardagi muammolarga o‘z vaqtida yechim topish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. 🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Sergeli tumani hokimligining vaziyatlar markazi davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi. — Главе нашего государства представлена работа ситуационного центра хокимията Сергелийского района. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Kitob tumanida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" shiori ostida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda Kitob tumanida aholi tinchligi va
+4
Kitob tumanida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" shiori ostida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda Kitob tumanida aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" shiori ostida profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Tadbirlar davomida mas’ul tashkilotlar hamkorligida fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, jamoat tartibini mustahkamlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌐Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

#KelajakCamp
"KelajakCamp" — yozning eng yorqin manzili!
Qashqadaryo viloyati Kitob tuman “Kelajak” markazi tomonidan ta’til davrida ehtiyojmand oila farzandlarining mazmunli dam olishini ta'minlash hamda bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida “KelajakCamp” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlariga jalb etish ishlari olib borilmoqda. Bu yerda bolalar robototexnika, chet tillari hamda boshqa zamonaviy yo‘nalishlardagi to‘garak mashg‘ulotlari, sport musobaqalari, jamoaviy o‘yinlarda faol ishtirok etib, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallamoqda. Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X