Kitob tumani hokimligi| RASMIY
🇺🇿Kitob tumani hokimligi ☎️ 75-542-50-07. 🌐 www.kitobt.uz ➡️ fb.com/kitobhokimligi.axborotxizmati ➡️ instagram.com/kitabdistrict ▶️ www.youtube.com/c/kitobhokimligi Murojaat - @kitob_hokimiga_murojaat_bot Admin @Qahramonjon_Oqilov
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram Kitob tumani hokimligi| RASMIY
El canal Kitob tumani hokimligi| RASMIY (@kitab_district) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 23 580 suscriptores, ocupando la posición 1 390 en la categoría Libros y el puesto 3 355 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 23 580 suscriptores.
Según los últimos datos del 01 octubre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 14 745, y en las últimas 24 horas de -250, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 18.70%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 16.22% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 4 457 visualizaciones. En el primer día suele acumular 3 866 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 0.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“🇺🇿Kitob tumani hokimligi
☎️ 75-542-50-07.
🌐 www.kitobt.uz
➡️ fb.com/kitobhokimligi.axborotxizmati
➡️ instagram.com/kitabdistrict
▶️ www.youtube.com/c/kitobhokimligi
Murojaat - @kitob_hokimiga_murojaat_bot
Admin @Qahramonjon_Oqilov”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 02 octubre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Libros.
📌 26 ta ko‘p qavatli uyda: — 5 000 kv. metr yo‘laklarni betonlash; — 8 ta umumiy foydalanishdagi hojatxona qurish; — 4 ta bolalar maydonchasi barpo etish; — 460 p/m irrigatsiya tarmoqlarini yangilash rejalashtirilgan.Ayni paytda "Yangibod" MFY hududidagi 8 ta ko‘p qavatli uyda 2 000 kv. metr yo‘laklar beton qoplamasi bilan qoplandi. Shuningdek, 130 p/m irrigatsiya tarmoqlarini yangilash hamda 1 ta bolalar maydonchasi qurish ishlari davom etmoqda. 🏢 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 3 ta ko‘p qavatli uyning tom qismi, 10 ta kirish yo‘lagi hamda 6 ta elektr taqsimlovchi shit ta’mirlandi. 6 ta kirish eshigi kodli temir eshiklarga almashtirildi. ▪️Shuningdek, qo‘shimcha ravishda 9 ta ko‘p qavatli uyning 26 ta kirish yo‘lagi ta’mirlanib, hududlarga 27 dona quyosh panelli tashqi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. ▪️Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘p qavatli uylar atrofiga 17 dona PTZ rusumli zamonaviy videokuzatuv kamerasi o‘rnatildi. Mazkur ishlar ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun qulay, obod va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda uy-joy fondini mavsumga puxta tayyorlashga qaratilgan. Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 ❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web sayt| ✈️Telegram | 🕊Twitter | 📹YouTube
Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun uzoq muddatli 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilmoqda. Shuningdek, bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish muddatlarining o‘tib ketganligi qo‘llanilmaydi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish butunlay taqiqlanmoqda.✅ Bepul yuridik yordam va tergovni yozib olish
Jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga protsessual harakatlarga jalb etilgan ilk daqiqalardan e’tiboran davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam ko‘rsatish tizimi joriy etilmoqda. Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali qayd etish, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat qurboni bo‘lgan bola va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni maxsus tartib bo‘yicha o‘tkazish, jabrlanuvchi bola va ayblanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni faqat tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida o‘tkazish belgilanmoqda. Agar zo‘ravonlik oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, protsessual jarayonlarda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtiroki majburiy qilib qo‘yilmoqda.✅ Ta’lim muassasalari xodimlari zo‘ravonlik uchun ishdan bo‘shatilishi mumkin
Mehnat kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, ta’lim va tarbiya muassasalarida bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish borasidagi majburiyatlar o‘z zimmasiga yuklatilgan ta’lim tashkiloti xodimining bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan uning mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga asos bo‘ladi. Bunday shaxslarning kelgusida bolalar bilan ishlashiga cheklov qo‘yiladi. Shu bilan birga, ota-onalarning bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligi, ularning asosiy ehtiyojlarini qasddan qanoatlantirmasligi, nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishi, shuningdek, bolalarni sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va bolalar qayta zo‘ravonlikka uchrashdan qo‘rqib murojaat qilishga ikkilanmasligi uchun, ularning so‘roviga asosan yashash manziliga yozma yoki elektron javob xati yubormaslik tartibi joriy etilmoqda. “Bu oilaviy nizolarning yanada avj olishi va qayta zo‘ravonlik sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi”, — dedi senator.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
"O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qonunga hurmat, mehnatga munosabat va Vatanga sadoqat hamisha yuksak bo‘ladi. Chunki ustozni e’zozlash butun bir millat kelajagini e’zozlash demakdir".— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В стране, где высоко чтут учителя, всегда сильны стремление к знаниям, уважение к закону, отношение к труду и преданность Родине. Ибо ценить учителя – значит ценить будущее целого народа».Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Shuningdek, “Yilning eng yaxshi maktab o‘qituvchisi” tanlovining g‘oliblari ham munosib taqdirlandi. Tanlov yakunlariga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — 95-maktab o‘qituvchisi Nosirov Baxodir — 5 732 ta ovoz; 🥈 2-o‘rin — 41-maktab o‘qituvchisi Valiyev Shoxrumirzo — 4 447 ta ovoz; 🥉 3-o‘rin — 47-maktab o‘qituvchisi Imomov Azamat — 2 820 ta ovoz.G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirilib, ularning ta’lim-tarbiya yo‘lidagi samarali mehnati e’tirof etildi. Tadbir davomida uzoq yillar ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilgan faxriy ustozlarning xizmatlari ham alohida qadrlanib, bir guruh pedagoglar munosib kuzatildi. Bayramning badiiy qismida tuman Madaniyat bo'limi san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir ustoz va murabbiylarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi bo‘ldi. Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 ❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | ✅Twitter | 📹YouTube
– Maqsadimiz aniq – har bir o‘quv yili bolaga keyingi bosqich uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilsin! Bitiruvchi maktabni hayotga tayyor, o‘z bilimiga, o‘z kuchiga ishongan holda tamomlasin!– dedi davlatimiz rahbari.
“Eng avvalo, farzandlarimizga, ularning iste’dodi, qobiliyati, kelajagiga ishonaman!”.Prezidentimiz bolalar eng yaxshi ta’lim, eng yaxshi sharoit va eng yaxshi kelajakka munosib ekanini alohida ta’kidladi. Facebook|Instagram|X
– Ta’limni rivojlantirish Yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim bo‘g‘inidir,– dedi Prezidentimiz. O‘n yilda 1 million 800 ming o‘rinli bog‘chalar va 1,5 million o‘rinli maktablar barpo etildi, 10 mingdan ziyod bog‘cha va maktab zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Davlatimiz rahbari ta’limda binolar va sharoit bilan birga, eng avvalo, mazmun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
“Biz bolalarimizni paxta dalasidan maktab partasiga, o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga qaytardik”,– dedi u islohotlarning eng katta natijasi haqida to‘xtalib. Har bir bola o‘qishi, izlanishi, kamol topishi va katta orzular bilan yashashi kerak. Bu orzular ro‘yobga chiqishi uchun esa eng yaxshi darsliklar, kuchli va malakali o‘qituvchilar zarur.
– Biz bugun bolaga nimani bersak, ertaga uning natijasini mamlakat kelajagida ko‘ramiz,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
“Ishoning, men ularni ko‘ksingizga taqib, sizlardan ham ko‘proq xursand bo‘lyapman”,– dedi. Shuningdek, ta’limning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini ta’sis etish taklif qilindi. Uning ilk sohiblarini kelasi yilgi bayram arafasida e’lon qilish va taqdirlash ko‘zda tutilmoqda. Facebook|Instagram|X
– O‘qituvchi – mehr daryosi, o‘qituvchi – ezgulik bulog‘i, o‘qituvchi – ma’rifat quyoshi! Ustozlar bugun yoshlar qalbiga qadayotgan ma’rifat va ezgulik urug‘ining hosilidan ertaga butun jamiyat bahramand bo‘ladi,– dedi Prezidentimiz. Mamlakatimiz yetakchisi buyuk ajdodlarimiz kamoloti ortida ham ularga saboq bergan muallimlar turganini yodga oldi. Imom Buxoriy, Beruniy, Amir Temur va Alisher Navoiy kabi siymolarni yetishtirgan ustozlarni “odamiylik bog‘ining bog‘bonlari” deb atadi. Davlatimiz rahbari umrini yoshlar kamolotiga bag‘ishlagan barcha ustoz va murabbiylarga yuksak hurmat va minnatdorlik bildirdi. Facebook|Instagram|X
❗️E’tibor bering: tanlov doirasida ovoz berish muddati o‘zgartirildi. 🕔Ovoz berish jarayoni ertaga 30-sentyabr kuni soat 12:00 ga qadar davom etadi.Tanlov yakunlariga ko‘ra 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari aniqlanadi hamda g‘oliblar Kitob tumanida 30-sentyabr kuni o‘tkaziladigan Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida tuman hokimi tomonidan tantanali ravishda taqdirlanadi.
🏆 G‘oliblar uchun sovrinlar: 🥇 1-o‘rin — televizor, g‘oliblik statuetkasi va faxriy yorliq; 🥈 2-o‘rin — televizor, g‘oliblik statuetkasi va faxriy yorliq; 🥉 3-o‘rin — mikroto‘lqinli pech, g‘oliblik statuetkasi va faxriy yorliq.Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 ❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | ✅Twitter | 📹YouTube
