cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

ADU.Tabiiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal

✔️Fakultet haqida ma'lumot: https://adu.uz/menu?num=29 ✔️YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCYyeDX8HsXrcUt57U8zljrQ ✔️Iqtidorli talabalar: https://adu.uz/uz/menu/main/students ©️Tabiiy fanlar fakulteti matbuot xizmati

Больше
Рекламные посты
1 001
Подписчики
Нет данных24 часа
-107 дней
-5030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#qabul2024 #eslatma ⚡️DIQQAT, bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni! ✅ Bugun (25-iyun kuni) OLIY TA’LIM MUASSASALARI hamda KOLLEJ VA TEXNIKUMLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun (25-iyun) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. E’tiborli bo‘ling! ❗️Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta’lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta’lim muassasasini ham) tanlanadi. 🔗Foydali havolalar (matn ustiga bosing): 👉 OTM bakalavr yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi; 👉 Kollej va texnikumlar kasb (mutaxassislik)lari uchun fanlar majmuasi; 👉 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma; 👉 To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
#qabul2024 #infografika
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi
22-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 601 946 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan, 271 096 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 330 850 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir. Batafsil infografikada👆 Qabulga doir foydali bot: 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
‼️ Ixcham variant: Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati
Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 2-bobida magistratura va doktoranturaga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Kanalga ulanish @ILM_NUR_2020
Показать все...
👍 3 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Президент эндиликда олийгоҳларнинг тажриба ишлаб чиқариш корхоналари мақоми қонун билан мустаҳкамланишини айтди. Уларга IT-парк резидентларига қўлланилаётган имтиёзлар берилади. Шўъба корхонаси ишчиларининг камида 60 фоизи докторант ва талабалардан иборат бўлади. Келгуси йилдан техника йўналишидаги лойиҳаларга давлат грантлари 4 карра оширилади. Корхонага олийгоҳ билан ҳамкор ташкилот ҳам таъсисчи бўлишига рухсат берилади. Вилоят ҳокимлари ва тармоқ раҳбари илмий ва ишлаб чиқариш лойиҳалари учун олийгоҳларга 10 миллиард сўмгача буюртмани тўғридан-тўғри бериши мумкин бўлади. Инвестиция лойиҳалари қийматининг камида ярим фоизини илмий ишларга ажратиш тизими жорий қилинади. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Муҳандислик йўналишлари бўйича “Энг яхши ғоя”, “Энг яхши лойиҳа” ва “Энг яхши ихтиро” республика танлови ўтказилади. Танловда ўқитувчилар, талабалар ва амалиётчи муҳандислар иштирок этиши мумкин бўлади. Биринчи ўринга электромобиль берилади. Шунингдек, ғоя, лойиҳа ва ихтиро муаллифи бўлган энг зўр 10 нафар иштирокчи Германия, Япония, Хитой, Россия, Италия, Туркия, Жанубий Корея, Сингапур каби давлатларга стажировкага юборилади. Бу мақсадлар учун ҳар йили 15 миллиард сўм ажратилади. Facebook|Instagram|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
“Zakovat” o‘yini bo‘yicha “Yoshlar kubogi” bo‘lib o‘tadi! Turnir 26-iyun - Хаlqаrо giyohvandlikka qarshi kurаsh kuniga bag‘ishlab tashkil etiladi. Unda 25 yoshga to‘lmagan barcha ishtirokchilar qatnashishi mumkin. Jamoalar tarkibi ixtiyoriy tarzda shakllantirilishi mumkin. Turnirda qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar ushbu havola orqali 25-iyun kuni soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tishi lozim. O‘yin 27-iyun, payshanba kuni soat 14:00 da boshlanadi. Musobaqa saralash va pley-off bosqichidan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichida 2 ta tur davomida 12 tadan jami 24 ta savol o‘ynaladi. Saralashda yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Pley-off bosqichida jamoalar o‘zaro raqib juftliklarga bo‘lib chiqiladi. Pley-off bosqichining har bir raundida, shuningdek finalda ham 10 tadan savol o‘ynaladi. Manzil: Zakovat arena. Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Показать все...
01:09
Видео недоступноПоказать в Telegram
📢 Andijonlik yoshlar, galakonsertga marhamat! ⚡️ "Yoshlar oyligi" doirasida viloyat galakonserti Andijon shahrining qoq markazidan Sizlarni chorlamoqda. Estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar ishtirokidagi shou-konsert dasturimiz barcha andijonliklarni xursand qilishiga ishonamiz. ⏰ Shunday ekan, 20-iyun soat 19:30da Andijon shahar Navoiy shoh ko'chasi (viloyat hokimligi ro'parasi)da tashkil etiladigan galakonsertga bachani taklif etamiz. Kutilgan galakonsertning kutilmagan lahzalarini ko'rishga shoshiling. ✅ Konsert mehmonlari: 😎Jahongir Poziljonov 😎Shohrux REP 😎Shohruxxon 😎“Benom” guruhi 😎Sevinch Javliyeva 😎Otabek Mirzaxolov 😎Javlon Shodmonov 😎Oybek Teshaboyev 😎Ne'mat Atamurodov 😎Dili.Me 💯 Kirish mutlaqo bepul. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Показать все...
IMG_0631.MP425.27 MB
🔥 1
Repost from Xushnudbek.uz
2024-yil 16-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 213 ming 463 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan: joriy yil bitiruvchilari — 107 ming 536 nafar; avvalgi yillar bitiruvchilari — 105 ming 927 nafar. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
👍 1
#abituriyent Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar ❓Qabul kvotalari tasdiqlandimi? JAVOB: Yo‘q, hozircha qabul kvotalari tasdiqlanmadi. Tuya go‘shtini yegan kvotalar har yili qabul boshlanib ketgach tasdiqlanishi odatiy holga aylangan. Garchi joriy yilda dastlabki bosqichda faqat fanlar majmuasi tanlanayotgan bo‘lsa-da, lekin bu qabul kvotalarini istagancha kech tasdiqlash mumkin degani emas. Abituriyentlar kvotalarga qarab fanlar majmuasini tanlashi ham mumkin edi. Afsuski, haligacha kvotalar ma’lum emas. Qachon tasdiqlanishi haqida ham aniq ma’lumot yo‘q. ❓Joriy yilda ham beshta yo‘nalish tanlasa bo‘ladimi? JAVOB: Ha, bo‘ladi. Hozir abituriyentlar faqat fanlar majmuasini tanlayapti. Test sinovlari to‘liq yakunlangach esa, 15 kun ichida beshtagacha yo‘nalish tanlashi mumkin bo‘ladi. ❓Joriy yildan sirtqi ta’lim bo‘lmaydimi?JAVOB: Bo‘ladi, sirtqilar yopilgani yo‘q. Ko‘pchilik pedagogika sohasidagi 14 ta yo‘nalishning sirtqisiga faqat pedagogik staji borlargina topshirishi mumkinli haqidagi xabarlarni o‘qib, barcha sirtqi yo‘nalishlar yopilibdi, deb xato tushunadi. Aslida sirtqilar yopilgani yo‘q. Mana bu yerda batafsil javob bor: https://t.me/xushnudbek/19225 Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻 Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🌙 Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin! Allohning rahmati bir sizga bo‘lsin. Umringiz islomning nuriga to‘lsin. Shukurkim yetkazdi ulug‘ kunlarga. Ushbu hayit ayyomi muborak bo‘lsin ! Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar 🫵Bizni kuzatishda davom eting 🌐tabiiy_fanlar_adu
Показать все...
3😍 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.