Muhlisa Jamaaliya
Открыть в Telegram
🧕 Педагог, практикующий психолог ✊ Педагогическая и психологическая поддержка родителям, детям и педагогам @xodjayevna_manager
Больше950
Подписчики
-224 часа
-107 дней
-3930 дней
Архив постов
«Shafqat» loyihasiga qabul ochildi
Bu loyiha Emotsional intellektni oshirishga qaratilingan va sodda tilda sizga his-tuyğularingizni anglash va yashab ötishni örgatib, hayotingizning sifatini oshirishga sabab böladi inshaAlloh.
Loyihadagi ilmlarni siz olasiz, lekin agarda amal qila olsangiz ahlingiz, farzandlaringiz, döstu-yaqinlaringiz ham manfaatlanishlari va munosabatlarni yangi darajaga chiqib, ijobiy tomonga özgarish ehtimoli yuqori böladi biiznillah.
«Shafqat»da:
✅ Limbik tizim va miya pöstloği: nega ğazab «özimizdan oldin» chiqib ketadi
✅Nega emotsiyalarimizni eshitmaymiz va nega hayotni özgartirish bunchalik qiyin
✅Birlashib ketish (слияние): nega yaqinlarimiz bilan «bir butun» bölib, ichimizda ğazab, yolğizlik va qörquv töplanadi va bundan qanday chiqish mumkin
✅Ichki ota-ona va ichki bola: ichingizdagi «tanqidchi» kim va uni kim yozib qöygan
✅Quvonchga ta'qiq, nevrotik qörquv va ularning bugungi hayotingizga ta'siri
✅Soğlom, özaro bog'liq munosabatlar
✅ Psixologik praktikalar, bonus darslar va efirlar: faqat tinglash emas, özingizda sinab körish uchun...
Va boshqa ko‘pgina mavzular bo‘ladi. Hozir qo‘shilganlar uchun 25 ta mavzu tayyor. Jarayonda yana 25 ta darslik joylanadi.
Bu «bolangizni qanday jim qilish» yoki «Eringiz bilan munosabatlarni yaxshilash» haqidagi kurs emas.
Bu avval özingiz bilan, keyin bolangiz va atrofingizdagilar bilan shafqatli munosabatlar örnatishni örganish yöli.
Uzoq gapirib ötirmasdan sizni ham «Shafqat» ga taklif qilaman 🫂
💳 Narx: 960. 000
🎁 Bonus:(No) mukammal ona webinari, faqat 31-oktyabrgacha röyxatdan ötib, töliq summani tölaganlarga
✅ Bo‘lib to‘lash imkoni mavjud
Tanlov sizda:
yoki hammasi avvalgidek davom etadi va siz «keyin özgartiraman» deb özingizga va'da berasiz,
yoki safimizga qöshilib birinchi qadamni qo'yasiz.
Hech kim sizni majburlamaydi. Lekin qalbingizda «ha» degan ovoz kuchli bölsa özingizni uni eshtmaganga olmang, hopmi?
Murojaat uchun:@manager_jamaaliya
Bugun ösha kun (день х deyisharmidi)
Instagramda borlar xabar topib bölishdi, navbat telegram ahliga.
Sizga podskazka:
1) Har safar his-tuyğulardan gap ochilganida juda köpchilik uni sotib olishni xohlab, qabul ochiqmi deb sörashardi
2) Emotsional intellektni oshirish uchum sodda lekin tushunarli qilib yozilgan darsliklar
3) Oldingi potokdagi qatnashuvchilar özlariga nisbatan shafqatliroq bölishlariga sabab bölgan loyiha...
Gap nima haqida, variantlar bormi?
İnstagramda ichimdagini tökdim. Silagayam jönatiymi? Faqat yozmiyman. Storylarni rasmini jönataman. Öqiysilami?
Bularni öqirkanman, yuqoridagi duoni ijobatidan qörqib qoldim. Chunki qaysidir vaziyatlarda özim ham zolim hukmida böpqolishim mumkinligini angladim.
İnson huquqlarini, özing va özgalar haqqiga rioya qilishni shariatchalik hech Qaysi dastur ta’minlab beromiydi.
Aytgancha, bu mavzuni özizni ayblab ötirishizchun kötarmadim. Özimizni taftish qilishimizchun bölishdim.
Özimizga va özgalarga shafqatli bölaylik. Zero, bizni yaratgan Zot Shunga chaqirvotti
Tarjimasi:
1. “Biroq jazo miqdori sodir etilgan ishning og‘irligidan oshib ketsa, bu zulm bo‘ladi.”
(Masalan, bola söramasdan otasini pulini oldi va buning uchun onasidan tanbeh eshitdi. Yetarki, u bu ishdagi jazosini (haqqini) oldi. Endi ota ham kelib aynan shu ish uchun bolaga yana tanbeh bersa, bir xato uchun ikkita jazo böpqomiydimi?
*misol Ikrom Sharif va Aziz Rahimov suhbatlaridan olindi)
2. Xuddi shunday munosabat, ya’ni asossiz jazo qo‘llash, ammo bu safar begunoh insonga nisbatan qo‘llanishi zulmning eng yuqori darajadagi ko‘rinishidir.
(Masalan, öynab turib, kiyimini kir qilgan bolani urish (Aslida undan avval sodir etilgan ish xatomidiki, jazolasak degan savolni beraylik)
3. Zulm insonga nisbatan ma’naviy yoki jismoniy jihatdan, uning mulkiy huquqlariga tajovuz qilish, erkinligini cheklash va boshqa yo‘llar bilan sodir etilishi mumkin.
(Masalan bolaga “Senga” deb berilgan narsani söramasdan boshqalarga berib yuborish, yugurish, sakrashga bölgan ehtiyojini “jim ötir” deb cheklash, deylik 3 yoshli boladan mukammal doirali quyosh chizishini talab qilish…)
4. Allohga itoatsizlik qilish, Uning buyruqlari va qaytargan narsalarini (taqiqlarini) mensimaslik zulmning eng og‘ir ko‘rinishidir. Bunga insonning o‘ziga nisbatan qilgan zulmi ham kiradi.
(Masalan, odamlarning unga bölgan yomon munosabatlariga chidashni tanlash, ta’sir ötkazishning imkoni bor narsalarni özgarishsiz qoldirish va hayotidan norozi bölish)
Man oğzimni töldirib, “Zolimlarga Özing kifoya qil” Deb duo qilardim, toki shayximizning “Tafsiri Hilol”larida zulmning ma’nosi ochib berilganini körmagunimcha.
Biz Kecha Barmoqcha ga bordik. Bilmadim, ular bunnnnaqa tayyorgarchilikka va mashğulotlarga kuchli qattan olishadi. Man bollarimmi oborganimmi özida kechgacha chözilib yottim))
Hozirgina bugungi kun uchun 2- konsultatsiyammi ötqizdim. Alhamdulillah
Kecha qizimmi tishi oğriganichun bugunga qoldirgandim. (Odatda bir kunda bitta mijoz yetarli manga).
Bugun öğlim isitmalab, lanjlandi. Yana boshqa kunga surgim kemadi. Uxlatib, mijozga oshiqdim. Va….terapiya sönggida “ancha yengil böldim” deganlari hamma charchoqlarimmi chiqarvordi. Hamd.
Ertaga Muhammad manga yopishvolishini könglim sezvotti. Shu sabab hozir uyimizda sukunat mehmon böganda, “Shafqat” uchun yengi mavzuni beraman in shaa Alloh.
Sizlaga bösa hayrli tun)))
