Muhlisa Jamaaliya
Відкрити в Telegram
🧕 Педагог, практикующий психолог ✊ Педагогическая и психологическая поддержка родителям, детям и педагогам @xodjayevna_manager
Показати більше994
Підписники
Немає даних24 години
+617 днів
+4130 днів
Архів дописів
Bill Geyts faqat dangasalarni ishga qabul qilarkan (tasdiqlanmagan fakt)
Chunki dangasalar hamma qiyinchiliklarga oson yechim topishadi, kreativlik yuqori (isbotlangan fakt)
*Bill deb yozvotganimda klaviaturam Bilol deb töğirlavurdi (qiziq fakt)😁
Yozishga erindim. Audio yuborgim kemadi. ChatGPT ga ruscha audio jönatib, “Shuni Özbekcha Matn holiga keltirber” didim. Matemi man yozmaganim bilinibdimi?😁
*lekin hikoya Rostan bugungi kunimizdan olindi))
Ba’zida biz bolam atiydan asabimga teyvotti deb o‘ylaymiz-u, aslida vaziyat butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin.
Yomon xulq — yomon bola degani emas. Ba’zida bu shunchaki e’tiborga bo‘lgan ehtiyoj bo‘lishi mumkin.
Bismillah.
Bugun kir yuvib, hovliga yoydim. 3 yoshli o‘g‘lim Muhammad esa bitta ko‘ylakni torta boshladi.
Men:
— Tortma, hozir yerga tushirib yuborasan, — dedim.
U yana tortdi.
— Tortma, Muhammad, tegma, dedim-ku.
Men hovlida turibman, u esa o‘sha ko‘ylakni tortvurdi. Keyin uyga kirib ketdim.
Birozdan keyin chiqsam, ko‘ylak yo‘q.
— Ko‘ylak qani? — desam, bilsam, omborga olib borib qo‘yibdi.
Men jahlim chiqib, balandroq ovozda:
— Nega u yerga obording? — deb so‘radim.
U esa indamay, noroziligini ko‘rsata boshladi.
Shu payt o‘zimga:
«Tinchlan», — dedim.
Bir oz o‘zimni bosdim.
Keyin yumshoqroq qilib:
— Muhammad, nega u yoqqa olib borib qo‘yding? Nega o‘zi tortayotgan eding? — deb so‘radim.
Shunda u aytdi:
— Men siz uyga kirib ketishingizni xohlamagandim.
😳
Ma’lum bo‘lishicha, men uning yonida turganimda, u ko‘ylakni tortayotganida unga qarab turgan ekanman. Ya’ni, shu orqali mening e’tiborimni o‘zida ushlab turgan.
Men uyga kirib ketganimda esa jahli chiqqan.
Keyin undan:
— Nega menga shunchaki «Oyi, uyga kirmang, men bilan hovlida qoling», demading? — deb so‘radim.
U:
— Baribir ketardingiz-ku. Sizning ishlaringiz bor. «Hozir ishlarimni qilib, keyin chiqaman», deysiz-ku. Men esa ketishingizni xohlamadim, — dedi.
Shunda ichimdan Allohga shukr qildim.
Chunki o‘sha paytda jahlim bilan baqirib yuborishim ham mumkin edi.
Agar men faqat uning xatti-harakatiga qaraganimda, «Nega gapimga quloq solmaydi? Nega yana narsani buzadi?» deb o‘ylardim.
Lekin biroz to‘xtaganimdan keyin uning xatti-harakati ortidagi sababni ko‘rdim.
U shunchaki onasining e’tiborini xohlagan.
«Oyi, men bilan qoling», deb aytishni hali bilmagan.
Va buni o‘zining uch yoshicha usuli bilan ko‘rsatgan.
Shu voqea menga yana bir narsani eslatdi:
Har doim ham yomon xulq — yomon bola degani emas.
Ba’zida bola shunchaki:
«Oyi, menga e’tiboringiz kerak».
«Oyi, men bilan qoling».
«Oyi, meni ko‘ring», — deyayotgan bo‘lishi mumkin.
Balki biz ota-ona sifatida ba’zida faqat:
«Nega bunday qilyapsan?»
deb so‘rashdan oldin,
«Sen menga aslida nima demoqchisan?»
deb ham so‘rashimiz kerakdir.
Yuqoridagi konspekt “Bolam nega qaysar?” Kursining atigi birinchi modulidan olingan edi. Bu kursda naqd 3 ta modul va har biri 4 ta podcastdan iborat.
Kurs egasini shaxsan taniyman, ishonchli filterdan ötgan ma’lumotlar beradila. Kanallari töla manfaatku, hech bömasa shu kursni eshtşb chiqiylade (kanalga ulansela, qotirilgan xabarlarda kanal xaritasi bor, ashağdan toffolasila).
Bu reklamamas, tavsiye, chunki kurs MUTLAQO BEPUL!
Qaysarlik bosqichini tushuna olish.
Qaysarlik - özidan “katta (kuchli)larga” qarshilik körsata olish.
Uning vazifasi- birovlar qölida öyinchoq bölmaslik, öz hayatini boshqalar hohlagandek, ular kutgandek yashamaslik, özini örganish könikmalarini shakllantirish.
(Katta bölgen bolamiz shunaqa bösa mazzaya))) buningchun marhamat qilib bolaligida qaysarligini kötarib bering).
-Bolalar kattalarning “quloqsiz” ekanligiga ishonchi komil (axir biz ham yöq sen salga jazavaga tushmiymizmi?)
-Ular kattalardan örganadi hamma narsani.
❗️Qaysar bola=rivojlanvotgan bola
❗️”Yöq” degan sözni kuchlilargina ayta oladi.
❗️Özining fikri bölmasa, boshqaniki töğri körinadi.
Qaysarlikni ifodalash:
1. Ijobiy- ochiq-oydin.
Yuqorida keltirilgan 6 ta körinish va Shunga öxshagan formatda.
(Biz buni qanchalik tarbiyasizlik deb atamaylik, bu fitrat, bosib ötilishi kerak bölgan yöl)
2. Salbiy -yopiq (bola hamma agressiya va noroziliklarini ichiga yutadi)
-gaplarni eshitmaganlikk oladi (ignor)
-ota-ona bolani “bostirib qöyishga” ulgurgan bölishsa, depressiyaga ötib ketishi mumkin.
-duduqlanish
-enurez
-tirnoqlarni tishlash
-köp yiğlash
-fobiyalarni paydo bölishi
-ishtahasizlik
-sözlarni talaffuziga qiynalishi
Depressiya bolaning ham jismoniy, ham aqliy rivojlanishini tormozlaydi.Depressiya alomatlari: A) Anegdoniya-avval qiziqqan narsasiga qiziqishi birdan sönishi B) Öqishda orqada qolish *yuqoridagi körsatkichlarni sabablari boshqa narsa bölishi ham mumkin.
Boladagi “qaysar”ligini 6 ta körinishi:
1. Bola tez asabiylashadi.
2. Doim bahslashadi.
3. “Mumkinmas”larni qiladi.
4. Doim “yöq” deydi.
5. Kattalarni xatolarini yuziga soladi.
6. Öch olishga harakat qiladi (7 yoshgacha bu norma, hatto yaxshi ham)
*bu ma’lumotlarni ochiqlanmasi onalarga öz bolalarining tilini tarjima qiberarkan. Prosto maa shaa Alloh
Bugungi eshitgan darsimdan konspektni ilingim keldi. Hamma eshitishi kere dib hisobliyman.
Boladagi qaysarlik sabablari:
1. Mustaqil bölishga harakat qilish.
2. Shaxsiy menni shakllantirish.
3. Öz-öziga suyanish hissini rivojlantirish.
4. Özining shaxsiy fikrlash iqtidorini rivojlanishi.
Qaysarlik- yomon emas. Bu fitrat.
Shunday qalb sirlari borki, shayton “Xalqqa ayt, ibrat böladi” deb shivirlaydi. Lekin sen ularni qizğanasan, faqat sen va U orasida qolishini hohlaysan. U sirlarni huddi Yaqining bilan faqat sengagina ramziy ma’nosi bor buyumdek “quchoqlab olasan”. Bunday hisni hech narsaga qiyoslomiyman va hech narsaga alishmiyman.
#chungan_chundi
Yaa Robb!
Manga sinov berding. Ha, qattiq alam sezdim, oğriq, köksimda oğirlik. Chidab bölmas chorasizlik hissi…
Ammo shu bilan birga aynan shu sinov sabab Sani köproq zikr qildim, huzuringda yiqildim, sajdalarim uzun va dardli böldi. Vallohi bu oğriq mani yanayam kuchli qildi, Vallohi shu oğriq sabab Sanga yaqinlashdim, Sanga ishonchim, muhabbatim, tavakkulim ziyoda böldi. U orqali qalbim bechoraga quloq soldim, özimni yana boshqa tomondan kashf etdim.
Oğriq bilan ötgan har bir soniyamga, chidolmayman deb öylaydigan darajadagi alamlarga roziman Allohim. Ular manda qoldirgan ne’matlar va kuch uchun minnatdorman. Ular sabab his qilgan emotsiyalarimga roziman.
Yetarki, Sen ham mandan rozi böl🥹
