ru
Feedback
OʻzDSMI | RASMIY🇺🇿

OʻzDSMI | RASMIY🇺🇿

Открыть в Telegram

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining rasmiy telegram sahifasi. Rasmiy sayt: dsmi.uz Murojaat uchun: (71) 230-28-02, 230-28-15

Больше
4 312
Подписчики
Нет данных24 часа
+307 дней
+12330 день
Архив постов
Repost from Edu.uz
O‘zbekistonlik futbolchining goli turnirning eng yaxshisi bo‘lishi mumkin: barchani ovoz berishda faol bo‘lishga chorlaymiz!
O‘zbekistonlik futbolchining goli turnirning eng yaxshisi bo‘lishi mumkin: barchani ovoz berishda faol bo‘lishga chorlaymiz! FIFA rasmiy saytida nufuzli turnirning “Eng yaxshi goli” (Goal of the Tournament) nominatsiyasi uchun ovoz berish jarayoniga start berildi. Hozirda birinchi bosqich — guruh o‘yinlarida kiritilgan 215 ta gol orasidan eng sara 12 ta eng chiroyli gol saralab olingan. Quvonarlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Termiz davlat universiteti talabasi Eldor Shomurodovning Kongo DR terma jamoasi darvozasiga yo‘llagan ajoyib “parashyut” zarbasi ham joy olgan. Muhim eslatma: Ovoz berish jarayoni juda qisqa muddat davom etadi (yakunlanishiga 1 kundan sal ko‘proq vaqt qoldi). Shu bois, barcha hamyurtlarimizni, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va futbol muxlislarini hozirning o‘zida faollik ko‘rsatib, hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz! Ovoz berish tartibi: 1-qadam: FIFA rasmiy sahifasiga o‘ting: play.fifa.com/gott 2-qadam: Nomzodlar orasidan Eldor Shomurodovning golini tanlang va “VOTE” tugmasini bosing; 3-qadam: Ovozni muvaffaqiyatli yakunlash uchun “CREATE A FIFA ID ACCOUNT” tugmasi orqali tezkor ro‘yxatdan o‘ting yoki mavjud akkauntingizga kiring.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#ilmiy_seminar Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzurida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa dokto
+9
#ilmiy_seminar   Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzurida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy seminarida ikki nafar tadqiqotchining pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalarining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.   Unda dastlab institut tadqiqotchisi Beknazarov Xurshid Qaxramonovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) ixtisosiligi bo‘yicha tayyorlangan “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining musiqiy kompetentligini o‘zbek xalq cholg‘ulari vositasida rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.  
Ushbu dissertatsiya pedagogika fanlari doktori, professor Akramov Abdumalik Abdumutalovich ilmiy rahbarligida yozildi.   Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati o‘zbek xalq cholg‘ulari vositasida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining musiqiy kompetentligini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalar, individual va tabaqalashtirilgan ta’lim, nazariy, amaliy va mustaqil ta’lim jarayonlarini metodologik imkoniyatlarini kengaytirishda, sohaga doir yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish hamda cholgu ijrochiligi bilan bogliq fanlarni takomillashtirishda zamin yaratadi.
  ❗️Dissertasiya ishi Ilmiy kengash muhokamasiga tavsiya etildi.   Shundan so‘ng ikkinchi tadqiqodchi Palvanova Nargiza Abdumuratovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (о‘zbek adabiyoti) ixtisosiligi bo‘yicha tayyorlangan “Adabiy ta’lim jarayonida lingvopoetik tahlildan foydalanish metodikasini takomillashtirish (oliy ta’limning san’at va madaniyat yо‘nalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.  
Ushbu dissertatsiya filologiya fanlari doktori, professor Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich ilmiy rahbarligida yozilgan.   Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati sifatida san’at va madaniyat yо‘nalishi talabalariga adabiyot fanini о‘qitishda lingvopoetik tahlil usulini taklif etish orqali adabiyot о‘qitish metodikasini takomillashtirish, uning adabiy ta’limda tutgan о‘rnini belgilash, ta’lim mazmunini isloh qilish nuqtai nazaridan monografik tarzda tadqiq etilgani bilan belgilanadi.  
❗️Dissertasiya ishi Ilmiy kengash muhokamasiga tavsiya etildi.

30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Markaziy istirohat bogʻida “Yoshlar festivali” boʻlib oʻt
+9
30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Markaziy istirohat bogʻida “Yoshlar festivali” boʻlib oʻtdi.   Bayram tadbiri yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etish, shuningdek, jamiyatdagi faolligini yanada oshirishga qaratildi.
👍Noodatiy va zamonaviy ruhda tashkil etilgan festivalda Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi B. Gaibnazarov, tuman IIO FMB boshligʻi I. Rashidov, mas’ul rahbarlar, jamoatchilik vakillari hamda yuzlab faol yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari yoshlar bilan samimiy muloqotlar olib borib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladilar. Festival doirasida kitobxonlik burchagi, robototexnika va innovatsion loyihalar koʻrgazmasi, madaniyat va san’at yoʻnalishidagi ijodiy chiqishlar, boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi, karaoke maydonchasi hamda sportchi yoshlarning namoyishlari tashkil etildi. Har bir yo‘nalish yoshlarning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bezatilib, tomoshabinlar e’tiborini tortdi.   Xususan, ushbu tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi ham ishtirok etib oliygohning salohiyati, amalga oshirilayotgan ilmiy-ijodiy jarayonlar haqida qatnashchilarga batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, ustozlar tomonidan kuy-qo’shiqlar ijro etildi. ✅Mazkur festival yoshlar uchun nafaqat bayram, balki bilim, tajriba almashish va yangi tashabbuslarni ilgari surish maydoniga aylandi. Tadbir yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qildi.

#QABUL_2026 ⚡️Abiturientlar diqqatiga! O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining
#QABUL_2026 ⚡️Abiturientlar diqqatiga! O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining Kasbiy (Ijodiy) imtihonlar dasturi: https://dsmi.uz/ijodiy-imtihon-dasturlari/

Repost from Edu.uz
⚡️ Bugungi tajriba — ertangi g‘alabalar sarmoyasi Futbolda g‘alabalar ham, alamli mag‘lubiyatlar ham bo‘ladi. Ammo ayrim nati
⚡️ Bugungi tajriba — ertangi g‘alabalar sarmoyasi Futbolda g‘alabalar ham, alamli mag‘lubiyatlar ham bo‘ladi. Ammo ayrim natijalar borki, ular o‘yin bilan emas, yillar davomida bajarilgan mehnat bilan baholanadi.
O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va Markaziy Osiyo tarixida bu marraga erishgan birinchi davlat bo‘ldi. Bu tasodif emas, balki yillar davomida shakllangan futbol tizimi, yoshlar akademiyalari, murabbiylar va futbolchilarning mashaqqatli mehnati samarasidir. Jahon chempionati esa yakun emas. Bu — dunyoning eng kuchli jamoalari bilan o‘ynab, kelajakdagi g‘alabalar uchun tajriba to‘planadigan maydon. Bugun Portugaliya, Kolumbiya yoki Kongo kabi raqiblarga qarshi o‘ynagan futbolchilar ertaga yanada kuchliroq bo‘lib maydonga qaytadi.
Dunyoning ko‘plab kuchli terma jamoalari ham ilk mundialini oson boshlamagan. Ammo aynan o‘sha tajriba ularni keyinchalik futbol gigantlariga aylantirgan. 🇺🇿 Bu hali boshlanishi. O‘zbekiston futbolining eng yorqin sahifalari hali oldinda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#tabrik Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari! Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kun
+1
#tabrik Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari! Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda ochiqlik, shaffoflik va qonun ustuvorligi tamoyillari asosida keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda jamiyat bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli muloqotni ta’minlash, xalqimizni xolis va tezkor axborot bilan ta’minlash, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda yangilanishlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining xizmatlari beqiyosdir. Sizlar nafaqat voqelikni yorituvchi jurnalist, balki jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi va mas’uliyatli kasb egalarisiz. Sizlarning professionalligingiz, xolisligingiz va fidokorona mehnatingiz tufayli jamiyatimiz hayotidagi muhim voqealar keng ommaga o‘z vaqtida va haqqoniy yetib bormoqda. Zero, matbuot va ommaviy axborot vositalari jamiyatning ko‘zgusi hisoblanadi. Aynan sizlarning faoliyatingiz orqali yurtdoshlarimizning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari, orzu-intilishlari davlat va jamiyat hayotida o‘z aksini topmoqda. Qadrli do‘stlar! Davlatimiz Rahbari sizlarning mashaqqatli mehnatingizni yuksak e’tirof etib shunday ta’kidlaganlar: “Biz erkin va masʼuliyatli, xalqchil jurnalistikani jamiyat va davlat rivojlanishining zarur shartlaridan biri deb bilamiz.” Bu yuksak e’tibor va ishonch sizlarni yanada katta mas’uliyat, fidoyilik va ijodiy izlanishlar bilan faoliyat yuritishga, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shishga ilhomlantiradi, deb ishonaman. Fursatdan foydalanib, mamlakatimiz axborot makonining rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan barcha jurnalistlar, muharrirlar, operatorlar, fotomuxbirlar, matbuot kotiblari va soha faxriylariga chuqur minnatdorlik bildiraman. Yana bir bor barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, bitmas-tuganmas ijodiy ilhom, kasbiy muvaffaqiyat va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman!
Nodirbek Sayfullayev, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor.

Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari ❗Nodavlat ta’lim sohasida nazorat to‘liq raqamlashtirilmoqda: “Xavfni tahlil qilish” elektron tizim
#Qonunchilik_yangiliklari
Nodavlat ta’lim sohasida nazorat to‘liq raqamlashtirilmoqda: “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etildi!
📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-iyundagi 22-mh-son buyrug‘i bilan sohada qonunchilikka rioya etilishini masofaviy va shaffof nazorat qiluvchi “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat Adliya vazirligida 3866-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 📨 Nizomga ko‘ra: 🚪 Ishlab chiqilgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi. ➡️“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — inson omilisiz, aniq mezonlar va 100 ballik shkala asosida nodavlat ta’lim tashkilotlarining qonunbuzilish xavfi darajasini o‘lchaydi. 📑Mazkur tahlil jarayoni tadbirkor faoliyatini to‘xtatib turish yoki unga to‘sqinlik qilishni nazarda tutmaydi. ➡️Tahlil davomida tadbirkordan hech qanday hujjat yoki axborot talab qilinmaydi! ➡️Barcha baholashlar faqat mavjud ma’muriy ma’lumotlar, statistika, EMIS/HEMIS tizimlari hamda fuqarolar murojaatlari va ochiq manbalar asosida masofaviy amalga oshiriladi. ➡️Baholash natijalariga ko‘ra tashkilotlar uchta toifaga ajratiladi: 🔴 Yuqori xavf: 81 dan 100 ballgacha; 🟡 O‘rta xavf: 61 dan 81 ballgacha; 🟢 Past xavf: 61 balldan kam.
Tizim qanday ishlaydi?
🟢Past xavf toifasidagi tashkilotlarda tekshiruvlar umuman o‘tkazilmaydi. Bu halol ishlayotgan muassasalarni ortiqcha bosimdan xalos etadi. 🟢Yuqori va o‘rta xavfli muassasalarda profilaktika va tekshiruvlar amaldagi qonunchilik asosida, faqat ta’lim talablariga rioya etilishini o‘rganish maqsadida o‘tkazilishi mumkin. ➡️Aniq xavf darajasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bu avtomatik ravishda tadbirkorga jazo yoki ta’sir chorasi qo‘llashga asos bo‘la olmaydi. 💠Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshiriladi: ☑️maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar); ☑️davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari; ☑️yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar; ☑️OAVlaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar; ☑️nazorat xaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili; ☑️qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar. ❗️Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi bo‘lgan tadbirkorlar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. 📝 Hujjatni PDF shaklda yuklab olish.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazo
+9
#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 26-iyun — “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy hamda profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir institut Profilaktika katta inspektori Sherzod Yusupov hamda Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sadoqat Ermatova boshchiligida o‘tkazilib, unda professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ishtirok etdi. Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat xavfsizligi va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri, ushbu illatning oldini olishda huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilarga giyohvandlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oqibatlari, ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosati va profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. Shuningdek, tadbirda 2026-yil 11-iyunda qabul qilingan O‘RQ–1151-sonli Qonun mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, mazkur qonun bilan Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar” nomli mutlaqo yangi bob kiritildi. Ushbu tarixiy huquqiy yangilik aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, kelajak avlod genofondini asrash hamda giyohvandlik, psixotrop moddalar va boshqa xavfli illatlarga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Tadbir yakunida yoshlarda qonunga hurmat, sog‘lom hayot tarziga sodiqlik va turli zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekani alohida qayd etildi.

#Maqom_2026 Ayni paytda Namangan viloyatida III Xalqaro Maqom san’ati forumi doirasida “Sharq maqomotida yangi tendensiyalar:
+6
#Maqom_2026 Ayni paytda Namangan viloyatida III Xalqaro Maqom san’ati forumi doirasida “Sharq maqomotida yangi tendensiyalar: an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan yetuk olimlar, tadqiqotchilar va san’at arboblarini bir maydonga jamlagan mazkur nufuzli anjumanda maqom san’atining bugungi taraqqiyoti, ilmiy tadqiqotlar, ijrochilik maktablari hamda zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr almashilmoqda.
Ushbu xalqaro anjumanda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etib, maqom san’ati tarixi, nazariyasi, amaliyoti va uni zamonaviy ta’lim jarayonlariga integratsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.
Jumladan, ular o‘z ma’ruzalarida Sharq maqom san’atining tarixiy ildizlari, zamonaviy taraqqiyot bosqichlari, maqom ijrochiligi va ta’limining dolzarb masalalari, shuningdek, an’anaviy san’at namunalarini asrab-avaylash hamda ularni innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Anjuman doirasidagi ilmiy muloqotlar, tajriba almashuvlari va yangi g‘oyalar maqom san’atining ilmiy-amaliy rivojlanishiga xizmat qilishi, shuningdek, ushbu bebaho nomoddiy madaniy merosni kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | Rasmiy sayt

#xalqaro_aloqalar O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda sun’iy intellekt va ta’lim integratsiyasiga bag‘ishlangan xalqaro dasturd
+6
#xalqaro_aloqalar O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda sun’iy intellekt va ta’lim integratsiyasiga bag‘ishlangan xalqaro dasturda ishtirok etdi
Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahridagi Nanjing Polytechnic Institute AI-Robotics markazida “Sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida foydalanish” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi, jumladan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdi. Konferensiya davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim tizimiga integratsiyasi, o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish, talabalar bilimini baholashning zamonaviy mexanizmlari hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion yechimlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan AI texnologiyalarining oliy ta’limdagi istiqbollari, ularning amaliy ahamiyati va samaradorligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a’zolari Southeast Universityning Jiulonghu kampusiga tashrif buyurib, sun’iy intellekt asosida faoliyat yurituvchi zamonaviy ta’lim platformalari, virtual o‘quv muhitlari hamda individual ta’lim yo‘nalishlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, AI, Big Data tahlili, ta’lim jarayonini monitoring qilish va o‘quv dasturlarini optimallashtirish masalalariga bag‘ishlangan mahorat darslari tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar davomida sinovdan o‘tkazib, xalqaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ta’lim dasturi davomida egallangan bilim va ko‘nikmalar oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, o‘qitish samaradorligini oshirish hamda talabalar uchun yanada qulay, interaktiv va innovatsion ta’lim muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tajriba kelgusida O‘zbekiston ta’lim tizimida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratilgan yangi tashabbuslarni amalga oshirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Tashrifning so‘nggi kunida Nankin Politexnika institutida tashkil etilgan o‘quv-amaliy dastur yakunlariga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarning ta’lim, san’at, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalarida orttirgan bilim hamda tajribalari alohida e’tirof etildi. Yakuniy marosimda delegatsiya a’zolariga dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Institut rahbariyati tomonidan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etishga qo‘shilgan hissalar yuqori baholandi. Sertifikatlarni topshirish marosimi samimiy va do‘stona ruhda o‘tib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy, akademik va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Mazkur tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalarni rivojlantirish, innovatsion tajribalarni o‘zaro almashish hamda zamonaviy bilim va texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish borasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

photo content
+6

#Jarayon #Maqom_2026 ⚡️Bugun “III Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi ku
+6
#Jarayon #Maqom_2026 ⚡️Bugun “III Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Konferensiya davomida Sharq maqomoti an’analarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish, maqom san’atining tarixiy taraqqiyoti, ilmiy-nazariy masalalari hamda zamonaviy ta’lim va madaniy integratsiya istiqbollari yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, fikr almashildi. Forumning faxriy mehmonlari sifatida AYSESKO Bosh direktori doktor Salim Muhammad Al-Malik, YUNESKO Ijroiya kengashi raisi Nosir Hamad Hinzab, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayev hamda Turkiy madaniyat va meros fondi prezidenti Aktoti Raimqulova ishtirok etdi. ➡️Ertaga konferensiya o‘z ishini davom ettiradi. Ikkinchi kun doirasida sho‘ba yig‘ilishlari hamda maqom san’atining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy muhokamalar bo‘lib o‘tadi. 🔹Telegram 🔹Instagram

🎓 QABUL–2026: O‘ZDSMI Abituriyentlar diqqatiga!!! 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. 📌 Arizalarni my.u
🎓 QABUL–2026: O‘ZDSMI Abituriyentlar diqqatiga!!! 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. 📌 Arizalarni my.uzbmb.uz platformasi orqali topshirishingiz mumkin. 🌐 Qabul masalalari bo'yicha yangiliklar bilan O‘zDSMI rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tanishib borishingiz mumkin. ☎️ Qabul masalalari bo‘yicha Call Center: 📞 +998 71 230 28 40 📞 +998 71 230 28 42 📞 +998 71 230 28 48 📍 Manzil: Toshkent shahri, Yalang‘och dahasi, 127-a uy. ✨ Kelajagingizni san’at va madaniyat bilan bog‘lashni istasangiz, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tanlang! Telegram | Facebook | Instagram | Rasmiy sayt

#Maqom_2026 Ayni paytda Namangan viloyatida III Xalqaro Maqom san’ati forumi doirasida “Sharq maqomotida yangi tendensiyalari
+9
#Maqom_2026 Ayni paytda Namangan viloyatida III Xalqaro Maqom san’ati forumi doirasida “Sharq maqomotida yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda    Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov va boshqa qator mehmonlar  o‘z nutqlari bilan ochib berdi.
Shuningdek, Turkiy Davlatlar tashkiloti bosh kotibi – Kubanichbek OMURALIEV, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY bosh kotibi – Sulton Rayev, Xalqaro musiqa va raqs an’analari kengashi (ICTMD – International Council for Traditions of Music and Dance) prezidenti – Tan Sooi Beng (Malayziya), Jahon musiqasi xalqaro instituti (IIWM – International Institute of World Music) ta’sischisi va direktori – Margaret Dechenaux (Fransiya), GIO Entertainment kompaniyasi Bosh direktori, global festivallar, sahna chiqishlarini rejalashtirish hamda media-art kontentlari bo‘yicha mutaxassis – Lee Soon-Kyung (Koreya), Korea Musiqa Terapiya Assotsiatsiyasi asoschisi – Prof. Choi Sang Wha (Koreya), Folklor festivallari va xalq san’ati tashkilotlari xalqaro kengashi (CIOFF® International – International Council of Organizations of Folklore Festivals and Folk Arts) Osiyo va Tinch okeani sektori raisi – Pawan KAPOOR (Hindiston), Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – madaniyat va axborot vaziriAida BALAEVA, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri – Adil Kerimli, Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari – Serdar Cham, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari – Faridun BOBOZODA, Xalqaro mug‘om Markazi (International Mugham Center) direktori – Sahib Pashazade (Ozarbayjon) kabi xalqaro miqyosda taniqli musiqashunos olimlar sohaning dolzarb muammolari haqida ma’ruza qiladilar.
  Yalpi majlisia O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfulayev ham "MAQOM SAN’ATI – О‘ZBEK XALQI NOMODDIY MADANIY MEROSINING IDENTIKLIK XUSUSIYATI" mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.  
Nodirbek Sayfullayev о‘z ma’ruzasida maqom san’ati о‘zbek xalqi nomoddiy madaniy merosining ajralmas qismi va milliy identiklikning muhim belgisi ekanini ta’kidladi. U О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maqom san’atini rivojlantirishga qaratilgan qarorlari asosida sohada keng kо‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, maqom merosini о‘rganish, asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish davlat siyosati darajasiga kо‘tarilganini qayd etdi.   Shuningdek, ma’ruzada maqom san’atini ta’lim va teatr sohasi bilan integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining tashkil etilgani hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Aktyorlik san’ati: maqom teatr aktyorligi” ta’lim yо‘nalishining ochilishi milliy maqom merosini targ‘ib qilish, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash va uning barqaror rivojini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
  Konferensiyada dunyoning 50 ga yaqin davlatidan tashrif buyurgan san’atshunoslar, musiqashunoslar, olimlar va madaniyat sohasi vakillari ishtirok etmoqda. ➡️Tadbir davomida Sharq maqom san’atining bugungi rivojlanish jarayonlari, ilmiy-nazariy masalalari, ta’lim tizimidagi o‘rni hamda an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi muhokama qilinmoqda.

#Maqom_2026 Ayni paytda Namangan viloyatida III Xalqaro Maqom san’ati forumi doirasida “Sharq maqomotida yangi tendensiyalari
+9
#Maqom_2026 Ayni paytda Namangan viloyatida III Xalqaro Maqom san’ati forumi doirasida “Sharq maqomotida yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda     Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov va boshqa qator mehmonlar  o‘z nutqlari bilan ochib berdi.   Shuningdek, ushbu anjumanning yalpi majlisida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfulayev o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.  
Nodirbek Sayfullayev о‘z ma’ruzasida maqom san’ati о‘zbek xalqi nomoddiy madaniy merosining ajralmas qismi va milliy identiklikning muhim belgisi ekanini ta’kidladi. U О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maqom san’atini rivojlantirishga qaratilgan qarorlari asosida sohada keng kо‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, maqom merosini о‘rganish, asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish davlat siyosati darajasiga kо‘tarilganini qayd etdi.   Shuningdek, ma’ruzada maqom san’atini ta’lim va teatr sohasi bilan integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining tashkil etilgani hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Aktyorlik san’ati: maqom teatr aktyorligi” ta’lim yо‘nalishining ochilishi milliy maqom merosini targ‘ib qilish, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash va uning barqaror rivojini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
  Konferensiyada dunyoning 50 ga yaqin davlatidan tashrif buyurgan san’atshunoslar, musiqashunoslar, olimlar va madaniyat sohasi vakillari ishtirok etmoqda. ➡️Tadbir davomida Sharq maqom san’atining bugungi rivojlanish jarayonlari, ilmiy-nazariy masalalari, ta’lim tizimidagi o‘rni hamda an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi muhokama qilinmoqda.

#Live #Maqom_2026 🌟 Ayni damda “III Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida “Sharq maqomining yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. ➡️Konferensiyada dunyoning 50 ga yaqin davlatidan tashrif buyurgan san’atshunoslar, musiqashunoslar, olimlar va madaniyat sohasi vakillari ishtirok etmoqda. ➡️Tadbir davomida Sharq maqom san’atining bugungi rivojlanish jarayonlari, ilmiy-nazariy masalalari, ta’lim tizimidagi o‘rni hamda an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi muhokama qilinmoqda. 🔹Telegram 🔹Instagram

Repost from Edu.uz
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩 ❗SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi ☑️2026/2027-oʻquv yilida ab
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩
SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi
☑️2026/2027-oʻquv yilida abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi. ➡️“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi. 📝 Bunda: 🟢 qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi; 🟢 roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida “matematika” va “chet tili” fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026-yil 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi; 🟢 abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi; 🟢 abituriyentlar tanlagan beshtagacha oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi; 🟢 ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining quyi chegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi; 🟢 SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu imtiyozdan foydalanish yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi; 🟢 SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi; 🟢 Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmid
Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etadi. Bu mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir. ​Qiz farzandining ilm olishiga ishongan minglab oilalar... O‘zi qiziqqan kasbni tanlayotgan minglab qizlar... Ular o‘qimoqda, izlanmoqda, bu qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda shijoati kun sayin ortib bormoqda. Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir. ​Ta’lim insonga hayot yo‘lini mustaqil tanlashda kuch va erkinlik baxsh etadi. Qizlarimizga orzulari sari dadil qadam tashlashlari uchun imkon beraylik. — Сегодня в вузах Узбекистана учатся более 1,5 миллиона студентов. И больше половины из них — девушки. Это результаты образовательной реформы, инициированной президентом нашей страны. Тысячи семей, верящих в образование своих дочерей. Тысячи девушек, выбирающих профессию по душе — они учатся, развиваются и с каждым днём обретают все большую уверенность и смелость. Образованная девушка меняет не только свою жизнь. Она меняет семью, среду вокруг себя и будущее страны. Образование даёт человеку возможность выбирать свой путь в жизни, свою свободу. Дайте девочкам шанс следовать за своей мечтой.

Repost from Edu.uz
Prezident jurnalistlarga Milliy jamoamizning bugungi o‘yini haqida gapirdi:
🎤 Birinchi g‘alabamiz – bayrog‘imiz hilpiragani – bu Vatanimizni jahon hamjamiyati bilan tepa-tengligidan dalolat!
❗️Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaga qarshi o‘yin bugun soat 22:00 da boshlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#ilmiy_seminar Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzurida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa dokto
+9
#ilmiy_seminar   Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzurida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda ikki nafar tadqiqotchining san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalarining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.   Unda dastlab O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tadqiqotchisi To‘ychiyev Jo‘rabek Muqimjon o‘g‘lining 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Yangi ma’naviy makonni yaratishda madaniyat va san’atning ijtimoiy funksiyalari” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.   Ushbu dissertatsiya tarix fanlari doktori, professor Mavrulov Abduxalil Abdulxayevich ilmiy rahbarligida yozildi.   Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati mamlakat ijtimoiy taraqqiyotining muhim bosqichida jamiyatda yangi ma’naviy makonni barpo etish borasida madaniyat va san’atning ijtimoiy vazifalari alohida o‘ringa egaligi, sohadagi transformatsion jarayonlarning ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan ilmiy ishlanmalarning ilmiy metodologik jihatdan boyitishga xizmat qilishi bilan izohlanadi.   ❗️Dissertasiya ishi Ilmiy kengash muhokamasiga tavsiya etildi.   Shundan so‘ng ikkinchi tadqiqodchi Allanbayev Rudakiy Orinbayevichning 17.00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Qoraqalpoq musiqali drama san’atining tarixiy ildizlari, an’ana va zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.   Ushbu dissertatsiya san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Rizayev Omanulla Zufarovich ilmiy rahbarligida yozilgan.   Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati dissertatsiyadagi zamonaviy qoraqalpoq teatri: an’ana va yangi tendensiyalarning asosiy yо‘nalishlari bо‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot ishi teatrshunoslik ilmidagi mavjud ma’lumotlarni tо‘ldiradi va qoraqalpoq teatr tarixi fani bо‘yicha о‘quv qо‘llanmalar yaratishda asosiy manba sifatida xizmat qiladi.   ❗️Dissertasiya ishi Ilmiy kengash muhokamasiga tavsiya etildi.