OʻzDSMI | RASMIY🇺🇿
Open in Telegram
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining rasmiy telegram sahifasi. Rasmiy sayt: dsmi.uz Murojaat uchun: (71) 230-28-02, 230-28-15
Show more4 823
Subscribers
-924 hours
-417 days
+52130 days
Posts Archive
4 823
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026
📣 Abituriyentlar diqqatiga!
🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring.
Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.
❗️ Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4 823
+9
🏛 O‘zDSMI’da yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2026/2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sobir Madiyev hamda mas’ullar tomonidan institutning o‘quv binolari va talabalar turar joylarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida o‘quv auditoriyalari, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalar, ularning jihozlanishi hamda yangi o‘quv yilida foydalanishga tayyorlik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, binolardagi mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy va texnik ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalariga e’tibor qaratildi. Talabalar turar joylarida esa yashash xonalari, umumiy foydalanish joylari, sanitariya-gigiyena holati hamda talabalar uchun yaratilgan maishiy sharoitlar o‘rganildi. Yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi. Institutda 2026/2027-o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash maqsadida tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. O‘quv binolari va talabalar turar joylarining tayyorligini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda belgilangan ishlarni yangi o‘quv yili boshlanishiga qadar sifatli va to‘liq yakunlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
4 823
+9
#Jarayon
#Madaniyat_kunlari
⚡️Qirg‘iz Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda
Ayni paytda Issiqko‘l viloyatining Cho‘lponota shahridagi “Rux Ordo” madaniy majmuasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasidagi tadbirlarning tantanali ochilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Bizni kuzatib boring! Madaniyat kunlaridan batafsil xabar berib boramiz...
🔹Telegram 🔹Instagram
4 823
+6
🏛 O‘zDSMI’da yangi 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yangi 2026/2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda oldinda turgan muhim vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sobir Madiyev boshchilik qildi. Unda prorektorlar, fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Muhokamalar davomida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, ilmiy va ijodiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, talabalar turar joylarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, talabalarning yashashi va ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlarni hamda mavjud infratuzilmani yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullarning ushbu yo‘nalishlarda olib borayotgan ishlari tahlil qilinib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini institutda munosib nishonlashga tayyorgarlik masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi. Bayram munosabati bilan tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va ijodiy tadbirlarning mazmunini boyitish, ularda talaba-yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash hamda Mustaqillikning tarixiy ahamiyati va bugungi taraqqiyotimizdagi o‘rnini keng targ‘ib etish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Bundan tashqari, joriy yilning sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan nufuzli xalqaro ilmiy konferensiyaga tayyorgarlik holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Konferensiyani yuqori tashkiliy va ilmiy saviyada o‘tkazish, xorijiy hamda mahalliy olimlar ishtirokini samarali tashkil etish va tadbir doirasidagi barcha jarayonlarni puxta muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi. Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
4 823
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
+9
⚡️Ijodiy birlashmalarning 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ish rejalari muhokama qilindi
24-iyul kuni madaniyat vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF–103-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Raqamli san’at ijodiy birlashmasi hamda Musiqiy estrada ijodiy birlashmasining 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ish rejalari taqdimoti muhokama qilindi. Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat masalalari bo‘yicha vakili Xasan Salixov, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev, vazir o‘rinbosari Sanjar Bobojonov hamda mazkur birlashmalar mas’ullari ishtirok etdi. Muhokama davomida ish rejalarida Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarning aniq natijalarga yo‘naltirilgan holda aks ettirilishi, tasviriy va amaliy san’atni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni xalqaro maydonga olib chiqishga qaratilgan maqsadlarni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Yakunida ish rejalarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
4 823
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
+9
⚡️Ijodiy birlashmalarning 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ish rejalari muhokama qilindi
24-iyul kuni madaniyat vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF–103-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Raqamli san’at ijodiy birlashmasi hamda Musiqiy estrada ijodiy birlashmasining 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ish rejalari taqdimoti muhokama qilindi. Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat masalalari bo‘yicha vakili Xurshid Salixov, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev, vazir o‘rinbosari Sanjar Bobojonov hamda mazkur birlashmalar mas’ullari ishtirok etdi. Muhokama davomida ish rejalarida Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarning aniq natijalarga yo‘naltirilgan holda aks ettirilishi, tasviriy va amaliy san’atni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni xalqaro maydonga olib chiqishga qaratilgan maqsadlarni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Yakunida ish rejalarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
4 823
Repost from Ozodbek Nazarbekov
#Mulohaza
⭐️Yangi Farmon nafaqat O'zbekistonga, balki butun dunyo ijodkorlariga ilhom bag'ishlamoqda
Madaniyat sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilingan soʻnggi Farmon soha tarixidagi eng muhim hujjatlardan biri boʻlib, uning natijalari uzoq yillar davomida oʻz samarasini beradi.📲Telegram 📲Instagram
4 823
Repost from O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
+8
⚡️ Tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili Xasan Salixov, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev hamda tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy birlashmalar mas’ullari ishtirokida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida "Badiiy ijodkorlar uyushmasi" hamda "Amaliy san'at" ijodiy birlashmalari tomonidan tasviriy san’at hamda amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan istiqbolli ish rejalari taqdimot qilinib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Muhokamalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF–103-son Farmonida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash, tasviriy va amaliy san’atni yangi bosqichga olib chiqish, yosh ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, taqdimotlarda hududlarda yangi ijodiy ustaxonalar va zamonaviy san’at markazlarini tashkil etish, yosh iste’dodlarni aniqlash, ularni tanlov, ko‘rgazma va xalqaro simpoziumlarga keng jalb etish, nufuzli xalqaro festival va biennalelarda ishtirokni kengaytirish, ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar malakasini xorijiy ta’lim va san’at muassasalarida oshirish, tasviriy va amaliy san’at bo‘yicha zamonaviy o‘quv-metodik bazani takomillashtirish, ilmiy-uslubiy adabiyotlar hamda elektron platformalarni yaratish, milliy hunarmandchilik maktablarini rivojlantirish, tarixiy an’analarni asrab-avaylash va zamonaviy yondashuvlar asosida ommalashtirish; xorijiy davlatlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni kengaytirish hamda xalqaro ko‘rgazma va festivallarda ishtirokni faollashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan batafsil taqdimotlar namoyish etildi. Yig‘ilish yakunida taqdim etilgan ish rejalarini yanada takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarni tizimli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
4 823
Repost from Edu.uz
📢 Abituriyentlar diqqatiga!
Test sinovida ishtirok etgan boʻlsangiz, qabul jarayoni davom etayotganini unutmang!
🗓 25-iyuldan 8-avgustga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali:
✅ oliy taʼlim tashkiloti;
✅ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
✅ taʼlim shaklini (kunduzgi, kechki yoki masofaviy) tanlashingiz shart.
📌 5 tagacha oliy taʼlim tashkiloti va yoʻnalishni tanlash mumkin.
⚠️ Tanlovni 8-avgustga qadar oʻzgartirish mumkin. Muddat tugagach esa hech qanday oʻzgartish kiritilmaydi.
📄 Tanlovni tasdiqlagandan keyin shakllanadigan «Abituriyent qayd varaqasi»ni yuklab olib, saqlab qoʻyishni unutmang.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4 823
Repost from Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak?
Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori.
Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi?
27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi.
Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning:
➖bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi;
➖amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari;
➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi.
Hurmatli ish beruvchilar!
So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz.
Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi!
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
4 823
Repost from Edu.uz
#Qabul2026
❗️Ertadan abituriyentlar uchun eng muhim bosqich boshlanadi — oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishini tanlash!Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar o‘zlari to‘plagan ballga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin. Bu jarayon “avval test – so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Tanlov jarayonida test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos holda 5 tagacha oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi hamda har bir yo‘nalish uchun kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllari tanlanadi. Yo‘nalishlarni bir OTT doirasida ham, turli OTTlar kesimida ham tanlash imkoniyati mavjud. 📥 Tanlovni amalga oshirish va tasdiqlash tartibi: 1️⃣ Rasmiy my.uzbmb.uz platformasiga kiriladi; 2️⃣ “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul” bo‘limi tanlanib, “Xizmatdan foydalanish” hamda “OTT tanlash” tugmalari bosiladi; 3️⃣ Tanlov ustuvorligi hamda mavjud bo‘lsa, maqsadli qabul bo‘yicha tanlov belgilanadi; 4️⃣ Fanlar majmuasiga mos yo‘nalishlar hamda ta’lim shakllari tanlanib, “Saqlash” tugmasi bosiladi; 5️⃣ Telefon raqamga yuborilgan SMS-kod kiritilgach, tanlov tasdiqlanadi va “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Eslatma: Tanlov ma’lumotlarini 8-avgustga qadar istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin. Belgilangan muddat yakunlangach, kiritilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘lmaydi. Yo‘nalishlarni tanlashda o‘tgan yilgi o‘tish ballari emas, avvalo o‘z ballingiz, qiziqishingiz va kelajakdagi kasbiy rejalaringizni inobatga olish tavsiya etiladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, tanlov yakunlangach shakllangan “Abituriyent qayd varaqasi”ni yuklab olib saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. Barcha abituriyentlarga to‘g‘ri tanlov va omad tilaymiz! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4 823
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
+6
10 yillik zafarli yoʻl va Uchinchi Renessansga mustahkam poydevor
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev zamonamizning buyuk davlat arbobi, uzoqni koʻra biladigan dono siyosatchi va jasoratli islohotchi sifatida xalqaro doirada katta hurmat-eʼtiborga ega. Aynan Shavkat Miromonovich rahbarligida Yangi Oʻzbekistonda oʻtgan oʻn yil davomida amalga oshirilgan islohotlar — bu shunchaki izchil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davri emas, balki davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan tom maʼnodagi tarixiy uygʻonish, Uchinchi Renessansdir. Shavkat Miromonovich tomonidan "Inson qadri uchun" tamoyilining hayotga tatbiq etilishi Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi falsafasini tubdan oʻzgartirdi. Iqtisodiyotning liberallashtirilishi, keng koʻlamli sud-huquq islohotlari, mulk huquqining himoya qilinishi va tadbirkorlikning qoʻllab-quvvatlanishi mamlakatda mutlaqo yangi, ishonchga asoslangan muhitni shakllantirdi, xorijiy hamkorlarning qiziqishi va intilishini kuchaytirdi. Oʻzbekiston Yetakchisining ochiq, pragmatik va muvozanatli tashqi siyosati bugungi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan haqli ravishda samarali diplomatiyaning namunali koʻrinishi sifatida baholanmoqda. Eng muhim yutuq — bu qoʻshnilar bilan munosabatlarda tub burilish yasalgani, ayniqsa, azaldan tarixi, tili, dini, urf-odat va anʼanalari, bugungi orzu-intilishlari mushtarak sanalgan turkiy xalqlar bilan munosabatlar yuksak darajaga koʻtarilgani boʻldi. Natijada nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun turkiy dunyoda havas qilsa arzigulik doʻstona muhit yuzaga keldi. Yangi Oʻzbekistonning jahondagi oʻrni tobora yuksalib borayotgani, ayniqsa, inson ongi va tafakkurini tarbiyalaydigan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari rivojiga katta eʼtibor qaratilayotgani TURKSOY oilasi sifatida bizni ham behad quvontirmoqda. Xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qoʻqon kabi tarixiy shaharlardagi noyob obidalarga qayta hayot bagʻishlanishi, yoʻqolish arafasiga kelib qolgan maqom, baxshichilik kabi bebaho sanʼat turlarining tiklanishi, "Xorazm lazgisi" ning YUNESKO Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritilgani bu boradagi ezgu saʼy-harakatlarga yorqin misoldir. Shavkat Miromonovichning TURKSOY faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, jumladan, tashkilot tomonidan turkiy millatlarning maʼnaviy birligini taʼminlash, bebaho qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, umumiy boyligimiz boʻlmish noyob tarixiy merosimizni oʻrganish va targʻib etish, buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan madaniy-gumanitar dasturlarni amalga oshirishda koʻrsatayotgan eʼtibori va koʻmagini ham doimo his qilamiz va buning uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Ishonchim komilki, TURKSOY va Oʻzbekiston oʻrtasidagi aloqalar bundan buyon ham rivojlanib, mustahkamlanib boraveradi. Bugun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tavallud topgan kun. Ushbu fursatdan foydalangan holda, Shavkat Miromonovichni samimiy tabriklab, mustahkam sogʻliq, baxt-saodat, masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilayman.Yuksak hurmat va ehtirom bilan, Sulton Rayev TURKSOY Bosh kotibi Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
4 823
"Ishonch" gazetasining 2026-yil 24-iyuldagi sonida O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti professori Sayyora To‘ychiyevaning "Yagona Vatanmiz, bitta xalqdirmiz" nomli she'ri chop etildi.
4 823
Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 69 yoshni qarshi oldilar.
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, ertangi kunimiz va farzandlarimiz kelajagi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringiz, bedor tunlaringiz va ulkan sa’y-harakatlaringiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Xalqimizning chin mehri, yuksak ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi doimo Sizga hamroh bo‘lsin! Vatanimiz dunyodagi eng rivojlangan, qudratli va taraqqiy etgan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallasin!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!
#Mirziyoyev #PresidentUZ #MillatOtasi #XalqPrezidenti #LeaderOfUzbekistan #NewUzbekistan #xalqyetakchisi #BizningPrezident
4 823
Repost from Edu.uz
Hurmatli Prezident!
Mamlakatimiz taraqqiyotini ilm-fan, taʼlim va inson kapitali bilan bogʻlagan yuksak ishonchingiz bugun Yangi Oʻzbekistonning mustahkam kelajagini barpo etmoqda. Yoshlarning bilim olishi, ilm bilan shugʻullanishi va oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar har birimizga yuksak masʼuliyat va ilhom bagʻishlaydi.
Sizga mustahkam sogʻliq, uzoq umr, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka, xalqimiz farovonligi hamda Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlidagi ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
4 823
Repost from Ozodbek Nazarbekov
Har bir yangi qo‘shig‘imizda Vatan madhi va siz boshlab bergan yangilanishlar nafasi bor. San’at va madaniyat rivoji yo‘lida biz ijodkorlarga yaratib berayotgan sharoitlaringiz uchun rahmat.
Umringiz uzoq bo‘lsin, muhtaram Prezident!
#Mirziyoyev #PresidentUZ #MillatOtasi #XalqPrezidenti #xalqyetakchisi #BizningPrezident
📲Telegram 📲Instagram
4 823
Repost from Ozodbek Nazarbekov
🇺🇿69 yoshingiz muborak bo‘lsin, janob Prezident!
Sizning rahbarligingizda Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasi mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda, ayniqsa, joriy yilda qabul qilingan “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat muassasalari faoliyatini takomillashtirish, milliy madaniy merosimizni asrash va targ‘ib etish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Maqom va baxshichilik san’atini rivojlantirish, teatr, kino hamda madaniyat markazlari faoliyatini yanada mustahkamlash, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va milliy san’atimizni xalqaro maydonda munosib namoyon etish yo‘lida yaratib berayotgan imkoniyatlaringiz madaniyat sohasi vakillari uchun ulkan ishonch va yuksak mas’uliyatdir.
Siz bildirayotgan ana shunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik xalqimizning boy ma’naviy merosini asrab-avaylash, milliy madaniyatimiz ravnaqiga sidqidildan xizmat qilish yo‘lida yanada fidoyilik bilan mehnat qilishga ruhlantiradi.
Sizga — yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz baxt-saodati, yoshlarimiz kelajagi yo‘lida qilayotgan ulug‘vor xizmatlaringizda mustahkam sog‘lik, cheksiz quvvat, bardavom zafarlar hamda baxt-u saodat tilayman!
Hurmat bilan, Ozodbek Nazarbekov
📲Telegram 📲Instagram
