ru
Feedback
Ijtimo

Ijtimo

Открыть в Telegram

Ijtimo - Yoshlar Tahliliy Platformasi Bu yerda siz o‘zligimizga mos dunyoqarash bilan yondashilgan, asosan axborot hamda fikriy mavzularda tayyorlangan tahliliy kontentlar bilan tanishishingiz mumkin.

Больше
3 434
Подписчики
+324 часа
+57 дней
-1630 день

Загрузка данных...

Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
август '26
август '26
+4
в 1 каналах
июль '26
+103
в 5 каналах
Get PRO
июнь '26
+20
в 1 каналах
Get PRO
май '26
+51
в 2 каналах
Get PRO
апрель '26
+109
в 7 каналах
Get PRO
март '26
+240
в 4 каналах
Get PRO
февраль '26
+11
в 1 каналах
Get PRO
январь '26
+5
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '25
+3
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '25
+12
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '25
+24
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '25
+27
в 1 каналах
Get PRO
август '25
+11
в 0 каналах
Get PRO
июль '25
+18
в 2 каналах
Get PRO
июнь '25
+7
в 0 каналах
Get PRO
май '250
в 4 каналах
Get PRO
апрель '250
в 1 каналах
Get PRO
март '250
в 1 каналах
Get PRO
февраль '250
в 5 каналах
Get PRO
январь '250
в 2 каналах
Get PRO
декабрь '240
в 3 каналах
Get PRO
ноябрь '240
в 2 каналах
Get PRO
октябрь '240
в 9 каналах
Get PRO
сентябрь '24
+855
в 16 каналах
Get PRO
август '24
+31
в 2 каналах
Get PRO
июль '24
+338
в 3 каналах
Get PRO
июнь '24
+492
в 10 каналах
Get PRO
май '24
+134
в 4 каналах
Get PRO
апрель '24
+133
в 4 каналах
Get PRO
март '24
+135
в 1 каналах
Get PRO
февраль '24
+105
в 7 каналах
Get PRO
январь '24
+142
в 2 каналах
Get PRO
декабрь '23
+455
в 17 каналах
Get PRO
ноябрь '23
+169
в 9 каналах
Get PRO
октябрь '23
+986
в 35 каналах
Get PRO
сентябрь '23
+857
в 0 каналах
Get PRO
август '23
+887
в 0 каналах
Get PRO
июль '23
+162
в 0 каналах
Get PRO
июнь '23
+102
в 0 каналах
Get PRO
май '23
+119
в 0 каналах
Get PRO
апрель '23
+902
в 0 каналах
Get PRO
март '23
+241
в 0 каналах
Get PRO
февраль '23
+1 122
в 0 каналах
Get PRO
январь '23
+840
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '22
+576
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '22
+722
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '22
+1 129
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '22
+2 386
в 0 каналах
Get PRO
август '22
+4 464
в 0 каналах
Get PRO
июль '22
+755
в 0 каналах
Get PRO
июнь '22
+2 744
в 0 каналах
Get PRO
май '22
+343
в 0 каналах
Get PRO
апрель '22
+522
в 0 каналах
Get PRO
март '22
+397
в 0 каналах
Get PRO
февраль '22
+3 245
в 0 каналах
Get PRO
январь '22
+476
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '21
+315
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '21
+589
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '21
+469
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '21
+240
в 0 каналах
Get PRO
август '21
+69
в 0 каналах
Get PRO
июль '21
+484
в 0 каналах
Get PRO
июнь '21
+264
в 0 каналах
Get PRO
май '21
+139
в 0 каналах
Get PRO
апрель '21
+292
в 0 каналах
Get PRO
март '21
+230
в 0 каналах
Get PRO
февраль '21
+937
в 0 каналах
Get PRO
январь '21
+175
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '20
+4 393
в 0 каналах
Дата
Привлечение подписчиков
Упоминания
Каналы
02 августа0
01 августа+4
Посты канала
📣 Sevara Musayeva bilan aloqa o'rnatildi! Hozirda Nijniy-Novgoroddagi muhojirlar saqlash markazida (ЦВСИГ) ekan. Migratsiya Agentligi vakillari vatandoshimizga yordam berish choralarini ko'rishmoqda. Sevarani topishga yordam bergan obunachilarimizga tashakkur bildiramiz. @migrantuz

2
🇷🇺🇺🇿 Rossiyada o‘zbekistonlik ayol oddiy gilamcha sabab sudlanishi mumkin Xabarlarda aytilishicha, Rossiyaning Nijniy Nov
🇷🇺🇺🇿 Rossiyada o‘zbekistonlik ayol oddiy gilamcha sabab sudlanishi mumkin Xabarlarda aytilishicha, Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida Rossiya maxsus kuchlari o‘zbekistonlik muhojir ayol yashayotgan uyga bostirib kirgan. Videoda vatandoshimiz o'zini Sevara Musayeva deb tanishtirgan. Reyd bahonasida o‘zbekistonlik ayol yashayotgan uydan Rossiya bayrog‘i tasviri tushurilgan gilamcha topib olingan. Sevara Musayevaning aytishicha, u gilamchani ko‘chadagi chiqindilar orasidan topib olgan, yuvib-tozalagach, uyiga olib kirgan. Uning ta’kidlashicha, bu harakatida hech qanday haqorat qilish niyati bo‘lmagan va bunday buyumdan foydalanish qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishini ham bilmagan. Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 329-moddasi (davlat bayrog‘i yoki gerbini haqorat qilish) bo‘yicha huquqiy baho berish jarayoni boshlangan. Agar jinoyat alomatlari aniqlansa, ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin. Vatandosh TV loyihalari asoschisi, huquqshunos Botirjon Shermuhammad Facebookdagi sahifasida rus millatchi kanallarda Rossiya bayrog‘ini tahqirlaganlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol taqdiriga befarq emasligini bildirib, vatandoshimizga yuridik yordam ko‘rsatish masalasi ko‘rilayotgani haqida yozdi. Shuningdek, huquqshunos o‘z postida Kimda Musayeva Sevara Iskandarovna haqida ma’lumot bo‘lsa, Telegram orqali @migrantxabar profiliga aloqaga chiqishini so‘ragan. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
436
3
"Bizni tanqid qilsang, ag‘daramiz!" Ispaniyaga bostirib kirgan minglab muhojirlarning ortida sionistlar bormi? Xullas, gap sh
"Bizni tanqid qilsang, ag‘daramiz!" Ispaniyaga bostirib kirgan minglab muhojirlarning ortida sionistlar bormi? Xullas, gap shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda Marokash chegarachilari qochqinlarning Ispaniyaga bemalol o‘tishi uchun chegaralarni ochib berayotgani aks etgan videolar ham tarqaldi. Xo‘sh, Marokashga Yevropadagi qo‘shnisini bu usulda qiynash nega kerak bo‘lib qoldi? Marokash AQSh va bosqinchi isroil bilan yaqin aloqalarga ega. Bunga misol sifatida bir necha kun avval Marokashdagi yirik avtomagistrallardan biriga Donald Tramp nomi berildi. Ba'zi kuzatuvchilar AQSh va bosqinchi isroil nega Ispaniyaga Marokash orqali bosim o‘tkazishga urinayotgan bo‘lishi mumkin, degan savolni o‘rtaga tashlamoqda. Bu taxminlar G‘azo sektoridagi genotsid va Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning bosqinchi isroil siyosatiga nisbatan tanqidiy pozitsiyasi bilan bog‘lanadi. Yevropaning ko‘plab davlatlari bosqinchi isroilning G‘azodagi genotsidini keskin tanqid qilmagan bir paytda, Sanches boshchiligidagi Ispaniya Madridning tanqidiy pozitsiyasini bir necha bor ochiq bildirgan. Esingizda bo‘lsa, futbolchi Yamal Falastin bayrog‘ini ko‘targanidan so‘ng ayrim bosqinchi isroil amaldorlari uni tanqid qilgan edi. Shundan keyin Pedro Sanches Yamalni himoya qiluvchi bayonot bilan chiqqan. Shu sabab ayrim tahlilchilar Sanchesga nisbatan siyosiy bosim kuchayayotganini taxmin qilmoqda. Ayni paytda migrantlar oqimining kuchayishi sababli Yevropada Ispaniyaga nisbatan xavotir ortdi. Ayrim davlatlar, jumladan Italiya va Fransiya, Ispaniya bilan chegaralarda nazoratni kuchaytirdi. Bu esa Shengen hududi va migratsiya siyosati bo‘yicha yangi tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Shuningdek, migratsiya va ichki siyosiy muammolar fonida Ispaniyada Pedro Sanches hukumatiga qarshi norozilik namoyishlari ham kuchaygan. Bundan tashqari Sanches muxolifatini ham ayni damda siyonistlar qo'llab quvvatlashmoqda.  Donald Tramp ham Ispaniyani tez-tez saktsiyalar bilan qo'rqitishi ham bejizga emas... Yana bir o'xshash holat: O'tgan yili Janubiy Afrika respublikasi bosqinchi isroilni G'azoda amalga oshiryotgan genotsidi sabab Xalqaro sudga da'vo kiritib, yana turli xil siyosiy qarshiliklar qilyotgan bir paytda Janubiy Afrikaning Fransiyadagi elchisi Emmanuel Nkosinathi parijda o'ldirib ketildi. Uning jasadi mehmonxona binosi yonidan topilgan. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
719
4
💔 Ikki yildan beri bedarak yo‘qolgan o‘g‘lini ijtimoiy tarmoqdagi surat orqali tanib oldi Qariyb ikki yildan buyon bedarak y
💔 Ikki yildan beri bedarak yo‘qolgan o‘g‘lini ijtimoiy tarmoqdagi surat orqali tanib oldi Qariyb ikki yildan buyon bedarak yo‘qolgan falastinlik Mahmud ad-Drimlining tirik ekani uning onasiga tasodifan ma’lum bo‘ldi. 22 yoshli Mahmud 2024-yil 2-noyabr kuni G‘azo janubidan G‘azo shahriga qaytayotgan vaqtda bedarak yo‘qolgan edi. Oila Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi va boshqa tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilgan bo‘lsa-da, uning taqdiri haqida hech qanday ma’lumot ololmagan. 🖼 Vaziyat bosqinchi isroil askarlari ko‘zlari bog‘langan falastinlik mahbus yonida jirkanch harakatlar qilib, kulib suratga tushgan fotosurat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng o‘zgardi. Mahmudning onasi Oyda ad-Drimli suratdagi mahbus o‘z o‘g‘li ekanini tanib qoldi. 💬 “Suratni ko‘rganimda yuragim taskin topdi — u tirik ekan. Ammo uni shu ahvolda ko‘rib, yuragim yana chilparchin bo‘ldi”, — dedi u ko‘z yoshlarini tiyolmay. Mahmudning oilasi uchun bu surat bir tomondan umid bo‘lsa, ikkinchi tomondan og‘ir ruhiy zarba bo‘ldi. Chunki ular o‘g‘lining tirikligini rasmiy idoralar orqali emas, balki ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan oʻsha mash’um surat orqali bilishga majbur bo‘ldi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
627
5
🕊 Bugun Ismoil Haniya shahid qilinganiga bir yil to‘ldi “Jonimiz, qonimiz, oilamiz va bor-budimiz Quddus hamda Masjidul Aqso
🕊 Bugun Ismoil Haniya shahid qilinganiga bir yil to‘ldi “Jonimiz, qonimiz, oilamiz va bor-budimiz Quddus hamda Masjidul Aqso yo‘lida fido bo‘lsin.” Bu so‘zlar HAMAS Siyosiy byurosining sobiq rahbari Ismoil Haniyaga tegishli. 2025-yil 31-iyul kuni u Eron poytaxti Tehronda bosqinchi isroil suiqasdi oqibatida shahid qilingan edi. Ismoil Haniya Falastin masalasidagi qat’iy pozitsiyasi, isroil bosqinga qarshi murosasiz kurashi va Quddusni himoya qilish yo‘lidagi faoliyati bilan millionlab musulmonlar qalbida alohida o‘rin egalladi. Bugun uning shahid qilinganiga bir yil to‘lar ekan, Ismoil Haniyani rahmat bilan yod etamiz. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
642
6
🇦🇫📚 Afg‘oniston Islom Amirligi: “Bizning davlatda qizlarning ta’lim olishi taqiqlanmagan” Afg‘oniston Islom Amirligi qizla
🇦🇫📚 Afg‘oniston Islom Amirligi: “Bizning davlatda qizlarning ta’lim olishi taqiqlanmagan” Afg‘oniston Islom Amirligi qizlarning ta’lim olishi to‘liq taqiqlangani haqidagi da’volarni “G‘arb targ‘iboti” deb atadi. Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, hukumat qizlarning islomiy me’yorlar asosida, jumladan alohida ta’lim va diniy qoidalarga rioya qilingan holda o‘qishini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Islom Amirligi G‘arb davlatlarining bu boradagi tanqidlarini Afg‘onistonning xalqaro maydondagi obro‘siga putur yetkazishga qaratilgan urinish sifatida baholadi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
652
7
💔 G‘azoda yana bir ona to‘rtinchi farzandidan ayrildi Bugun tongda G‘azo sektorining markazidagi Al-Bureyj qochqinlar lageri
💔 G‘azoda yana bir ona to‘rtinchi farzandidan ayrildi Bugun tongda G‘azo sektorining markazidagi Al-Bureyj qochqinlar lageri bosqinchi isroilning havo hujumi oqibatida Zayd Nofal ismli bola halok bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, sionistlarning sodir etgan hujumi Zaydning oilasi yashayotgan uyni nishonga olgan. 🕊 Zaydning vafoti bilan uning onasi Fotima Nofal G‘azoda davom etayotgan genotsid davomida to‘rt nafar farzandining barchasidan ayrildi. Uning boshqa uch o‘g‘li — Amin, Hamza va Ahmad ham bosqinchi isroilning avvalgi hujumlarda halok bo‘lgan edi. Bir onaning ketma-ket to‘rt farzandidan ayrilishi bosqinchi isroilning G‘azoda tinch aholi, ayniqsa bolalarga qarshi olib boryotgan gentosidining yana bir daxshatli namunasidir. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
962
8
🇳🇴📚 Norvegiya boshlang‘ich maktablarda sun’iy intellektdan foydalanishni taqiqladi Norvegiya hukumati 2026-yil avgust oyid
🇳🇴📚 Norvegiya boshlang‘ich maktablarda sun’iy intellektdan foydalanishni taqiqladi Norvegiya hukumati 2026-yil avgust oyidan boshlab 6 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan (1–7-sinf) o‘quvchilarga sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishni taqiqlash haqida qaror qabul qildi. Bosh vazir Yonas Gar Styore ma’lum qilishicha, mazkur qaror bolalarning o‘qish, yozish va matematika kabi asosiy ko‘nikmalarini hamda zehniy rivojlanishini himoya qilish maqsadida joriy etilmoqda. Yangi tartibga ko‘ra: 🔹 1–7-sinflar (6–13 yosh) — sun’iy intellektdan foydalanish taqiqlanadi. 🔹 8–10-sinflar (14–16 yosh) — faqat o‘qituvchi nazorati ostida foydalanishga ruxsat beriladi. 🔹 17–19 yoshdagi o‘quvchilar esa oliy ta’lim va mehnat bozoriga tayyorgarlik doirasida sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanishga rag‘batlantiriladi. Bu qaror Norvegiyaning maktablarda raqamli texnologiyalarni cheklashga qaratilgan siyosatining davomi hisoblanadi. Mamlakat 2024-yilda maktablarda smartfonlardan foydalanishni taqiqlagan edi. Hukumat, shuningdek, 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklash va ta’limda planshetlar o‘rniga bosma kitoblardan foydalanishni kengaytirish ustida ham ishlamoqda. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
691
9
🇹🇷🇵🇸 Hakan Fidan Hamasning yangi rahbari Halil al-Hayya bilan uchrashdi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan 29-iyul+1
🇹🇷🇵🇸 Hakan Fidan Hamasning yangi rahbari Halil al-Hayya bilan uchrashdi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan 29-iyul kuni Hamas Siyosiy byurosi raisi etib saylangan Halil al-Hayya va uning delegatsiyasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda  G‘azo va G‘arbiy Sohildagi vaziyat, G‘azoga insonparvarlik yordamini yetkazish hamda mintaqadagi so‘nggi voqealar muhokama qilindi. Halil al-Hayya Netanyaxu hukumatining Falastin hududlarida sionistlar uchun noqonuniy aholi punktlarini kengaytirayotgani va Quddusdagi muqaddas maskanlarga qarshi hujumlarni kuchaytirayotganini bildirdi . Hakan Fidan esa Turkiya G‘azoga ko‘proq insonparvarlik yordami yetkazish bo‘yicha ishlarni davom ettirayotganini hamda falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Manba: Anadolu Ajansı Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
768
10
🇹🇷🇮🇶 Anqarada Turkiya va Iroq o‘rtasidagi kelishuv imzolanishida kutilmagan keskinlik Anqarada Turkiya va Iroq o‘rtasida
🇹🇷🇮🇶 Anqarada Turkiya va Iroq o‘rtasidagi kelishuv imzolanishida kutilmagan keskinlik Anqarada Turkiya va Iroq o‘rtasida bir qator ko‘p tomonlama kelishuvlarni imzolash marosimida kutilmagan vaziyat yuzaga keldi. Iroq Transport vaziri Vahbi Hasaniy strategik ahamiyatga ega “Taraqqiyot yo‘li” (Kalkınma Yolu) loyihasi bo‘yicha kelishuvni imzolashdan bosh tortgani xabar qilindi. Marosimda ishtirok etgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an jami beshta kelishuv imzolanishi kerakligini eslatib, Iroq Bosh vaziri Ali az-Zaydiyni vaziyatdan xabardor qilgan. Shundan so‘ng Iroq Bosh vaziri jarayonga aralashib, vazirga hujjatni imzolashni buyurgan va kelishuv imzolangan. ⚠️ Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlarda vazirning dastlabki rad javobi ortida tashqi ta’sir bo‘lgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Jumladan, unga Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi tomonidan WhatsApp orqali hujjatni imzolamaslik haqida xabar yuborilgani da’vo qilinmoqda. 📌 “Taraqqiyot yo‘li” loyihasi Turkiya, Iroq va mintaqadagi boshqa davlatlarni bog‘laydigan yirik transport va savdo yo‘lagi sifatida ko‘rilmoqda. Loyiha iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga, mintaqadagi geosiyosiy manfaatlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
740
11
🇹🇷🕌 Endi barcha maktablarda namozxonalar tashkil etiladi - Istanbulda Istanbul hokimligi shahardagi barcha maktablarda nam
🇹🇷🕌 Endi barcha maktablarda namozxonalar tashkil etiladi - Istanbulda Istanbul hokimligi shahardagi barcha maktablarda namoz o‘qish uchun maxsus xonalar tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Hokim Davut Gül tomonidan imzolangan va 22-aprel sanasi bilan rasmiylashtirilgan hujjat Istanbulning 39 ta tumanidagi kaymakamliklarga yuborilgan. 📚 Yangi quriladigan maktablarda bundan buyon loyihalash bosqichidayoq juma namozini ado etish uchun yetarlicha keng bo‘lgan namozxonalarni nazarda tutish majburiy etiladi. 🏫 Avval qurilgan va faoliyat yuritayotgan maktablarda esa ushbu maqsadga mos mavjud xonalarni namozxona sifatida qayta jihozlash ko‘zda tutilgan. Istanbul ma’muriyati bu tashabbusni o‘quvchilar va maktab xodimlarining diniy amallarini ado etish huquqini ta’minlash, shuningdek, uni asosiy erkinliklarning bir qismi sifatida ta’minlash bilan izohlagan. Shuningdek, yangi tartibdan ko‘zlangan maqsad — o‘quvchilarning juma namozini ado etish uchun maktab hududidan tashqariga chiqish holatlarini kamaytirish va shu orqali ta’lim jarayoni jadvaliga putur yetkazmaslik. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
909
12
Tojikistonda radikal ateizm: hijob va soqolga bosim kuchaymoqda Tojikistonda hukumatning "milliy madaniyatni targ‘ib qilish"
Tojikistonda radikal ateizm: hijob va soqolga bosim kuchaymoqda Tojikistonda hukumatning "milliy madaniyatni targ‘ib qilish" va "diniy ekstremizmga qarshi kurashish" bahonasi bilan erkaklarning soqol qo‘yishi hamda muslima ayollarning hijoblanishiga nisbatan bosim davom etmoqda. 2024-yilda "An’analar va bayramlarni tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirgan. Unda jamoat joylarida "tojik madaniyatiga yot kiyimlar"ni taqiqlovchi norma belgilangan. Bu qoida, xususan, hijob va hukumat "xorijiy" deb hisoblaydigan boshqa islomiy kiyimlarga nisbatan qo‘llanmoqda. 🧕 Xatlon viloyatida yashovchi ayollarning aytishicha, poliklinikaga borganda ularan ro‘molini iyak va bo‘yni ochiq qoldirgan holda o'rashlari so'ralgan. Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari tomonidan soqol qo'ygan erkaklarga ham o'n yillar davomida bosimlar kuzatilayotgani aytilmoqda. Xabarlarga ko'ra soqol bilan yurgan musulmonlar politsiya tomonidan ushlansa, undan har hafta WhatsApp orqali soqoli olinganini tasdiqlovchi selfi yuborishni talab qilinadi.  Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ayrim holatlarda erkaklarning soqoli politsiya bo‘limida yoki voqea joyining o‘zida majburan oldiriladi. ❗️2015–2016-yillarda Xatlon viloyati politsiyasi taxminan 13 ming erkakning soqoli majburan oldirilgani haqida hisobot bergan. O‘sha davrda "islomiy" kiyimlar sotiladigan do‘konlar ham yopilgan. AQShning Xalqaro diniy erkinlik bo'yicha komissiyasi (USCIRF) 2026-yilgi hisobotida Tojikistonda: • barcha diniy faoliyat ustidan qat'iy davlat nazorati saqlanib qolayotgani; • diniy ta'lim va diniy yig'ilishlarga oid cheklovlar davom etayotgani; • mamlakatdagi diniy erkinlik holati "yomon"ligicha qolayotganini qayd etdi. 🇹🇯 Tojikiston hukumati esa diniy erkinlikni cheklayotganini rasman inkor etib, bu kabi choralarni go'yoki milliy an’analarni himoya qilish va ekstremizmga qarshi kurash sifatida ko'rsatishga harakat qilmoqda. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
1 104
13
💔 O‘zbekistonda har kuni o‘rtacha 137 ta oila ajrashmoqda 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda 24,8 mingta ni
💔 O‘zbekistonda har kuni o‘rtacha 137 ta oila ajrashmoqda 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda 24,8 mingta nikoh rasman bekor qilindi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,5 mingtaga ko‘p. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 3 mingta kam ko‘rsatkichni tashkil etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, olti oy davomida mamlakatda har kuni o‘rtacha 510 dan ortiq nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 137 ta oila ajrashgan. Taqqoslash uchun, 2025-yilning birinchi yarim yilligida 95,3 mingta nikoh tuzilgan va 23,3 mingta ajrim rasman qayd etilgan edi. Demak, bir yil ichida nikohlar soni kamaygan, ajrimlar esa oshgan. Rasmiy statistikada ajrimlarning aniq sabablari keltirilmagan. Biroq ijtimoiy tarmoqdagi faollardan biri ushbu voqeaga quyidagicha munosabat bildirdi:  “Bu hali holvasi. Diniy ta’limni 30 yoshdan keyin qib qo‘ysak, hammasi “iziga” tushib ketadi. Hozir oila quruvchilar arosatda. Na diniy ilmi bor, na dunyoviy. Faqat serial ko‘rgan, oldi-qochdi kinolarni ko‘rgan. Bo‘lajak turmushi ham kinodagidek bo‘ladi, deb yuribdi” Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
1 321
14
❗️Bosqinch isroil askarlari falastinlik homilador ayolni olib ketayotgan tez yordam mashinasiga hujum qilishdi: homila vafot etdi 2026-yil 27-iyul kuni G‘arbiy Sohildagi Awarta nazorat-o‘tkazish punktida bosqinchi isroil kuchlari 6 oylik homilador falastinlik ayolni olib ketayotgan tez yordam mashinasini to‘xtatgani haqida xabarlar tarqaldi. 📍 Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol Nablus janubidagi Qaryut qishlog‘idan bo‘lgan va og‘ir qon ketishi sababli shifoxonaga olib ketilayotgan edi. Tez yordam xodimi Bashar al-Qaryutining WAFA agentligiga aytishicha, bosqinchi armiya askarlari mashinani to‘xtatib, dvigatelni o‘chirishni talab qilgan. Natijada tibbiy asbob-uskunalarning ishlashi ham to‘xtagan. Ayolning ahvoli og‘ir bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, kechikish va yuzaga kelgan sharoitlar oqibatida ona qornidagi 6 oylik homila vafot etgan. Bir ona farzandini dunyoga keltirish uchun shifoxonaga yetib borishga urinayotgan bir paytda, sionistlar uni oʻlfirishdi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
902
15
🇳🇱 Niderlandiya bosqinchi isroil mahsulot importini taqiqladi Niderlandiya hukumati bosib olingan Falastin hududlaridagi nosqinchi isroil posyolkalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni import qilish, sotib olish va sotishni taqiqladi. 21-iyul kuni yakuniy tasdiqlangan qaror G‘arbiy Sohil va Golan tepaliklaridagi bosqinchi isroil posyolkalaridan keladigan mahsulotlarga nisbatan qo‘llanadi. Cheklov faqat mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kirish bilan cheklanmaydi. Niderlandiya kompaniyalarining bunday savdoga ko‘maklashishi, jumladan, mamlakat tashqarisidagi vositachilik faoliyati ham taqiq doirasiga kiritilgan. 🔴 Taqiq, avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga taalluqli: avokado, xurmo, apelsin, uzum, yangi ko‘katlar va boshqa mahsulotlar. 🔴 Shuningdek, Golan tepaliklarida ishlab chiqarilgan mahalliy vinolar ham cheklovlarga tushadi. ❕ Niderlandiya hukumati bosqinchi isroil posyolkalarini xalqaro huquq nuqtayi nazaridan noqonuniy deb hisoblaydi. Rasmiylar ushbu qaror posyolkalar faoliyatini bilvosita qo‘llab-quvvatlashning oldini olishga qaratilganini bildirdi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
869
16
🕌 Sionistlar uyini sotib olmoqchi bo‘ldi. Ammo qahramon ayol taklif qilingan 1 million dollardan voz kechdi Falastinlik Oysha Masluhi Masjidul Aqso va Burroq devori maydoniga qaragan uyini 1 million AQSH dollariga sotish taklifini rad etdi. Uning uyi atigi bir xona va oshxonadan iborat. Shunga qaramay, u katta mablag‘ evaziga uyini tark etishni istamadi. Oysha Masluhi unga 1 million dollar taklif qilgan bosqinchidan buning sababini so‘raganida, u ochiqchasiga: “Biz faqat bir joydan boshlamoqchimiz. Agar siz sotishni boshlab bersangiz, qolganlar sizdan ko‘rib, o‘zlari ham bizga sotaveradi”, — degan sionist bosqinchi. Shuningdek, Oysha Masluhi gaplariga qo‘shimcha qilib: “Vatanini sotgan kishi dinini, sha’nini va axloqini ham sotadi. Inshaalloh, hech bir arab musulmoni o‘z dini va vatanini sotmaydi”, — dedi. Oysha Masluhi, shuningdek, turkiyaliklarning Masjidul Aqso va Quddusni qo‘llab-quvvatlash borasidagi munosabatini ham alohida e’tirof etdi: “Turklar qo‘llab-quvvatlash borasida haqiqatan ham juda katta mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishmoqda. Hech kim ularni bunga majburlamayapti. Ular buni faqat Masjidul Aqso va Quddusga bo‘lgan muhabbatlari sababli qilmoqdalar. Ularda bu maskanga nisbatan juda kuchli daxldorlik va sadoqat tuyg‘usi bor.” Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
906
17
🕋 Suv ichida tavof qilgan 12 yoshli bola: Ka’ba tarixidagi unutilmas surat Ushbu suratga diqqat bilan qarang… Ka’ba atrofida suvda suzib, tavof qilayotgan bolakayni ko‘ryapsizmi? Bu voqea 1941-yilda Makka shahrida yuz bergan. O‘sha yili shaharda tarixdagi eng kuchli toshqinlardan biri kuzatilgan. Bir necha kun davom etgan kuchli yomg‘irdan so‘ng Makkaning katta qismi suv ostida qoladi. Sel suvlari hatto Ka’ba devorlarigacha ko‘tariladi. Hamma hayrat va sarosimada bu manzarani kuzatayotgan bir paytda, endigina 12 yoshga kirgan bahreynlik Ali al-Avadiyning xayoliga kutilmagan fikr keladi: “Modomiki, Ka’ba atrofini suv bosgan ekan, nega endi suzib tavof qilmasligimiz kerak?” U tengqurlari bilan suvga tushib, Ka’bani suzib tavof qila boshlaydi. Tartib posbonlari xavotirga tushib, uni to‘xtatishga urinishsa-da, Alining yagona maqsadi tavofni davom ettirish edi. O‘sha kuni tasvirga olingan bu kadr vaqt o‘tishi bilan Ka’ba tarixidagi eng unutilmas suratlaridan biriga aylandi. Oradan yillar o‘tib, Shayx Ali al-Avadiy ushbu mashhur suratga kutilmagan joyda duch kelganini shunday eslaydi: “O‘g‘lim haj ziyoratiga borganida, esdalik sovg‘alari sotiladigan do‘konda mening ushbu suratimgа ko‘zi tushibdi. Bugun Makka va Ka’ba tarixiga oid deyarli har bir kitobda shu foto bor…” O‘sha kuni olingan birgina surat vaqt o‘tishi bilan Ka’ba tarixining o‘chmas timsoliga aylandi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
960
18
Нет текста...
1
19
Нет текста...
885
20
⚡️ Isroil xavfsizlik tizimini larzaga solgan misrlik Muhammad Saloh Muhammad Saloh deyilganda millionlab insonlarning xayolig
⚡️ Isroil xavfsizlik tizimini larzaga solgan misrlik Muhammad Saloh Muhammad Saloh deyilganda millionlab insonlarning xayoliga, avvalo, dunyoga mashhur misrlik futbolchi keladi. Ammo Isroil uchun bu ism mutlaqo boshqacha ma'noga ega. 2023-yil 3-iyun kuni Misr–Isroil chegarasida o‘q ovozlari yangradi. Atigi 22 yoshli misrlik askar Muhammad Saloh Ibrohim Al-Avja chegara punkti yaqinida uch nafar isroillik askarni otib o‘ldirdi. Bir necha soat davom etgan otishmadan so‘ng uning o‘zi ham halok bo‘ldi. Xo‘sh, bu Muhammad Saloh kim edi? U Qohiraning Ayn Shams tumanida voyaga yetgan. Otasidan erta ayrilgani sababli oilasiga yordam berish uchun yoshligidan mehnat qilgan. Rasm chizishga juda qiziqqani bois do‘stlari uni "musavvir" deb atashardi. Ammo yaqinlari aytishicha, uning qalbidagi eng og‘riqli masala Falastin edi. G‘azoga uyushtirilgan har bir hujumdan so‘ng u Falastinni ochiq qo‘llab-quvvatlar, ijtimoiy tarmoqlarda: "Alloh Falastin bilan birga bo‘lsin", degan mazmundagi postlarni ulashardi. Hayotining so‘nggi kunlarida yozib qoldirgan ushbu jumla esa ko‘pchilikning e'tiborini tortdi: "Allohim, solih bandalaringni qanday isloh qilgan bo‘lsang, meni ham shunday isloh qil va meni ham ulardan ayla." Muhammad Saloh amalga oshirgan hujum Isroil armiyasida jiddiy xavfsizlik muhokamalarini boshlab berdi. Isroil OAVlariga ko‘ra, ushbu voqeadan so‘ng chegara chizig‘iga qo‘shimcha og‘ir qurollar joylashtirildi, kuzatuv tizimlari kuchaytirildi va operativ rejalar qayta ko‘rib chiqildi. Oradan uch yil o‘tdi. Isroil chegaralarni yanada mustahkamlagan bo‘lsa-da, Muhammad Saloh voqeasi ortidan yuzaga kelgan xavotir va qo‘rquv Isroil xavfsizlik tizimi uchun hanuz esda qolgan hodisalardan biri sifatida tilga olinmoqda. Sizningcha qahramonlikka kim ko'proq loiqa? Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
944