fa
Feedback
Ijtimo

Ijtimo

رفتن به کانال در Telegram

Ijtimo - Yoshlar Tahliliy Platformasi Bu yerda siz o‘zligimizga mos dunyoqarash bilan yondashilgan, asosan axborot hamda fikriy mavzularda tayyorlangan tahliliy kontentlar bilan tanishishingiz mumkin.

نمایش بیشتر
3 349
مشترکین
-124 ساعت
-227 روز
-8530 روز

در حال بارگیری داده...

ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
اوت '26
اوت '26
+40
در 1 کانال‌ها
ژوئیه '26
+103
در 5 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '26
+20
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+51
در 2 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '26
+109
در 7 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+240
در 4 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+11
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+5
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+3
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '25
+12
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '25
+24
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '25
+27
در 1 کانال‌ها
Get PRO
اوت '25
+11
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '25
+18
در 2 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '25
+7
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '250
در 4 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '250
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مارس '250
در 1 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '250
در 5 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '250
در 2 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '240
در 3 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '240
در 2 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '240
در 9 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+855
در 16 کانال‌ها
Get PRO
اوت '24
+31
در 2 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '24
+338
در 3 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '24
+492
در 10 کانال‌ها
Get PRO
مه '24
+134
در 4 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '24
+133
در 4 کانال‌ها
Get PRO
مارس '24
+135
در 1 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '24
+105
در 7 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '24
+142
در 2 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '23
+455
در 17 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '23
+169
در 9 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '23
+986
در 35 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '23
+857
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '23
+887
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '23
+162
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '23
+102
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '23
+119
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '23
+902
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '23
+241
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '23
+1 122
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '23
+840
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '22
+576
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '22
+722
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '22
+1 129
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '22
+2 386
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '22
+4 464
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '22
+755
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '22
+2 744
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '22
+343
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '22
+522
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '22
+397
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '22
+3 245
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '22
+476
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '21
+315
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '21
+589
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '21
+469
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '21
+240
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '21
+69
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '21
+484
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '21
+264
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '21
+139
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '21
+292
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '21
+230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '21
+937
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '21
+175
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '20
+4 393
در 0 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
30 اوت+3
29 اوت+4
28 اوت+7
27 اوت+3
26 اوت+1
25 اوت0
24 اوت0
23 اوت0
22 اوت+2
21 اوت0
20 اوت0
19 اوت0
18 اوت+1
17 اوت0
16 اوت0
15 اوت0
14 اوت+1
13 اوت+2
12 اوت+1
11 اوت+1
10 اوت0
09 اوت+2
08 اوت+2
07 اوت0
06 اوت+2
05 اوت+2
04 اوت+2
03 اوت0
02 اوت0
01 اوت+4
پست‌های کانال
2003-yil, 16-mart, G‘azo. Yigirma uch yoshli amerikalik qiz. Egnida yorqin olovrang nimcha, qo‘lida megafon va qarshisida bosqinchi isroillik harbiylarning zirhli buldozeri. O‘sha kuni bosqinchi isroil buldozerlari Rafahga kirib kelgandi. Nishonda bir xonadon bor edi. Dorishunos Samir Nasrullohning oilasi yashaydigan uy. U buzib tashlanishi, ichidagi odamlar esa ko‘chaga quvilishi kerak edi. Sakkiz nafar aktivist bu uylarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zirhli buldozerlar qarshisida tirik devor bo‘lib turdi. Uch soat. Uch soat davomida ular buldozerlar qarshisida rostlandilar. Reychel Korri o‘sha olovrang nimchasida, qo‘lidagi megafon bilan buldozerning aynan qarshisida turardi. Buldozer haydovchisi uni ko‘rdi, lekin texnikani to‘xtatmadi. Oldinga yurib, uning ustidan bosib o‘tdi. Ikki daqiqa oldingi sariq sochli qizdan asar ham qolmagandi. Ezib tashlangan, qonga belangan yuz. Peshona suyagi singan, qovurg‘alari parchalangan, o‘pkasi teshib o‘tilgan edi. Buldozer esa ortga chekinib, yana bir bor uning ustidan bosib o‘tdi. Ikki marta! U bor-yo‘g‘i yigirma uch yoshda edi. Kim edi bu qiz? Vashington shtatidagi Evergreen kolleji talabasi. Yozuvchi bo‘lishni xohlardi. San’atga qiziqardi. Ikkinchi Intifoda paytida G‘azoga borgan edi. Insonparvarlik yordami ko‘rsatish, voqealarga o‘z ko‘zi bilan guvoh bo‘lish uchun. Oilasiга yozgan xatida shunday degandi: “Hech qaysi akademik tadqiqot, o‘qilgan kitob, konferensiya yoki hujjatli film menga bu yerdagi ahvolni tushuntirib berolmagandi. Bu yerdagi holatni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmaguningizcha tasavvur qilishning aslo iloji yo‘q.” U ko‘rdi va sukut saqlamadi. Sukut saqlay olmasdi ham. Reychel Korrining qoldirgan merosi yagona bir jumlada mujassam bo‘ldi: “Zalolat va zulm biznikilardan chiqayotgan bo‘lsa, demak, men ‘biznikilar’ tomonda emasman.” U amerikalik edi. Oq tanli, xristian, g‘arblik. Hamma narsa uni zolimlar tomonida ekanini ko‘rsatardi. Lekin u zulmni ko‘rganida, aynan o‘sha tomonga tegishli emasligini aytdi. Korrining o‘limidan beri bosqinchi isroil yana minglab falastinliklarning uyini kulga aylantirdi. 2006-yildan beri qamalda bo‘lgan G‘azo, 2023-yil 7-oktyabrdan beri tarixda kamdan-kam kuzatilgan qirg‘inbarot va vayronagarchiliklarga guvoh bo‘lmoqda. Uning nomi Falastindagi ko‘plab maktablar, shifoxonalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga berildi. Irlandiyadan G‘azoga yordam olib borgan kemaga ham uning ismi qo‘yildi. Amerikalik bir qiz o‘z davlati qo‘llab-quvvatlayotgan armiyaga qarshi falastinlik bir oilaning uyi uchun o‘zini qalqon qildi, jonini fido qildi. Bu shunchaki fojiali hikoya emas, bu — jinoyat ishi. Jinoyatchilar ma’lum, qurollar ma’lum, buni moliyalashtirganlar ma’lum. Shunchaki, hech kimdan javob so‘ralmayapti, xolos. Reychel Korri buni yigirma uch yoshida tushunib yetgandi. Ijtimo - Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg

2
Bosqinchi Isroil askarlarining yuzlarini endi ko‘ra olmaysiz. Bu zolim Netanyaxu hukumatining qarori. G‘azodagi urush jinoyat
Bosqinchi Isroil askarlarining yuzlarini endi ko‘ra olmaysiz. Bu zolim Netanyaxu hukumatining qarori. G‘azodagi urush jinoyatlari fosh bo‘lib, Janubiy Afrika, Shri-Lanka, Belgiya, Braziliya kabi davlatlar bosqinchi armiya haqida tergovlarni boshlaganidan so‘ng, Isroilning patagiga qurt tushdi. Ular o‘zlaricha bu muammoga go‘yoki yechim topishdi. Endi 2023-yil 7-oktyabrdan buyon butun Falastinni yo‘q qilib, go‘daklar, bolalar va begunohlarni vahshiylarcha qirib kelayotgan bosqinchi Isroil askarlarining shaxsi yashiriladi. General-mayor unvonidan past bo‘lgan zobitlar, maxsus kuchlar xodimlari va uchuvchilarning yuzlari xiralashtiriladi. Ularning to‘liq ismlari hech qachon e’lon qilinmaydi. Qo‘rquvdan shunday tizim yaratishdiki, endi ommaviy axborot vositalariga gapiradigan askarning matnini ham harbiy bosh prokuratura yozib beradi. Harbiy senzura tasdiqlamas ekan, tasvirlar hech qachon efirga uzatilmaydi. Tushunganingizdek, sionistlarning na kameraga qaraydigan yuzi, na qilgan ishlarining hisobini beradigan yuragi bor. Ular boshlarini tuyaqush kabi qumga ko‘mib olsalar, hech kim ularni tanimaydi va qirg‘inni istaganlaricha davom ettiraveramiz, deb o‘ylashyapti. Ammo ularga ijtimo o‘laroq aytgan gapimiz shuki: Xohlasangiz, shaxsiyatlaringizni yashiring, xohlasangiz, yuzlaringizni o‘chirib tashlang. Tarix sizlarni bu davrning natsistlari sifatida yozadi. Qayerga bormang, sodir etgan jinoyatlaringiz soyasidan hech qachon qochib qutula olmaysiz. Chunki bir xalqni qanday vahshiylarcha qirib tashlaganingizni endi butun dunyo yaxshi bilib oldi! Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @Ijtimo_tg
506
3
Jamila Abdallah Taha al-Shanti kim edi? Jamila Abdallah Taha al-Shanti — falastinlik siyosatchi, Hamas harakatining yuqori la
Jamila Abdallah Taha al-Shanti kim edi? Jamila Abdallah Taha al-Shanti — falastinlik siyosatchi, Hamas harakatining yuqori lavozimli vakili va tashkilotning ayollar bo‘limi asoschisi edi. U 1955-yil 15-martda G‘azo sektoridagi Jabaliya qochqinlar lagerida, falastinlik oilada tug‘ilgan. Ingliz tili bo‘yicha PhD darajasiga ega bo‘lgan va 2006-yilgacha G‘azodagi Islom universitetida dars bergan. Al-Shanti Hamas harakatining ayollar bo‘limini tashkil etishda muhim rol o‘ynagan. 2006-yilgi Falastin parlament saylovlarida Falastin Qonunchilik kengashiga saylangan. 2021-yilda esa Hamas Siyosiy byurosining 15 a’zosidan biri etib saylangan. Va oʻshanda bu lavozimga saylangan birinchi ayol bo‘lgan. U, shuningdek, Hamas asoschilaridan biri bo‘lgan Abdel Aziz al-Rantisiyning turmush o‘rtog‘i edi. Al-Rantisi 2004-yilda Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgan. 2023-yil 19-oktabrda, G‘azodagi musulmonlarga nisbatan amalga oshirilyotgan genotsid paytida, Jamila al-Shantining uyiga berilgan bosqinchi isroil havo zarbasi oqibatida halok bo‘lgan. U 68 yoshda edi. Ushbu voqealar modern dunyoda ayol huquqlari degan tushuncha faqatgina qaysidir qatlamdagi ayollarga nisbatan ishlashining yaqqol isbotidir. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
591
4
Birinchi Chechen urushi yoxud chechen Musulmonlari ruslarni qanday qilib quvib soldi? 6-avgust, 1996-yil. Ertalabki soat 6:00
Birinchi Chechen urushi yoxud chechen Musulmonlari ruslarni qanday qilib quvib soldi? 6-avgust, 1996-yil. Ertalabki soat 6:00. Grozniy shahri uxlamoqda. Shaharda o‘n ikki ming rus askari bor. Tanklar bor, zirhli mashinalar bor, vertolyotlar bor. Havo ustunligi Rossiya tomonda. To‘pchilar ustunligi ham Rossiyada. Keyin esa kutilmagan voqea yuz beradi. Qorong‘ida shaharning yetti xil joyidan jami bir yarim ming chechen jangchisi sezdirmasdan shaharga kirib keladi. Bu — urushlar tarixidagi eng jur’atli operatsiyalardan biri edi. 1996-yilning yoziga kelib, chechen qarshilik harakati tugash arafasida edi. Prezident Johar Dudayev aprel oyida Rossiyaning havo hujumi natijasida halok bo‘ldi. Qishloqlar birin-ketin boy berilayotgan edi. Rus armiyasi janubdagi tog‘ bazalariga oxirgi zarbani berishga hozirlik ko‘rayotgandi. Yelsin iyul oyida qaror qabul qildi: chechen islomiy qarshilik harakatini shu yozning o‘zida tugatamiz. Moskvada hamma urushni tugadi, deb o‘yladi. Grozniyda rus bayrog‘i hilpirab turardi. Shaharga o‘n ikki ming askar joylashtirilgan. Lekin bir odam mutlaqo boshqa narsani rejalashtirayotgan edi. Sovet armiyasida to‘pchilar polkovnigi bo‘lib yillarni o‘tkazgan bir chechen. Nomi — Aslan Masxadov. Masxadov oddiy qo‘mondon emasdi. U matematik kabi fikrlardi. Savol oddiy edi: o‘n ikki ming askarni bir yarim ming kishi bilan qanday yengish mumkin? Javob esa dahshatli: ularni yengmaymiz, qurshovga olamiz va harakatlarini bloklab qoʻyamiz. Reja shunday edi: shaharni egallash uchun urushish o‘rniga, shahar markazlarini emas, ruslarning harakatlanish yo‘llarini kesib tashlash. Har bir postni yo‘q qilish o‘rniga, ularning atrofini o‘rab olib, boshqa postlar bilan aloqasini uzib qo‘yish. Har bir kazarmaga bostirib kirish o‘rniga, qochib ketishlarining oldini olish uchun yo‘llarga minalar o‘rnatib chiqish. Maqsad dushmanni o‘ldirish emasdi. Maqsad dushmanni falaj qilib qo‘yish edi. Chechen jangchilari shaharni o‘z kaftidek yaxshi bilishardi. Yer osti yo‘llari, mahallalar, ko‘chalar… 6-avgust ertalab shaharning yetti xil joyidan chechen musulmonlari sezdirmay kirib kelishdi. Rus postlari orasidan o‘tib ketishdi. Hech qanday otishmasiz, talofatsiz shahar markaziga yetib borishdi. Soat 6:00da operatsiya boshlandi. Soat 9:00da Masxadovning rejasi allaqachon amalga oshib bo‘lgan edi. Uch soat. Shunchaki uch soat ichida Grozniy bosqinchi qo‘lidan o‘z egasining qo‘liga o‘tdi. Rus askarlari uyg‘onganlarida o‘zlarining tuzoqda qolganlarini tushunishdi. Postlar o‘rab olingan. Qarorgohlar qurshovda. FSB binosi, GRU qarorgohi, Xonqala harbiy aerodromi — hammasi tashqi dunyodan uzib qo‘yilgan. Rus komandirlari yordam so‘rashdi. Yordam yuborildi, lekin yo‘llarga mina o‘rnatilgandi. Har bir yuborilgan yordam karvoni yo‘lda yo‘q qilindi. Ikki yuz yetmish oltinchi motoo‘qchi brigadasi shahar markaziga yetib borish uchun ikki kun urinib ko‘rdi. Natija — ellik foiz yo‘qotish. Yarmi yo‘q qilindi. 9-avgustga kelib, qurshovda qolgan rus askarlarining soni taxminan yetti mingga yetdi. Vertolyotlar, tanklar, zirhli mashinalar… Minglab yo‘qotishlar. Rus armiyasi uchun bu haqiqiy falokat edi. 1996-yil 30-avgust kuni Xasavyurt shartnomasi imzolandi. Rossiya o‘z askarlarini olib chiqib ketadigan bo‘ldi. Chechenistonning mustaqillik maqomi besh yilga ortga surildi. Birinchi Chechen urushi tugadi. Chechenlar g‘alaba qozondi. Dunyodagi harbiy akademiyalar bu operatsiyani yillar davomida o‘rgandi. Amerika armiyasi Masxadovning bildirmay kirib borish taktikasi va usulini o‘z qoidalariga qo‘shdi. Yevropa armiyalari shahar urushi bo‘yicha mashg‘ulotlarda Grozniyni namuna qilib oldi. Chunki bu yerdagi haqiqat oddiy edi: son hamma narsani hal qilmaydi. Texnika hamma narsani hal qilmaydi. G‘alaba kuchli gʻoya, ishonch, intizom, razvedka, rejalashtirish va jasorat bilan qo‘lga kiritiladi. Bir yarim ming musulmon o‘n ikki ming kishilik armiyani yengdi. Chunki ular dushmanning kuchli joyiga emas, zaif joyiga zarba berishdi. Ijtimo - Yoshlar Tahliliy Platformasi @Ijtimo_tg
635
5
🔴 G‘azoda bosqinchi isroil armiyasi tomonidan tez yordam mashinasiga hujum qilingan lahzalar aks etgan video paydo bo‘ldi. �
🔴 G‘azoda bosqinchi isroil armiyasi tomonidan tez yordam mashinasiga hujum qilingan lahzalar aks etgan video paydo bo‘ldi. 💢 2023-yildan beri G‘azoda tibbiyot xodimlari ham og‘ir talafotlarga uchramoqda. 2025-yil mart oyida Rafah yaqinida 15 nafar falastinlik tibbiyot va favqulodda yordam xodimi halok bo‘lgan. 📌 2026-yil ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoda halok bo‘lgan tibbiyot xodimlari soni 1 700 nafardan oshgan. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
655
6
🇹🇷 TURKIYA VA BOSQINCHI ISROIL O‘RTASIDA ZIDDIYAT KUCHAYMOQDA Bosqinchi Isroil Suriya havo hududini buzib, Abu Zuhur harbiy+3
🇹🇷 TURKIYA VA BOSQINCHI ISROIL O‘RTASIDA ZIDDIYAT KUCHAYMOQDA Bosqinchi Isroil Suriya havo hududini buzib, Abu Zuhur harbiy bazasiga zarba berdi. Turkiya Respublikasi Aloqa boshqarmasi vakili Burhoniddin Duran Turkiya Suriyada tinchlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlash uchun Suriya hukumati bilan qonuniy asosda hamkorlikni qat’iyat bilan davom ettirishini va Suriyaning beqarorlashtirilishiga aslo yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi. AQShning Anqaradagi elchisi Tom Barrak esa mazkur hujum bosqinchi Isroil, Turkiya va Suriya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga aylanishi xavfi borligini ta’kidladi. ⚠️ Vaziyat keskinlashar ekan, Turkiya va bosqinchi Isroil o‘rtasida mojaro boshlanishi ehtimoli ortmoqda. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
900
7
Makka kelishuvi nimani anglatadi? Endi bosqinchi isroil Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokistonga hujum qilishga jur’at eta o
Makka kelishuvi nimani anglatadi? Endi bosqinchi isroil Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokistonga hujum qilishga jur’at eta olmaydi, chunki bunday urinish sodir bo‘lsa, sionistlar darhol Pokistonning yadroviy zarbasiga uchrashi mumkin. Ushbu kelishuv orqali Yaqin Sharqda yana bir tiyib turuvchi kuch yaratildi. Unda Pokistonning yadroviy salohiyati, Turkiyaning rivojlangan mudofaa sanoati va Saudiya Arabistonining moliyaviy qudrati bitta tizimda birlashdi. Ushbu qadam orqali uchta mamlakat ham bosqinchi isroilni, ham shia hilolini qurishni orzu qilib yurgan Eronni tiyib turadi. Bu degani, Sharqiy O‘rta yer dengizi, Qizil dengiz, Fors ko‘rfazi va Hind okeani kabi strategik hududlar xavfsizligi ta’minlanmoqda. Endi bosqinchi isroil mintaqada o‘z bilganicha harakat qila olmaydi. Kelishuvda xuddi NATOning 5-moddasiga o‘xshash qoida bor: a’zo mamlakatlardan biriga qilingan hujum barchaga qilingan hujum deb hisoblanadi. Demak, Hindiston Pokistonga, Eron yoki husiylar Saudiya Arabistoniga hujum qilishdan oldin jiddiy o‘ylab ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi. Yaqin orada Turkiya Qizil dengiz koalitsiyasiga qo‘shiladi. Sudan va Somali yo‘nalishida Pokiston bronetexnikasi hamda Turkiya dronlarining paydo bo‘lishi bu hamkorlik chuqurlashayotganini ko‘rsatmoqda. Mintaqa davlatlari endi AQShni yagona xavfsizlik kafolatchisi deb bilmayapti. Uch mamlakat o‘rtasida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar, razvedka ma’lumotlarini almashish, texnologiya topshirish va mudofaa sanoati hamkorligi boshlanmoqda. Kelajakda Misr, Suriya, Qatar va boshqa mamlakatlar ham ushbu xavfsizlik tizimiga qo‘shilishi mumkin. Qiziq tomoni shundaki, bosqinchi isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘z aralashuvlari bilan bu ittifoqning tuzilishini tezlashtirdilar. Endi bu kuchga javoban Yunoniston, bosqinchi isroil, Hindiston va BAA ishtirokida qarshi blok tuzilishi ham kutilmoqda. Siz nima deb o‘ylaysiz, bu harakatlar tinchlikni saqlab qolish uchun qilinayotgan ishlarmi yoki yangi dunyo urushi uchun tayyorgarlik? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.
1 305
8
بدون متن...
1
9
🇺🇿 O‘zbekistonda otaning ismini farzandga familiya sifatida berishga ruxsat beriladi Oliy Majlis Senatida tegishli qonun ma
🇺🇿 O‘zbekistonda otaning ismini farzandga familiya sifatida berishga ruxsat beriladi Oliy Majlis Senatida tegishli qonun ma’qullandi. Amaldagi tartibga ko‘ra, bolaga ota yoki onasining familiyasi, shuningdek milliy an’analarga muvofiq bobosining ismi familiya sifatida berilishi mumkin edi. Yangi tartib kuchga kirgach, otaning ismini ham farzandga familiya sifatida berish mumkin bo‘ladi. Bu o‘zgarish ota-onalarning farzand familiyasini tanlash imkoniyatini kengaytiradi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
1 140
10
🇺🇿 O‘zbekistonda ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reestri yuritiladi Oliy Majlis Senati ekstremizmga q
🇺🇿 O‘zbekistonda ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reestri yuritiladi Oliy Majlis Senati ekstremizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi. 🔹 Ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tayyorlash, saqlash va tarqatish uchun javobgarlik tartibi o‘zgartiriladi. 🔹 Bunday huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik bekor qilinib, ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Takroran sodir etilganda esa jinoiy javobgarlik yuzaga keladi. 🔹 Ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reestri joriy etiladi. 🔹 Internet va OAVda ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha mexanizmlar kiritiladi. 🔹 “Diniy ekstremizm” atamasi qonunchilikda “ekstremizm” atamasi bilan almashtiriladi. 🔹 Ekstremizm haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish va rag‘batlantirish, shuningdek, ekstremizmga oid jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta ijtimoiylashtirish mexanizmlari ham takomillashtiriladi. Qonun muhokamadan so‘ng senatorlar tomonidan ma’qullandi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
998
11
Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar bolalikdagi suratlari bilan bugungi holatini taqqoslamoqda. G‘azoda esa bir avlodning “buguni” u+2
Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar bolalikdagi suratlari bilan bugungi holatini taqqoslamoqda. G‘azoda esa bir avlodning “buguni” undan tortib olindi. Ular shunchaki raqam emas edi. Ularning ham orzulari, quvonchlari va sevgan insonlari bor edi. Bolalar bomba ostida emas, xavfsiz va tinch muhitda ulg‘ayishi kerak. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
899
12
🇪🇸 Pedro Sanches: “Biz yolg‘iz emasmiz, biz yetakchimiz” Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yich+2
🇪🇸 Pedro Sanches: “Biz yolg‘iz emasmiz, biz yetakchimiz” Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha mamlakatining pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlab, xalqaro huquq va tinchlik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi. Sanches Ispaniya xalqaro maydonda yolg‘iz qolayotgani haqidagi tanqidlarga javoban: “Biz yolg‘iz emasmiz, biz yetakchimiz.” deya ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, adolat va xalqaro huquqni himoya qilayotgan davlatlar soni tobora ortib bormoqda. Bosh vazir G‘azodagi bosqinchi isroil genotsidiga ham to‘xtalib, u yerdagi tinch aholi uchun eng katta umid dunyo ularni unutmaganini his qilish ekanini aytdi. Shuningdek, u tarix zo‘ravonlikka befarq qolganlarni ham, uni oqlaganlarni ham o‘z hukmi bilan baholashini ta’kidladi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
1 201
13
🇰🇿 ☕️ Qozogʻistonga qur’on oʻqiganlarga bepul qahva berish aksiyasi toʻxtatildi Qozog‘istondagi “Jam Press” qahvaxonasi 202
🇰🇿 ☕️ Qozogʻistonga qur’on oʻqiganlarga bepul qahva berish aksiyasi toʻxtatildi Qozog‘istondagi “Jam Press” qahvaxonasi 2026-yil 4–10-avgust kunlari davom etishi rejalashtirilgan aksiya doirasida mijozlarga Qur’ondan istalgan surani yoddan o‘qib bergan taqdirda bepul qahva taklif qildi. Aksiya aks etgan videolar TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilik tomonidan juda iliq kutib olindi. Ammo afsuski ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bosimidan so‘ng aksiya muddatidan oldin to‘xtatilgan. Biroq qahvaxona ma’muryatining bu harakatlari qonunning qaysi moddasini buzishi rasman e’lon qilinmagan. Bu esa jamoatchilik orasida Markaziy Osiyo davlatlari kuch ishlatar tizimlari ichida hali ham anti-islom qarashdagi shaxslar mavjudligi haqidagi gumonlar paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqda. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
835
14
🇺🇸🇵🇰 AQSH va Pokiston xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi Vashingtonda AQSH va Pokiston o‘rtas
🇺🇸🇵🇰 AQSH va Pokiston xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi Vashingtonda AQSH va Pokiston o‘rtasidagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha muloqotning 4-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida tomonlar “Tolibon”ga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, asosiy xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashni faollashtirish hamda chegara xavfsizligini mustahkamlashga kelishib olgani ma’lum qilindi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
691
15
Bosqinchi isroil genotsid dalillarini yoʻq qilmoqda Bosqinchi isroil 2023-yil 7-oktabrdan buyon G‘azoda olib borgan shafqatsi
Bosqinchi isroil genotsid dalillarini yoʻq qilmoqda Bosqinchi isroil 2023-yil 7-oktabrdan buyon G‘azoda olib borgan shafqatsiz bombardimonlari oqibatida 73 mingdan ortiq tinch aholini o‘ldirib, fuqarolik infratuzilmasining 90 foizini vayron qilgan. Endilikda esa u genotsid dalillarini yo‘q qilishga urinayotgani aytilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, bosib olingan Sariq chiziq hududida bosqinchi isroil kuchlari kamida 10 million tonna vayronalarni tozalagan. Har kuni qariyb 100 ta yuk mashinasiga ortilgan qurilish qoldiqlari shahar tashqarisiga olib chiqilmoqda. Shuningdek, 400 ga yaqin og‘ir texnika urush jinoyatlariga oid jismoniy dalillarni qayta tiklab bo‘lmaydigan tarzda yo‘q qilayotgani ta’kidlanmoqda. Hisobotda aytilishicha, bosqinchi isroil armiyasi kuchli bombardimonlar natijasida vayron bo‘lgan hududlarni chiqindilardan tozalab, ularni mutlaqo yalang‘och yer maydoniga aylantirmoqda. Hisobotda shunday deyiladi: “Bu sur’atdagi tizimli vayronalarni olib tashlash bosqinchi isroilning G‘azoda sodir etgan dahshatli jinoyatlari, ayniqsa genotsid bilan bog‘liq jinoyatlar (jumladan sudsiz qatl etish va qurolsiz tinch aholini o‘ldirish) bo‘yicha dalillarni yashirmoqda. Ushbu hududlar ularning xususiyatlarini o‘zgartirishi yoki butunlay yo‘q qilishi mumkin bo‘lgan har qanday aralashuvdan oldin sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilishi va keng qamrovli jinoyat tergovidan o‘tkazilishi kerak.” Hisobot mualliflari ushbu amaliyot International Criminal Court (Xalqaro Jinoyat Sudi) tomonidan tergov qilinayotgan jinoyatlarga oid dalillarni qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada yo‘q qilishi mumkinligini qayd etgan. Xalqaro Jinoyat Sudi 2024-yilda Benjamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan G‘azoda sodir etilgan jinoyatlari bo‘yicha hibsga olish orderini chiqargan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bosqinchi isroil armiyasining 2023-yil 7-oktabrdan buyon G‘azoga uyushtirgan bombardimonlari oqibatida 73 mingdan ortiq tinch aholi oʻldirilga, G‘azodagi fuqarolik infratuzilmasining esa qariyb 90 foizi vayron qilingan. Ijtimo - Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
794
16
Yosh fermerlar chempionatiga start berildi Qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun 12 ta nominatsiya bo‘yicha respublika chempionati boshlandi. G‘oliblar 50 mln so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va loyihalar kengayishida Agentlikdan ko‘mak olishadi. Hoziroq yoshfermer.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.
659
17
⚖️ Abu-Dabi sun’iy intellekt asosidagi sud platformasini ishga tushirmoqda Abu-Dabi Sud departamenti 2026-yil sentabr oyida t
⚖️ Abu-Dabi sun’iy intellekt asosidagi sud platformasini ishga tushirmoqda Abu-Dabi Sud departamenti 2026-yil sentabr oyida to‘liq integratsiyalashgan sun’iy intellekt (SI) sud platformasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. 18 oylik sinov davrida tizim ishlarni tahlil qilish, hujjatlarni ko‘rib chiqish, huquqiy tadqiqotlar o‘tkazish va o‘xshash sud qarorlarini izlash kabi vazifalarni bajaradi. Yakuniy qaror chiqarish vakolati esa sudyalarda qoladi. Loyiha sud ishlaridagi kechikishlarni kamaytirish va o‘xshash holatlar bo‘yicha yanada izchil qarorlar qabul qilinishini ta’minlashni maqsad qilgan. Biroq tizimning texnik tuzilishi, qanday ma’lumotlar asosida o‘qitilgani, uni ishlab chiqqan kompaniya hamda inson nazorati qanday yo‘lga qo‘yilishi kabi muhim tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan. Bu jihatlar Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning sun’iy intellektni sud tizimida qo‘llash borasidagi ehtiyotkor yondashuvidan keskin farq qiladi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
802
18
🇦🇫 Afg‘oniston Islom Amirligi haj ziyoratchilariga ortib qolgan mablag‘ni qaytarmoqda Afg‘oniston Islom Amirligi Ershod, Ha
🇦🇫 Afg‘oniston Islom Amirligi haj ziyoratchilariga ortib qolgan mablag‘ni qaytarmoqda Afg‘oniston Islom Amirligi Ershod, Haj va Avqof vazirligi bu yilgi haj mavsumida ziyoratchilardan yig‘ilgan mablag‘ning sarflanmay qolgan qismini hojilarga qaytarishni boshladi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 30 ming nafar hojidan jami 7 milliard 818 million 307 ming 200 afg‘oniy yig‘ilgan. Haj tadbirlariga 7 milliard 723 million 741 ming 583,60 afg‘oniy sarflangan bo‘lib, natijada 94 million 565 ming 616,40 afg‘oniy ortib qolgan. Shunga ko‘ra, har bir hojiga 3 223 afg‘oniydan qaytarib berilmoqda. Mablag‘ni olish uchun hojilar pasporti (asl nusxasi yoki rangli nusxasi) hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan Kobuldagi Haj majmuasi yoki viloyatlardagi Ershod, Haj va Avqof vazirligi bo‘limlariga murojaat qilishi mumkin. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
888
19
🐍 G‘azodagi chodirlarda hayot tobora og‘irlashmoqda Bosqinchi isroil hujumlari oqibatida o‘z uylaridan ayrilgan falastinlikl
🐍 G‘azodagi chodirlarda hayot tobora og‘irlashmoqda Bosqinchi isroil hujumlari oqibatida o‘z uylaridan ayrilgan falastinliklar endi yana bir sinovga duch kelmoqda. Chodirlar atrofida to‘planib qolgan chiqindilar sabab ilon, kalamush, suvarak va boshqa zararli jonivorlar odamlar yashayotgan joylargacha kirib bormoqda. Toza suv tanqisligi tobora kuchayib borayotgan G‘azoda bolalar burga va hasharotlar chaqishi oqibatida turli yara va infeksiyalarga chalinmoqda. Tibbiy yordam esa deyarli mavjud emas. Eng ko‘p aziyat chekayotganlar bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor insonlardir. Ular teri kasalliklari, infeksiyalar, quyosh urishi va kuchli holsizlik bilan kurashishga majbur bo‘lmoqda. 🔗 Bosqinchi isroil genotsidi faqat bombardimonlar bilan emas. Ochlik, suvsizlik, kasallik va inson yashashi mumkin bo‘lmagan sharoit ham G‘azo aholisiga qarshi davom etayotgan fojianing bir qismidir. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
756
20
📊 IJTIMO — Yoshlar Tahliliy Platformasi 1 oylik faoliyat hisoboti 📅 2026-yil 3-iyul – 3-avgust Bir oy davomida platformamiz
📊 IJTIMO — Yoshlar Tahliliy Platformasi 1 oylik faoliyat hisoboti 📅 2026-yil 3-iyul – 3-avgust Bir oy davomida platformamiz ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat olib borib, quyidagi natijalarga erishdi: 📸 Instagram • 4 875 obunachi • 2 200 000 ta ko’rilish 📘 Facebook • 423 obunachi • 83 000 ta ko’rilish ✈️ Telegram • 3 430 obunachi • 75 735 ta ko’rilish ▶️ YouTube • 143 obunachi • 4 200 ta ko’rilish 📈 Umumiy natijalar 👥 Jami obunachilar: 8 871 nafar 👁️ Jami ko’rilishlar: 2 362 935 ta Mazkur natijalar platformamizning axborot-tahliliy kontentlari keng auditoriyaga yetib borayotganini va yoshlar orasida qiziqish tobora ortib borayotganini ko’rsatadi. 🤝 Barcha kuzatuvchilarimiz va qo’llab-quvvatlovchilarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz! Birgalikda sifatli va ishonchli axborot ulashishda davom etamiz. @ijtimo_tg
1 030