cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Qo'shko'pir.uz | Rasmiy

Қўшкўпир тумани ҳокимлиги Aхборот хизматининг телеграмдаги расмий канали • Qushkupir.uzfb.com/Qushkupiruzinstagram.com/Qushkupiruzhttps://www.youtube.com/@qoshkopir24 Мурожаатлар учун: @qoshkopirhokimlikbot

Больше
Рекламные посты
2 827
Подписчики
Нет данных24 часа
-177 дней
-7930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda inson hayoti xavf ostida qoladi. Aynan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish masalasi eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Qo‘shko‘pir tuman hokimligida Maktabgacha va maktab ta'limi hamda Sog‘liqni saqlash bo‘limlariga qarashli muassasalarda favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong'in xavfsizligini ta'minlash yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda tabiiy va is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yong‘in hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, mavsumiy sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Korxona va idora-tashkilotlar, ta’lim muassasalarida belgilangan qoidalarga amal qilish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda qanday to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan tushunchalar va koʻrsatmalar berildi.
Показать все...
Qoʻshkoʻpir tuman hokimi Shuhrat Axmedov “Bogʻzor” mahallasida yashovchi Safarova Maqsuda opa xonadonida bo’ldi. Tuman hokimi ushbu xonadon a’zolari bilan suhbatlashib, muammo va takliflarini tingladi. Maqsuda opa xonadonida issiqxona tashkil qilgan bo’lib, bugungi kunda turmush oʻrtogʻi va farzandi bilan birgalikda pomidor, bodring, rediska va yana bir qator sabzavotlar yetishtirib kelmoqda. Bundan tashqari bu xonadonda parrandachilik, chorvachilik yo’nalishlaridan ham oilaga daromad keladi.
Показать все...
👏 9👍 1
Qoʻshkoʻpir tumani Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimiga qarashli umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun tumandagi 4-son ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan maktabda “Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida ikki kunlik o'quv seminar bo'lib o'tdi. Tadbirda  tumandagi 5-sonli maktabning  ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari M. Rajabova va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari R. Ismoilova belgilangan mavzular doirasida ma'ruzalar o'qib, tajribali psixologlar tomonidan psixologik treninglar o'tkazildi. Seminar bahs-munozara shaklida o'tkazilib, yig'ilgan ishtirokchilar sohaga oid yangiliklardan xabardor bo'lishdi.
Показать все...
4
👍 3
#SAYYOR_QABUL Qo‘shko‘pir tumani "Bogʻzor" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida tuman hokimi Shuhrat Axmedovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.  Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri B.Matnazarov, tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi Oʻ.Ashirov, idora va tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi. Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan  uy-joy ta’miri, tibbiy xizmat, moddiy yordam, bandlik, yer munosabatlari  bilan bog‘liq  19 tadan ortiq murojaatlar tinglandi. Ayrim fuqarolarning murojaatlari mas’ullarga qo‘shimcha o‘rganish uchun yo‘naltirildi. Ijrosi uchun muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ullarga muddat belgilangan holda topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Qo'shko'pir tuman hokimligi matbuot xizmati
Показать все...
👍 3
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari! Viloyatimizda kuzatilyotgan noqulay ob-havo (kuchli shamol) oqibatida daraxtlar va xonadonlarning tom qismlari elektr tarmoqlariga qattiq zarar yetkazayotgani sababli ayrim hududlarda elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar sodir bo'lmoqda. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan 24 soatlik navbatchilik asosida barcha tezkor chiqish brigadalar va maxsus texnika vositalari shay xolatga keltirilgan bo'lib, yuzaga kelgan elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlarni bartaraf etish uchun tezkor chiqish brigadalari jalb qilingan. Bunday holatda bizni to'g'ri tushinasiz degan ummiddamiz. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun sizdan uzr so'raymiz. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Показать все...
👍 7👏 1
Qoʻshkoʻpir tumanida “Ishbilarmon ayol” koʻrik-tanlovining mahalla bosqichi oʻtkazildi.
Показать все...
👍 4
Bugun Baratlar mahallasidagi 40-son maktabgacha ta’lim tashkilotida "Bolajon-polvonjon" nomli sport musobaqasi o‘tkazildi. Sport musobaqasi bolajonlarimizni sogʻlom va barkamol avlod boʻlib yetishishlari uchun tashkil qilindi. Unda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi S.Xudayberganova qatnashib, tadbirni ochib berdi. Bolajonlarning quvnoq kuy-qoʻshiqlari, sport musobaqalari ularning chaqqonligi va epchilligini yanada oshirdi. Ayniqsa, qiz bolalarning sportga qiziqishi shu kabi tadbirlar orqali amalga oshadi. 15-may “Oila kuni” munosabati bilan tajribali, oʻzining hayot yoʻlini bosib oʻtgan ibratli oila vakillari, onaxonlar tarbiyalanuvchi bolajonlar bilan ota-onaga mehr tuygʻulari davra suhbati orqali yanada rivojlantirildi. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir soʻngida bolajonlarga tashakkurnoma va estalik sovgʻalar topshirildi.
Показать все...
👍 10
👍 8 1
Перейти в архив постов