cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

АОКА Xorazm || Rasmiy kanali

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi rasmiy kanali Murojaat uchun tel: 62 2231326 || 97 5297227 Savollar uchun: @aokaxorazm_bot sayt www.aokaxorazm.uz

Больше
Рекламные посты
4 352
Подписчики
-2124 часа
-327 дней
+40730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from Hudud Inform
“Янги Ўзбекистон” университети талабалари дунёнинг биринчи рақамли олийгоҳида амалиёт ўташади Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова Массачусеттс технология институти MIT J-WEL билан ҳамкорлик алоқаларини янада кенгайтириш бўйича музокаралар ўтказди. Мулоқот якунида икки томонлама келишув имзоланди. Унга кўра “Янги Ўзбекистон” университети MIT J-WEL нинг Марказий Осиёдаги энг яқин стратегик ҳамкори сифатида эътироф этилди. Эндиликда университет талабалари дунёнинг энг нуфузли олийгоҳида амалиёт ўташ ва малака ошириш имконига эга бўлади. Бунда талабалар MIT профессор-ўқитувчилари томонидан ташкил этиладиган дарсларда иштирок этишлари, илмий тадқиқотлар олиб боришлари, ўз лойиҳаларини янада ривожлантиришлари ва MIT лабораторияларида экспериментлар ўтказишлари мумкин бўлади. Лойиҳанинг яна бир афзаллиги шундаки, талабалар MIT да таҳсил оладиган тенгдошлари билан яқин алоқалар ўрнатиб, доимий тажриба алмашиб боришади. Умуман, ҳамкорлик муносабатлари таълим сифати ҳамда профессор-ўқитувчилар салоҳиятини янада ошириш, талабалар учун кенг имкониятлар яратиш ва “Янги Ўзбекистон” университетининг халқаро майдондаги обрўйини мустаҳкамлашга хизмат қилади. https://t.me/hudud_inform
Показать все...
🔷Lazgi II xalqaro raqs festivali yakunlandi 😎Gran-pri O'zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo'limi 1️⃣-o'rin -Eng yaxshi yakkaxon raqs nominatsiyasi bo'yicha Shodlik ashula va raqs ansabli balet artisti Islom Xaydarov -Eng yaxshi jamoaviy raqs nominatsiyasi bo'yicha "Ozarbayjon davlat raqs ansambli" hamda Qozig'istonning "Qazina" raqs ansambli -Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs nominatsiyasi bo'yicha Rossiya davlat filarmoniyasining "Огоньки" raqs ansambli 2️⃣-o'rin -Eng yaxshi yakkaxon raqs nominatsiyasi bo'yicha Koreya Respublikasidan Alam Xan hamda Koreya milliy raqs guruhi -Eng yaxshi jamoaviy raqs nominatsiyasi bo'yicha Boshqirdiston Respublikasi davlat akademik xalq raqs ansambli hamda Tojikistonning Lola raqs ansambli -Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs nominatsiyasi bo'yicha Qirg'izistonning "Shattik" raqs ansambli 3️⃣-o'rin -Eng yaxshi yakkaxon raqs nominatsiyasi bo'yicha Braziliyalik Bruna Visente -Eng yaxshi jamoaviy raqs nominatsiyasi bo'yicha Ispaniya raqs jamoasi hamda O'zbekiston davlat filarmoniyasining Lazgi ansambli -Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs nominatsiyasi bo'yicha Turkiyaning "İnegöl" xalq raqs ansambli 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Показать все...
“Qilmish qidirmish” Joriy yilning 3-aprel kuni Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining korrupsion faoliyatiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir tashkillashtirildi. Tadbir davomida, Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati bilan jinoiy til biriktirib, moddiy rag‘batlantirish, ya’ni pora evaziga fuqarolarni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilinishlarida vositachilik qilib kelayotgan “Q.M.R.” va “S.Sh.Sh.”lar qo‘lga olindi. Jumladan, tadbir davomida, “Q.M.R.” va “S.Sh.Sh.”lar o‘zaro jinoiy til biriktirib tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilinishi uchun “K.X.”dan 500 AQSh dollari va 1.260.000 so‘m miqdordagi pul mablag‘larini olayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Natijada, “Q.M.R.” va “S.Sh.Sh.”larga nisbatan Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Показать все...
#Ochiq_muloqot 🎙“OLIY TAʼLIM MUASSASASIDA ILMIY-TADQIQOT ISHLARI VA XORIJIY UNIVERSITETLAR BILAN HAMKORLIK ALOQALARI” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI Bugun, 30-aprel kuni Urganch davlat universitetida “Oliy taʼlim muassasasida ilmiy-tadqiqot ishlari va xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalari” mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Показать все...
✔️ Семинар иштирокчиларига сертификатлар топширилди Жорий йилнинг 27-28 апрель кунлари Паркент туманидаги Ёзувчилар ижод уйида “Ноширлар ва муаллифлар учрашуви: китоб нашр этиш ва китобхонликни ривожлантиришнинг долзарб муаммолари”мавзусида семинар бўлиб ўтди. Семинарнинг биринчи кун дастурига кўра давра суҳбатлари, В2В учрашувлар, маҳорат дарслари, тақдимотлар ўтказилди. Бугун семинар доирасида иштирокчилар ўртасида турли спорт ўйинлари ташкил этилди. Дўстона руҳда ўтказилган мусобақа ғолибларига қимматбаҳо эсдалик совғалари топширилди. Шунингдек, семинар якунида барча иштирокчиларга сертификатлар тақдим этилди. Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Показать все...
📺📺 Xivada «Lazgi» II xalqaro raqs festivalining yopilish marosimi 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Показать все...
Prezident Shavkat Mirziyoyev olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga tabrik yoʻlladi «Ishonchim komilki, sizlar bu yutuqdan yanada ruhlanib, final bellashuvida «Osiyo chempioni» degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasiz. Fursatdan foydalanib, barchangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman», deyiladi tabrikda. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Показать все...
Mamlakatimizdagi eng birinchi informatsion telekanal – "Uzreport TV" faoliyatiga 10-yil toʻldi. Axborot olish va uzatish, tarqatish jurnalistikaning eng masʼuliyatli, zalvorli funksiyasi hisoblanadi. "Uzreport TV" xolislik, haqqoniylik, tezkorlik prinsiplariga sodiq qolgan holda 10-yildirki, oʻz auditoriyasiga global yangiliklarni taqdim etib kelmoqda. "Uzreport TV telekanali AOKAning OAVlar uchun yaratgan platformasida eng faol hamkori desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Zero AOKAda davlat idoralari mutasaddilari ishtirokida oʻtkaziladigan kunlik media-tadbirlar telekanalning ekranlarida jonli efirda aks ettiriladi. AOKA jamoasi "Uzreport TV ijodkorlarini 10-yillik yubiley bilan chin yurakdan qutlaydi. OAV uchun muhim boʻlgan mezonlardan ogʻishmay, yuksak marralarni zabt etishlarini, jahon axborot bozorida eng talabgor, xaridorgir va reytingi yuqori media-platformaga aylanishlarini tilaydi! 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Показать все...
💎Mutolaa Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Alloh jasur kishilarni ardoqlaydi. Amir Temur 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Показать все...
O'zbekistonda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishga oid yangi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga eʼlon qilindi. Korrupsiya haqida xabar berganlarga nimalar kafolatlanadi? Batafsil 👉 videoda _______ На портале regulation.gov.uz идет обсуждение проекта закона о защите граждан, сообщивших о случаях коррупции. Какие гарантии будут у заявителей? Ответ 👉 в видео. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Показать все...