cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

"Ҳудудий электр тармоқлари"АЖ Хоразм ҳудудий филиалининг telegram ижтимоий тармоғидаги расмий канали "Ишонч" телефон: 1154 Мурожаатлар учун: @xorazmhetmuloqot

Больше
Рекламные посты
3 189
Подписчики
+324 часа
+217 дней
+3330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

"Kasb mahorati" musobaqasining g'oliblari aniqlandi. Bugun Yangariq TET о‘quv mashg‘ulotlar maydonida " Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tasarrufidagi tuman va shahar elektr ta’minoti ta’mirlash brigadalari о‘rtasida "Kasb mahorati" bо‘yicha musobaqa о‘tkazildi. Erta tongdan boshlangan musobaqada har bir jamoa birdamlikda о‘z mahoratlarini namoyon qilishga tezkorlik bilan kirishib ketishdi. Guruhlardagi har bir xodimning harakati mutaxassislar nazoratida bо‘lib, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, ish joylarida mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bо‘yicha tavsiyalar berishdi. 🟨Musobaqa yakunida 🥇Xonqa tuman elektr ta’minoti 🥈Urganch shahar elektr ta’minoti 🏅Shovot tuman elektr ta’minoti Xodimlari faxriy o’rinlarni egallab "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali direktori tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Показать все...
01:45
Видео недоступноПоказать в Telegram
"Kasb mahorati" musobaqasining g'oliblari aniqlandi. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Показать все...
39.42 MB
Ijtimoiy tarmoqlarda "Hududiy elektr tarmoqlari AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmatining xabariga ko'ra" sarlavha ostidagi murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tasarrufidagi tuman, shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish barobarida, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Bugun 16:00 dan 19:15 gacha Xonqa tuman elektr ta'minoti xodimlari tomonidan "Xonqa" podstansiyasidan chiquvchi "Madir-2" 10 kVli elektr uzatish tarmog'ining 46-47-yog'och ustunlarini yangi temir beton tayanch ustunlariga almashtirish ishlari olib borildi. Xodimlarni xavfsiz ish bajarishi va ta'mirlash ishlarini sifatli bajarish uchun ta'mirlash ishlari belgilangan vaqtdan kechikganligi uchun, iste'molchilardan uzr so'raymiz.
Показать все...
SHARTLI KUCHLANISH OSTIGA TUSHGAN JABRLANUVCHI QUTQARILIB, BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILDI “Kasb mahorati” musobaqasining viloyat bosqichi qizg’in davom etmoqda. Jamoalar musobaqaning 2-bosqichida maxsus asboblar, himoya vositalari va amaldagi me'yoriy-texnik xujjatlarga muvofiq shartli jabrlanuvchini elektr tokidan ozod qilish, jabirlangan xodimga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim ko‘nikmalarini amalda sinovdan o‘tkazishmoqda. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Показать все...
JAMOA ISHTIROKCHILARI TEST SINOVIDAN O‘TKAZILMOQDA Avval xabar berilganidek, “Kasb mahorati” musobaqasida jamoalar birinchi bosqichga kirishishdi. Test sinovlarida ishtirokchilarning ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy bilim malakalari bilan bir qatorda amaldagi sohaga oid qoidalar va me’yoriy texnik hujjatlar bo‘yicha nazariy bilim saviyalari sinovdan o‘tkazilmoqda. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Показать все...
TEJAYMIZ(MI)? Katta mablag‘ va mehnat evaziga ishlab chiqarilib, yetkazib berilayotgan elektr energiyasidan oqilona foydanayapmizmi? Xonadonlarda va ijtimoiy soha obe’ktlarida elektr energiyasini qanday tejash yо‘llari bor. “Milliy TV” telekanalining “Gapirmasak bо‘lmaydi” tok-shousida bu haqida mutahassis va iste’molchilar fikrlari bilan tanishildi.
Показать все...
Facebook
Telegram
YouTube
Instagram
Twitter
“KASB MAHORATI” MUSOBAQASINING XORAZM VILOYATI BOSQICHIGA START BERILDI "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xodimlari o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish, ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida har yili tashkil etib kelinayotgan "Kasb mahorati" musobaqasining Xorazm viloyati bosqichiga start berildi. Musobaqani filial direktori S.Beregin ochib berib, tuman shahar elektr ta'minoti ustalari va elektromontyorlardan tashkil topgan jami 13 ta jamoa xodimlarga omad tiladi. So'ngra jamoa a'zolarining holatini tekshirish, tashqi ko'rinishi, guvohnoma, brigadalarni zarur asbob va moslamalari bilan ta'minlanganligi, himoya vositalari hamda yong'inga qarshi qurilmalar bilan ta'minlanganlari tekshirildi. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Показать все...
Перейти в архив постов
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.