ru
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Открыть в Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Больше
4 804
Подписчики
-124 часа
-287 дней
-1030 день
Архив постов
EPAM va ITransition haqida va bu kompaniyalarda ishlash. 00:23 - Mavzular ro'yhati 02:08 -Ikki kompaniya haqida umumiy ma'lumotlar 03:44 - Ofislari qayerlarda joylashgan 05:02 - Ustunlik va kamchiliklari 12:47 - Internship (Stajyorlik) 16:02 - O'sish jarayoni. Bilim va daraja oshirish. 18:54 - O'zim buyerlaga qanday kirganman ? 24:52 - Qaysi kompaniya maslahat beraman ? 27:33 - Savollar qismi Siz qidirayotgan mavzu buyerda 🙂: 06:06 - Oylik 💸 Internship'ga qayerlardan topshirish bo'yicha linklarni komment qismida qoldiraman. @JoshDeveloper

Suhbat tugadi. Yaxshi bo’ldi. (deb umid qilaman) Ertaga suhbat audiosini linklarga ajratib, kerakli manbalar bilan birga yuboraman inshaaAlloh. Qatnashgan barchaga rahmat. @JoshDeveloper

Bugungi suhbatda nimalarni gaplashamiz ? 1️⃣ EPAM va Itransition haqida umumiy ma'lumot. 2️⃣ Internship'ga kirish (Stajyorlikka kirish). 3️⃣ O'sish. 4️⃣ O'zim bu ikki kompaniyaga qanday kirganim. Savollaringiz yuqorida birinchi qilingan e'lon kommentiga qoldiring. @JoshDeveloper

Eslatib o'taman, ertaga soat 20:30 da EPAM V ITransition kompaniyalarida ishlash haqida gaplashamiz. InshaaAlloh Unutmang 😉 @JoshDeveloper

Front-end bo'yicha intervyu keyingi hafta oxirida qilinadigan bo'ldi. Biroz ishlarim bilan ulgurmay qolganim sabab bo'ldi. Tahminan Xudo xohlasa 15-16-avgustlargacha video chiqadi. Bu safargisi 🔥 bo'ladi inshaaAlloh. Cho'zilayotgani uchun uzr. @JoshDeveloper

EPAM va ITransition Ikki kompaniya haqida umumiy fikrlar, solishtirishlar va uyerda ishlash haqida maqola yoki video yozishni o'ylab oxiri ikkisini ham qilmaydigan bo'ldim. Podcast qilamiz 🙂 EPAM'da salkam 1.5 yil ishlagan va hozirda ITransition'da ishlayotgan dasturchi sifatida ushbu kanalimda ikki kompaniya haqida shaxsan o'zim "Voice chat" qilib gapirib o'taman. InshaaAlloh. Qachon ? 15-avgust, 20:30 Oldindan savollaringiz bo'lsa kommentda qoldiring. Postni "Share" qilamizmi ? 😉 @JoshDeveloper

EPAM va ITransition haqida va ikki joyda ishlash haqida ma'lumot ulashishimga nima deysiz ? 😋 Video ko'rinishida bo'lsinmi yoki maqolami ? Izohda fikringizni va nima mavzularni olib chiqishimni xohlashingizni qoldiring. @JoshDeveloper

"Devs'Blog Community" dasturchilarining foydali kanallarini siz uchun bir joyga yig'dik: @sardoroga_blog - axborot texnologiyalariga oid qiziq/qiziqmas ma’lumotlar berish, atrofimizda IT olamida bo’layotgan ba’zi hodisalar haqida postlar @mayoquz - dasturlash haqida turli fikrlar, foydali manbalar va tavsiyalar @khumoyun_codes - dasurlash va dasturchi hayotiga oid maqola va media kontentlar. @yunus_code - IT olamida bo’layotgan voqealarga sharhlar, muallifning shaxsiy fikri va dasturlashga oid postlar. @JsTutorial - fullstack Javascript dasturlash tilini o'rganmoqchi bo'lganlar uchun maxsus kanal. @nurmukhamedoff_dev frontend dasturlash bo’yicha online kurslar va shu sohaga doir maqolayu maslahatlar @mabrur_dev - dasturlashga oid foydali blog, JavaScript bo'yicha maslahatlar va mock intervyular @nizamoff - dasturchining lifestyle blogi, sohaviy fikrlar va dasturchilar bilan podcast'lar. 👨‍💻 Dasturchilarning sahifalarini kuzatgan xolda o'zingizga kerakli va foydali bo'lgan kontentlarni kutib oling!

Tepadagi savol javobi. Kodni tepadan o'qib tushunib olsangiz bo'ladi. Tushunarsiz bo'lsa kommentda "discuss" qilsangiz bo'lad
Tepadagi savol javobi. Kodni tepadan o'qib tushunib olsangiz bo'ladi. Tushunarsiz bo'lsa kommentda "discuss" qilsangiz bo'ladi. Sizga yoqdimi ? @JoshDeveloper

Ushbu kod console'ga nimani chiqaradi va nega ? Negaligini o'zim ham boshida uncha tushunmadim, eski hamkasblar guruhida bahs
Ushbu kod console'ga nimani chiqaradi va nega ? Negaligini o'zim ham boshida uncha tushunmadim, eski hamkasblar guruhida bahsga qo'yganimdan keyin "Tepdi" negaligi 😄 Oddiy ekan. Qani ketdik, o'z javobingizni qoldiring. 🚀 @JoshDeveloper

Tepadagidek kodni chiroyli rasm qilib chiqarish uchun ray.so saytidan foydalandim. Kimga qiziq bo'lsa marhamat. "What is the output ?" ko'rinishida ko'p kodlarni shuyerda yasashadi. Siz ham urunib ko'ring va kommentga qoldiring. 🙂 @JoshDeveloper

fetch("get", "Josh*Developer/from_php") .then(response => { // handle the response }) .catch(error => { // handle the error });

Qaytdim...👆🙂 Xavotir olmang, bir aylanib keldim xolos. 😄 @JoshDeveloper
Qaytdim...👆🙂 Xavotir olmang, bir aylanib keldim xolos. 😄 @JoshDeveloper

<?php echo "Hello world!" ?>

Yangi ishdagi sarguzashtlarimni aytishda davom etaman. Bu safar yangi inson bilan tanishdim. Musulmon. Londonga yoshligida Bangladeshdan kelgan ekan. (g'irt ingliz bo'lib ketibdi). Ba'zi narsalarda yordam berishi kerak edi. Yordam jarayonida bir-birimiz va tug'ilgan davlatlarimiz haqida gaplashdik. Shuningdek Londonda musulmon sifatida yashash qanday ekanligini so'radim. Musulmonlar uchun ham yaxshi joy ekanligini va masjidlar ham ko'payayotganini aytdi. Ammo biroz qimmatroq joyligini ham aytdi. Men esa O'zbekiston haqida gapirdim. Tarixi boy ekanligini aytdim. (Afsuski hozircha tarixi boy). Kelishga qiziqib qoldi. 🙂 (Turizm vazirligidan ubu xizmat haqi so'rasammikin a 😄). Ha aytgancha, ilk qator kodlarimni ham yozdim 😄. Boshlanishiga SCSS'da ba'zi narsalarni to'g'irlash kerak ekan. Shuni qildim. Sekinlik bilan vazifalar ham qiyinlashib borsa kerak endi... Bunisi esa boshlab olish uchun yomon emas. Shunaqa gaplar... @JoshDeveloper

🎲 Tasodifiy raqamlar tasodifiymi ? #random Random modulini yoki metodini chaqirayotganda orqa fonda nima bo'layotganiga qiziqib ko'rganmisiz? Random(python) modulini titib ko'rsangiz, kod zanjirining oxirgi nuqtasida asosiy komponentlarni nomi bor, o'zi esa yo'q. "Dokumentatsiyasi (https://docs.python.org/3/library/random.html)"ni o'qisangiz asosiy komponentlari C dasturlash tili tomonidan amalga oshirilganligini guvohi bo'lasiz (tezlik uchun). Eng qiziq tomoni... Davomi @JoshDeveloper

Twitter, VKontakte va WeChat blokirovkadan olinibdi. TikTok bilan esa muzokaralar hamon davom etayotgan ekan. Manba Qiziq, qanday muzokaralar deb o'ylaysiz ? Hozir kommentda jiddiy siyosiy va iqtisodiy ilm egalari o'z fikrlarini qoldiradi. 😄 @JoshDeveloper

Ishda proyektimni ko'rganimdan keyin birnarsani yana ham qattiqroq tushundim: Dasturchi yo'nalishidan tashqari, boshqa fanlar va sohalardan xabardor bo'lib yurishi kerak ekan. Ba'zan shunday proyektlar bo'lar ekanki, kimyo, fizika, biologiya va xatto astronomiyaga aloqador. Bunday proyektlarga chuqur tushunib ketishingiz uchun shu sohalarda ozgina bo'lsa ham bilim talab qilinadi. Shunday ekan, nima ham derdim, battar bo'ling. 🙂😄 @JoshDeveloper

Yangi ish haftasi va yangi oy ham boshlandi... Vaqtni o'tishini qarang. Yangi ishga kirganimga ham roppa rosa 1 oy bo'libdi. Ha vaqt juda tez o'tmoqda. Shu o'rinda Zohid tobeʼinlardan biri boʼlmish Omir ibn Аbdu Qaysning: “...vaqt toʼxtovsiz oʼtib ketuvchidir. Oʼtganidan keyin qaytib kelmaydi. Uning zarari oʼrnini toʼldirib boʼlmaydigan va evazi yoʼq boʼlgan zarardir. Chunki har bir vaqt uchun alohida qilinishi lozim boʼlgan amal bordir” degan so'zlarini eslashni lozim topdim. To'liqi "Ulamolar nazdida vaqtning qadri" kitobidan @JoshDeveloper

IT bloglar va guruhlar. IT bloglar va guruhlar IT yo'nalishidagi barcha insonlarni bog'lab turgan asosiy maskanlardan biri. Endi savol, ularni asl vazifasi nima ? 🤔 Masalan mening ushbu kanalim. Meni kanalimni dasturchilar uchun vazifasi nima ? 1. O'z yo'nalishimga aloqador bilimlarni ulashish. (Video, maqola va boshqa manbalar) 2. IT olamiga oid yangiliklardan xabardor qilish. 3. IT olamida bo'layotgan tushunmovchiliklarga oydinlik kiritish. 4. Ba'zi narsalardan ogohlantirish. 5. IT'ga yangi kirayotganlarga to'g'ri yo'l ko'rsatish va yo'llarini oson va yolg'onlardan yiroq qilish. va hokazo. Ajratib yozganlarimni yaxshilab o'qishingizni maslahat beraman. 🙂 Ba'zan o'zimizga yoqmasa ham, ba'zi mavzularni ko'tarishga to'g'ri keladi. Tanqid bo'ladi. E'tirozlar bo'ladi. Shu holatlarda tepada ajratib yozgan vazifalardan birini yoki birnechtasini qilayotgan bo'lamiz. "G'iybat" emas. 🙂 To'g'ri tushunadiganlarga "Hats off 👏". @JoshDeveloper