Umar Sadullayev | Blog
Открыть в Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
Больше5 142
Подписчики
-324 часа
-197 дней
-5030 дней
Архив постов
Execution context, Lexical environment va Closure | JavaScript | Frontint.uz darslaridan
Videodarsni ko'rish: https://youtu.be/cfB5ITw16_Q
Savol va fikrlaringizni video kommentiga qoldirishingiz mumkin. 😉
#dars
@JoshDeveloper
Hey intern dasturchilar 👋
Sizlarga ajoyib kurs e'lonini ko'rib qoldim 🌚
React.js'dan loyiha qilib, Junior darajasiga chiqmoqchi bo'lganlar uchun yaxshi imkoniyat ko'rinadi.
Marhamat:
https://t.me/webbrain_academy/843
@JoshDeveloper
Tepada aytgan darsni videosini YouTube'ga joylayapman, ba'zi narsalar sabab juda cho'ziladigan bo'ldi. Uzoqi ertagacha darsni yuklab, kanalda e'lon qilaman InshaaAlloh.
Dars nima haqida ? 😉
Execution context
Lexical environment
Scope
Closure
mavzularini chuqur tartibda o'rgatilgan.
So, wait...
@JoshDeveloper
Hozirda davom etayotgan FrontInt darslaridan bir darsni ulashaymi ? 🌚
Musulmon dasturchilar uchun juda foydali bir postni ko'rib qoldim.
Ulashyapman, marhamat https://t.me/savollar_kanal/23560
@JoshDeveloper
O'chirganlar, afsuslanmang-a 😄
Endi unga ketkazadigan vaqtingizni foydali narsalar bilan to'ldiring.
Kitobga ajrating, YouTube'da biror foydali darslik ko'rib boring, maqolalar o'qing...
Vaqtimizda bir bo'shliq ochilsa, uni shayton to'ldirish uchun jiddiy harakat qiladi. Instagramdan qutilib, boshqa tuzoqlariga tutilmang 😄
Instagramni foydali deb fikr qoldirganlarga umumiy javobim shuki, "Ha, foydali, shu bilan bir o'rinda o'ta zararli ham".
Siz azizlarga taklif qilayotgan narsam, foydani zarari kam yoki yo'q joydan qidirish xolos. Chunki, bunday platformalar shaytonni tuzoqlariga to'la. Umringizni bir daqiqasini ham olish uchun imkon.
Xullas, foydali mashg'ulotlar bilan bo'shliqni to'ldirishni boshlang. (boshqa keraksiz dasturlar va o'yinlardan qutilganlarga ham maslahatim shu)
Ba'zilar "instagramdan kechgandan ko'ra, telegram kanalingdan chiqaman" degan ko'rinadi, kamayyabmiz 😄😄
@JoshDeveloper
Instagram akkountimni butunlay o'chirdim ✅🪓
Oxirgi paytlar ijtimoi tarmoq degan narsa juda ham jonimga tegdi. Tasavvur qiling nechi soat umringizni bekorga birovlarni soxta tushgan rasmlar-u videolarini ko'rishga sarflaysiz.
Ayniqsa instagram. Oxiri bugun u platformadan ham qutildim. Ma'ruzalar va yangiliklar ko'rsa bo'ladiku deb o'zimni aldab, o'chirmay yurgandim. Ammo kimni aldayman, kirsam kamida 70% vaqtim baribir bekorchi narsalarga ketadi.
Aktiv ishlatayotganlarim faqat Linkedin va Telegram.
Bulardan butunlay qutila olmasam ham kerak, ammo ishlatish vaqtini kamaytira olaman.
Umrimizni dunyo va oxiratimizga foydali qilish uchun challenge qilmaymizmi ?
Men qilgan ishni qilganlar "#deletedInstagram ✅" deb qoldirsin 😉
Kim o'chirish niyat bo'lsa, ushbu sahifadan qilsa bo'ladi: Delete instagram account
«Ey Odam bolasi! Sen kunlardan iboratsan. Bir kuning oʼtsa, sening baʼzi qisming ketgan boʼladi. Va yana: Bir qavmlarni bildim, ular vaqtlariga sizlarning dinor va dirhamlaringizga haris boʼlishingizdan koʼra harisroq edilar»
Hasan Basriy r.a
@JoshDeveloper
Repost from RS Uzbekistan
We proudly announce that registration for RS Conf Tashkent'22 is now OPEN 🚀
📆 12th of November, 2022
📚 AWS, Node.JS, Software Development, TypeScript, Front-end
💬 in English
📍 WIUT, 12 Istikbol Street, Tashkent
Find out more details via link here: Agenda and registration
The number of available seats is limited so HURRY UP! 💨
Follow updates through @rolling_scopes_uz
#rsconf2022
TypeScript darslari turgan kanalda "Poll" qilgandim.
TS darslar yoqyaptimi yo'qmi deya.
18 ta insonga darslarimiz yoqmagan, 122 ta insonga yoqyapti ekan.
Yomon natija emas Alhamdulillah.
Darslar onlayn kursdan yozib olingani sabab bo'lsa kerak deb tahmin qildim 18 ta inson haqida.
Ammo, darslarda imkon qadar yetarli ma'lumot berishga harakat qilganman.
Darslar borasida kimda qandaydir savol bo'lsa deb ushbu postni yozyapman, kommentga tushunmagan narsalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.
Kimlar ko'rayapti o'zi ? 🙋♂️
@JoshDeveloper
Shaxsiy kanalimda orzuimdagi kun tartibimni yozdim 😄
Kanalga qo'shilishingiz uchun postni forward qilmasdan, pastda link qoldiryapman. Qo'shiling-a 😉
https://t.me/UmarSadullayev/564
@JoshDeveloper
Samsungda intervyu ? 🤨
https://t.me/uztechgirl/404
Dasturchi qizlarimizdan yangiliklar bormi deyman 👀
Bugun bir narsani o'qib qoldim, hali javoblari chiqmagan ko'rinadi, Alloh xayrlisini nasib qilsin.
Ungacha esa, @UzTechGirl kanaliga obuna bo'lib, yangilikni kutishni maslahat beraman. 😉
@JoshDeveloper
Suhbat tugadi, juda ajoyib mavzularda gaplashdik va yozib olmadik.
Kira olmaganlarga alam qilsin 😅
Shunday suhbatlar qilib tursak foydali bo'ladimi sizga ? InshaaAlloh
Kommentda fikr va takliflaringizni kutaman.
@JoshDeveloper
30 daqiqadan keyin kanalda jonli suhbat qilamizmi ?
Yo'nalishim va ishim bo'yicha nima savolingiz bo'lsa, suhbatlashamiz.
Kirasizmi ?)
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev
"Ilm yodlashda xotiraning o'zigagina suyanib qolmang, qog'oz va qalamni ishga soling."
"Ishq" kitobidan
P.s: Bizni davrdagi telefon va kompyuterlarga yozishingiz ham daftarga yozib o'rganganingizchalik foydali emas.
#ishq_kitobi #kitob #hikmat
@UmarSadullayev
Bu davlatlarda svet o'chishi odatiy holat...
Bugun yevropalik jamoadoshlarim bilan "meeting"da edim.
O'zbekistonga ko'chib kelgan bir Belarusiyalik dasturchi meetingga kira olmadi. Sabab esa svet yo'q. (bundan avval 2-3 marta shu holat bo'lgan)
Bir yevropalik kasbdoshim tepada gaplarni aytdi: Bu davlatlarda svet o'chishi odatiy holat...
Juda achchig'im keldi 😄😢
Haligi svet o'chgan joy avval ham kanalda ayblab chiqqan hudud, Turkistion metrosi joylashgan Yunusobod 12. Buyerda ajoyib CSpace'ning ajoyib ofisi bor. Shuyerda ishlashadi ko'pchilik chetellik dasturchilar. Svet esa haftada kamida 3-4 marta o'chmasdan turolmaydi. (Qandaydir metroga aloqador muommolar sabab emushmi bilmayman)
Shu rayon mas'ullari bu muommoni to'g'irlashsa yaxshi bo'lardi.
Shunaqa gaplar 😄
@JoshDeveloper
Yangilik!
Esingizda bo'lsa TypeScript va Angular bo'yicha pullik onlayn dars o'tgan edim. Shuning videolarini siz azizlarga tekinga ulashishga qaror qildim.
Darslar kimlar uchun ?
1. TypeScriptni o'rganayotganlar uchun.
2. Angularni o'rganayotganlar uchun.
Ushbu link orqali darslar turgan kanalga ulanishingiz va bemalol foydalanishingiz mumkin. Marhamat.
https://t.me/+M3Dy5G9I7A5kMzQy
Alloh manfaatli qilsin.
P.s: Ba'zi hollarni inobatga olib, darslarni yuklab olish va tarqatishni o'chirib qo'ydim. Bu uchun ma'zur tutasiz.
@JoshDeveloper
Dasturlashdan uzoqlashib ham turing.
Bu gaplarni, o'z tajribamda haqligini birnecha bor ko'ryapman. Avval ham aytgan edim. Yana aytaman.
Hayotda dasturlashdan muhimroq narsalar bor. U shunchaki ish xolos, butun vaqtingizni unga sarflash oxiri yaxshilikka olib kelmaydi. Jismoniy muommolarni aytmasam ham bilasiz, ammo ruhiy muommolar juda ham jiddiy.
Me'yorni unutish juda ham og'ir muommolarga olib keladi. Me'yorni ushlang, oilangizga, do'stlaringizga vaqt ajratib ham turing. (Do'stlar qolgan bo'lsa albatta 😄)
Shaxsan o'zimda, me'yorni unutishimga sabablar bisyor edi, unutdim, endi shu sabablar bilan ruhiy charchoq birgalikda o'zimga qarshilik qilishyapti 😄⚔️. Nima bo'lganda ham me'yorni ushlash shart ekan. Ayniqsa vaqt ajratadigan yaqinlaringiz kam bo'lsa, bu holat juda og'ir kechadi...
Shunaqa gaplar🙂
Weekend kelibdimi 🌚
@JoshDeveloper
